Ishlab chiqarish nazariyasi



Download 394 Kb.
Sana07.07.2021
Hajmi394 Kb.
#111470
Bog'liq
mikro 10-topshiriq



Ishlab chiqarish nazariyasi

1.Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi mohiyatini tushuntiring.

2.Ishlab chiqaruvchi muvozanati qanday aniqlanadi?

3.Masshtab samarasi mazmunini yoriting.

1.Moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko’rsatish inson hayoti, uning yashashi va kamol to’ishi uchun moddiy asosdir. Shuning uchun ishlab chiqarishning to’xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim iqtisodiy qonuniyat va ob’ektiv zaruriyatdir.

Ishlab chiqarish – bu cheklangan resurslardan, ishchi kuchi, uskuna va texnologiya, tabiiy resurslar va materiallardan muayyan kombinatsiyada foydalangan holda mahsulotlar tayyorlash jarayonidir.

Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi, eng avvalo uning ro’y berishi uchun bu jarayonda qatnashadigan omillar mavjud bo’lmog’i lozim. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bo’lgan 4ta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari, mehnat predmetlari va tadbirkorlik qobiliyati bo’lishi shart.

Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o’zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.

Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat ‘redmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar).

Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (er-suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar).

Ishlab chiqarish funksiyasi - sarflanadigan ishlab chiqarish omillari miqdori bilan foydalangan holda maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi funksiya.
Ishlab chiqarish funksiyasi foydalaniladigan har bir ishlab chiqarish omillari sarfi majmuasidan maksimal Q miqdorda mahsulot ishlab chiqarishni ko'rsatadi.

Q= f(R1, R2, R3....Rn)

Q – mavjud omillardan maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori;

Ri – ishlab chiqarishda foydalaniladigan i-omil miqdori;

n – ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar turlari soni.

Agar omillar majmuasi sarfi kapital, mehnat va materiallardan iborat bo’lsa, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

Q= f( K, L,M)

bu yerda:

К - kapital;

L - mehnat;

M - materiallar.

Agar ishlab chiqarish funksiyasi ikkita, К (kapital) va L (mehnat) omillariga bog’liq bo’lsa, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha yoziladi: Q=f(K,L)

Mahsulot ishlab chiqarish ko‘proq qo’l mehnatiga asoslangan bo’lsa (masalan, non qo’l mehnati asosida ishlab chiqarilsa), u holda ishlab chiqarish funksiyasini faqat sarflangan mehnatga bog’liq ravishda yozish mumkin: Q= f(L)

Agar mahsulot ishlab chiqarishda ko‘proq kapital ishtirok etsa, ya'ni mahsulot ishlab chiqarish yuqori kapital sig’imiga ega bo’lsa, ishlab chiqarish funksiyasini ko‘rinishida yozish mumkin: Q= f(K)

2.Qisqa muddatli davr- ishlab chiqarish omillaridan hech bo’lmaganda bittasining miqdori o’zgarmaydigan davr.

Uzoq muddatli davr- barcha ishlab chiqarish omillarining miqdori o’zgarishi uchun yetarli bo’lgan davr.

O’zgarmas omillar- qisqa muddatli davrda miqdori o’zgarmaydigan omillar. Masalan ishlab chiqarish uskunalari va og’ir texnikalarning miqdori qisqa muddatli davrda o’zgarmaydi.

O’zgaruvchan omillar- qisqa muddatli davrda miqdori o’zgaradigan omillar. Masalan mehnat va materiallar sarfi.



3.Ishlab chiqarish masshtabining kengayishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi, kamaytirishi va o‘zgartirmasligi mumkin.

Ishlab chiqarish masshtabi kengayganda omillar sarfi sur'ati ishlab chiqarish hajmining o ‘sish su'ratiga teng bo'lsa, bunday o'sishga o'zgarmas masshtab samarasi d eyiladi.

Agar ishlab chiqarish masshtabi kengayganda omillar sarfi sur'atidan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sish su'rati yuqori bo’lsa, bunday ishlab chiqarish hajmining o'sishiga musbat masshtab samarasi deyiladi.

Musbat masshtab samarasida uzoq muddatli o'rtacha xarajatlar kamayadi.

Agar, ishlab chiqarish masshtabi kengayganda, omillar sarfi sur'atidan ishlab chiqarish hajmining o'sish sur’ati past bo'lsa, bunday o'sishga manfiy masshtab samarasi deyiladi.



Manfiy masshtab samarasida uzoq muddatli oraliqda firma mahsulot ishlab chiqarishni oshirganda o'rtacha xarajatlar oshib boradi.


Download 394 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish