Irodani mustahkamlashning 10 yo‘li Har kuni qabul qiladigan qarorlaringiz sonini kamaytiring



Download 18,56 Kb.
Sana20.02.2022
Hajmi18,56 Kb.
#460552
Bog'liq
Iroda mashqlari


Irodani mustahkamlashning 10 yo‘li
1. Har kuni qabul qiladigan qarorlaringiz sonini kamaytiring.
Inson kun davomida misli ko‘rilmagan miqdorda qarorlar qabul qiladi. Kelli Makgoninal “Iroda kuchi. Uni qanday rivojlantirish va mustahkamlash mumkin” kitobida yozishicha, birgina ovqat tanlash uchun kun davomida 400ga yaqin qaror qabul qilinadi. Yo‘q, xato yozilmadi. Faqat siz bu cheksiz mayda qarorlarni sezmaysiz. Ularning har biri miyani charchatadi va kun oxiriga borib ruhan toliqishga olib keladi.
Shuning uchun kun davomida qabul qiladigan millionlab qarorlaringizni tahlil qiling va ularning sonini kamaytirishga harakat qiling. Masalan, ertaga qanday kiyim kiyishingizni, tushlikda va kechki payt qanday ovqat yeyishingizni rejalashtirib oling. 
Shu tarzda kunlik harakatlaringizni “avtomatlashtiring”.
2. Eng muhim qarorlarni kunning birinchi yarmida qabul qiling
Baumeyster va boshqa psixologlar “egoning tugashi” haqida so‘z yuritishadi. Bu kun davomida qaror qabul qilish yoki o‘z harakatlaringizni nazorat qilish uchun cheklangan miqdorda ruhiy quvvatga ega ekanligingizni anglatadi. Shuning uchun qiyinroq muammolarni ruhiy quvvatingiz to‘la bo‘lgan paytda, ya'ni erta tongda yechganingiz ma'qul.
3. To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun miyaga glyukoza kerak
“Eng dono kishi ham yetarlicha dam olmagan yoki organizmida glyukoza darajasi past bo‘lsa, to‘g‘ri qaror qabul qila olmaydi, — deydi Baumeyster. — Shuning uchun aqlli kishilar qorni och paytda qaror qabul qilishmaydi”.
Sotuvchilar ham buni sezishgan. Supermarketlarda konfet va gazlangan ichimliklar odatda kassa yaqinida turadi. Xaridor butun magazinni aylanib chiqib, o‘nlab qarorlarni qabul qiladi, miyasi charchaydi: zararli “Koka-kola” (bu jumlaga qanaqa qaraysiz?) uning ko‘ziga jozibali ko‘rinadi va sotib oladi. 
4. Irodangiz kuchli bo‘lishini istasangiz — to‘yib uxlang
Tadqiqotlar natijalariga qaraganda, to‘yib uxlamagan odam o‘z harakatlarini xuddi mast odam kabi nazorat qiladi. Olti soatdan kam uxlash miyaning qaror qabul qilish bilan bog‘liq qismiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, charchagan odam tez jahlga minadi.
5. Boshqalar bilan fikrlashing
Agar tajriba hisobga olinmasa, odamlar orasidagi munosabat muvaffaqiyatning asosiy garovidir. Rahbarlari va xodimlari o‘rtasida yaxshi munosabat o‘rnatilgan kompaniyalar katta muvaffaqiyatlarga erishishgan.
Nima uchun? Agar o‘zaro munosabatlar yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, barcha g‘oyalar birlashadi, murakkab vazifalar birgalikda bajariladi. 


7. Ba'zan istaklaringizga erk bering
Agar judayam charchaganligingizni his qilsangiz, ko‘ngil mayliga bo‘ysuning. 
Sport murabbiylari va diyetologlar o‘z qo‘l ostidagilarga “istak kuni” belgilashlari bejizga emas. Agar haftada olti kun parhez qilsangiz, yettinchi kuni ko‘nglingiz istagan taomni yeng.
8. Majburiyatni zimmangizga olsangiz, muhim qaror qabul qilish osonroq bo‘ladi
“Shirinlik testi. O‘zini nazorat qilish” kitobi muallifi Uolter Mitchell quyidagicha tavsiyani beradi. Agar siz har kuni sport bilan shug‘ullanishni istasangiz, uni majburiyatga aylantiring.
Har kuni ertalab yugurmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingizga hamroh toping. Shunda uning oldida uyalib qolmaslik uchun har kuni ertalab turishga va kelishuvni buzmaslikka majbur bo‘lasiz.
9. Mustahkam iroda muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘proq imkoniyat beradi
1972 yili Stenford universitetida bolalar oldiga shirinlik qo‘yishgan va 15 daqiqa davomida shirinlikka tegmasliklarini so‘rashgan. Kim shirinlikka tegmasa, unga yana qo‘shimcha shirinlik berilishi aytilgan.
Keyinchalik 15 daqiqa sabr qila olgan bolalar sabrsiz bolalarga nisbatan maktabda yaxshi baholarga o‘qishgan. 
10. Ishonch irodani mustahkamlaydi
2012 yili Rochester universitetida shirinlik testi o‘tkazilgan.
Dastlab bolalarga qog‘oz va qalamlar berilgan hamda ulardan rasm chizish so‘ralgan. Bolalar oldida tanlov imkoniyati bor edi: ular rasmni qalam yordamida chizishlari yoki flomaster keltirishlarini kutishlari mumkin edi. Birinchi guruhga haqiqatan ham flomasterlar keltirilgan. Ikkinchi guruhga esa flomaster tugab qolganligi aytilgan.
So‘ngra shirinlik testi o‘tkazilgan. Flomaster olgan 14ta boladan 9tasi 15 daqiqa kutish evaziga yana shirinlik olishgan. Ikkinchi guruhda esa 14ta boladan faqat 1tasigina 15 daqiqa shirinlikka qo‘l tegizmay tura olgan.
Xulosa: ishonch irodani mustahkamlaydi.
Download 18,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish