Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


yil -“Toshkent” Respublika birjasiga aʼzo boʼldi



Download 117,3 Kb.
bet3/6
Sana28.03.2023
Hajmi117,3 Kb.
#922567
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
madad

2017 yil -“Toshkent” Respublika birjasiga aʼzo boʼldi
Oxirgi yangilanish sanasi : 31.01.2020
Bank boshqaruvi
Bank kengashi a'zolari



F.I.SH

LAVOZIMI

1

Yo‘ldoshev Mo‘minjon Shokirjonovich

Bank kengashi raisi

2

Aripov Kamoljon Fazilovich

Bank kengashi a'zosi

3

Mannonov G'ayratjon G'ulomjonovich 

Bank kengashi a'zosi

4

Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich

Bank kengashi a'zosi

5

Nishonov Sardorbek Rasulovich

Bank kengashi a'zosi

Bank boshqaruv a'zolari



F.I.SH

LAVOZIMI

1

Yuldashev Muzaffar Mamirovich

Boshqaruv raisi 

2

Muratov Xayotjon Azamovich

Boshqaruv raisi o'rinbosari

3

Yulyakshiyeva Yuliya Anatolyevna

Boshqaruv a'zosi

4

Egamnazarov Yusufjon Uktamovich

Boshqaruv a'zosi



Bankning rivojlanishi


2018-2021 йиллар мобайнида 

АТБ «Мадад Инвест Банк»ни ривожлантиришнинг 




\
2. Asosiy yo’nalishlar va bankning umumiy ichki tartib qoidalari va faoliyati
1) Bankning kapitallashuvi va likvidliligini oshirish, bank tavakkalchiligini boshqarish va baholashni takomillashtirish;
2) Ilgʼor axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan keng foydalanilgan holda koʼrsatilayotgan bank xizmatlari koʼlamini va sifatini oshirish;
3) Bankning kredit portfelini doimiy oshib borishi va uning sifatini yaxshilashni taʼminlash, investitsion loyihalarni moliyalash koʼlamini kengaytirish, iqtisodiyotni kreditlashni takomillashtirish;
4) Bankkadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish;
1. АTB “Madad Invest Bank”ning kapitallashuvi va likvidliligini oshirish, bank tavakkalchiligini boshqarish va baholashni takomillashtirish
• Bankning kapitallashuvi darajasini oshirish
• Bankning likvidliligini taʼminlash
• Bankniinstitutsional rivojlantirish, bank risklarini boshqarish hamda ularni baholashni yanada takomillashtirish

Bank kapitalini 2018-2021 yillar mobaynida 7 barobarga qadar oshishini taʼminlash


1. Yoʼriqnomaning maqsadi jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning qonuniy vakillari tomonidan bank xizmatlaridan foydalanish jarayonida ularning huquqlarini himoya qilishdagi xatti-harakatlarni tartibga solishdan iborat.
2. Ushbu Yoʼriqnoma “Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish sohasidagi meʼyoriy-huquqiy hujjat hisoblanadi.
3. Mazkur Yoʼriqnomaga rioya qilish har bir bank xodimi uchun majburiy hisoblanadi, unga amal qilmaslik qonunchilikda belgiganlan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos boʼladi.
I. Аsosiy tushunchalar.

4. Ushbu Yoʼriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

isteʼmolchi – “Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki bank xizmatidan foydalanish istagida bankka murojaat qilgan, ushbu xizmatdan foydalanayotgan yoki oldin foydalangan jismoniy yoki yuridik shaxs.

bank xizmatlari – qonunchilikda belgilangan bank operatsiyalari yuzasidan koʼrsatiladigan xizmatlar majmuasi (jismoniy va yuridik shaxslarga hisobvaraqlar ochish va yuritish, hisobvaraqlar boʼyicha hisob-kitob qilish, omonatlarga jalb etish, kreditlar berish, pul mablagʼlari, veksellar, toʼlov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish, kafolatlar berish, chet el valyutasini sotib olish va sotish, qimmatli qogʼozlarni harid qilish - sotish, boyliklarni saqlash, faktoring, lizing, bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati koʼrsatish, shuningdek, litsenziyada bajaradigan boshqa operatsiyalar)

ijrochi – bank xizmatlari yuzasidan shartnoma asosida isteʼmolchiga xizmat koʼrsatuvchi bank filiali (keyinchalik bank).

shartnoma – bank va isteʼmolchi oʼrtasida ikki tomonlama imzolangan, ikkala taraflarning manfaatlari maʼqullangan yuridik hujjat.

murojaat – isteʼmolchi (yoki uning vakili) tomonidan ogʼzaki, yozma yoki elektron shaklda bankka yuborilgan bank xizmatlarini koʼrsatishga taalluqli ariza, shikoyat yoki taklif.
II. Isteʼmolchilarning huquqlari

5. Bank xizmatlari haqida toʼgʼri va toʼliq maʼlumot olish.
6. Bank xizmatlaridan erkin foydalanish va uning tegishli darajada sifatli boʼlishini talab qilish.
7. Buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini soʼrab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etishga haqli.

III. Bank majburiyatlari

8. Isteʼmolchilar bank xizmatlari yuzasidan maʼlumot olish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz filialning front-ofis hududiga kirishini taʼminlash.
9. Front-ofisning masʼul xodimlari isteʼmolchilarga koʼrsatilayotgan bank xizmatlari toʼgʼrisida dastlabki maʼlumot va maslahatlarni berish, bunda xodim bank siriga oid maʼlumotlardan tashqari isteʼmolchining bankning barcha xizmat turlari boʼyicha maʼlumotlarga ega boʼlishini taʼminlash.
10. Isteʼmolchilarga front-ofisning maʼmuriyati, yaʼni masʼul xodimi tomonidan bank xizmatlari yuzasidan amaldagi normativ hujjatlarga asoslagan holda oʼz vaqtida xizmat koʼrsatish, shuningdek bank xizmatlaridan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari va shartlarini aniq bayon qilish.
11. Bank xodimlari isteʼmolchilar bilan oʼzaro muloqotga kirishganda, doimo mijozlarga boʼlgan ishonchli munosabat shakllantirish, har qanday holatda ham isteʼmolchi manfaatini ustun qoʼyish, bunda noqonuniy harakatlar mustasno.
12. Bankning front-ofis hududida xizmat koʼrsatadigan xodimlarning bilim va koʼnikmasini oshirib borish hamda mijoz bilan munosabatga kirishish boʼyicha oʼquv-trening mashgʼulotlar olib borish.
13. Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilishga oid axborotlarni muntazam ravishda bankning veb-sahifasida yoritib borish.
14. Isteʼmolchilar hamda vazirliklar, korxona va tashkilotlardan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali kelib tushadigan murojaatlar, soʼrovlar va xatlarni koʼrib chiqish hamda ularga oʼrnatilgan tartibda javob maʼlumotini taqdim etish.
15. Bank tomonidan murojaatlarni koʼrib chiqish tartibi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar bankning (filialning) stendlarida va rasmiy veb-saytida joylashtirib borish.
16. Isteʼmolchining talabiga muvofiq bank isteʼmolchiga murojaatlarni koʼrib chiqish tartibini tushuntirib berish.
17. Isteʼmolchi murojaatiga javob mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon qilish.
18. Isteʼmolchi murojaatiga javoblar murojaatda koʼrsatilgan har bir masala boʼyicha vajlarni inkor etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) oʼz ichiga olgan boʼlishini taʼminlaydi.
19. Isteʼmolchilarga bank xizmatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar shartnomalar tuzilishidan avval bepul taqdim etadi va tanishtiradi.
20. Isteʼmolchi bank xizmatlarini koʼrsatish toʼgʼrisidagi shartnomani (kredit, depozit, bank hisobvaragʼiga xizmat koʼrsatish, lizing, bank kartalari va boshqalar boʼyicha) imzo qoʼymasdan oldin tanishib chiqishi uchun oʼzi bilan olib ketishga haqli. Xizmat koʼrsatuvchi xodim isteʼmolchini ushbu huquqqa ega ekanligi toʼgʼrisida xabardor qilishi lozim.
21. Bank xizmatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar qogʼoz shaklda berilganda «Times New Roman» 12 oʼlchamli shriftdan kam boʼlmagan yoki shunga oʼxshash shriftni qoʼllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish kerak.

IV. Meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablarini buzganlik uchun qoʼllaniladigan intizomiy javobgarlik choralari

22. Isteʼmolchiga bankning masʼul xodimi tomonidan bank xizmatlari yuzasidan notoʼgʼri yoki yetarli darajada toʼliq maʼlumot bermagan, isteʼmolchining haqli eʼtiroziga sabab boʼlganda;
a) bank xodimi aybi bilan bank xizmatlari koʼrsatishda isteʼmolchining faoliyatiga zarar yetkazilishiga olib kelganda;
b) bank va isteʼmolchi oʼrtasida bank xizmatlari yuzasidan tuziladigan har qanday shartnomada (kredit, omonat va h.k) bank xodimi aybi bilan kamchiliklarga yoʼl qoʼyilganda;
v) xalqaro pul oʼtkazmalari boʼyicha xizmat koʼrsatishda bank masʼul xodimi aybi bilan meʼyoriy hujjat talablari buzilganda;
g) valyuta operatsiyalari boʼyicha xizmat koʼrsatishda;
d) kredit mahsulotlari boʼyicha xizmat koʼrsatishda;
ye) isteʼmolchilar tomonidan boʼsh pul mablagʼlarini bank omonat va depozit hisobraqamiga joylashtirishda;
yo) isteʼmolchiga hisob-kassa xizmatini koʼrsatishda;
j) bank tomonidan isteʼmolchi ogohlantirilmasdan shartnoma shartlarini bir tomonlama oʼzgartirishga yoʼl qoʼyilganda;
z) isteʼmolchiga plastik karta bilan bogʼliq xizmat turi koʼrsatishda;
i) isteʼmolchi hisob raqamidan asossiz ravishda pul mablagʼlarini koʼchirish va kirim qilishda;
y) bank tomonidan isteʼmolchi, shu bilan bir qatorda xorijiy davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni qabul qilishni asossiz rad etilganda;
k) bank faoliyatida insofsiz xizmat koʼrsatish amaliyotlari qoʼllanilganda, jumladan:
- isteʼmolchi boshqa kredit tashkiloti bilan bank xizmati koʼrsatish shartnomasini tuzishga toʼsqinlik qilish maqsadida bank tomonidan kredit byurosiga yoki boshqa tashkilotlarga notoʼgʼri axborot berilganda;
- isteʼmolchi uchun maqbul shartlarda rasmiylashtirilgan boshlangʼich qarzni qaytarish maqsadida uni boshqa kredit shartnomasini tuzishga ragʼbatlantirilganda;
l) isteʼmolchiga murojaatlarni koʼrib chiqish tartibi toʼgʼrisida notoʼgʼri maʼlumot yoki tushuntirish berilganda;
m) isteʼmolchiga murojaati natijasi yuzasidan xabardor qilinganda, shuningdek murojaatga javob xati tayyorlashda amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarga rioya etilmaganda;
n) isteʼmolchilarning barcha yozma va elektron murojaatlarini oʼrnatilgan tartibda murojaatlar hisobini qayd etish daftarida yohud avtomatlashtirilgan tizimda roʼyxatdan oʼtkazilmagan taqdirda;
o) bank xodimining xatti-harakati bilan isteʼmolchi faoliyatiga zarar yetkazilgan har qanday boshqa holatlarda bank masʼul xodimi aybi bilan meʼyoriy hujjat talablari buzilganda bevosita aybdor masʼul va rahbar xodimlarga nisbatan birinchi holatda Mehnat Kodeksining tegishli bandiga muvofiq “xayfsan”, ikkinchi marotabasida bazaviy hisoblash miqdoring 1 barobaridan 2 barobarigacha jarima, keyingi oʼrinlarida Mehnat Kodeksining tegishli bandiga muvofiq mehnat shartnomasini bekor qilishgacha boʼlgan intizomiy jazo choralari koʼriladi.
VI. Yakuniy qoidalar

16. Xodimlar ish vaqtida, ishdan tashqari vaqtda va mehnat shartnomasi bekor qilinganda ham oʼzlariga maʼlum boʼlgan hujjatlardagi maʼlumotlar mazmunini oshkor etganligi, nusxa olish man etilgan hujjatlardan nusxa olganligi, oʼz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʼladilar.
17. Isteʼmolchi murojaati munosabati bilan ayon boʼlib qolgan maʼlumotlarning oshkor etilmasligi kafolatlanadi.
18. Mazkur Yoʼriqnoma tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi.


Isteʼmolchilar murojaat qilish usullari va murojaatlarini
koʼrib chiqish tartibi

• Bank nomiga murojaatlarlarni barcha filial va bosh bank orqali amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, murojaatlarni veb-saytning “Bank raisining virtual qabulxonasi”, “Ishonch telefoni” va “Call-markazi” yordamida amalga oshirish mumkin.


• Bank xizmatlari isteʼmolchilari ogʼzaki, yozma va elektron murojaatlari boʼyicha ularni roʼyxatga olish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritish “Madad Invest Bank” АTBda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom asosida hisobga olish kartochkasini toʼldirish va murojaatning birinchi sahifasi quyi oʼng qismida roʼyxatga olish shtampini qoʼyish yoʼli bilan roʼyxatga olinadi.
• Ogʼzaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaxslar oʼz shaxsini tasdiqlovchi hujjatini va yuridik shaxslarning vakillari esa vakolatlarini tasdiqlaydigan va oʼz shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʼrsatgan holda murojaatlar bilan ishlash boʼyicha boʼlinmaning rahbari yoxud boshqa masʼul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.
• Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatni mustaqil ravishda berishga, shuningdek, bu boradagi vakolatni oʼz vakiliga berishga yoxud murojaatni pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda yuborishga haqli.
• Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar koʼrsatilgan boʼlishi kerak. Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning toʼliq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʼgʼrisidagi maʼlumotlar koʼrsatilgan boʼlishi kerak. Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari koʼrsatilishi mumkin. Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.
• Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan boʼlishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni boʼlmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qoʼshimcha ravishda yozib qoʼyilishi kerak.
• Jismoniy va yuridik shaxslar oʼz murojaatini u koʼrib chiqilguniga qadar va koʼrib chiqilayotgan paytda murojaat boʼyicha qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish yoʼli bilan chaqirib olish huquqiga ega. Bunday ariza tushgan taqdirda murojaatni koʼrib chiqish toʼxtatiladi va uch kun mobaynida murojaat davlat organining xati bilan murojaat qiluvchiga qaytariladi.
• Аgar murojaatda joyning oʼzida oʼrganishni talab etuvchi holat bayon qilingan boʼlsa, shuningdek, boshqa zarur hollarda bank murojaatni joyning oʼzida koʼrib chiqishni taʼminlashi mumkin. Murojaatni joyning oʼzida koʼrib chiqish filial rahbarining topshirigʼi yoki uning roziligi bilan amalga oshiriladi.
• Murojaatni murojaat qilgan yoki boshqa shaxsning ishtirokisiz koʼrib chiqishning imkoniyati boʼlmaganda, ular bankning mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin. Chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmagan taqdirda bankning mansabdor shaxsi murojaatni uning ishtirokisiz koʼrib chiqish mumkin emasligi toʼgʼrisida javob yuboriladi.
• Аriza yoki shikoyat masalani mazmuni boʼyicha hal etishi shart boʼlgan bankga yoki ularning mansabdor shaxslariga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʼn besh kun mobaynida, qoʼshimcha oʼrganish va (yoki) tekshirish, qoʼshimcha hujjatlarni soʼrab olish talab etilganda esa bir oygacha boʼlgan muddatda koʼrib chiqiladi.
• Murojaatlarni koʼrib chiqish natijalari boʼyicha bank tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi, bu haqda darhol yozma yoxud elektron shaklda murojaat qiluvchiga xabar beriladi.
• Murojaatga javob xati bank yoki uning tarkibiy boʼlinmasi rahbari tomonidan imzolanadi.
• Murojaat, unda koʼtarilgan barcha masalalar Qonun talablariga muvofiq koʼrib chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda koʼrib chiqilgan hisoblanadi. Murojaat qiluvchiga javob yuborilgan kun murojaatni koʼrib chiqish tugallangan kun hisoblanadi.

1.1. “Madad Invest bank” aktsiyadorlik tijorat banki tizimida mijozlarga xizmat koʼrsatish madaniyati, xodimlarning muomalasi, tashqi koʼrinishi va oʼzlarini tutishlari obroʼli, moliyaviy manfaat keltirivchi hamda ishonchli muassasa sifatida bankning imidjini saqlab turishga xizmat qiladi.
1.2. Mazkur Nizom talablariga rioya qilish “Madad Invest bank” aktsiyadorlik tijorat bankining barcha xodimlari uchun majburiydir.
2. Mijozlarga xizmat koʼrsatish.
2.1. “Madad Invest bank” aktsiyadorlik tijorat banki tizimida barcha mijozlarga ularning millati, dini, irqi, jinsi, moliyaviy holati yoki kasbiy qobiliyatlaridan qatʼiy nazar bir xil darajadagi va sifatdagi xizmatlar koʼrsatilishi lozim.
2.2. Bankning mijoz bilan munosabatlari oʼzaro ishonchga asoslangan shartnomalar asosida tuziladi.
2.3. Bank mijozning manfaatlariga toʼliq darajada javob beradigan xizmatlarini tanlashda koʼmaklashishi zarur.
2.4. Bankning faoliyatida mijozning manfaatlariga taʼsir etuvchi oʼzgarishlar paydo boʼlgan taqdirda bank mijozni ushbu haqida xabardor etishi zarur.
2.5. Bank tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar boʼyicha axborot har qanday tushunmovchilikning oldini olish maqsadida aniq ifoda etilishi kerak.
2.6. Bank oʼzining xizmatlari va mahsulotlarning texnologiyalarini zamonaviylashtirish hamda yangilashga doimiy ravishda intilishi lozim.
3. Madaniyat va hulq-atvor meʼyorlari.
3.1. “Madad Invest bank” aktsiyadorlik tijorat bankiga tashrif buyuruvchilar va mijozlar bilan muomalada har bir xodim ularga katta eʼtibor hamda hurmat bilan yondashishi zarur. Chunki bank toʼgʼrisidagi fikr aynan uning xodimlari bilan muomalada boʼlishi jarayonida yuzaga keladi.
3.2. Bankka kelgan har bir fuqaro yoki mijoz oʼzini obroʼli va ishonchli tashkilotda ekanligini sezishi, bu yerda xodimlarning ularga nisbatan alohida hurmat hamda qiziqish bilan munosabatda boʼlishganini va bank xodimlari mijozlarini muammolarini hal qilish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solayotganini, mijozni qadrlayotganini his qilishi kerak.
3.3. Bank xodimlari mijozlar bilan iltifotli va hayrixoxlik ruhida muomala qilishlari, lekin ayni vaqtda xushomadgoʼylikka yul qoʼymasdan, oʼrtadagi belgilan masofani saqlashlari kerak.
3.4. Bank xodimlari mijoz faqatgina bank xizmatlarini emas, balki xizmat koʼrsatish saviyasini ham belgilashini eʼtiborga olgan holda professional xizmat koʼrsatishga intilishlari zarur.
3.5. “Madad Invest Bank” АTBda umumqabul qilingan yagona mazmundagi iboralar va soʼzlarni ishlatishlari hamda oʼzaro munosabatlarni vijdonan hamjihatlik asosida koʼrishlari lozim.
3.6. Xodim har qanday sharoitda ham ortiqcha hissiyotga berilmasligi va mijozga “Hush kelibsiz”, “Hurmatli”, “Marhamat”, “Raxmat”, “Kechirasiz”, “Sogʼ boʼling” hamda muomala madaniyatiga doir boshqa soʼzlar bilan murojaat qilishi zarur.
3.7. “Madad Invest Bank” aktsiyadorlik tijorat banki xodimlari madaniyatning quyidagi tamoyillarga amal qilishi lozim:
a) mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun, mijoz bizga emas, balki biz mijozga muhtojmiz. Mijoz hoxlagan vaqtda boshqa bankning xizmatini tanlashi mumkin;
b) mijoz bank kapitalining bir qismidir;
v) bankka kelgan mijoz bank xodimlaridan oʼz muammosini hal qilinishini talab etishga haqli. Mijozning muammosini hal qilish bank xodiminig lavozim majburiyatiga kiradi;
g) boʼlajak mijozlarga eʼtiborli boʼlish. Bu boradagi yoʼqotishlar bankni zararga olib kelishga tengdir;
d) ishni zamon talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirib borish;
ye) maqsadlar va meʼyorlarni boshqarish;
yo) natijalar uchun shaxsiy javobgarlikni oshirish;
j) muammolarini keltirib chiqaradigan sabablarini oʼrganish va ularni tezkorlik bilan hal qilish;
z) bankning daromadliligini taʼminlash va boshqarish;
i) ish joyini ozoda tutish va hujjatlarni tartibli, namunali qilib saqlash.
4. Xodimlar tashqi koʼrinishining meʼyorlari.
4.1. “Madad Invest bank” aktsiyadorlik tijorat bankida mehnat qilayotgan ayol xodimlarning kiyimi va ularning tashqi koʼrinishiga qoʼyiladigan talablar quyidagilardan iborat:
a) ayol xodimlar inglizcha bichimdagi koʼzga tashlanmaydigan odmi, tor boʼlmagan, toʼq ranglardagi matolardan tikilgan kuzgi-qishki mavsumda tizzani yopib turadigan uzunglikdagi yubka, pidjak va yengi uzun och rangli bluzka; bahorgi-yozgi mavsumda tizzani yopib turuvchi yubka, jilet va yengi kalta och rangli bluzka.
b) kassa boʼlimi xodimlari:
- kassa mudiri, kirim-chiqim kassasi xodimlarining ish kiyimi front-ofis xodimlarining ish kiyimiga mos boʼlishi kerak.
- qayta hisoblash kassasi xodimlarining ish kiyimi kuzgi-qishki mavsumda uzun yengli, bahorgi-yozgi mavsumda kalta yengli, choʼntak va qisqichlarsiz toʼq rangdagi, tor boʼlmagan xalatlardan iborat boʼlishi kerak.
v). Bank xodimlaring oyoq kiyimlari kuzgi-qishki mavsumda tuflilardan, bahorgi-yozgi mavsumda tovonli “bosonojka”lardan iborat boʼlishi kerak.
g) Tovonsiz oyoq kiyimlarni kiyish taqiqlanadi.
d). ish kiyimi dizaynini ishlab chiqishda qoʼshimcha atributika sifatida ustki kiyim-boshga tusi jihatidan mos keluvchi yoki bankning logotipi rangiga oʼxshash rangdagi galstuk hamda boʼyinbogʼlardan foydalanish mumkin.
ye) xodimlarning upa-eliklari va manikyurlari meʼyorida, yaqqol koʼzga tashlanmaydigan darajada boʼlishi lozim.
yo) atir upalarning haddan tashqari koʼp ishlatilishiga yoʼl qoʼyilmasligi zarur.
j) soch turmagi saramjon boʼlishi lozim, hurpaygan va haddan ziyod katta soch turmagiga yoʼl qoʼyilmaydi.
z) sochlar kalta boʼlgan taqdirda silliq taralishi, uzun boʼlgan holda esa toʼgʼnogʼich bilan qadalishi yoki oʼrilishi lozim.
i) sochlarni yoyib yurish taqiqlanadi.
y) tirnoqlar kalta va parvarish qilingan boʼlishi lozim.
k) tilla taqinchoqlardan faqat nikoh uzugi va ogʼirligi 3 grammdan ortiq boʼlmagan kichik oʼlchamdagi ziraklarlarni taqishga ruxsat etiladi.
l). sunʼiy taqinchoqlarni taqish mumkin emas.

Download 117,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish