Ishlab chiqarish iqtisodiyoti II



Download 0,58 Mb.
bet1/23
Sana01.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#625380
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
ishlab chiqarish2 Maxkamova


F.Azimova


Ishlab chiqarish iqtisodiyoti - II

(axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha


mutaxassislar uchun)

TOSHKENT, 2006


Mirzo Ulugbek informatika kasb-hunar kolleji Pedagogik Kengashi tomonidan tasdiqlangan

Mazkur material “AXBOROT VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA KASBIY TA’LIMGA KO‘MAKLASHUV - KOOPERATSION LOYIHA” nomli
O‘zbek-Nemis tajriba loyihasi doirasida, loyiha tomonidan qo’llab-quvatlanadigan kasb-hunar kollejlari uchun ishlab chiqilgan. Quyidagi material “Axborot va kommunikatsiya tizimlari” mutaxassisligi (kod.3521916) bo’yicha kasb o’rgatishda qo’llaniladi.

Taqrizchilar:


1. V.N.Skandakova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, MUIKHK


2. prof. M.A.Maxkamova, Iqtisod va boshkaruv fakulteti dekani, Toshkent Axborot Technologiyalari Universiteti.


Ishlab chiqarish iqtisodiyoti - II. T., "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2006. 130 s.


Kitobda ishlab chiqarishning turli jabhalari: zahiralar, sifatni, texnologiyalarni boshqarish, mahsulot sotishni tashkil etish va xarajatlarni hisobga olish masalalari ko'rib chiqiladi.


Kitob kollejlarning o'qituvchilari va o'quvchilari uchun mo'ljallangan.

© " Fan va texnologiya" nashriyoti, 2006.


I-BOB. ZAHIRALARNI BOSHQARISH

Korxonaning faoliyati uchun zahiralarning turli tiplari xarakterlidir. Bu xom ashyo va materiallar zahirasi, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim fabrikatlar, va nihoyat ombordagi tayyor mahsulot zahiralari bo'lishi mumkin.


Xom ashyo - qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun mehnat sarflangan mehnat predmetlari (ruda, paxta).
Materiallar - sanoatda ishlov berishdan o‘tib bo'lgan mehnat predmetlari (metall prokati).
Asosiy materiallardan mahsulotlar tayyorlanadi, ular uning asosiy moddiy mazmunini hosil qiladi. Yordamchi materiallar mahsulot ishlab chiqarishda yordamchi rol o'ynaydi, lekin ularning ishtirokisiz ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirib bo'lmaydi. Ular yoki mehnat vositalarini talab etiladigan qolatda saqlab turish uchun zarur, yoki mahsulotga ishlov berishda ba'zi bir texnologik jarayonlarda ulardan foydalaniladi.
Yarimfabrikatlar - bir yoki bir nechta ishlab chiqarish bosqichdan o'tgan, lekin hali yana ishlov berish yoki yiqishni talab etadigan mehnat maqsuli.
Tugallanmagan ishlab chiqarish -ishlov berilayotgan yoki yanada ishlov berishni kutayotgan va tayyor mahsulot qatoriga kirmaydigan mehnat predmetlari.
Ularning birinchilari ishlab chiqarish uzluksizligini, keyingilari - sotish uzluksizligini ta'minlaydi. Zahiralar korxonaning operativ moslashuvchanligini ta'minlaydi va eng yaxshi moliyaviy ko'rsatkichlarga erishishga ko‘maklashadi.
Mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha rejalarni bajarishning zarur shartlari - uning tannarxini pasaytirish, foydani ko'paytirish, korxonani zarur assortiment va sifatdagi xom ashyo va materiallar bilan to'la va o'z vaqtida ta'minlash rentabelligidir.
Korxonaning moddiy resurslarga bo'lgan ehtiyojini quyidagi yo'llar bilan qondirish mumkin:
- ekstensiv yo'l bilan (katta miqdordagi materiallarni sotib olish yoki tayyorlash yo'li bilan);
- intensiv yo'l bilan (mahsulot ishlab chiqarish jarayonida mavjud zahiralardan ancha tejab foydalanish yo'li bilan).

Мuomala sohasi
(bozor)

Аholi


Ishlab chiqarish vositalarni ishlab chiqaruvchilar

IChV



MQ

IChV




MQ



IChV

MQ





IP

iste’mol predmetlari ishlab chiqaruvchilar





IP

MQ



MQ

MQ



IP



MQ

Mana’viy qadriyatlarni ishlab chiqaruvchilar


MQ

MQ



MQ



IChV


1-rasm

Birinchi yo'l mahsulot birligiga moddiy xarajatlar salmog’i oshishiga olib keladi, ammo uning tannarxi bunda ishlab chiqarish hajmini oshirish va doimiy xarajatlar ulushini kamaytirish hisobiga pasayishi ham mumkin.
Ikkinchi yo'l moddiy xarajatlar salmog’ini chiqartirish va mahsulot birligi tannarxini pasaytirishni ta'minlaydi. Xom ashyo va materiallardan tejab foydalanish ularni ishlab chiqarishni oshirishga teng deb hisoblanadi.
Xom ashyo va materiallarni zahira uchun ko'plab to'plab qo'yish imkoniyati ularni keyinchalik sotib olishda iqtisod qilish imkonini beradi, chunki ulgurji partiyalar o'ziga xos chegirmalarga ega, ularni foydali bo'lgan vaqtda, ya'ni ancha arzon narxlarda sotib olish mumkin. Ulgurji sotib olish vaqtni tejaydi, buyurtmalarni rasmiylashtirish, tashish uchun transport xarajatlarini qisqartiradi. Zahiralarning yo'qligi ishlab chiqarishning bir maromda bormasligiga olib keladi, bu esa ish vaqtidan tashqari ishlash bilan birga majburiy tarzdagi turib qolishlari uchun ham haq to'lash zaruriyatini, shuningdek buyurtmani muddatida bajara olmaslikni bildiradi, bu esa o'z navbatida mijozlarni yo'qotish, sotish hajmining kamayishi, foydali bozor kon'yunkturasini boy berish demakdir. Zahiralarning mavjudligi sotish imkoniyatini, mahsulotni tarqatishning u yoki bu kanalini tanlash imkoniyatini belgilab beradi.
Lekin yana shuni yodda tutish kerakki, zahiralar har doim korxonaning pul mablag’larini "band qilib qo'yadi" (pullar sarflangan, harakatsiz yotibdi, pul aylanishi sekinlashgan). Buning ustiga omborlarni hamda zahiralarning o'zini ham saqlash qo'shimcha xarajatlarni talab etadi. Shunday qilib, zahiralar ortiqcha bo'lmasligi lozim. Katta zahira har doim ham yutuq qisoblanmaydi. Zahiralarni boshqara bilish zarur.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish