Jihoz va materiallar: geometrik shakllar modellari: katta va kichik geometrik shakllar; geometrik loto.
Faoliyatning borishi:
1. O‘yin-sayohat: «Geometrik shakllar saltanatida».
2. Fizkultdaqiqa: «Sehrgar».
3. Predmetlarning xossalari to‘g‘risidagi tasavvurlarini mustahkamlash.
4. Fizkultdaqiqa: «Muzla - erkin bo‘l».
Qo‘shimcha: bolalarning mustaqil ishi.
Nimaga e’tibor qaratiladi: tasavvurlarini kengaytirish, to‘g‘ri mo‘ljal olish.
Faoliyat yakunida bolalarni shirin so‘zlar bilan rag‘batlantirish.
Chorshanba
Mavzu: “Men haydovchi bo`laman”
Maqsad: Bolalarni haydovchi kasbi haqidagi tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash. Ularning faoliyatlari haqidagi bilimlarini kengaytirish. Bolalarga yo`l harakati qoidalari bilan tanishtirishni davom ettirish.
Markazlar: Avtomobil turargohi, o`yin va o`yinchoqlar markazlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |