"ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/57
Sana15.12.2022
Hajmi1,6 Mb.
#886599
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
Bog'liq
Industrial iqt uslubiy yangi

 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i. 
2.Sanoatning asosiy xususiyatlari va sanoat ishlab chiqarishining xalq 
xo‘jaligining boshqa sohalar bilan o‘zaro bog‘liqligi nimalarda namoyon bo‘ladi? 
3.O‘zbekiston sanoatining rivojlanish bosqichlari va sanoat tarmoqlarining 
taraqqiyoti. 
4.Sanoat va bozor xo‘jaligi hamda uning xorijiy bozorga chiqish imkoniyatlari 
va yo‘llari nimalardan iborat? 
5.Sanoat ishlab chiqarishning xalqaro hamkorlik sohasidagi vazifalari nimalarni 
taqazo etadi? 
3-mavzu. SANOATNING 
TARMOQ 
TUZILMASI 
VA 
TARKIBIY 
SILJISHLAR 
 
REJA. 
3.1. 
Tarkibiy siyosat, uning mohiyati va ahamiyati
3.2. 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog‘ining shakllanishi..
3.3. 
Sanoatning tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar
 
Uslubiy ko’rsatmalar 
Tarkibiy siyosati haqida mulohaza yuritishdan oldin, strukturaning o‘zi nima 
ekanligini bilib olishimiz zarur. 
Tarkibiy lotincha, «struktura» so‘zidan olingan bo‘lib, narsalar tarkibiy 
qismlarining o‘zaro bog‘liq ravishda joylashishini, tuzilishini bildiradi. 
Tarkibiy siyosatining mohiyati sohalarning tuzilmaviy jihatlarini belgilab berish
yo‘lga solib turishdan iboratdir. Ana shu nuqtai nazardan mustaqillikning o‘tgan davri 
uchun va 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy siyosatning yo‘nalishi va 
xususiyatlari doirasida belgilangan milliy iqtisodiyot strukturasida progressiv 
o‘zgarishlarni amalga oshirish, tarmoqlararo va tarmoq ichki mutanosibliklarini 
takomillashtirish, 
fan-texnika 
taraqqiyotini 
belgilovchi 
sohalarni 
ustuvor 
rivojlantirishni davom ettirish vazifasi muhim ahamiyatga molikdir.
Davlat strategiyasiga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish va jumladan, sanoat 
strukturasini izchil tarzda takomillashtirish ko‘z ilg‘aydigan istiqbolda quyidagilardan 
iborat bo‘lishi mumkin: 


21 

real sektor tarmoqlariva uning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoatni 
balanslashtirilgan tarzda va izchil rivojlantirish; 

iqtisodiyotni, xususan, sanoatni modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni 
diversifikatsiya qilish yo‘liga o‘tkazish, uning samaradorligini oshirish, moddiy, 
mehnat va moliyaviy resurslar iste’molini ratsionallashtirish, ularni har tomonlama 
tejash;

iqtisodiyotning, jumladan, sanoatning ijtimoiy yo‘nalishini yanada kuchaytirish, 
milliy iqtisodning aholi farovonligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xilma-xil vazifalar 
tomon yanada chuqurroq burilishini ta’minlash lozim. 
Bir butun qismlarning muayyan o‘zaro aloqasi, bir-biriga nisbatan joylashuvi 
bo‘lgan strukturaning ahvolini mutanosibliklar juda ham aniq va konkret tarzda 
ifodalaydi. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini chuqur bilib olish va ularni bashoratlar 
va loyihalarda tatbiq etish, ijtimoiy va shaxsiy iste’molni, fan-texnika taraqqiyotining, 
milliy iqtisodiyotning tegishli ishlab chiqarishlari va tarmoqlari rivoji istiqbollarini 
sinchkovlik bilan hisobga olish, korxonalarni zarur zahiralar bilan ta’minlashni 
mustahkamlash - ana shularning hammasi prognozlash va loyihalashtirish 
texnologiyasining eng muhim tarkibiy, tuzilmaviy qismlari bo‘lib, ularga qat’iy rioya 
qilish vazifalarining mutanosibliligi, balanslashtirilganligi, realligi, qo‘yilgan 
maqsadlarga erishishdagi ishonchliligi, ta’sirchanligining shartidir. 
O‘zbekiston davlatining iqtisodiy strategiyasida real sektor tarmoqlaristrukturasini 
takomillashtirish, uning tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan muhim topshiriqlar 
hamda bu tarmoqlarning marralari batafsil belgilab berilgan. 
Takror ishlab chiqarishning hozirgi sharoitlarida iqtisodiy o‘sish iqtisodiyot 
ko‘lamining o‘sishi bilangina emas, balki iste’molda ham, ishlab chiqarishda ham 
strukturaviy siljishlar, ularning tezligi va samaradorligi bilan aniqlanadi. 
Tarkibni aniqlovchi siyosatni shakllantirish iqtisodiyotdagi strukturaviy 
o‘zgarishlarni sifat jihatdan baholashni aniqlanishining printsipial xususiyati 
iqtisodiyotning o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlarining degradatsiyasi yuz berishi 
muammosini hal etishi zarurligidir, chunki ayni bir sur’atning o‘zi bir necha 
tarmoqlarning turli o‘sish sur’atlarida ifodalanishi mumkin. Bu bir xil bo‘lmagan 
iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Bu muammo oqibatda u yoki bu sohaga 
ustuvorlik (afzallik) berish tizimini yaratilishini taqozo etadi. Masalan, fan-texnika 
taraqkiyotida to‘liq aks etadigan sohalar ajralib turadi: yoqilg‘i-energetika, elektronika, 
mashinasozlik, kimyo. SHuning uchun bu tarmoqlar o‘sish sur’atlari bo‘yicha sanoat 
o‘sishidan yuqori turishi kerak. Mashinasozlikning tarmoq strukturasida ham jiddiy 
o‘zgarishlar yuz berishi zarur. Kimyoda biotexnologiya va nanotexnologiyani qo‘llab, 
nozik organik sintez mahsulotlarini ishlab chiqarish jadal sur’atlarda rivojlanishi zarur. 
Respublika iqtisodiyotida, shu jumladan, sanoatda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil 
ta’minlash natijasida davlatning qudratini yanada orttirish, mamlakat mustaqilligini 
mustahkamlash, yurtni obod etish va xalqning farovonligini yanada yuqori darajaga 
ko‘tarish mumkin. 
Iqtisodiy o‘sish ayrim qonuniyatlar asosida sodir bo‘ladi. Ba’zan uni 
harakatlantiruvchi kuch tsiklik ahamiyat kasb esa, boshqa paytlarda ekstensiv va 
intensiv omillarga boliq bo‘ladi. SHubhasiz, davlatning siyosati iqtisodiy jarayonlarga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishi yoki jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy institutlarga 


22 
ta’sir etish orqali bilvosita ta’sirga ega bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarda 
sodir bo‘lishi yoki sustlashuvi ayrim hollarda tsiklik hususiyatga emas balki aynan 
davlat siyosatining amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Odatda, yuqori sur’atdagi iqtisodiy o‘sish iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarning 
amalga oshirilayotgan davrga to‘g‘ri keladi.
Mamlakat iqtisodiyoti tarkibining ahamiyati iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi 
muvozanatni ta’minlashda, ularning samaradorligini oshirishda va barqaror iqtisodiy 
o‘sishga erishishda ko‘rinadi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatlar 
rivojlanishining xususiyatlariga bog‘liq holda o‘zgarib boradi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy 
siljishlar mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlashdagi muhim 
omillardan biri hisoblanadi. Ko‘pchilik rivojlangan G‘arbiy Yevropa davlatlari, 
Janubiy-SHarqdagi yangi sanoatlashgan davlatlar yuqori darajada iqtisodiy o‘sishga 
iqtisodiyotidagi katta tarkibiy siljishlar hamda boshqa sifat jihatdan o‘zgarishlar 
evaziga erishdilar. 
Ma’lumki, iqtisodiyotda tarkibiy siljishlarni amalga oshirish natijasida tub 
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda jadal 
va mutanosib iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va 
iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Birinchi 
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Mamlakatimiz iqtisodiyotini 
tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida 
bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq”. 
Iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlarni baholashda iqtisodiyot tarkibi asosan tarmoq, 
takror ishlab chiqarish, mintaqaviy va tashqi savdo jihatidan qaraladi. Iqtisodiyotdagi 
tarkibiy siljishlar tarmoq jihatdan qaralganda, asosiy uch tarmoq: sanoat, qishloq 
xo‘jaligi va xizmatlar ko‘rsatish sohalarining umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi yoki 
ushbu tarmoqlarda band bo‘lgan aholi soniga qarab aniqlanadi. Mamlakat iqtisodiy 
o‘sishining dastlabki bosqichlarida mazkur uch tarmoqning iqtisodiyotdagi ulushi 
jihatidan qishloq xo‘jaligi ustunlik qilsa, iqtisodiy o‘sishning keyingi bosqichlarida 
sanoat va yuqori iqtisodiy o‘sish pallasida esa xizmatlar ko‘rsatish sohasining 
yetakchilik qilishi kuzatiladi.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti ma’lum buyum va mahsulotlar ishlab chiqarish 
hajmining o‘sishi va fan-texnika taraqqiyoti natijasidir. Ishlab chiqarish ko‘lamining 
kengayishi esa ixtisoslashgan ishlab chiqarishning Konsentratsiyalashuvi va 
kichiklashuvi, yangi sanoat tarmoqlarining tashkil topishi va ilgari bunyod etilganlarni 
takomillashtirishni taqozo etadi. 
Ijtimoiy mehnat taqsimotining mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida so‘z borganda, 
shuni aytish kerakki, u tufayli xo‘jalik rivojlanishi natijasida sanoatning ayrim va 
mustaqil tarmoqlari ko‘payadi, bu rivojlanish tendentsiyasi har bir ayrim mahsulotni 
chiqarishnigina emas, hatto mahsulotning har bir ayrim qismini ishlab chiqarishni ham 
va faqat mahsulot ishlab chiqarishgina emas, hatto mahsulotni iste’mol qilishga 
tayyorlashdagi ayrim ishlarni ham sanoatning alohida tarmog‘iga aylantirishdan iborat. 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti uch shaklda: umumiy, xususiy va ayrim, birlamchi 
shaklda ro‘y beradi. Xalq xo‘jaligining yirik sohalari, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi, 
qurilish, transport va aloqaning vujudga kelishi umumiy mehnat taqsimotining 


23 
mahsulidir. Bu tarmoqlarning har birida sohalarning mustaqil ravishda ajralib chiqishi 
xususiy mehnat taqsimoti natijasidir. Birlamchi mehnat taqsimoti esa, ishlab 
chiqarishni korxona ichida - tsexlar, uchastkalar va yangi ish joylari tashkil etish bilan 
bog‘liqdir. Bunday turkumlarga ajratish va uning mahsulini 2-chizmadan ko‘rish 
mumkin. 
U yoki bu ishlab chiqarish faqat ma’lum texnik - iqtisodiy asos (zamin) 
yaratilgandagina alohida sanoat tarmog‘iga aylanishi mumkin. Buning uchun, eng 
avvalo, bir necha turdosh korxonalar bo‘lishi lozim. Ular aniq mustaqil sanoat 
tarmog‘iga birlashtirish imkoniyatini beradigan ma’lum belgiga ega bo‘lishi kerak. 
Sanoat tarmog‘i - ishlab chiqarish uyushmalari, kombinatlari va korxona (firma)lari 
yig‘indisidir. Tarmoq hosil etish uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga 
ega bo‘lishlari kerak: 

ishlab chiqariladigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligi; 

ishlatiladigan xom ashyo va asosiy materiallarning o‘xshashligi; 

ishlab chiqarish texnik bazasi va texnologik jarayonlarining umumiyligi; 

ma’lum kasbdagi kadrlar tarkibining umumiyligi; 

ijtimoiy mehnatni tashkil etish darajasi va shakllarining bir biriga o‘xshashligi 
va hakozolar. 
Mehnat vositalarning mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatishiga qarab sanoat qazib 
oluvchi va ishlov beruvchi tarmoqlarga bo‘linadi. Sanoatning bunday ikki qismga 
bo‘linishi ishlab chiqarish aloqalarini ko‘rsatishga, material va yoqilg‘i-energetika 
resurslarini, ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni 
asoslab berishga imkon yaratadi. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish