Ish stolida yuqoridagilardan tashqari ish natijalarini qayd etish uchun laboratoriya jurnali bo’lishi mumkin


I GURUH KATIONLARI. KUCHLI ELEKTROLITLAR NAZARIYASI



Download 81,44 Kb.
bet9/25
Sana01.01.2022
Hajmi81,44 Kb.
#304893
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
analitiki

I GURUH KATIONLARI. KUCHLI ELEKTROLITLAR NAZARIYASI. BIRINCHI ANALITIK GRUPPA KATIONLARINING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI. BIRINCHI ANALITIK GURUH KATIONLARI ARALASHMASINING ANALIZI

 

Birinchi analitik guruh kationlarining tibbiyotdagi ahamiyati

Inson organizmida bo’ladigan barcha asosiy jarayonlar: ovqat hazm bo’lishi, nafas olish, asab impulslarining uzatilishi va hokazolar ionlarning ishtirokida sodir bo’ladi.

Birinchi analitik guruh kationlari tibbiyotda juda katta ahamiyatga egadir. Natriy va kaliy ionlari odam organizmidagi barcha to’qimalarda bo’lib, fiziologik suyuqliklar tarkibiga kiradi. Natriyli tuzlar: NaCl, Na3PO4 va Na2CO3 hujayradan tashqari suyuqliklar: qon plazmasi, limfa va ovqat hazm qiladigan shiralarda bo’ladi.

Natriy xloridning 0,9% li izotonik (fiziologik) eritmasi qonning osmotik bosimini mo’tadillashtirish uchun venaga yuboriladi. 3; 5 va 10% li gipertonik eritmasi esa yiringli yaralarni yuvish, kompress qilish, shamollaganda tomoq yo’llarini chayish, xirurgik bog’lamlar qo’yish hamda vanna qabul qilish uchun ham qo’llaniladi.

Suvda ftor konsentratsiyasi 0,5 mg/l dan kam bo’lganda va tish karesining oldini olish uchun natriy ftorid NaF ishlatiladi. Glauber tuzi Na2SO4·10H2O susaytiruvchi, natriy bromid NaBr asab tizimini tinchlantiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Me’da shirasining kislotaliligi oshganda, oshqozon va o’n ikki barmoq ichak yarasida ichimlik sodasi NaHCO3 antatsid vosita sifatida qo’l-laniladi.

Natriy tiosulfat Na2S2O·5H2O mishyak, simob, qo’rg’oshin birikmalari, sianid kislota va uning tuzlari, yod va brom tuzlari bilan zaharlanganda ziddizahar (antidot), allergiya, artrit va nevrologiyaga qarshi vosita sifatida hamda qichima kasalligini Demyanovich usuli bilan davolashda ishlatiladi.

Kaliy ionlarining natriy ionlaridan farqi shundaki, ular hujayraning ichida bo’ladi va ayrim biokimyoviy jarayonlarda muhim rol o’ynaydi. Qonda ma’lum miqdordagi kaliy ionlarining bo’lishi yurakning mo’tadil ishlab turishi uchun zarurdir.

KCl boshqa kaliy tuzlari kabi diuretik xossaga ega. U yurak aritmiyasida ishlatiladi. NaI va KI gipertireoz va endemik bo’qoq hosil bo’lishining oldini olish va davolashda qo’llaniladi.

Tarkibida NaBr va KBr bo’lgan preparatlar tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.

Kaliy permanganat KMnO4 ning 0,1—0,5% li suvdagi eritmasi yaralarni yuvishda, 0,01—0,1% li eritmasi og’iz va tomoqni chayishda, 2—5 % li eritmasi yara va kuygan teri sirtiga surtish uchun antiseptik vosita sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, KMnOning 0,02—0,1% li eritmasidan zaharlanganda oshqozonni yuvish uchun ham foydalaniladi. Tibbiyotda novshadil spirti nomi bilan yuritiladigan ammoniy gidroksidi NH4OH ammiakning 10% li suvdagi eritmasi bo’lib, odam hushidan ketganda hushiga keltiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Ammoniy tuzlari va ammiak gazi oqsil moddalarining chirishi natijasida hosil bo’ladi. Suv havzalarida ammoniy ionlarining bo’lishi, suv ifloslanganligidan darak beradi.

Natriy, kaliy va ammoniy kationlari dorivor moddalar sifatida ishlatiladigan ko’pchilik organik kislotalar tuzlari tarkibida ham bo’ladi.

 


Download 81,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish