Iroliz jarayoni natijasida etilen olishning termodinamik kattaliklarini optimallash



Download 0,9 Mb.
bet2/30
Sana14.07.2022
Hajmi0,9 Mb.
#798781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Piroliz jarayoni na

Ш bob. TAJRIBA QISM..............................................................................46
3.1. To’yingan gazni fraksiyalarga ajratish qurilmasi va maqsadi……………......46
3.2. Piroliz gazini fraksiyalarga ajratish qurilmasi..................................................52
3.3. Termik piroliz...................................................................................................54
3.4. Yengil pirolizlash.............................................................................................58
3.5. Gidropiroliz jarayoni texnologiyasi..................................................................59
3.6. Etilenni piroliz usili bilan ishlab chiqarish.......................................................63
3.7. Etilen ishlab chiqarishda piroliz jarayoni texnologiyasi..................................66
XULOSALAR................................................................................................75
ADABIYOTLAR...........................................................................................76


KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 oktabrdagi «Yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 1623-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, 2012-2016 yillarda, hisob-kitoblar bo‘yicha, qiymati 6 milliard 200 million dollar bo‘lgan 270 dan ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Joriy 2012 yilda Surgil koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo kompleksi, Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari va Qo‘ng‘irot soda zavodlarining ikkinchi navbatlari, sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodini qurish ishlari boshlandi.
2012 yilda Jamg‘arma chet ellik investorlar bilan hamkorlikda Ustyurt GKK qurilishi, SHo‘rtan GKKda sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishni tashkil etish, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho‘ba korxonasida gaz-kimyo kompleksini ishga tushirish, Tollimarjon IES quvvatini oshirish loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etadi.
Hammasi bo‘lib Jamg‘arma Navoiy va Olmaliq TMKlarida, “O‘zneftegaz” MXK, “O‘zbekiston Temir yo‘llari” DATYK , “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zkimyosanoat” DAK, “O‘zbekenergo”DAK tizimida va boshqa yo‘nalishlarda yangi quvvatlarni yaratish bo‘yicha 444,55 million dollar mablag‘ bilan, mavjud quvvatlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish borasidagi loyihalarni amalga oshirishda esa 167,85 million dollarlik mablag‘ bilan ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Mamlaktimizda yoqilg‘i-energetika resurlaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda chora-tadbirlar amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda:

  • gaz, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv yetkazib berish va saqlash tizimini modernizatsiya qilish orqali bu resurslarimizning texnik yo‘qotilishi miqdorini kamaytirish;

  • gaz, neft, ko‘mir qazib chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, Issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish, ulardagi energiya hosil qiluvchi va uzatuvchi qurilmalarni zamonaviylari bilan yangilash, kichik gidroelektrostansiyalarni qurish va yagona energotizimga ulash asosida energiya resurslari hajmini oshirish va tannarxini kamaytirish;

  • gaz va neft xomashyosidan qo‘shimcha mahsulotlar, jumladan, polietilen, polipropilen, kimyoviy tolalar, sulfat kislotasi, mashina moylari va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish [1].

Tabiiy gaz bilan ta’minlash texnologik jarayoni gazni qazib olish, tayyorlash, qayta ishlash, tashish, saqlash va istyemolchilar o‘rtasida taqsimlash kabi uzluksiz va murakkab bo‘lib, faqatgina qo‘llanilayotgan texnologik qurilmalarning ishonchli ishlashi bilangina emas, balki tayyorlanayotgan va istyemolchiga yuborilayotgan gazning sifat ko‘rsatkichlari bilan ham belgilanadi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida respublikamizda uning oldini olish va bartaraf etishning asosiy tadbirlaridan biri, halq xo‘jaligining alohida tarmoqlarini rivojlantirish, ularni yangi texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan qurilmalarni modernizatsiya qilish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir [2].
Neft va tabiiy gaz va gaz konlarda foydalanilayotgan qurilma va jihozlarning vaqt o‘tishi bilan har xil omillar ta’sirida eskirishi, neft va tabiiy gaz va gaz qazib olish va tayyorlashda quduqlarning qatlam bosimi, suvlanganliq xlorat, quduqlar debiti va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi qazib olinayotgan mahsulot miqdori va sifatiga, hamda jihozlar ish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Tabiiy gazni quduqlardan qazib olish, kon sharoitida tayyorlash jarayonida qatlam xom ashyosining tarkibiy o‘zgarishlariga bog‘lik ravishda turli xildagi kimyoviy texnologik usullardan foydalaniladi. Respublikamizdagi konlardan foydalanish va ularni ishlatish davrida esa mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha turli xildagi texnologik jarayonlar ishlab chiqilmoqda, ularning kon sharoitlarida maqsadga muvofiq ravishda qo‘llanilish imkoniyatlari tadqiqot qilinmoqda.
Respublikamiz prezidenti I.A. Karimov hozirgi paytdagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning respulikamiz iqtisodiyotini chetlab o‘tish yo‘llarini taxlil qilib, uning O‘zbekiston sharoitida oldini olish chora tadbirlari dasturlarini keltirar ekan, mahalliy xom-ashyolardan ishlab chiqariladigan ichki mahsulotlarning hajmini ko‘paytirish va ularning eksportini yo‘lga qo‘yish, sohada qo‘llanilayotgan texnologik qurilmalar va jihozlarni modernizatsiya qilish kabi omillarga ham to‘xtalib o‘tdi. Bu borada respublikamiz olimlari va soha mutaxassislari tomonidan ko‘plab ilmiy va amaliy tadqiqot ishlari olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan va amaliyotda qo‘llanilishiga erishilmoqda[1,2].
Neft va tabiiy gaz qazib olish tizimida turli xildagi organik yoki noorganik kimyoviy reagentlar - alohida va kompozitsiya moddalar ko‘rinishida keng miqyosda qo‘llaniladi. Kompozitsiyalar asosan neft va tabiiy gaz kimyo yoki boshqa turdagi ishlab chiqarish korxonalarining ko‘p miqdorli qoldiqlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligidan so‘ng hukumatimiz tomonidan neft va tabiiy gaz va gaz sanoati rivojlanishiga yanada ko‘proq e’tibor berila boshlandi. Xududimizda 1956 yildan boshlab mustaqil ravishda rivojlana boshlagan gaz sanoati hozirgi paytda halq xo‘jaligining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi.
Oxirgi yillarda kon va zavod sharoitlarida gazni tayyorlash va gaz sanoati barcha asosiy tur mahsulotlariga zaruriy bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlari ishlab chiqilmoqda va qo‘llanilmoqda. Gazni tayyorlash va tashishda birlik quvvatga ega bo‘lgan blok-kompleks jihozlar texnologik sxemalari samarali ishlatilmoqda. Bunday texnologiyalarga quvvati 5 va 10 mln. m3/kun bo‘lgan jihozlarning qo‘llanilishi, noturg‘un kondensatlarni yig‘ish va turg‘unlashtirish yopiq tizimlari, gaz tarkibidan etan, propan, bo‘tan va kondensatlarni yuqori darajada ajratib olishni ta’minlovchi yangi texnologik tizimlar, tozalangan gaz tarkibida vodorod sulfid miqdorining kamligini ta’minlovchi yangi sxemalar shular jumlasidandir.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish