Ish ko’rildi va himoyaga Ilmiy rahbar: dotsеnt K. A. Samiyev ruxsat berildi” “ ” 2017 y. Kafedra mudiri f-m f. n. B. E. Niyazxanova Taqrizchi: tdtu “ Elektron aparaturalarni ishlab chiqarish kafedrasi” dotsenti O’. Sharipov



Download 89,86 Kb.
bet11/18
Sana21.01.2022
Hajmi89,86 Kb.
#396891
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Akademik litseylarning ijtimoiy gumanitar yo’nalishlarda astronomiya o’qitishning o’ziga xosligi

MIRZO ULUG’BEK. Ulug’bek yigirma yoshlarida o`z davrining yirik olimlaridan bo`lib, uning hokimligi davridagi muhim yangiliklar butun O`rta asr madaniyati tarixida ulkan ahamiyat kasb etdi. Ulug’bek nomi bilan bog’liq ilmiy asarlar soni jihatdan ko`p emas — ular to`rtta.Ulug’bek ilmiy merosining eng asosiysi, ma`lum va mashhuri uning «Zij»i bo`lib, bu asar «Ziji Ulug’bek», «Ziji jadidi Guragoniy» deb ham ataladi. «Zij»dan tashqari uning matematik asari «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», astronomiyaga oid «Risolayi Ulug’bek» (yagona nusxasi Hindistonda, Aligarh universiteta kutubxonasida saqlanadi) va tarixga doyr «Tarixi arba` ulus» («To`rt ulus tarixi») asaridir.
Ulug’bek «Zij»i o`z tarkibiga ko`ra VIII-IX asrlarda boshlangan astronomik an`anani davom ettirsa ham ilmiy darajasi ularga nisbatan beqiyos balanddir. Bu asar ikki qismdan: keng muqaddima va 1018 sobita yulduzning o`rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat bo`lib, muqaddimaning o`zi mustaqil to`rt qismni tashkil qiladi. Muqaddimaning boshida qur`ondan yulduzlar va sayyoralarga taalluqli oyatlar keltiriladi.

Ulug’bek bu bilan astronomik kuzatishlarning zarurligini g’oyaviy asoslamoqchi bo`ladi. Va bu muhim kitob tamomila yozilib bo`ldi. Yulduzlarning sifatlaridan kuzatilgan barcha narsalar imtihon qilinib, bu kitobga kiritilib sobit etibdi».Bu keltirilgan katta parchadan ko`rinadiki, qozizoda Ulug’bekning ustozi bo`lgan va «Zij»ning ancha qismi uning ishtirokida yozilgan.

Bundan yana shu narsa ko`rinadiki, Ulug’bek Samarqanddagi yana bir yirik olim Jamshid Koshiyni ustoz demaydi, balki uning yoshi Rumiydan katta bo`lgani uchun Mavlonoyi A`zam deyish bilan cheklanadi. Haqiqatan ham, u kishi Samarqandga 1416-yili, ya`ni Ulug’bek 22 yashar navqiron yigit va olim sifatida tanilganda keladi va u rasadxonadagi kuzatishlar boshlanishi bilanoq vafot etadi. Biroq fan tarixidan shu narsa ma`lumki, Koshiy «Zij»ning nazariy qismini arab tiliga tarjima etgan va hozir bu tarjimaning nusxalari mavjud. Demak, bundan ko`rinadiki, Ulug’bek avval «Zijning nazariy qismini yozgan, so`ng jadval qismi uzoq kuzatishlar natijasida tuzilgan. Koshiy esa nazariy qism yozilishi bilan uni arabchaga ag’dargan va jadvallar ustida ishlar boshlanishida vafot etgan. endi «Zij»ning mazmuni haqida to`xtalaylik. Asarning birinchi - «Ta`rix, ya`ni xronologiyaning ma`rifati» deb nomlangan maqolasi (kitobi) yetti bobdan iborat bo`lib, u eralar va kalendar masalalariga bag’ishlangan. Bu boblarda islomda qo`llaniladigan asosiy era — hijriy era, suryoniy-yunoniy era, «jaloliy» era, xitoy va uyg’ur erasi, forsiy-qadimiy era va bu eralarda keltirilgan sanalarni biridan biriga moslashtirib ko`chirish hamda bu eralardagi mashhur kunlar haqida bahs yuritiladi.

Bundan tashqari ushbu maqolada turkiy muchal yillari haqida ham mufassal bayon etiladi. Ikkinchi — «Vaqtlar va unga taalluqlik nimarsalar» deb nomlangan maqola 22 bobdan iborat. U asosan matematika va sferik astronomiya masalalariga bag’ishlangan. Ikkinchi va uchinchi boblarda o`rta asrlar uchun eng aniq bo`lgan sinuslar va tangenslar jadvallari keltiriladi.

Maqolaning to`rtinchi bobida Ulug’bek ekliptikaning (falak ul-burj) osmon ekvatoriga (mu’addal unnahor) og’ish burchagining miqdorini keltiradi. Bu haqda u bunday deydi: «Bizning kuzatishimizcha, eng katta og’ish (ya`ni elliptikaning osmon ekvatoriga og’ishi) burchagini yigirma uch daraja o`ttiz daqiqa o`n etti soniya topdik». Ulug’bek topgan bu miqdor o`rta asrlar davri uchun ancha aniq edi. Shuni ham aytish kerakki, bu burchakning miqdori barcha davr astronomlari uchun katta ahamiyatga ega edi, chunki yoritgichlar va yashash joylarining aniq koordinatlarini topish shu burchakmiqdoriga bog’liq edi.

«Zij»ning uchinchi maqolasi 13-bobdan iborat bo`lib, faqat astronomiya masalalariga bag’ishlangan.

Bunda quyosh, Oy va besh sayyoraning harakatlari haqida bahs yuritiladi. Asarda keltirilgan jadvallarning aksariyati shu maqolaga taalluqlidir. Bu jadvallar orasida eng ahamiyatga ega bo`lgani 13-bobda keltirilgan va «Turg’un yulduzlarning uzunlama va kenglama bo`yicha holatlarini aniqlash» deb atalgan yulduzlar jadvalidir. Ulug’bek «Zij»ining boshqa «zij»-lardan farqini ko`rsatish uchun shu yerda mazkur jadval boshidagi uning so`zlarini keltiramiz. U aytadi: «Ptolemeygacha bo`lgan astronomlar bir ming yigirma ikki yulduzning holatini aniqladilar. Ptolemey esa ularni oltita kattalik bo`yicha tartiblab, o`z «Alma-jistiy»sida keltirdi. Ularning eng kattasi — birinchi kattalik-da, eng kichigi esa oltinchya kattalikdadir.Har bir kattalikni u uch qismga ajratdi.

Ularni bir-biridan farq qilish uchun qirq sakkiz yulduz turkumiga joylashtirdi.Ularning yigirma bittasi falak ul-burjdan (ekliptika) shimolda, o`n ikkitasi falak ul-burjda va o`n beshtasi falak ul-burjdan janubda joylashadi.Bu yulduzlardan yrimlari shu yulduz turkumlarining o`zida, ayrimlari esa turkumdan tashqarida joylashadi.Bu keyingilarni yulduz turkumlarining tashki yulduzlari deb hisoblanadi.


Abdurahmon So`fiy turg’un yulduzlarni aniklash to`g’risida maxsus kitob yozgan, barcha kishilar unga murojaat qiladilar va uni qabul ztadilar.

Biz esa yulduzlarning osmon kurrasidagi holatini kuzatishimizga qadar ular haqida Abdurahmonning kitobidagiga asoslanardik.Biroq o`zimizda kuzatganimizdan keyin ba`zi yulduzlarning holati uning kitobidagiga mos kelmasligini ko`rdik.Biz bu yulduzlarni o`z kuzatishimizga mos kelgan holda kurraga joylashtirganimizda esa kuzatganimizga hech zid kelmaganligini ko`rdik. Biz bunga imonmiz. Biz barcha yulduz turkumlaridagi yulduzlarni kuzatdik. Lekin bunday yigirma etti yulduz mustasno, chunki ularning janubiy masofalarining kattaligi tufayli ular Samarqandda ko`rinmasdi. Bu Samarqandda ko`rinmaydigan yulduzlardan yettitasi Mijmara («qurbongoh») yulduz turkumidan, sakkiztasi Safina («Kema») turkumidan — bular 36-nchi yulduzdan 41-nchigacha va 44,45-yudduzlar; o`n bittasi Kentavrus («Kentavr») turkumidan — bular 27-nchidan oxirigacha va yana bitta Sab` («Hayvon») yulduz turkumidan — bu 10- nchi yulduz. Shu yigirma etti yulduzni biz kitobimizga Abdurahmon So`fiy sanasi bilan keltiramiz. qolgan sakkiz yulduz haqida Abdurahmon So`fiy o`z kitobida ularni Ptolemey kurgan erda hech qanday yulduz topmaganligini aytgan. Biz ham har qancha harakat qilsak-da, o`sha joylarda hech qanday yulduzni topmadik. SHuning uchun biz ham u sakkiz yulduzni bu kitobimizda keltirmaymiz. Bu yulduzlar Mumoik al-ainna («Jilov ushlovchi»)ning 14-nchi, Sub`ning 11-nchi yulduzi va Hutdan tashqarida, janubdagi oltita yulduzdir».Keltirilgan parchadan ko`rinadiki, Ulug’bekning yulduzlar jadvali o`rta asrlar davridagi eng nodir va mukammal jadval bo`lgan. Bu parcha Ulug’bek rasadxonasida yulduzlar globusi yasalgan, degan xulosaga ham olib keladi.«Zij»ning oxirgi — «Yulduzlarning doimiy harakati» deb nomlangan to`rtinchi maqolasi ikki bobdan iborat va u asosan ilmi nujumga bag’ishlangan. Ulug’bek «Zij»i o`rta asrlardagi eng mukammal astronomik asar bo`lib, tezda zamondoshlarining diqqatini o`ziga jalb etdi. eng avval bu asar Samarqandda Ulug’bek atrofida to`plangan olimlar ijodiga ta`sir ko`rsatdi. «Zij»ni o`rganish shuni ko`rsatadiki, u asosan amaliy qo`llanishga mo`ljallangan bo`lib, nazariy masalalarni bayon etishni Ulug’bek oldiga maqsad qilib qo`ymagan. Shuning uchun bo`lsa kerak, «Zij»ni birinchi bo`lib Samarqand olimlarining o`zi, xususan Ali Qushchi sharhlaydi. Undan keyingi sharhlarni Miram Chalabiy va Husayn Birjandiylar_yozadi.1449 yili Ulug’bekning fojiali halokatidan so`ng Samarqand olimlari asta-sekin Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari bo`ylab tarqalib ketadilar. Ular o`zlari borgan yerlarga Samarqand olimlarining yutuqlarini va «Zij»ning nusxalarini ham etkazadilar. Xususan Ali Qushchi 1473 yili Istambulga borib, u yerda rasadxona quradi. Shu tariqa Ulug’bek «Zij»i Turkiyada tarqaladi va Turkiya orqali Ovro`po mamlakatlariga ham etib boradi.



Hozirgi kundagi ma`lumotlarga ko`ra «Zij»ning 100 ga yaqin forsiy nusxasi va 15 dan ortiq arabiy nusxasi mavjud. O`rta asrlarda yozilgan hech bir astronomik yoki matematik asar bunchalik ommaviy va keng ma`lum bo`lmagan. «Zij» musulmon mamlakatlariningdeyarli barchasida o`rganilgan va sharhlangan. Uni sharhlangan olimlardan quyidagilarning nomlarini eslatish mumkin: Shamsiddin Muhammad ibni Abul Fath as-So`fiy al-Misriy (vaf. tax. 1495), Abulqodir ibni Ro`yoniy Lahijiy (vaf. 1519), Miram Chalabiy (vaf. 1525), Abdulali Birjandiy (vaf. 1525), g’iyosiddin Sheroziy (vaf. 1542). Ulug’bek «Zij»i ayniqsa Hindiston olimlariga kuchli ta`sir ko`rsatdi. Samarqand olimlarining ilmiy an`analarini Hindistonga Boburning o`zi etkazgan degan ma`lumot bor. Boburning vorislari o`tmishdagi shohlarga o`xshab atroflariga olimlarni to`playdilar va ularning ilmiy izlanishlariga sharoit yaratadilar. Hind olimlari ko`p tarafdan Samarqand olimlariga taqlid qiladilar. Masalan, Shoh Jahon zamonida Lahor va Dehlida ishlagan Farididdin Mas`ud al-Dexlaviy (vaf. 1629) «Ziji Shoh Jahoniy» nomli asar yozadi: undagi maqola va boblarning soni xuddi Ulug’bek «Zij»idagidek va jadvallarning ham ko`p qismi Ulug’bekdan olingan. Yirik hind olimi Savoy Jay Sing (1686—1743) ham o`zining «Ziji Muhammadshohiy» asarini Ulug’bek «Zij»ining katta ta`siri ostida yozgan. «Zij»ning g’arbiy Ovro`po faniga ham ta`siri katta bo`ldi. Umuman olganda g’arbiy Ovro`po Temur va uning farzandlarini, ayniqsa Ulug’bekni XV asrdanoq bilardi. Ali Qushchining Istambuldagi faoliyati tufayli Ulug’bekning olimligi haqidagi xabar ham Ovro`poga tarqaladi. 1638 yili Istambulga ingliz olimi va sharqshunosi, Oksford universitetining professori Jon Grive (1602—1652) keladi. Qaytishida u o`zi bilan Ulug’bek «Zij»ining bir nusxasini Angliyaga olib ketadi. 1648 yili avval «Zij»dagi 98 yulduzning jadvalini chop etadi. O`sha yilning o`zida Grive «Zij»dagi geografik jadvalni ham nashr etadi. 1650 yili esa u «Zij»ning birinchi maqolasining lotincha tarjimasini nashr etadi.Grive 1652 yili mazkur oxirgi ikki ishni qayta nashr etadi.
Yana bir ingliz olimi va sharqshunosi Tomas Hayd (1636—1703) «Zij»dagi turg’un yulduzlar jadvalini 1665 yili forscha va lotincha-da nashr etadi. SHunisi diqqatga sazovorki, Hayd Grivsning ishlaridan butunlay bexabar edi.Demak, «Zij»ning nusxalari qandaydir yo`llar bilan unga ham etib kelgan. Haydning nashridan 15 yil keyin polyak olimi Yan Geveliy (1611— 1687) Dantsigda «Zij»ning ayrim jadvallarini nashr etadi. Bundan keyin XVIII va XIX asrlarda qator Ovro`po olimlari «Zij»ning ayrim qismlarini nashr etadilar. Frantsuz sharqshunosi L.A. Sediyo (1808—1876) «Zij»ning to`rttala maqolasi oldidagi so`zboshilari va muqaddimasining frantsuzcha tarjimasini 1847—1853 yillarda nashr etadi. Va nihoyat, XX asr boshlarida amerikalik olim e. B. Nobl «Zij»ning Angliya kutubxonalarida saqlanadigan 28 qo`lyozmasi asosida yulduzlar jadvalining inglizcha tarjimasini nashr etadi (Vashington, 1917). SHunday bo`lishiga qaramay Ulug’bek «Zij»i umuman olganda to`liq ravishda o`rganilmagan va biror zamonaviy tilga to`la tarjima etilmagan.1994 yil Ulug’bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan «Ziji jadidi Guragoniy»ning birinchi bor to`lig’icha rus tiliga tarjimasi bosib chiqarildi. Shu yili yana Ulug’bekning «Tarixi arba` ulus» asari ham uzbek tilida Toshkentda nashr etildi.

Bog’dodga poytaxt sifatida asos solingan kundan boshlab olimlar uning rivojlanishida katta xissa ko`sha boshladilar Shaxar xududidagi geodezik o`lchashlar va kurilishlarni rejalashtirish ishlarini Al-Mansur saroyining tanikli olimlaridan forsiy Naubaxt, yaxudiy Manassiy (keyinchalik arabcha Mashallox nomi bilan tanilgan), astronom Umar ibn al-Farruxan at-Taboriy (tabaristonlik)lar faol faoliyat ko`rsatdilar.

Xorun ar-Rashidning o`g’li al-Ma`mun xalifligida (813-833 y.) Bog’dodda yanada yirik ilmiy maktab shakllandi. Xaliflik lavozimiga o`tirgunga kadar Xurosonga xokim bo`lgan va marvda yashagan Ma`mun o`z atrofiga tanikli olimlarni to`pladi. Uning vaziri Abul Abbos al-Fadl ibn Saxl as-Saraxsiy (818 yilda o`lgan) va keyinrok uning ukasi al-Fadl al-Xasan, as-Saraxsiy uning saroyida ishladi. Shuningdek, Saraxsiy xizmatida zorosatr astronom Feruzaning o`g’li Bizist ishlardi. As-saraxsiy vafotidan so`ng xalif Ma`mun Bizistni o`z saroyiga ishga olib islomga kiritdi va unga Yaxyo ibn Abu Mansur deb nom berdi. Yaxyo ibn abu Mansur Bog’doddagi Shamassiya rasadxonasida ishlay boshladi.Bu davrda astronomik rasadxonaning boshlig’i Abu Toyib Sanad ibn Ali ismli tanikli olim edi. Mazkur rasadxona Kanis (cherkov yoki exrom) deyilib, aftidan Vavilonning osmon xudolariga sig’inuvchilarning exromi bo`lgan.

Ayni paytda Xurosonning Marvarrudiy shaxridan bo`lgan Xolid ar-Marvarrudiy Damashq yaqinidagi Kasiyun tog’ida xristianlarning monastiri Layr-Murronda kuzatishlarni boshladi. Yaxyo ibn Mansur, sanad ibn Ali, xolid ar-Marvarudiy xamda al-Abbos al-Javxariylar xamkorlikda Ma`munga bag’ishlab astronomiyaga oid «Tekshirilgan Ma`mun ziji»ni yozib tugallashdi. Bu astronomik rasadxonalarda olib borilgan kuzatishlarda al-Xorazmiy ham ishtirok qilganligi haqida Beruniy o`zining «Geodeziya» asarida ma`lumot beradi. Al-Xorazmiy «Sind-Xind»ni ishlovi va o`z kuzatishlari asosida o`zining «Zij al-Ma`muniy» asarini yaratdi. Bu asar shuningdek, samoniylarning so`nggi avlodi Ezdigerd III (Eron shoxi 632-651y.) paxlaviy tilida yozilgan va Ezdigerdning otasi Shaxriyorga bag’ishlanib yozilgan «Shaxriyor ziji»ga asoslangan. Ma`munning farmoniga ko`ra al-Abbos al-Javxariy (janubiy Qozig’istonning Javxartepa, oldingi Forob tog’i yakinida) al-Marvarudiy va uning o`kituvchisi Ali ibn Isay al-Xarroniy al-Asturlabi bilan birgalikda Sinjar cho`lida er meridianining uzunligini o`lchashdi.

Bu davrda Bog’dodda Xutrallik (Tojikistonning markaziy rayonidan) Abd-al-Xamid ibn Vosik («Turk o`g’li» nomi bilan mashxur olim) xam ishlardi. Uning xam Xorazmiyniki kabi «Al-Jabr va al-mukobala kitobi» asari mavjud.

Bog’dodda ochilgan va keyinchalik «Ma’mun akademiyasi» nomi bilan mashxur bo`lgan «Bayt ul xikma»yu.«Donishmanlar uyi» o`nlab olimlar tarjimonlar va xattotlarning boshini bir joyga qovushtirgan edi. «Ma`mun akademiyasi» ko`p yillik faoliyati mobaynida mashxur yunon olimlaridan bir kanchasining asarlari arab tiliga tarjima kilindi, shuningdek, matematika astronomiya geografiya va boshka fanlar bo`yicha kator asarlar xam yaratildi. Ko`plab bu tarjima asarlari shark ilmiy tafakkurining rivojlanishiga kuchli ta`sir ko`rsatdi. Shunday asarlardan biri, II asrda yashab o`tgan Klavdiy Ptolemeyning «Almajistiy» («Al’magest»)-«Megale sintaksis» («Buyuk tuzilish») asari bo`lib, u taxminan 825 yilda arab tiliga mashxur arab astronomi al-Xajjoj ibn Yusuf al-Matar tomonidan tarjima kilindi. «Donishmandlar uyi»da Xorazmiy, asosan, astronomiya bilan shug’ullanib, IX asrning 20-yillarida o`zining mashxur astronomik jadvallari-«Zij»ini yozdi. Unda keltirilgan ma`lumotlardan, Xorazmiy vafotidan keyin ikki asrdan ko`prok vakt davomida ko`plab rasadxonalar foydalanib keldi. Xorazmiy «Zij»i 37 bob va 116 jadvaldan iborat mukammal astronomik asardir. Uning 1-5-boblari o`sha zamonda keng tarkalgan kalendarga bag’ishlangan bo`lib, Muxammad payg’ambar tomonidan asoslangan musulmonlarning xijriy erasi xamda ispan va Iskandar Zulkarnayn eralari haqida ma`lumot beradi. Bu yeralarning biridan ikkinchisiga o`tish usuli unda to`la xisob-kitobi va jadvallari bilan berilgan. Asarning 7-12-boblari Quyosh, Oy va o`sha davrda oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin bo`lgan beshta sayyoraning xarakatini Ptolemeyning geotsentrik sistemasi asosida tushuntirishga bag’ishlangan. Asarning sakkizinchi bobida Quyoshning ekliptikadagi o`rnini, to`qqizinchi bobida Oyning -haqiqiy o`rnini topish masalalari ko`rib chiqilgan. Keyingi ikki bob sayyoralar o`rnini aniqlashga bag’ishlangan.

«Zij»ning 12-bobida keltirilgan ikki jadvalda Oy chikish tugunining (Oy orbitasi va ekliptikaning kesishgan nuktalari tugunlar deyilib, biri-chikish, ikkinchisi esa tushish deb ataladi) ekliptika bo`ylab o`rtacha siljishi haqidagi ma`lumotlar jamlangan. Bunda Xorazmiy Oy orbitasining ekliptikaga kiyaligini xind astronomlarida bo`lgani kabi 4,5 daraja deb qabul qiladi. O`n uchinchi bobda muallif sayyoralarning turishi, kaytma va ilgarilama harakatlarini Ptolemeyning «Almajistiy»ida bayon kilgan geotsentrik ta`limot asosida tasvirlab, sayyoralarning epitsiklik nazariyasiga tayanadi. Quyoshning og’ishini belgilash va Oyning ekliptikal kenglamasini aniklash kabi murakkab hisoblashlarni talab etadigan masalalarga «Zij»ning 15-17-boblari bag’ishlangan. «Zij»ning 24-27- boblari, joyning geografik kenglamasini aniqlash bilan bog’lik amaliy astronomiya masalalariga bag’ishlangan bo`lib, unda Quyoshning kul’minatsiya (tush paytida tikka kelgan) xolatlaridagi balandligi asosida, kuzatuvchi turgan joyning kenglamasini topish mufassal bayon kilinadi.

Xususan, Quyosh, hamal va Mezon yulduz turkumlarida yotuvchi zodiak belgilarida (bu belgilar ekliptika bilan osmon ekvatorining kesishgan nuktalariga mos keladi) bo`lganda, uning sutkalik harakati osmon ekvatori bo`ylab kuzatilishini ma`lum kiladi va tush paytida Quyosh markazining ufqdan balandligini o`lchash usullarini ko`rsatadi. Shuningdek, Xorazmiy barcha fasllarda quyoshning og’ishi ma`lum bo`lganda, uning tush paytidagi balandligiga ko`ra, joyning geografik kenglamasini topish yo`lini xam shu boblarda bayon kiladi. Oxirgi boblar astrologiya masalalariga bag’ishlangan bo`lib, ularda sferik va amaliy astronomiya uchun muxim bo`lgan bir kancha masalalar yoritilgan. Xususan Quyosh va Oyning ko`shilish (bir to`g’ri chizik yakinida yotishi-astronomik yangi oy paytida ro`y beradi) va karama-karshi turish (to`linoy paytida kuzatiladi) xolatlarini belgilash xamda zodiakdagi o`n ikki belgining xolatlari tasvirlangan jadvallar keltirilgan.

Yoritgichlarning geksagonal, kvadraturali xamda trigonal aspektlari jadvallari xam shu boblardan o`rin olib, bu aspektlar, mos ravishda yoritgichlar ekliptikal uzunlamalarning 60 (geksogonal), 90 (kvadraturali) va 120 darajali (trigonal) xolatlarini belgilash bayon kilingan.

Bu boblardan, shuningdek, astrologik bashoratga doir «Tug’ilgan yillar jadvali» va «Uy begining jadvali» xam o`rin olgan. Xorazmiyning «Zij»dan tashkari, astronomiyaga bag’ishlangan yana bir yirik asari bo`lib, u «Astrolyabiya bilan ishlash haqidagi kitob» («Kitob ul-amal bil- asturlabat») deb ataladi.




Download 89,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish