Ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil etish shakllari



Download 86,5 Kb.
bet1/2
Sana23.09.2022
Hajmi86,5 Kb.
#849877
  1   2
Bog'liq
Ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil etish shakllari


Ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil etish shakllari
Reja:



  1. O`zbekiston Respublikasi viloyatlari sanoatining tarmoqlar bo`yicha tarkibi.

  2. Viloyatlarning iqtisodiy geografik rivojlanganlik darajasi.

  3. Sanoat ishlab chiqarishining hududiy va davriy tashkil etish xususiyatlari.

Mintaqaviy iqtisodiyot uchun ishlab chiqarishni tashkil etishning har ikkala tomoni yoki shakli muhimdir. Chunki, ijtimoiy tashkil qilish va hududiy shakllarning negizida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, tejamkorlik va binobarin, iqtisodiy maqsadlar yotadi. Agar ijtimoiy tashkil etish shakllari , ishlab chiqarish korxonalarining ularda band bo`lgan ishchilar soniga k`ra katta-kichikligi, xodimlarning nima ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi va hamkorligidao`z ifodasini topsa, hududiy shakllar iqtisodiy makon yoki landshaftda ishlab chiqarish tarmoqlarining qanday shaklda joylashuvi, mujassamlashuvi, korxonalarning o`zaro hududiy munosabatini anglatadi. Aynan shu nuqtai nazardan ijtimoiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil qilish tarmoqlari, kasbiy va hunar tarkibi, ixtisosini keltirib chiqaradi. Hududiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishni hududiy tashkil shakllari esa iqtisodiy rayonlar to`ri va tizimi, ular o`rtasidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlari, hududiy tarkib va tizimni shakllantiradi.


Viloyatlar iqtisodiy salohiyatini shakllanishi va yuksalishida eng avvalo sanoat ishlab chiqarishining o`rni salmoqlidir. Viloyatlardagi mavjud sanoat o`zining hududiy mujassamlashuvi va ixtisoslashuviga ko`ra bir-biridan farq qiladi. Biroq, bunday tafovutlar uncha kuchli emas. Viloyatlar sanoatining tarmoqlar bo`yicha tahlili shundan dalolat beradiki, barcha hududlarda ko`proq yengil va oziq-ovqat sanoatlari nisbatan yaxshi rivojlangan. Shu bilan birga ayrim viloyatlarda tog`-kon, kimyo, mashinasozlik va qurilish materiallari sanoati ham biroz taraqqiy etgan. Chunonchi rangli metallurgiya Navoiy, Toshkent va qisman Jizzax viloyatlarida, qora metallurgiya asosan Toshkent viloyatida, kimyo sanoati Toshkent, Navoiy va Farg`ona viloyatlarida mavjud. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati Toshkent, Andijon va qisman Namangan hamda Samarqand viloyatlarida, qurilish materiallari sanoati Toshkent Farg`ona, Navoiy viloyatlarida rivojlangan.
Yengil sanoat tarmoqlari mamlakatning deyarli barcha viloyatlariga mansub soha hisoblanadi. Ularning bunday tarqalishi asosan xom ashyo yetarli darajadagi ishchi kuchi va iste`mol omillari bilan izohlanadi. Ammo ushbu tarmoq o`zining keng geografiyasiga qaramay u ko`proq Farg`ona vodiysi viloyatlari hamda Toshkent va Samarqand viloyatlarida yaxshi rivojlangan, so`nggi yillarda bu soha Qoraqalpog`iston respublikasi, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida ham faol shakllanib kelmoqda. Shuningdek, oziq-ovqat sanoati ham mamlakatning barcha viloyatlarida mavjud. Bog`dorchilik, uzumchilik va sabzavot yetishtirish negizida va aholi talabining o`sib borishi ta`sirida ushbu sanoat tarmog`I ko`pgina viloyat va tumanlarda tashkil etilgan.
Viloyatlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi xo`jalik yoki sanoatning faqat bir sohasini mavjudligida emas, balki uning tarmoqlari bo`yicha tarqalishi va turlanishida, ularning mukammal majmua shaklida va mushtarakligida to`laroq o`z ifodasini topadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda sanoat ishlab chiqarishi, avvalombor, eng avvalo Toshkent hamda Farg`ona viloyatlarida yaxshi rivojlangan. Chunonchi Toshkent viloyatida mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoat korxonalari faoliyat kjo`rsatmoqda. Ayni paytda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm va Sirdaryo viloyatlari sanoatining turlanish darajasi ancha past. Jadval ma`lumotlarining tahlili shundan dalolat beradiki, respublika sanoat ishlab chiqarishi hajmining asosiy qismi Toshkent shahri va Toshkent viloyati, Farg`ona, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlariga to`g`ri keladi. Mazkur viloyatlar mamlakat ichki yalpi sanoat mahsulotini yaqin 70 foizini ta`minlaydi. Shu jumladan Toshkent viloyati 16,7 foiz, Toshkent shahri va Farg`ona viloyatining hissalari 15,6 foizga barobar. Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarining har biriga esa mamlakat sanoat mahsulotining 1/10 qismidan ko`prog`i to`g`ri keladi.
3-jadval

Download 86,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish