Ishga tushirish tizimining tarkibiy sxemasi Reja : Ishga tushirish tizimining tarkibiy sxеmasi va tahlili



Download 1,15 Mb.
bet5/10
Sana26.12.2022
Hajmi1,15 Mb.
#896254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ishga tushirish tizimining tarkibiy sxemasi

Rostlagich quyidagicha ishlaydi . O‘t oldirish kaliti O‘OK ulanganda uyg‘otish toki quyidagi zanjir bo‘yicha o‘tadi: generatorning musbat qisqichi (q) - O‘OK – rostlagichning (15) belgili qisqichi - drossel (Dr) ning o‘zagi - birinchi bosqich kontaktlari K1 - yakorcha 2 - yarmo - rostlagichning va genera-torning (67) belgili qisqichi - uyg‘otish chulg‘ami (UCH) - qobiq - generatorning manfiy qisqichi (-).
Generator kuchlanishi belgilangan rostlanish qiymatiga etganda, rostlagich chulg‘ami RCH o‘zagida hosil bo‘lgan magnit maydonning tortish kuchi prujinaning tortish kuchini engib, K1 kontakt larni uzadi. Kontaktlar uzilganda , uyg‘otish toki K1 kontaktlarga parallel ulangan drossel Dr chulg‘ami va qo‘shimcha qarshilik Rq orqali o‘tishga majbur bo‘ladi va uning qiymati keskin kamayadi. Uyg‘otish tokining kamayishi generator kuchlanishi, demak, rostlagich chulg‘amiga uzatilayotgan kuchlanishning pasayishiga olib keladi. Natijada, rostlagich o‘zagidagi magnit maydon kuchsizlanadi va K1 kontaktlar prujinani tortish kuchi ta’sirida yana tutashadi, generatorning kuchlanishi esa o‘sa boshlaydi. Bu jarayon uzluk siz davom etadi. Xullas, birinchi bosqichda ikki bosqichli rostlagich oddiy bir juft kontaktli rostlagich kabi ishlaydi. Birinchi bosqich kontaktlari K1 ning ishlash chegarasi generatorning aylanishlar chastotasi doirasining taxminan yarmini egallaydi (1.28-rasm). Rotorning aylanishlar chastotasi bundan keyin yanada ortib, ma’lum qiymatga etganda (masalan no‘rt ) uyg‘otish zanjiridagi qo‘shimcha qarshilik Rq ning qiymati uyg‘otish tokini pasaytirishga etmay qoladi. CHunki, kontaktlar orasidagi uchqun kuchini kamaytirish maqsadida (1.17 ifodaga qarang) uyg‘otish zanjiriga ataylab qiymati 10-15 marta kamaytirilgan qarshilik ulanadi.



1.28-rasm. Generatorning ikki bosqichli rostlagich bilan ishlagandagi tavsifnomasi


Natijada rotorning aylanishlar chastotasi no‘rt dan oshganda K1 kontaktlar butunlay ochilib qoladi va generatorning kuchlanishi o‘sa boshlaydi. Generatorning kuchlanishi birinchi bosqichda rostlangan kuchlanish qiymatidan 0,4 - 0,7 V ga ortganda, tabiiy ravishda rostlagich chulg‘amida ham kuchlanish qiymati ortadi, o‘zakdagi magnit maydon yanada zo‘rayadi va yakorchani pastga kuchliroq tortib, ikkinchi juft kontaktlar K2 tutashtiradi. K2 kontaktlar tutashishi uyg‘otish tokini birdaniga nolgacha kamayishiga olib keladi, chunki uyg‘otish chulg‘amining ikkinchi uchi ham yarmo, yakorcha va K2 kontaktlar orqali "massa" ga ulanib qoladi. Uyg‘otish tokining nolga tushib qolishi generator kuchlanishini ham keskin kamayishiga olib keladi, natijada rostlagich chulg‘amidagi kuchlanish ham kamayadi va K2 kontaktlar yana uziladi. Uyg‘otish toki uyg‘otish chulg‘amiga, drossel Dr chulg‘ami va qo‘shimcha qarshilik Rq orqali o‘ta boshlaydi. Demak, ikkinchi bosqichda tok uyg‘otish chulg‘amiga bir gal butunlay bormaydi (kontaktlar K2 tutash) yoki drossel chulg‘ami Dr va qo‘shimcha qarshilik Rq orqali boradi (kontaktlar K2 uzilgan). Ikki bosqichli kuchlanish rostlagichlarini tatbiq qilish birdaniga ikkita muammoni hal qilish imkonini beradi. Birinchidan, qo‘shimcha qarshilik qiymati kam bo‘lganligi tufayli kontaktlar orasidagi kuchlanish qiymati keskin kamayadi va hosil bo‘layotgan uchqunlarning uzilish quvvati ancha pasayadi. Ikkinchidan, uzilish quvvatinining pasayishi uyg‘otish tokinining qiymatini 2,6-2,7 A gacha oshirish, demak, generatorning quvvatini orttirish imkonini beradi





Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish