Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti "iqtisodiyot" kafedrasi "MIKROiqtisodiyot" fanidan


Foyda - firmaning yashashi va ravnaq



Download 177,64 Kb.
bet2/7
Sana28.07.2021
Hajmi177,64 Kb.
#130969
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ssssss

1.Foyda - firmaning yashashi va ravnaq

topishi zaruriyati

Sanoat va uning barcha boʻgʻinlari ishini tafsivlovchi muhim sifat koʻrsatkichlaridan biri foydadir. Foyda bozor munosabatlarining muhim kategoriyasi sifatida iqtisodiyotida maʼlum funksiya (vazifa)larni bajaradi:

-ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsifllaydi chunki u so'nggi moliyaviy natijani ifodalaydi;

-turli darajadagi budjetlarni shakllantiradi;

-xodimlarning manfaatlarini himoya qiladi va bu borada iqtisodiy dastak va stimul rolini o'ynaydi;

-ilmiy -texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy ishlarni amalga oshirishga imkoniyat beradi.

Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning hamma ishlab chiqarish xoʻjalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi koʻrsatkichdir. Balansdagi foyda yoki foydaning umumiy summasi -korxona balansidagi mavjud ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari xoʻjaliklarning moliya - xoʻjalik faoliyatlari natijasida olingan foyda summasidir. Foydaning umumiy summasi tovar mahsulotini sotishdan, ishlab chiqarishdan tashqari bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan korxona yordamchi xoʻjaliklarining mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlardan realizatsiyadan tashqari foyda va uy joy kommunal xoʻjaligi har xil jarimalar penya va hokazolardan tashkil topadi. Xoʻjalik yurituvchi subʼekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi koʻrsatkichlai bilan tavsiflanadi:

-mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF), bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:

YaF(SST-MIT) bu yerda YaF- yalpi foyda

SST- sotishdan olingan sy tushum

MIT-sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;

-asosiy faoliyatdan koʻrilgan foyda- bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari oʻrtasidagi tafovut va qoʻshimcha asosiy faoliyatdan koʻrilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:

AFF=YaF-DX +BD+BZ bu yerda:

AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda;

DX-davr xarajatlari;

BD- asosiy faoliyatdan olingan daromadlar;

BZ- asosiy faoliyatdan koʻrilgan boshqa zararlar;

- xoʻjalik faoliyatidan olingan foyda yoki zarar - bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasiplus moliyaviy faoliyatdan koʻrilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:

UF= AFF+MD-MX, bu yerda :

UF- umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda;

MD- moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;

MX- moliyaviy faoliyat xarajatlari;

- soliq to'lagungacha olingan foyda - bu umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda plus favqulotda ( koʻzda tutilmagan) vaziyatlardan koʻrilgan zarar va minus zarar sifatida aniqlanadi:

STF=UF+FP-FZ bu yerda:

STF - soliq to'lagungacha olingan foyda;

FP- favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;

FZ- - favqulodda vaziyatlardan koʻrilgan zarar;

- yilning sof foydasi - bu soliq to'langandan y xoʻjalik yurituvchi subʼekt ixtiyorida qoladi, oʻzi daromad (foyda) dan toʻlanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va toʻlovlarni chiqarib tashlangan holda soliqlar to'lagunga qadar olingan foydani ifodalaydi:

SF=STF-DS-BS bu yerda:

SF- sof foyda;

DS- daromad ( foyda) dan toʻlanadigan soliq;

BZ- boshqa soliqlar va toʻlovlar.

Har bir korxona (firma) yashashi va ravnaq topishi uchun foyda olishi kerak. Korxona foydani oʻz rivojini ta'minlovchi birinchi muhim omildeb biladi. Foydani maksimallashtirish bilan shugʻullanmaydigan korxonaning yashab imkoniyati kam boʻladi. Makroiqtisod sohasida uzoq muddatga foydani maksimallashtirish masalasiga katta eʼtibor berilishi shundan iboratki shu asosda firma faoliyatini oldindan bashorat qilinadi. Mulk egasini oʻzi boshqaradigan unchalik katta boʻlmagan korxonada ularni yuritish bilan bogʻliq boʻlgan hamma qarorlarda foydani koʻpaytirish asosiy oʻrin tutadi. Juda katta va yirik korxonalarda rahbar( boshqaruvchi)lar kundalik qarorlarini qabul qilishda mulk egalari har doim y boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay olmaydilar. Shuning uchun boshqaruvchilarda va korxonaga raxbarlik qilishda maʼlum darajada erkinliklar boʻlib, foydani maksimallashtirish bilan yetarli shugʻullanmasliklari mumkin. Ular mulk egasi bo'lmaganliklari uchun uzoq muddatli manfaat oʻrniga qisqa manfaatni afzal koʻrishlari mumkin. Boshqaruvchilar koʻpincha foydani maksimallashtirish oʻrniga daromadni koʻpaytirish yoki aksiyadorlarni qiziqtirish uchun dividendni oshirishga harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari ular yuqori lavozimga erishish yoki katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa ham hozirgi kunning oʻzida oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli bunday raxbarlar oʻz lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani boshqa raxbarlarga topshirish zaruriyati yuzaga keladi. Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari uning yana bir qancha turlari mavjud:

Haqiqiy foyda;

Oʻrtacha foyda;

Monopol foyda yoki iqtisodiy renta;

Maksimal foyda.

Haqiqiy foyda - bu haqiqatda hisobot maʼlumotlari, ya'ni haqiqiy xarajatlar asosida aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona moliyaviy faoliyatini tashkil etishda asosiy manba boʻlib hisoblanadi.

Oʻrtacha foyda deganda boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan kapitaliga bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega boʻlish tushuniladi. Oʻrtacha foyda korxona (firma)ning faoliyat koʻrsatayotgan sohada tarmoqda qolishini taʼminlaydi. Bunday foydaning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. Oʻrtacha foydani koʻpincha iqtisodiy foyda deb ataydilar.

Iqtisodiy foyda qachon paydo boʻladi? Agar korxona bir mahsulotni tayyorlab,sotib haqiqatda 100ming soʻm foyda olgan boʻlsa-yu ana shu mablagʻni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sarflab uni sotganda 150ming soʻm foyda olsa, bunday foydani iqtisodiy foyda deb tushunish kerak . Bu holda foyda ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy foyda korxonani biron bir investor faoliyat boshlashiga ragʻbatlantirsa ijobiy haqiqiy foyda ishlab chiqarish yoki firmaning ancha oyoqqa turib olganidan darak beradi.

Monopol foyda yoki iqtisodiy renta- bu cheklangan ishlab chiqarish omillaridan foydalanish natijasida sodir boʻlgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita korxona bir xil yerga ega boʻlib, yerni olish bilan bogʻliq xarajatlar bir xil boʻlishi sharoitida birinchi yer transport tarmogʻiga yaqin boʻlganligi uchun mahsulotni tashishga 10 mln.so'm kam sarf qilinishi mumkin, ana shu 10 mln. soʻm uning qoʻshimcha foydasi hisoblanadi. Iqtisodiy renta ishlab chiqarish omillari cheklanganligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish omili va berish holatini bildirgan baho bilan shu omilning eng kam bahosi oʻrtasidagi farqdan iborat boʻladi.

Maksimal foyda - bu bir birlik qoʻshimcha mahsulotni sotishdan olingan daromadni shu bir birlik qoʻshimcha mahsulotga qilingan xarajat miqdori bilan bab barobar kelishi natijasida olingan foyda. Shu holda rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan boʻladi. Shunga koʻra foydani maksimallashtirish degani eng yuqori rentabellikni taminlash deganidir.



Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida oʻtkazilayotgan tub iqtisodiy tadbirlar majmuida foydani taqsimlash masalalari muhim oʻrin tutadi, zero uni adolat yuzasidan va to'gʻri taqsimlash jamoa va har bir xodimning manfaatdorligini uygʻunlashtirish uchun sharoit yaratadi.


Download 177,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish