Ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizimlarning ish unumdorligini oshirish



Download 177,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana15.01.2022
Hajmi177,62 Kb.
#367786
1   2   3
Bog'liq
KIRISH

ishchi

 va 


boshqaruv

 elementlarga bo’linadi. 

  Ishchi  elementlardan  o’tayotgan  asosiy  elektr  energiya  oqimi,  mexanik 

energiyaga  aylantirilib,  IQ  -  ishchi  qismga  uzatiladi,  bu  qismlar  EMT  ning 



energetika  qismi

,  deb  xam  yuritiladi  (1.1  –  rasmning  punktirli  chiziqdan  o’ng 

tarafida joylashgan qismlar). 

  Elektr  mexanik  tizimning  ishchi  elementlariga  –  elektr  va  elektron, 

kommutatsion va ximoya apparatlari EKXA, motor M, boshqariluvchi o’zgartgich 

BO’  va  ishchi  qism  –  IQ  bilan  M  motorni    bog’lovchi  kinematik  zanjir  KZ  lar 

kiradi.  Elektr  va  elektron  kommutatsion  apparatlar  boshqariluvchi  o’zgartkichni 

elektr  tarmog’iga  ulash  va  ularni  anomal  rejimlardan  ximoyalash  vazifasini 

bajaradi.  EKXAlarga  avtomatik  ulagichlar  va  uzgichlar,  rubilniklar,  saqlagichlar 

va  boshqa  bir  qancha  elektr  magnit  tizimli  qurilmalar  va  shuningdek  elektron 

kommutatsion xamda ximoyalovchi apparatlar xam kiradi.  



 

 

1.1 – rasm. Elektr mexanik tizimning tarkibiy tuzilishi 



Motorning  kirish  elektr  zanjirlari  ko’rsatkichlari  bilan  chiqish  mexanik 

ko’rsatkichlari  orasidagi  bog’lanishlarni  «Elektr  yuritma  asoslari»  kursida 

mukammal  o’rganiladi.  Ushbu  kursda  esa  EMT  ning  kuch  elementlari  va 

o’zgartkich  texnikasi  asosi  bo’lgan  elektr  apparatlari  va  boshqariluvchi  

o’zgartgichlari  o’rganiladi.  Elektr  apparatlari  vazifaviy  xususiyatlariga  qarab 

taqsimlash  qurilmarining  kommutatsion  apparatlari,  chegaralash,  nazoratlash, 

ishga  tushirish  va  rostlash  apparatlariga,    ximoyalash,  o’lchash  va  rostlash 

apparatlariga  bo’linadi.  Boshqariluvchi  o’zgartkichlar  vazifaviy  xususiyatlariga 

qarab uch toifaga bo’linadi: kuchlanish o’zgartkichlari (kuchlanish manbalari), tok 

o’zgartkichlari (tok manbalari) va chastota o’zgartkichlari. Energiyani o’zgartirish 

vositalariga  qarab  o’zgartkichlar  elektr  mexanik  (o’zgarmas  va  o’zgaruvchan  tok 



generatorlari),  elektr  magnit  (magnit)  kuchaytirgichlar,  induktiv  –  sig’imli 

parametrik  tok  o’zgartkichlar  va  elektr  (yarim  o’tkazgichli)  o’zgartkichlarga 

bo’linadi. 

  Zamonaviy 

o’zgartkichlarning  asosiy  qismini  yarim  o’tkazgichli 

o’zgartkichlar,  ya’ni  tiristorli  va  tranzistorli  o’zgartkichlar  tashkil  etib,  ular 

o’zgaruvchan tokni o’zgarmasga,  impul’s kengligi boshqariladigan  o’zgarmas  va 

o’zgaruvchan  tok    o’zgartkichlari  xamda  chastota  o’zgartkichlar  sifatida  elektr 

mexanik tizimlarida keng qo’llaniladi. 

Boshqaruv  elementlari  EMT  tarkibida  egallagan  o’ringa  qarab  ikki  guruxga 

bo’linadi: 

  1.  EMTning  dinamik  va  statik  xususiyatlarini  va  xarakat  vazifalarini 

shakllantiruvchi  elementlar,  bular  EMT  boshqaruv  tizimini  tashkil  etuvchi 

rostlagichlar,  o’lchov  o’zgartgichlari,  xarxil  o’zgartkichlar  va  boshqa  shunga 

o’xshash vazifalarni bajaruvchi elementlar. 

  2.  Ishchi  element  tarkibiga  ajralmas  bo’lak  bo’lib  kiruvchi  va  elementning 

matematik ifodasida u bilan yaxlitlikni aks ettiruvchi elementlar – bular masalan, 

tiristorlarni boshqarishda qo’llaniladigan kommutatsion zanjirlar. 

 

  Birinchi  guruxga  kiruvchi  boshqaruv  elementlari  ushbu  kursda  mufassal 



o’rganiladi va bu gurux o’z navbatida bir necha guruxchalarga bo’linadi, bular: 

  EMT  ko’rsatkichlarini  rostlashga  xizmat  qiluvchi  turli  xildagi sozlovchi va 

rostlovchi qurilmalar; 

  teskari 

bog’lanish  zanjirlaridagi  signallarni  xosil  qiluvchi  va 

shakillantiruvchi  sifatida  foydalaniladigan  elektrik  va  noelektrik  o’lchov 

o’zgartkichlar; 

  boshqaruv qismlari  kirish  va chiqish signallarining  o’zaro  tok  turi, darajasi 

kabi ko’rsatkichlari bo’yicha moslashtiruvchi qurilmalar.  

  Texnik  ijrosi  nuqtai  nazardan  ushbu  guruxlashtirish  EMT  boshqaruv 

elementlarining juda xilma – xil bo’lishi mumkinligini taqozo qiladi. Misol uchun, 

vazifalovchi  qurilma  uzluksiz  va  uzlukli  –  raqamli  tezlatkich  uzatkichlar  asosida 




yaratilishi  yoki  mantiqiy  elementlar  asosida  dasturiy  bloklardan  iborat  bo’lishi 

mumkin. 


  Rostlagich qurilmalar sifatida operatsion kuchaytirgichlar asosida yaratilgan 

andozaviy bloklar qo’llanilmoqda. 

  O’zgaruvchan  va  o’zgarmas  tok  taxogeneratorlari,  sel’sinlar,  induktivli  va 

optik  aylanuvchi  o’lchov  o’zgartkichlar,  termoqarshiliklar  va  termojuftliklar 

shuningdek  tok,  kuchlanish,  quvvat  va  boshqa  elektr  kattaliklar  o’zgartkichlari 

xam o’lchov o’zgartkichlari guruxini tashkil etadi. 

  Fazaviy  detektorlar,  emmitorli  qaytargichlar,  quvvat  kuchaytirgichlari, 

raqamli  –  uzluksiz  va  uzluksiz  –  raqamli  o’zgartkichlar  moslovchi  qurilmalarni 

tashkil etadi. 

  Shunday  qilib,  rostlagichlar,  o’lchov  o’zgartkichlari  va  moslashtiruvchi 

elementlar  vazifasini  bajaruvchi    faqat  uzluksiz  signallarda  ishlovchi  qurilmalar 

o’rniga  xozirda  diskret  –  raqamli  qurilmalar  keng  qo’llanilmoqda.  Bunday 

qurilmalardan  asosiysi  bu  mikroprotsessorlar  va  ular  asosida  yaratiladigan 

boshqaruv tizimlaridir. Shuningdek, uzluksiz signallarda ishlovchi vazifalovchi va 

rostlagichlar  sifatida  moslashtirilgan  mikro-EXM  ning  xisoblash  qurilmalari  xam 

qo’llanilishi mumkin. 

 

Nazorat savollari 

1.

 



Elektrmexanik tizim deganda nimani tushunasiz? 

2.

 



EMT qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan? 

3.

 



Zamonaviy o’zgartkichlarning asosiy qismi nimalardan tashkil topgan? 

4.

 



EMTning boshqaruv tizimi qanday elementlardan tashkil topgan? 

5.

 



O’lcov o’zgartgichlari qanday vazifani bajaradi? 

 

 



 

Download 177,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish