Uzluksizlik tamoyili deganda ishlab chiqarish jaryonida rejasiz to‘xtash, tanaffus bo‘lmasligi, ya’ni uzluksiz ishlash tushuniladi.
Bir me’yorlilik tamoyili o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish bo‘limlari, bir xil oraliqdagi ish vaqtida berilgan dasturga asosan bir xil hajmdagi ishning bajarilishi bilan xarakterlanadi.
Avtomatlashganlik tamoyili. Bu tamoyil ishlab chiqarish jarayonlarining operatsiyalarini maksimal avtomatik ravishda, ya’ni ishchilarning bevosita qatnashmasligi yoki ularning nazorati ostida bajarilishini talab etadi. Ishlab chiqarish jarayonining ayrim operatsiyalarini yuqori darajada avtomatlashtirish ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirishning dastlabki asosiy sharti bo‘lib, avtomatik potok liniyalarini yaratishga qadar amalga oshirilishi lozim.
Avtomatlashganlik tamoyili faqat texnologik jarayonlarda qo‘llanilmay, balki ularni texnikaviy tayyorlash, nazorat qilish, tartibga solish, xizmat ko‘rsatish kabi ishlarni bajarishda ham keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |