Ishbilarmonlar o`yini



Download 20,41 Kb.
Sana25.05.2022
Hajmi20,41 Kb.
#608681
Bog'liq
Ishbilarmonlar o`yini


Ishbilarmonlar o`yini
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni aks ettirib, o`quvchilar ma`lum bir vazifani, topshiriqni bajarish orqali bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish bilan bir qatorda, kasbiy sifatlarni tarkib toptirish, ularni ongli ravishda kasbga yo`llash, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga mo`ljallangan didaktik o`yinlar ishbilarmonlar o`yini deyiladi. Ishbilarmonlar o`yini ham boshqa o`yinlar kabi, o`qituvchi va o`quvchilardan puxta tayyorgarlik ko`rishni talab etadi. SHu sababli o`qituvchi quyidagi vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishi zarur:

  1. Qaysi mavzularni ishbilarmonlar o`yini tarzida o`tkazishni belgilash;

  2. Didaktik o`yinning maqsadi, vazifalari, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, o`quvchilar bajarishi lozim bo`lgan topshiriqlarni aniqlash va rejalashtirish.

  3. Didaktik o`yin davomida o`quvchilar oldiga qo`yiladigan o`quv-bilish xarakteridagi muammoli vaziyatlar tizimini vujudga keltirish yo`llarini aniqlash va loyihalash;

  4. O`quvchilarni didaktik o`yinning maqsadi va vazifalar bilan tanishtirish, didaktik o`yin talab etadigan vazifalarni taqsimlash va har bir o`quvchiga tegishli aniq yo`llanmalar, ko`rsatmalar berish.

  5. Mazkur o`quv-bilish xarakteridagi muammoli vaziyatlarni hal etishda o`quvchilarning avvalgi mavzulardan o`zlashtirgan bilim ko`nikma va malakalarni tanish, odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo`llash imkoniyatlarini aniqlash.

  6. O`quvchilarning didaktik o`yinga tayyorgarlik faoliyatini kuzatish va nazorat qilish;

  7. Ta`lim-tarbiya jarayonini hozirgi zamon talabiga mos holda tashkil etilgan darsda o`qituvchi har bir mavzu mazmuniga bog’liq holda o`quvchilarni kasbga yo`llashi va shu kasblarini egallashlari uchun qanday bilimlarga ega bo`lishi kerakligini qayd etishi lozim.

Umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`qitiladigan barcha fanlarning asoslarini, jumladan biologiyani juda yaxshi o`zlashtirgan, bilimdon, zukko shaxslar bozor iqtisodiyoti sharoitida, jamiyatda o`z o`rnini topishi, ko`proq tadbirkorlik bilan shug’ullanishlariga imkon yaratilishi qayd etiladi. Agar ular fan asoslarini yaxshi bilmasalar, tadbirkorlik bilan shug’ullana olmasliklari, shug’ullansalar ham o`z birjasiga yoki korxona-kontserniga foyda keltira olmasliklari, oldi-sotdi jarayonlarida inqirozga duch kelishi va ish o`rinlarini yuqotishlari mumkin. Respublikamizda “Toshkent”, “Turkiston”, “Osiyo” va shu kabi tovar birjalari, ko`shma korxonalar, fermer xo`jaliklari bo`lib, ular jahonning juda ko`p mamlakatlari bilan tijorat ishlarini amalga oshirib, sanoat korxonalariga ko`prok xom-ashyo, qishloq xo`jaligi mahsulotlari, chorva mollari xarid kilib, ularni aholiga etkazib berish bilan shug’ullanayaptilar, shu sababli bunday birjalarda ishlaydigan ishbilarmonlar qishlok xo`jaligining nazariy asoslari bo`lgan biologiya fan asoslarini yaxshi bilishlari kerak.
Modomiki shunday ekan, biologiya darslarida bozor iqtisodidagi muammolari hal etishga yo`naltirish hozirgi vaqtda eng dolzarb muammo hisoblanadi.
Ushbu maqsadni ro`yobga chiqarishda zoologiya kursida “Sut emizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari. Qoramolchilik, qo`ychilik, yilqichilik” mavzusini o`rganishni auktsion-dars shaklida o`tkazish yuqori samara beradi. Auktsion darsni o`tkazish uchun bir hafta avval o`qituvchi o`quvchilar bilan vazifani taqsimlab oladilar. O`qituvchi bu darsda “Toshkent” tovar birjasining vitse-prezidenti vazifasini, sinfdagi o`quvchilarning 50% shu birjaning kommersantlari, qolgan o`quvchilar respublikamizdagi boshqa birjalar, fermer xo`jaligi fermerlari, qo`shma korxona va birjalarning menejerlari vazifasini bajaradilar. Vazifalar belgilanib bo`lgach, o`qituvchi ularga xonaki hayvonlarning o`ziga xos xususiyatlari, hayvon zotlarini keltirib chiqarishda qo`llanadigan usullar, qoramollarning go`sht - sut, go`sht, sut beradigan otlarning chopqir, og’ir yuk tortuvchi, qo`ylarning sermahsul zotlari haqida ma`lumot to`plashni va auktsionda faol ishtirok etishni topshiradi.
Auktsion darsning muvaffaqiyatli chiqishi darsga sinfdagi barcha o`quvchilarning faol tayyorgarlik ko`rishi, chorva mollari har bir zotining rasmi, ko`rgazma nusxalari namoyish qilinishi bilan bog’liq. Auktsion-darsda tovar birjasining kommersantlari, bu zotlarni sotib oluvchi menedjer, fermerlar qatnashadilar. Unda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag’batlantirilib, baholanadi.
O`qituvchi darsning tashkiliy qismidan so`ng o`quvchilarni bugungi darsning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtiradi.
SHundan keyin qoramollarning sut beruvchi qora ola, qizil dasht, Bushuev zotlari, sersut-go`shtdor Simmental’, Kostroma zotlari, go`shtdor Qozog’iston oqboshi, Santa-sentrida, Gereford, SHortgorn zotlari auktsionga qo`yilganligini ma`lum qiladi.
Auktsionda qoramol zotlarini tavsiflash va sotish boshlanadi: “Toshkent” tovar birjasining kommersanti Qo`ldosheva D:
Auktsionga qo`yilayotgan bu sigir Simmental zotiga mansub. Bu zot qoramollarining go`sht-sut beruvchi zoti bo`lib, SHvetsariyada etishtirilgan. Juda yirik zot, buzoqlar tug’ilganda 38-40 kg bo`lib, yaxshi boqilganda bir yoshli buzoqning tirik vazni 380-400 kg, sigirning tirik vazni 800-900 kg, buzoqlarniki 950-1200 kg.ga boradi. Sut miqdori 8770-10000 kg, yog’liligi 3,8-4,2% bo`ladi. Bu zot individlari iqlim sharoitiga tez moslashadi, yuqori mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Dastlabki narxi 1,0 mln1.
“Osiyo” tovar birjasining menejeri Azimov S.-1 mln 100 ming.
“Zarbdor” fermer xo`jaligining fermeri Tursunov J.-1mln 200 ming.
“Osiyo” tovar birjasining menejeri Azimov S.-1 mln 300 ming.
Kommersant Yo`ldoshev R.- 1 mln 300 ming -bir, 1 mln 300 ming - ikki, 1 mln 300 ming -uch, Simmental zotiga mansub sigir “Osiyo” tovar birjasining menejeri Azimovga sotildi. Biz sizni tabriklaymiz.
Dars davomida Qoramollarning estoniya qora ola, Bushuev, qizil dasht zoti ham shu tariqa auktsionga qo`yiladi va sotiladi. SHundan so`ng, qo`y zotlarining auktsioni boshlanadi.
Kommersant Suyunov B. -Auktsionga qo`yilgan bu qo`y Qozog’iston mayin junli qo`y zotiga mansub. Bu zot go`sht va jun etishtirishga mo`ljallangan bo`lib, Qozog’iston chorvachilik ilmiy-tadqiqot institutida chiqarilgan. Bu zot mahalliy dag’al junli qo`ylari prekas zotli qo`chkorlari bilan chatishtirish va olingan duragaylarni rambul’e zoti bilan chatishtirish orqali chiqarilgan. SHundan so`ng, tanlash va saralash o`tkazilib, muhitning noqulay sharoitiga moslashgan, sifatli go`sht va jun beradigan shakllar saqlanib qolingan. Bu zot individlarining o`rtacha tirik vazni 100-140 kg, 14 kggacha jun beradi, 100 ta sovlikdan yiliga 132 tagacha qo`zi olish mumkin. Uning bahosi -100 ming so`m.
“Forish” naslchilik xo`jaligining zootexnigi Safarov T:- 125 ming. “Surxon” tovar birjasining menejeri – 150 ming.
Kommersant Suyunov B:-150 ming-bir,150 ming-ikki,150 ming-uch. Qozog’iston mayin junli qo`y zoti 150 ming so`mga sotildi.
Qo`ylarning merinos, qorako`l va hisor zotlari ham shu tariqa auktsionga qo`yiladi.
Kommersant Nazirova G.- Hurmatli janoblar, endi auktsionga qo`yilgan ot zotlari savdosini boshlaymiz. Bu ot Orlov ot zotiga mansub bo`lib, u Rossiyaning Voronej viloyatida selektsioner A.G.Orlov tomonidan arab zotini chopqir ot zotiga chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan. Bu ot yirik, uzun bo`yinli, chopqir va yuk tortuvchi zotdir. Ulardan qishloq xo`jaligida transport, yuk tashishda, omoch tortishda foydalanish mumkin. Bu otlar juda chopqir bo`lib, 1 km 600 m masofani 2 minut 2 sekund bosib o`tadi.
Dastlabki bahosi 1 mln 500 ming so`m.
“Turkiston” tovar birjasi kommersanti Ayupov I: 1mln 550 ming so`m.
“Zarbdor” fermer xo`jaligi fermeri eshdavlatov R: 1 mln 600 ming so`m.
Kommersant Nazirova G.SH:- 1 mln 600ming so`m- bir, 1 mln 600 ming so`m- ikki, 1 mln 600 ming so`m- uch. Orlov ot zoti “Zarbdor” fermer xo`jaligiga sotildi.
Vladimir ot zoti ham shu tariqa auktsionga qo`yiladi va sotiladi.

Sut emizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari. Qoramolchilik, qo`ychilik, yilqichilik” mavzusidagi didaktik o`yin texnologiyasining ishbilarmonlar o`yinidan foydalanilgan auktsion-darsning texnologik xaritasi





TEXNOLOGIK BOSQICHLAR

O`QITUVCHINING FAOLIYATI

O`QUVCHINING FAOLIYATI

I bosqich
Tashkiliy qism 5-minut

II bosqich


O`quvchilarning bilish faoliyati-ni tashkil etish.
5-minut
III bosqich
YAngi mavzuni o`rganish.
25-minut
IV bosqich
Erishilgan nati-jani tahlil qi-lish va yakun yasash. 10-minut



O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.
O`quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajari-ladigan o`quv topshiriqlari bilan tanishtiradi.

O`quvchilardan “ selektsioner olimlar” va “fermerlar” guruhlarini va ularning mustaqil ishini tashkil etadi.


Mavzuda berilgan qoramol, qo`y va ot zotlarining kim oshdi savdosi auktsion o`tkaziladi.
O`quvchilar faoliyatini tah-lil qiladi, o`quvchilarga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini beradi.

Dars mavzusi, maqsadi, borishi va unda bajari-ladigan topshiriqlarni
anglaydi.

O`quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajari-ladigan o`quv topshiriqla-ri yuzasidan ko`rsatmalar-ni anglaydi.


O`z o`quv faoliyatini tash-kil etadi.“ Selektsioner olimlar” va “fermerlar” guruhlari topshiriqlari­ni bajaradi.
Auktsionga qo`yilgan qora-mol, qo`y va ot zotlarining kim oshdi savdosi auk-tsionida faol ishtirok etadi.

O`z o`quv faoliyati va erish-gan natijasini tahlil qiladi va baholaydi. Mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini oladi.





Asosiy tushuncha va tayanch atamalar:
Didaktik o`yinli darslarning turlari, syujetli-rolli, taqdimot, ijodiy, ishbilar­monlar o`yini, konferentsiyalar, o`yin mashqlar va ularning texnologik xaritasi.



1 Ушбу аукционда белгиланган нархлар рамзий бўлиб, у ҳақиқий нархларга тўғри келмаслиги мумкин.

Download 20,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish