Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti "iqtisodiyot" kafedrasi "MIKROiqtisodiyot" fanidan


Raqobatlashgan bozorda qisqa muddatli oraliqda



Download 177,64 Kb.
bet5/7
Sana28.07.2021
Hajmi177,64 Kb.
#130969
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ssssss

4.Raqobatlashgan bozorda qisqa muddatli oraliqda

firma foydasini maksimallashtirish

Raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firma ishlab chiqarish omillaridan birining narxi oshganda qanday qaror qabul qilishni ko`rib chiqamiz.Bozordagi narx P’va firmaning  boshlang`ich (ishlab chiqarish omillari narxi o`zgarmagandagi chekli xarajati MC1 va firma foydasini maksimallashtiruvchi ishlab chiqaruvchi hajmi Q1 bo`lsin deylik.(1-rasm).





MC2

P’

MC1 P’

Q2 Q1 Q

2 -rasm. CHekli xarajatning ishlab chiqarish hajmiga bog`liqligi

Faraz qilaylik ishlab chiqarish omillaridan birining narxi oshdi deylik.Omil narxining oshishi chekli xarajat MC1ni yuqoriga chapga MC2 ga siljitadi.Nima uchun deganda har bir ishlab chiqariladigan mahsulot xarajati oshadi.Foydani yangi chekli xarajatda maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi Q2 ni tashkil qiladi,ya’ni Q2 hajmda P’=MC2.

Shunday qilib, ishlab chiqarish omili narxining oshishi firmani mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga majbur qiladi.Agar firma ishlab chiqarishni Q1 hajmda davom ettirganida shtrixlangan sohaga teng bo`lgan zararni ko`rgan bo`lar edi.Shtrixlangan soha firma foydasining yo`qotilishi mumkin bo`lgan qismini ifodalaydi.

Qisqa muddatli oraliqda firma kapitali razmeri o`zgarmaydi, shuning uchun u foydani maksimallashtiradigan o`zgaruvchan ishlab chiqarish omillari hajmini tanlashi lozim bo`ladi.Ma’lumki foydani maksimallashtirish bu umumiy daromad bilan umumiy xarajatlar ayirmasini maksimallashtirish demakdir,ya’ni

П(Q)=TR(Q)-TC(Q) (1).

agar absissa o`qi bo`yicha ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini, ordinata o`qi bo`yicha umumiy daromadni joylashtirsak daromadning mahsulot hajmiga bog`liqligi (R(Q)=P-Q) koordinata boshidan chiquvchi nur bilan ifodalanadi.Umumiy xarajatlar esa o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlar yig`indisidan hosil bo`ladi.(3-rasm).



3-rasm. Qisqa muddatli oraliqda foydani maksimallashtirish.

3-rasm grafikdan koʻrish mumkinki ishlab chiqarish hajmi kichik boʻlganda firma foydasi manfiy boʻladi, firma zarar bilan ishlaydi. Firmaning daromadi o'zgarmas va oʻzgaruvchan xarajatlarni qoplash uchun yetarli emas. Ishlab chiqarish hajmi oshib borishi bilan firmaning foydasi musbat boʻlib oshib boradi va ishlab chiqarish hajmi Q2ga teng boʻlganda daromad TR(Q) bilan umumiy xarajatTC(Q) oʻrtasidagi farq maksimal boʻladi.1-rasm.(Bu MN)

Demak foyda ishlab chiqarish hajmi Q=Q2* boʻlganda maksimallashadi.

3-b rasm. Ishlab chiqarish hajmi Q2* dan oshganda(Q>Q2*)umumiy xarajatlarning oʻsishi daromad o'sishiga nisbatan ustunroq bolgani uchun foyda kamayib boradi. Rasmdan koʻrinib turibdiki ishlash chiqarish hajmi

Q1 gacha boʻlganda firma zarar bilan ishlaydi, nima uchun deganda (TC>R(Q)).

Firma Q1 va Q2* oraliqda foyda oladi va bu foyda Q2ga qadar oshib ishlab chiqarish hajmi Q2* ga teng boʻlganda maksimal qiymatga erishadi. N nuqtada daromad chizigʻining burchak koeffitsienti (chekli daromadMR=∆R/∆Q= tga ) umumiy xarajat chizigʻining burchak koeffitsientiga ( chekli xarajatga MC=∆TC/∆Q = tg a ) teng MC=MR.

Shunday qilib firmaning chekli daromadi bilan chekli xarajati bir biriga teng boʻlganda foyda maksimal qiymatga erishadi.

MC=MRfoydani maksimallashtirish sharti boʻlib firma qaysi bozorda faoliyat ko'rsatmasin u oʻz kuchini saqlab qoladi. Yuqoridagi mulohazalardan shu kelib chiqadiki agar MR(Q)>MC(Q)boʻlganda firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi kerak (har bir qoʻshimcha ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy foydani oshirib boradi)agar MR(Q)>MC(Q)boʻlsa ishlab chiqarish hajmini qisqartirish kerak boʻladi. Maksimallik shartini matematik tomondan keltirib chiqarish mumkin: П(Q)=R(Q)-TC(Q) (2).

(2)-funksiya maksimal qiymatga erishadi, qachonki ishlab chiqarish hajmini kichik ∆Qmiqdorda oshirganimizda foyda oʻzgarmasa, ya'ni

П(Q)/(Q)=0 bundan

П(Q)/(Q)=∆R(Q)/(Q) -TC /∆Q =0 (3).

3-munosabatda

∆R(Q)/(Q) =MR va TC/∆Q=MC

bo'lgani uchun foydani maksimallashtirish shartini quyidagicha yozamiz:

MR(Q)=MC(Q). (4).

Biz koʻrganedikki , raqobatbashgan bozorda narx bozor tomonidan belgilanadi va unga firma taʼsir qila olmaydi. Bunday bozorda harakat qilayotgan firmaning talab chizigʻi gorizontal chiziqdan iborat boʻlib, uni chekli daromadi barcha teng, yani MR=P. Demak raqobatlashuvchi firma foydasini maksimallashtirish sharti (qoidasi) shundan iboratki, firma ishlab chiqarish hajmini shunday tanlashi kerak bu hajmda narx chekli xarajatga teng boʻlsin: P=MC. (5).

(5)- shart raqobatbashgan bozorda faoliyat koʻrsatayotgan firma foydasini maksimallashtirish (muvozanat holati) sharti deyiladi, ya'ni raqobatlashuvchi firmaning chekli mahsulot qoidasini ifodalaydi. Ushbu qoidaga koʻra firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini chekli xarajatbarcha teng boʻlgunga qadar oshirishi mumkin. Demak MC
boʻlsa ishlab chiqarishni oshirish mumkin P=MC bolguncha davom etishi mumkin. Rasmda E nuqta raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli oraliqdagi muvozanat holatini ifodalaydi. Bu nuqtada P=MCboʻlib ushbu nuqtada firma foydani maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi Q* ga erishadi. Rasmda umumiy daromad (TR-TC) 0 PE Q* toʻrtburchak yuzasiga umumiy xarajat 0 ABQ* toʻrtburchak yuzasiga teng. Umumiy maksimal foyda (max п( Q) = TR-TC ) AP EB yuza bilan ifodalanadi va bu yuza quyidagi formula bilan hisoblanadi:

п= ( P- ATC ) • Q (6).

Ishlab chiqarish hajmiQ* dan kichik boʻlganda Q< Q* chekli daromad chekli xarajatdan koʻp demak ishlab chiqarish hajmini oshirib qoʻshimcha foyda olish imkoniyati bor. Rasmda ikki karra shtrixlangan SFEyuza ishlab chiqarish hajmi Qga kamaygandagi yoʻqotilgan foydani ifodalaydi. Ishlab chiqarish hajmi Q* dan yuqori boʻlganda ya'ni Q1> Q* da chekli xarajatlar chekli daromaddan yuqori. Bu holda ishlab chiqarish hajmini qisqartirish umumiy xarajatlarni qisqartirishga olib keladi. Rasmdagi ESK uchburchak yuzasi Q1 miqdorda mahsulot ishlab chiqarish natijasida yoʻqotilgan foydani ifodalaydi.(6)- ifodadan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, narx oʻrtacha umumiy xarajatdan qancha yuqori boʻlsa, firmaning foydasi shuncha koʻp boʻladi. Buni quyidagi grafikda koʻrish mumkin.( - rasm).Rasmda boshlangʻich narx P0 boʻlganda umumiy foyda P0 A0 B0 E0 toʻrtburchak yuzi bilan ifodalansa narx oshib P1 boʻlganda umumiy foyda qiymati ham oshadi va P1 A1 B1 E1 toʻrtburchak yuzi bilan ifodalanadi.

4- rasm.

Shuni ham eslatish oʻrinliki firma qisqa muddatli oraliqda har doim ham foydani maksimallashtiravermaydi. Koʻp hollarda oʻzgarmas xarajatning oshib ketishi umumiy oʻrtacha xarajatni oshirib yuboradi. Natijada foydani maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi Q* da anrx P oʻrtacha umumiy xarajatdan kichik boʻladi yaʼni, P

5-rasm.

Yuqoridagi qoidalar firma uchun umumiy xarakterga ega. Firma qaysi bozorda faoliyat koʻrsatishidan qatʼiy nazar ushbu qoidalar oʻz kuchini saqlaydi. 5-rasmda A nuqta firmaning zararsiz ishlash nuqtasi deyiladi, bu nuqtada P=ATC(Q) boʻlib, firma zarar ham koʻrmasdan foyda ham olmasdan ishlashini ifodalaydi.




Download 177,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish