Islom dinida ma’naviyat va shaxs ma’naviy qiyofasining talqini reja: kirish. Islom dinida ma’naviyat



Download 123,5 Kb.
bet2/2
Sana10.03.2022
Hajmi123,5 Kb.
#488623
1   2
Bog'liq
ISLOM DINIDA MA’NAVIYAT VA SHAXS MA’NAVIY QIYOFASINING TALQINI

Hadislardan:
Omonat qo‘ygan kishining omonatini o‘z vaqtida ado eting;
Xaqqingizga xiyonat qilgan kishiga siz xiyonat qilmang;
Qachonki bir gunoh qilib qo‘ysangiz, uni yuvish uchun orqasidan bir savobli ish qiling.
O‘zimdan keyin qoladigan ummatlarim uchun uch narsadan qo‘rqaman:
Nafsu havoga berilib, yo‘ldan ozishdan;
Nafsoniy va shahvoniy hissiyotga berilib ketishidan;
Ilmu ma’rifatga ega bo‘la turib g‘ofillarning ishini tutishidan;
Beshta narsadan oldin beshta narsani g‘animat biling:
O‘limdan avval tiriklikni, betoblikdan avval salomatlikni, bandlikdan avval bo‘sh vaqtni, keksalikdan avval yoshlikni, faqirlikdan oldin boylikni.
Avvalo onangga, yana onangga va yana onangga, so‘ng esa otangga yaxshilik qil.
Ota-onalarning keksalik vaqtida har ikkisini, yoki biri bo‘lmaganda boshqasini rozi qilib jannatiy bo‘lib olmagan farzand xor bo‘lsin, xor bo‘lsin va yana xor bo‘lsin.
Pora beruvchi ham, uni oluvchi ham do‘zaxga mahkumdir. Hadisi muborakdan keltirilgan ushbu misralarning ma’naviy jihatlariga izoh berishning hech bir hojati yo‘q-
Islomda ilm-fanni egallash, ma’rifatli bo‘lish juda katta savobli ish ekani qayta-qayta ta’kidlanadi. Beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligini qayd qilinishinish o‘zi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Hadislardlgi «Sadaqaning afzali mo‘min kishi ilm o‘rganib, so‘ng boshqa mo‘minlarga o‘rgatishdir», «Ilm ibodatdan afzaldir» kabi fikrlar tahlilga muxtoj emas.
Qur’oni karimda «Ilm» so‘zi asosida «Alima» - bilmoq fe’l negiziga tayangan kalimalar 750 marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga ilk nozil bo‘lgan oyat ham «Ikra...» «O‘qi» so‘zidan boshlanadi.
Rivoyat qilishlaricha, Abu Ali Ibn Sino bilan mashxur shayx Abusaid Abulxayr uchrashibdilar. Ular bir kecha bir-birlariga hech narsa demay «suhbatlashib» chiqibdilar. Ertalab SHayxning shogirdlari undan Ibn Sino haqida nima deysiz, deb suraganlarida, Abusaid Abulxayr: «Men nimaiki vajd (intuiqiya) bilan bilgan bo‘lsam, u aql bilan bilib olgan», debdi. Ibn Sino esa o‘z shogirdlariga: «Men nimaiki aql bilan bilgan bo‘lsam, u ko‘ngnil bilan idrok etadi», deb aytgan ekan. Ko‘rinadiki, Ibn Sino dunyoviy ilmlar olimi, Abusaid Abulxayr esa - tasavvuf shayxi, ilohiyot olimi. Ammo ular bir-birini tushungan va har ikki ilm ham kerakligini anglaganlar.
Mirzo Ulug‘bek bilan Xo‘ja Ahror Valiy zamondosh, bir shaharda yashaganlar. Ulug‘bek - munajjim va shoh, uning shogirdlari aniq fanlar vakillari. Xo‘ja Ahror esa mu’tabar din arbobi, ruhoniy zot. Ammo ular bir-birlariga halaqit bergan emaslar, aksincha, biri ilmiy ma’rifatni, ikkinchisi bo‘lsa ruhoniy ma’rifatni rivojlantirib, bir-biriga ko‘mak berganlar.
Gap hoh diniy, hoh dunyoviy ma’rifatni to‘g‘ri va chuqur anglashda, har ikkovini ham egallamay nodon, johil bo‘lib qolmaslikdadir.
Har ikki ilmni egallagan kishi ikki dunyosini obod qiladi.
Islom bu faqat aqida emas, avvalo, ma’rifat, ilmdir: Islom tarixiga nazar tashlasak Muhammad payg‘ambarimizgacha bo‘lgan davr arablarda «johiliya» davri deb ataladi. «Johiliya» nodonlik davri degani. Islom ana shu nodonlik davri o‘rniga keng ma’noda ma’rifat, madaniyat vujudga keltirdi, ilm-fan, falsafa, adabiyot va san’atni rivojlantirdi, o‘ziga xos ma’naviyat va ma’rifatni yaratdi. Bizning ulug‘ bobolarimiz islom ma’naviyati va ma’rifati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib, kalom ilmi, fiqh, tasavvuf ta’limotini rivojlantirdilar.Sharq xalqlari tafakkurini asrlar davomida nurafshon etib, ma’naviyatimiz va ma’rifatimizga chuqur ta’sir o‘tkazgan tasavvuf (sufizm) ta’limoti VIII asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Dastlab u zohidlik (tarkidunyochilik - bu dunyo hoyu-xavasidan voz kechish) harakati ko‘rinishida bo‘lib Bag‘dod, Basra, Kufa, Damashq shaharlarida keng yoyilgan.
Asli tasavvuf so‘zi «Sufiy» so‘zidan, «Sufiy» so‘zi esa arabcha «Suf» so‘zidan yasalgan. Suf deb arablar jundan bo‘lgan matoni aytadilar. Dastlabki davrlarda sufiylik yo‘lini tutgan kishilar, boshqa oddiy kishilardan ajralib turish uchun jundan tiqilgan chakmon (u hirka deb ham aytilgan) yoki po‘stin kiyib yurishni odat qilganlar. Shuning uchun ularni jun chakmon kiyib yuruvchilar, ya’ni sufiylar deb ataganlar. Sufiy boshqa odamlardan o‘zini pok va g‘aribona turmush kechirishi, doimiy toat-ibodatda bo‘lishi va faqat ilohiy ruhga qo‘shilishni maqsad qilib qo‘yishi bilan tubdan farq qiladi. Sufiy uchun na dunyodan, na oxiratdan ta’ma bo‘lmasligi kerak. Yagona istak bu Ollohning diydoriga etishishdan iborat. Faqirlik tuyg‘usiga ega inson na birovga banda-yu, na birovga xoja, u yolg‘iz Ollohga banda, u yolg‘iz Ollohga ehtiyoj sezadi. Hamma narsadan voz kechish, oxir oqibatda o‘zlikdan kechish - sufiylik ta’limotining ma’nisi mana shu. Buyuk sufiy Boyazid Bistomiy aytadilarki: o‘zingdan o‘tding, Ollohga etding. Hazrat Xoja Bahouddin aytadilarki: Bizning hech narsamiz yo‘q, lekin hech narsadan g‘amimiz yo‘q,. O‘sha «hech»... narsa ketidan yugurib g‘am tashvishda ham emasmiz. Egnimizda janda, orqamizda go‘riston, agar o‘lsak hech bir motam kerak emas.
Tasavvuf - sufiylik insonni o‘rganar ekan, avvalo, kishining ko‘ngliga, diliga tayanadi, ko‘ngilni, qalbni tarbiyalashga, ko‘ngil kishisini voyaga etkazishga intiladi, chunki Olloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi.
Tasavvufda insondagi jamiki xudbinliklar, illatlar, razolat dunyosiga hirs qo‘yish jism ehtiyoji va nafs ta’masidan kelib chiqadi, deb o‘rgatiladi. Komil inson bo‘lish uchun avvalo, jism va nafs ehtiyoji va ta’masini engish kerak. Dunyoga, boylikka mehr qo‘yish kishini nafsiga qo‘l qilib kuyadi. Darvesh, sufiy nafsni rad etadi. Nafs barcha falokatlar sababchisi, insonni tubanlashtiruvchi narsa. Insonni falokat botqog‘idan, tubanlik jaridan kutqarib, uni poklashning birdan-bir yo‘li nafsning ehtiyojini engishdir. Buning uchun dunyo muhabbatidan voz kechish va Olloh muhabbatiga ko‘ngil bog‘lash darkor. Sufiylikda buni dunyo mohiyatini va o‘zligini, insoniylikni anglash yo‘li deb qaralgan. O‘zligini anglagan kishi esa dunyo va uning boyliklari o‘tkinchi ekanligini anglaydi. Xoja Bahouddin aytadilar: «o‘z nafsining yomonligini tanish o‘zligini tanishdir».
Demak tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. U inson qalbiga sayqal berish ilmi. Biz bu ilmdan 70 yil davomida bexabar edik Inchunun, biz necha zamonlar insondan bexabar qoldik va ne zamonlar qalbimizdan fayz ketdi. O‘tmishdagi Xoja Ahmad YAssaviy, Xoja Bahouddin Naqshbandiylar yurtimiz va xalqimizning fayzi kamoli edilar. Istiqlol tufayli shu nur, shu fayz bizga qaytdi.Shuni iftixor bilan qayd etishimiz lozimki, tasavvuf ta’limoti taraqqiyotida Turkiston farzandlarining xizmati beqiyos bo‘lgan. Xoja hakim at-Termiziy, SHayx Abu Mansur al-Maturidiy as-Samarqandiy, Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ahmad YAssaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Shayx Najmiddin Kubro, Xoja Ali Romitaniy, Abu Ali al-Farmadiy, YUsuf Hamadoniy, Bahouddin Naqshband kabi siymolar ilohiy ma’rifat yo‘lining rahnamolari bo‘ldilar. Ular yaratgan ta’limot va ilgari surgan ma’naviy-axloqiy g‘oyalar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Chunonchi, Ahmad Yassaviy hikmatlarida ilgari surilgan axloqiy pand-nasihatlardan molparastlikni fosh etish, kishilarni insofli, diyonatli, iymonli bo‘lishga chaqirishda foydalanish o‘rinli. Yassaviy inson hayotidagi katta kurash - nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblagan. Nafsga mag‘lub shoh - qul, nafsdan ustunlikka erishgan g‘arib - shohdir, deb aytadi. Nafs inson uchun katta yovdir. Shu yovning boshini yanchgan, uni enggan, nafsga taslim bo‘lmagan kishining g‘ururi va insoniy qadr-qimmatini hech kim poymol qila olmaydi, deb bilgan. O‘z xikmatlaridan birida shunday deydi:
Nafs yo‘liga kirgan kishi rasvo bo‘lur,
Yo‘ldan ozib, toyib, to‘zib gumroh bo‘lur.
Yotsa - tursa shayton bilan hamroh bo‘lur....
U nafs bandalariga qarata «Nafsni tebgil, nafsni tebgil ey badkirdor» deb murojaat etadi, va «Nafsim meni yo‘ldan urib xor ayladi, Termultirib haloyikqa zor ayladi», - deb nafs bandalarini tanqid etadi. Nafs insondagi butunlikni, iymonni sindiradi, ma’naviy jihatdan jarlikka qo‘latadi. Shu bois «Nafsni tanib mehnat etsa rohat», - deb xitob qiladi. Bu g‘oyalar bizning hozirgi kunimiz, tarbiyamiz uchun g‘oyat muhim.
Movarounnahr tasavvuf ta’limotida Xoja Bahouddin Naqshbandning o‘rni alohida ahamiyatga ega ekanligini ham qayd etishimiz lozim. Naqshbandiya ta’limoti hayratlanarli darajada ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ma’no va mohiyatga, hayotiy mazmunga ega.
Naqshbandiya ma’naviy-axloqiy ta’limotida xur fikrlikka keng o‘rin berilgan. Bu sulukdagilar mehnat qilish, ilm olish, o‘z mehnati evaziga halol yashash, noz-ne’matlarni ko‘pchilik bilan baham qurish, faqirona hayot kechirish, hammaga yaxshilikni ravo qurishni afzal bilganlar.
Bahouddin Naqshband - aybsiz odam yo‘q, shuning uchun agar aybsiz do‘st axtarsak do‘stsiz qolamiz, - der edilar.
Odamlarga yaxshilik qilish eng yuksak insoniy burch ekanligini ta’kidlab, sham kabi bo‘lgin va odamlarga yorug‘lik ber, o‘zing esa qorong‘uda bo‘l, degan ekanlar.
Xoja Bahouddinning «Ko‘ngil Ollohda bo‘lsinu, qo‘ling esa ishda» hikmatlarining inson ma’naviy dunyosi takomilidagi ahamiyati beqiyosdir.
Tasavvuf tariqatlari haqida so‘zlaganda Najmiddin Kubro asos solgan Kubroviya haqida ham to‘xtab o‘tishni maslahat beramiz. Biz Najmiddin Kubro siymosida faqat tariqat boshchisini emas, balki o‘z vatanini, xalqini dildan sevgan insonni ham ko‘ramiz. 1221 yilda bosqinchi mug‘ul galalari qadami Xorazmga etib boradi. Muhammad Xorazmshoh mamlakatni, fuqaroni o‘z holiga tashlab qochadi. Shu qaltis damlarda Urganchni himoya qilishga 76 yoshlik Najmiddin Kubro boshchilik qiladi va jangda qahramonlarcha shaxid bo‘ladi. Uning siymosi xalq, kahramoni sifatida asrlar osha yashab kelmoqda.Najmiddin Kubro asos solgan Kubroviya tariqatining qoidalari o‘nta bo‘lib, ularda bu tariqat yo‘lini tutgan sufiyning ichki ma’naviy dunyosi qanday bo‘lishi ko‘rsatilgan. Insonning sabr-toqatli bo‘lishi, boylik va mol-mulkka mukkasidan ketmaslik har qanday pastkashlik riyo, makr va xiyla-nayrangga bormaslik hayvoniy xususiyat - shaxvoniy hirslarga berilmaslik g‘oyalari ilgari suriladi.Xulosa qilib aytganda, tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. Inson qalbiga saykal berish ilmi. U inson odobini - ya’ni ma’naviyatini yanada kuchaytirgan butun islom axloqining eng muhim qadriyatlarini bir nuqtaga jamladi. Shu tariqa tasavvuf komil inson nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqdi.
Yaqin o‘tmishda namoz o‘qish, diniy marosimlarni o‘tash taqiqlangan edi. Masjidlar, aziz-avliyolarning ziyoratgohlariga qulf urilgan edi. Odamlarning uylaridagi Qur’on, Hadis, turli diniy adabiyotlar, xatto arab yozuvidagi boshqa kitoblar terib olinib, yoqib yuborilgan edi. Mana buni «johiliya», nodonlik desa bo‘ladi. Qanchadan-qancha odamlarimiz hozirgi emin-erkin kunlarni qumsab, ammo ko‘rolmay, armon bilan o‘tib ketdilar. SHu bois biz mustaqillik keltirgan ne’matlarga har qancha shukronalik aytsak arziydi. Mustaqillik davrida islomiy qadriyatlar tiklandi, iymon-e’tiqodimiz o‘zimizga qaytdi. Avvalo, masjidlarga, aziz-avliyolar yotgan maqbaralarga solingan qulflar olib tashlandi. qarovsiz qolgan masjidlar ta’mirlandi, yangilari barpo etildi. Aziz-avliyolar yotgan, o‘tmishda qarovsiz holga kelgan joylar obodonlashtirildi, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yuzaga keltirildi. Ramazon va qurbon xayitlari dam olish kuni deb elon qilindi. Har yili minglab fuqarolarimizning haj va umraga borib kelishlari uchun imkoniyat va sharoit yaratib berildi. Bu o‘tmishda faqat xayoliy orzu va armon edi. Ulug‘ allomalar - Iso Termiziy, xaqim Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Zamahshariy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur Matrudiy, al-Marg‘iloniy va boshqa ulug‘ zotlarning yubileylari bo‘lib o‘tdi, 1998 yilda esa Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi nishonlandi. Qur’oni Karim, Hadislar va boshqa diniy kitoblar nashr qilindi, qilinmoqda. O‘tmishda birorta ham diniy ulamoning yubileyi o‘tkazilmas edi, diniy kitoblarni nashr etish taqiqlangan edi, yuqorida aytganimizdek borlari ham yo‘q, qilingan edi. 1999 yilda Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Mustaqillik yillari islom dini va islomiy qadriyatlarni tiklash borasida asrlarga teng amaliy ishlar bajarildi. Islom va islomiy qadriyatlar ma’naviy va ma’rifiy hayotimizning tarkibiy qismiga aylanib qoldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov so‘zlari bilan aytganda: «Biz islom dini ota-bobolarimiz dini ekani, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanini doimo yuksak qadrlaymiz... Dinga hurmat va e’tiqod - biz uchun o‘lmas qadriyatdir»1.
So‘nggi yillarda bizning diyorimizda ham taraqqiyotimiz, osoyishtaligimizni ko‘rolmaydigan «vahobiylik» va «hizbut-tahrir» kabi olimlarning guruh va to‘dalari paydo bo‘lib koldi. Bunday tudalar o‘zlaricha masjidlarda g‘avg‘o ko‘tarib, o‘tish davrining qiyinchiliklaridan foydalanib, ayrim yoshlarning ongini zaharlamoqdalar. Mustaqillikning bergan erkinligini suistemol qilmoqdalar. Bu mutaassib dindorlar o‘zlarini «vahobiy» yoki «dinni tozalovchilar», «fundamentalistlar» deb yuritib, aslida esa birinchi navbatda islomning o‘ziga zarba bermoqdalar. Vahobiylik bizni orqaga, jaholatga tortadigan, islomni, islom ahlini buzadigan xavfli oqim. «Dinni tozalash», «sof dinga qaytish» niqobi ostida tashviqotlar olib borib, odamlarni tahlikaga solish, qonli jinoyatlar qilish, otani bolaga, akani ukaga dushman qilib, jamiyatimizni xavf ostiga ko‘yayotganlardan milliy qadriyatlarimizni avaylab - asrashimiz lozim.
Xulosa shuki, mustaqillik bergan xidoyat yo‘lini turli unsurlardan asrash, ularga berilmaslik lozim. Islom dinida inson ma’naviyati va tarbiya masalasi. Shaxs ma’naviy qiyofasining talqini.
Islom dinida inson ma’naviyati va ma’rifati masalalari
Mazkur mavzu bir jihatdan qaraganda hamma uchun tushunarlidek ko’rinadi, bunga sabab kundalik turmushda, turli yig’inlarda, marakalarda diniy suhbatlarning tinglanishidir. Ikkinchidan, mustaqillik tufayli din va diniy urf-odatlar, an’analar, marosimlarga oid bo’lgan kitoblarni erkin chop etila boshlaganligi, sotuvda bo’lishidan keng kitobxonlar ommosining baxramand bo’lishidir. Uchinchidan, radio, televidenie eshittirishlarida muntazam suratda diniy - axloqiy mavzularda turli suhbatlarning berib borilishi.
Islom dini ko’p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar - musulmonlar jahonda 2 milliardga yaqin kishini tashkil etadi.
Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan. Uning asoschisi payg’ambar Muhammad alayhissalom (570-632) Makkada quraysh qabilasiga mansub Xoshimiylar xonadonida tug’ilgan. U 609-610 yillarida Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to’g’risida targ’ibot boshlagan. Ammo zadogonchilarning qarg’ishiga uchragan 622 yilda o’z tarofdorlari bilan Madinaga qo’yadi. Shu yildan musulmonlarning xijriy yil xisobi boshlanadi.
630 yilga kelib, Makka ham musulmonlar ko’liga o’tadi va musulmon davlati shakillanadi. Muxammad alayhissalom vafotidan keyin, bu davlatni uning o’rinbosarlari, ya’ni noinblari (xalifalar) boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda “Arab xalifaligi” deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta xududlarni egallagan edi. O’rta Osiyo erlari –Movorunnahr VIII asr boshlaridan VIII asr o’rtalarigacha arablar tomonidan istiloa qilib, ular bilan birga Islom dini kirib keldi. Ana shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom mintaqa madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati o’ziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshidan kechirdi.
Islom diniy ta’limotining asoslari – Qur’on va Hadis to’plamlarida, shuningdek,VIII-XII asarlar davomida vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o’z ifodasini topgan.
Qur’oni Karim ilohiy kitob bo’lib, u farishta Jabroil alayhissalom tomonidan Muhammad alayhissalomga nozil etilgan. Bu muqaddas kitob er yuzi musulmonlarining dasturulamali, diniy ahqomlar manbaidir. Qur’oni Karim sahifalarini bir kitobga jamlash xalifa Abu Bakr davrida boshlanib, xalifa hazrati Usmon davrida yakunlangan va keyinchaplik besh nusxada kuchirilgan. Ana shu ko’chirilgan dastlabki nusxasi Movaronnaxr musulmonlari diniy idorasida saqlanmoqda. Bunday muqadas kitobning yuritimizda bo’linsh Ollohning bizning yurtimizga bo’lgan inoyati deb bilmoq lozim.
Ilohiyotda Islom dini uch elementdan – imon, Islom, ehsondan ibodat deb e’tirof etiladi. Imon talablari 7 ta aqidani – Ollohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg’ambarlarga, oxirat kuniga, taqdirning Ollohdan ekanligiga va o’lgandan keyin qayta tirilishga ishonish talablarini o’z ichiga oladi.
Islom talablariga, ya’ni din asoslari - arqon ad-din deb nom olgan 5 ta amaliy marosimchilik talablari kiradi. Bular – kalima keltirish, nomoz o’qish, ro’za tutish, zakot berish va imkoniyati topilsa haj qilish talablari. Ehson aqidalariga sidqidildan ishonish va marosimlarni ado etishdir.
Hadislar Islom dinida Qur’ondan keyingi muqaddas manba. Hadislar to’plami sunnat deb ataladi. Hadisi shariflarda Muxammad alayhissalomning so’zlari, qilgan ish faoliyatlari va sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari bayon ettirilgan.
Hadisi sharaflarni yig’ib, kitob shakliga keltirish, asosan payg’ambarimiz Muxammad alayhissalomning vafotidan keyin amalga oshirilgan.
Bu sharifli ish hijratning III asriga kelib keng quloch yozdi va u hadisshunoslikning oltin davri deb ataladi. Islom olamining o’sha davridagi madaniy markazlardan sanalgan Bag’dod, Kufa, Basra, Damashq, Buxoro, Samarqand, Urganch, Termiz kabi shaharlarda hadis ilmi bilan shug’ullanuvchi muhaddislar ko’p bo’lgan. Ular ichida eng ishonchli manba sanalganlari oltita Abu Davud, imom bo’lib bularning imom Buxoriy imom Abu Muslim, imom At-Termiziy, imom An-Nasaviy va imom ibn Mojjo tuzishgan. Bu buyuk muhaddaslarning to’rt nafari turonizaminlik bo’lgani bizning faxrimizdir. 1998 yilda Imom al –Buxoriy tavalludining 1225 yilligi butun musulmon dunyosi, shu jumladan yurtimizda keng nishonlandi.
Mustaqil O’zbekistonda shu munosabat bilan xalqaro anjuman o’tkazildi. Muqaddislik shu qadar sharafli va sermashaqqat ish bo’lganki, u muqaddisdan aql-zakovatni, kuch-quvvat, fidoiylik, yuksak iqtidor va hofizani talab qiladi. Masalan, imom Buxoriy jami 600 ming hadis tuiylab, shulardan 100 ming “Sahih” va 200 ming “G’ayri sahih” hadislarni yod bilganliklari aytiladi.
Islomda axloqiy – hukuqiy qonun-qoidalar majmui shariat XI-XII asrlarda tula shakillangan. Shariat qonun-qoidalari qur’on va sunnat asosida ishlab chiqilgan. Unda musulmonlarning ijtimoiy-iqtisodiy, diniy, huquqiy va axloqiy hayotini tartibga soluvchi qonun-qoidalar belgilab berilgan. Bunday tartib qoidalar “Hidoyat”, “Viqoya”, “Muxtasari hadoya”, “Muxtasari viqoya” nomli kitoblarda jamlangan. Shariatda qonunlar muqaddas hisoblanib, unga har bir mumin-musulmon ijtimoiy holatidan qat’iy nazar Ollohning bandasi sifatida birdaya omil qilishi talab etiladi.
Yuqorida Islom, uning muqaddas ilohiy kitobi Qur’oni Karim, hadislar va shariat haqida ba’zi ma’lumotlarni keltirdik. Endi umuman Islom dinida, xususan Qur’oni Karim, hadislar va shariatda inson ma’naviyati, axloq-odob, ma’rifati haqidagi qarashlarning ba’zi jihatlari to’g’risida fakr yuritamiz.
Qur’oni Karim, hadislar va shariat ko’rsatmalari inson ma’naviy-ma’rifiy kamolotining asosi bo’lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini o’z ichiga olgan. Sirasini aytganda, hadislar ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid bo’lgan fikrlarning mukammal to’plamidir. Qur’oni Karim, hadislarni, shariat ko’rsatmalarini o’rganar ekanmiz, ularda axloqiy kamolot, halollik va poklik, imon va vijdon bilan bog’liq bo’lgan birorta ham muhim masala e’tibordan chetda qolmaganini ko’ramiz.
Ayniqsa, Islom harom va halol masalalariga musulmonlar e’tiborini qaratadi. Shariatda Olloh tomonidan qilinishiga ruhsat etilgan atallar, ishlar halol deyiladi. Harom esa aksincha qilinishiga ruxsat etilmagan ishlar va amallardir. Olloh xarom etilgan ishlarni qiluvchilarga bu dunyoda yoki qiyomat kunida jazozini berishi aytilgan. Halol qilingan narsalar va ishlar ko’pchilikkka ma’lum, u haqda ko’p eshitganimiz. Harom qilingan ishlarni eslatib o’tish va eslab turish joizdir.
Bulardan ayrimlari quyidagilar: sog’ bo’la turib ishsiz yurish, zinokorlik, ota-onaga oq bo’lish, savdo-sotiqda g’irromlik qilish, birovning haqqiga, omonatiga xiyonat qilish, qasamxo’rlik, sudxo’rlik, o’g’rilik, qaroqchilik, aroqxurlik, g’iybat, tuxmat, buxton, josuslik, qotillik, poraxurlik va boshqalar kiradi. Xullas, harom inson va jamiyatga zarur keltiradigan ish va amallardan iborat. Islomda ota-onaga mehr-muhabbat, g’amxo’rlik farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan Qishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qo’l urish, insofli –dinyonatli, vijdonli bo’lish, mehr-shavqatlilik, to’g’rilik rostguylik, sofdil bo’lish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g’oyalari ilgari suriladi.
Hadislarda axloqiy kamolot masalalarida etilgan ba’zi faqrardan namuna keltiramiz. Munofiqning belgisi uchtadir: yolg’on so’zlash, va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilishdir;
-omonat quygan kishining omonatini o’z vaqtida ado eting,
-haqqingizga xiyonat qilgan kishiga siz xiyonat qimang,
-qachonki, bir gunoh qilib qo’ysangiz, uni yuvish uchun orqasidan bir savobli ish qiling.
O’zimdan keyin qoladigan ummatlarim uchun uch narsadan qo’rqaman: 1. Nafsu havosga berilib, yo’ldan ozishdan;
2. Nafsoniy va shahvoniy hissiyotga berilib ketishdan.
3. Ilmu ma’rifatga ega bo’la turib, g’ofillarning ishini tutishdan.
Beshta narsadan oldin beshta narsani g’animat biling:
Ulimdan avval tirikligini, bemorlikdan avval salomatlikni, bandlikdan avval bo’sh vaqtni, keksalikdan avval yoshlikni, fiqirlikdan oldin boylikni.
Islomda ilm-fanni egallash, ma’rifatni bo’lish juda katta savobli ish ekanligi qayta-qayta ta’kidlanadi. Beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligini qayd qilinishining o’zi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Hodislardagi “Sadaqaning boshqa mo’minlarga ham o’rgatishdir”.
Ilm ibodatdan afzaldir” kabi fikrlar ham tahlilga muhtoj emas.
Qur’oni Karimda “Ilm so’zi asosida “Alima”-bilmoq fe’l negiziga tayangan kalimalar 750 marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga ilk nozil bo’lgan oyat ham “Iqra..” o’qi” so’zidan boshlanadi. Ushbu oyat shunday: “O’qi” sening o’ta karamli Parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Insonga u bilmagan narsalarni o’rgatadi” deb nozil qilingan. Ko’rinadiki, Islom e’tiqodi avalgi boshdanoq insonni o’qib- o’rganishga, ilm vositasi bilan dunyoni anglab etishga targ’ib etadi.
Islom ma’naviyatida insonning er yuzida xalifa qilib belgilanishi uning yana bir muhim jihati hisoblanadi. Qur’oni Karimning juda ko’p oyatlarida insonning aziz va mukarram qilib yaratilgani, unga eru-osmondagi barcha narsalar bo’ysindirilib qo’yilganligi alohida uqtirib o’tildi.
Inson Ollohning xalifasi sifatida bilim egasi, yorug’ dunyoning barcha bilimlariga uning idroki etadi. Faqat kibrga berilib ketmasa, o’zini hammadan ortiq ko’ya boshlamasa bas. Parvardigor bizni inson qilib yaratgan ekan, aql-xush, ilmu-amal bergan ekan, demak, biz inson sifatida tafakkur qilib, dunyoviy ilmlarni-dunyoni o’rganib, dunyo orqali Ollohning ilm-fanlarini kashf etib yashashimiz kerak. Din-ruhiyatimiz tarbiyachisi, ilm-dunyoni va oxiratni bilish quroli, inson unisini ham, bunisini ham egallamog’i kerak. Bizning bobolarimizning yo’li ana shunday bo’lgan.
Rivoyat qilishlaricha, Abu Ali Ibn Sino bilan mashhur shayx Abusaid Abdulxayr uchrashibdilar. Ular bir kecha bir-birlariga hech narsa demay “suhbatlashib” chiqibdilar. Ertalab shayxning shogirdlari undan Ibn Sino haqida nima deysiz, deb so’raganlarida, Abusaid Abdulxayr: “Men nimani vajd (intuitsiya) bilan bilgan bo’lsam, u aql bilan bilib olgan” debdi. Ibn Sino esa o’z shogirdlariga: “Men nimaniki aql bilan yuilgan bo’lsam, u ko’ngil bilan idrok etadi”, deb aytgan ekan. Ko’rinadiki, Ibn Sino dunyoviy ilmlar olimi, Abusaid Abdulxayr esa tasavvuf shayxi, iloxiyyoti ammo ular bir-birini tushungan va har ikki ilm ham kerakligini anglaganlar.
Al–Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Al-Beruniy, Al-Buxoriy, G’azzoliy, Qamadoniy, G’ijduvoniy va boshqa ulug’ zotlarning hayot tarzi, ilm uchun fidoiyligi, e’tiqod - imonining pokligi bilan bizlarga ibratdir.
Bularning hammasi ko’rsatadiki, dindorlarni ham ma’rifatni, yuksak ma’naviyatni t jalb qiladi. Kishi qancha chuqur ilm egasi bo’lsa, olam va odam mohiyatini anglasa, uning Ollohni anglashi, imoni ham shuncha mustahkam bo’ladi.
Gap hoh diniy, hoh dunyoviy ma’rifatni to’g’ri va chuqur anglashda, har ikkoqini ham egallamay nodon johil bo’lib qolmaslikdadir. Har ikki ilmni egallagan kishi ikki dunyosini obod qiladi.
Islom bu faqat aqida emas, avalo, ma’rifat, ilmdir. Islom tarixiga nazar tashlasak, Muxammad payg’ambarimizgacha bo’lgan davr arablarda, “johiliya” davri deb ataladi. “johiliya” nodonlik davri degani. Islom ana shu nodonlik davri o’rniga keng ma’noda ma’rifat, madaniyat vujudga keltirdi ilm-fan, falsafa, adabiyot va san’atni rivojlantiradi, o’ziga xos ma’naviyat va ma’rifatni yaratdi. Bizning ulug’ bobolarimiz Islom ma’naviyati va ma’rifati taraqqiyotimizga ulkan hissa qo’shib, kalom ilmi, fiqh, tasavvur ta’limotini rivojlantirdilar.
Yaqin o’tmishning yomon asoratlaridan biri shuki, sobiq shuro tuzumida dunyoviy ilm va diniy-falsafiy ta’limot bir-biriga qarama-qarshi qo’yildi. Ular bir-birini inkor etadigan hodisalar tarzida talqin etildi. Diniy tafakkur dunyoviy ilm rivojiga monelik ko’rsatadigan chirkin bid’at sifatida qoralandi.
Biz bugun bunday qarashlarning tubdan zararli va tarixan-asossiz ekanligini ochiq aytishimiz mumkin. Dunyoviy va diniy ilm yuqorida ko’rsatganimizdek, o’tmish asrlarda doimo hamkor va hamnafas bo’lib kelganligini tarixni o’zi tasdiqlaydi.
“Dunyoviy va diniy g’oyalar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko’tariladi. Bunga bashariyat tarixida uchmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso al-Xorazmiy, imom Moturdiy va Imom Termiziy va Abu Nosir Farobiy singari buyuk zakovat sohiblari yashab faoliyat ko’rsatgan davrlar yorqin misol bo’la oladi”1
Mustaqillik tufayli farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy to’plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o’g’itlari Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya qilish imkoniyatiga ega bo’ldik.
Qur’oni Karim va payg’ambarimiz hadislarining eng muxim va salmoqli qismi kishilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilganligidir. Ulardagi ota-onaga, ilmga munosabat, sabr-bardosh, shukronalikka da’vat, o’zaro mehr, mehmondo’stlik, vafo va sadoqat, kamtarlik, samimiyat, rostgo’ylik va boshqa chin insoniylik xislatlarining birinchi o’ringa qo’yilishi barcha insoniyat uchun bebaho umuminsoniy ma’naviy boylik tizimini tashkil qiladi.
Jismoniy va ma’naviy poklikka intilish Islom axloqining, Rasulloh hadislarining yana bir muhim mavzu yo’nalishidir. Tahorat, g’usl masalalari tashqi ozodlik talablari bo’lsa, haromdan yolg’on so’z, g’iybat, tuhmat, o’zga haqqiga xiyonat nohoqlik va zulmga yo’l qo’yilmaslik, ulardan qat’iy saqlanish ichki, ma’naviy poklikka oid talablardir.
Bularning hammasi Qur’oni Karim hamda Rasuulloh hadislarida va ularga asoslangan sharoitda juda qat’iy qilib qo’yilgan.
Xullas, islom barcha mo’minlarni yuksak ma’naviylikka chorlovchi, insonparpar din ekanligini aytib etishimiz zarur. Shundagina dindan ma’naviy va ma’rifiy tarbiyadagina ma’naviy va ma’rifiy takrbiyada foydalanish zaruriyatiga to’g’ri yondashamiz.
Tasavvuf va uning ma’naviy jihatlari
Sharq xalqlari tafakkurini asrlar davomida nurafshon etib, ma’anaviyatimiz va ma’rifatimizga chuqur ta’sir o’tkazgan tasavvuf (so’fizm) ta’limoti VIII asr o’rtalarida paydo bo’lgan. Dastlab u zohidlik tarqidunyochilik –bu dunyo xoyu-havasidan voz kechishi) harakati ko’rinishida bo’lib Bog’dod, Basra, Kufa, Damashq shaharlarida keng eyilgan.
Asli tasavvuf so’zi “Sufiy” so’zidan, “So’fiy” so’zi esa arabcha “So’f” so’zidan yasalgan. So’f deb arablar shundan bo’lgan matoni ataladilar. Dastlabki davrlarda so’fiylik yo’lini tutgan kishilar, boshqa oddiy kishilardan ajralib turish uchun shundan tikilgan chaqmon (u hirqa deb ham atalgan) yoki po’stin qiyib yurishni odat qilganlar. Shuning uchun ularni shun chaqmoq qiyib yurituvchilar, ya’ni sufiylar deb ataganlar. Sufiy boshqa odamlardan o’zini pok va g’arpbona turmush kechirishi, doimiy toat-ibodatda bo’lishi va faqft ilohiy ruhga qushilishni maqsad qilib qo’yishi bilan ajralib turadi. So’fiy uchun na dunyodan, na oxiratdan ta’ma bo’lmasligi kerak. Yagona istak bu Ollohning diydoriga etishishdan iborat. Faaqirlik tuyg’usiga ega inson na birovga banda-yu, na birovga hoji, u yolg’iz Ollohga banda, u yolg’iz Ollohga ehtiyoj sezadi. Xamma narsadan voz kechish, oxir oqibatda o’zlikdan kechish-so’fiylik ta’limotining ma’nosi mana shu. Buyuk so’fiy Boyazid Bistomiy aytadilarki: O’zingdan aytadilarki : Bizning \ech narsamiz yo’q, lekin ketidan yugurib g’am tashvishda ham emasmiz.
Esingizda janda, orqamizda go’riston, agar o’lsak hech bir motam kerak emas.
Tasavvuf –sufiylik ko’ngliga, diliga tayanadi “ko’ngilni, qalbni tarbiyalashga, ko’ngil kishisini voyaga etkazishga intiladi, chunki Olloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi.
Tasavvufda insondagi jamiki xudbinliklar, illatlar, razolat dunyosiga hirs qo’yish jism ehtiyoji va nafas ta’masidan kelib chiqadi, deb o’rgatiladi. Komil inson bo’lish uchun avvalo jism va nafs ehtiyoji va ta’masini engish kerak. Dunyoga, boylikka mehr qo’yish kishini nafsiga qul qilib qo’yadi. Darvesh, so’fiy nafsni rad etadi. Nafs barcha filokaylar sababchisi insonni tublashtiradi. Insonni falokat boshg’og’idan, tubilik jaridan qutqarib, uni poklashning birdan-bir yo’li nafsning ehtiyonini engishdir. Buning uchun dunyo muhabbatidan voz kechish va Olloh muhabbatiga ko’ngil bog’lash darkor. So’fiylikda buni dunyo mohiyatini va o’zligini, insoniylikni anglash yo’li deb qaralgan. O’zligini anglash kishi esa dunyo va uning boyliklari o’tkinchi ekanligini anglaydi. Xoja Bahouddinay aytadilar: “O’z nafsing yomonligidan tonish o’zligini topishdir.” Demak, tasavvuf ilmi-inson haqidagi ilmdir. U inson qalbiga sayqal berish ilmidir. Biz bu ilmdan 70 yil davomida bexabar edik. O’tmishdagi Xoja Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Xoja Bahouddin Naqshbandiylar yurtimiz va xalqimiznign fayzi kamoli edilar. Istiqlol tufayli shu nur, shu fayz bizga qaytdi.
Shuni iftixor bilan qayd etishimiz lozimki, tasavvuf ta’minoti taraqqiyotida Turkiston farzandlarining xizmatlari beqiyos bo’lgan. Xoja hakim at-Termiziy, Shayx Abu Mansur al-Maturdiy as-Samarqandiy, Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy, Xoja Axmad Yassaviy, Sulaymon Baqirg’oniy, Shayx NAjmiddin Kurbo, Xoja Ali Romitaniy, Yusuf Hamadoniy, BUhovuddin Naqshband kabi siymolar ilohiy marifat yo’lining rahnamolari bo’lganlar. Ular yaratgan jamiyat ta’minot va ilgari surgan ma’naviy-axloqiy g’oyalar hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Chunonchi, Axmad Yassaviy hikmatlarida ilgari surilgan axloqiy pand-nasihatlardan kishilarni insofli, diyonatli imonli bo’lishga chaqirishda faydalanish o’rinli.
Yassaviy inson hayotidagi katta kurash-nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblagan. Nafsga mag’lub shoh-qul, nafslan ustunlikka erishgan g’arib-shohdir, deb aytadi. Nafs inson uchun katta yovdir. Shu yovning boshini yanchgan, uni enggan nafsga taslim bo’lmagan kishining g’ururi va insoniy qadr-qimmatini hech kim paymol qila olmaydi, -deb bilgan o’z hikmatlaridan birida shunday deydi:
Nafs yo’liga kirgan kishi ravo bo’lur, yo’ldan ozib, toyib, tuzib gumroh bo’lur. Yotsa –tursa shayton bilan hamroh bo’lur... nafsiy meni yo’ldan urib xor ayladi, termultirib xaloyiqqa zor ayladi,-deb nafs beshdalariga tanqid etadi.
Nafs insondagi butunlikni, iymonni sindiradi, ma’naviy jihatdan jarlikka qulatadi. Shu bois “Nafsni tanib mehnat etsa rohat”,-deb xitob qiladi. Bu g’oyalar bizning hozirgi kunimiz, tarbiyamiz uchun g’oyat muhim.
Movaruonnahr tasavvuf ta’limotida xoja Bahouddin Naqshbandning o’rni alohida ahamiyatga ega ekanligini ham qayd etishimiz lozim. Naqshbandiya ta’limoti hayratlarni darajada ijztimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ma’no va mohiyatga, hayotiy mazmunga ega. Naqshbandiya ma’naviy-axloqiy ta’limotiga hur fikrlikka keng o’rin berilgan. Bu sulikdagilar mehnat qilish ilm olish, o’z mehnati evaziga halol yashash noz-ne’matlarni ko’pchilik bilan baham ko’rish, faqirona hayot kechirishi, hammaga yaxshilikni ravo qurishni afzal bilganlar.
Odamlarga yaxshilik qilish eng yuksak insoniy burch ekanligini ta’kidlab, sham kabi bo’lgan va odamlarga yorug’lik ber, o’zing esa qrong’uda bul, degan ekanlar.
Xoja Bahoudinning “Ko’ngil Ollohda bo’lsinu, quling esa ishda” hikmatlarining inson-ma’naviy dunyosi takomilidagi ahamiyati beqiyosdir.
Tasavvuf taraqatlari haqidigan ketganda. Najmiddin kubro asos solgan kubroviya haqida ham to’xtalib o’tishimiz zarur. Biz Najmiddin Kubro siymosida faqat tariqat boshchisini emas, balki o’z Vatanini xalqini dildan sevgan insonni ham ko’ramiz. 1221 yilda bosqinchi mo’g’il gaplari qadami Xorazmga etib boradi. Muhammad Xorazmshoh mamlakatni, fuqaroni o’z holiga tashlab qochadi. Shu qaltis damlarda urganchni himoya qilishga 76yoshlik Najmiddin Kubro boshchilik qiladi va jangda vaxramonlarga shahid bo’ladi. Uning siyomosi xalq qahramoni sifatida asrlar osha yashab kelmoqda.
Najmiddin Kubro asos solgan Kubraviya tariqatining qoidalari o’nta bo’lib, ularda bu tariqat yo’lini tutgan sufiyning ichki ma’naviy dunyosi qanday bo’lish ko’rsatilgan. Insonning sabr-taqatli bo’lishi, boylik va mol-mulkka mukkasiga ketmaslik, har qanday pastkashlik, riyo, manr va hiyla-nayrangga bormaslik, hayvoniy xususiyat-shahvoniy hirslarga berilmaslik g’oyalari ilgari surilgan.
Xulosa qilib aytganda, tasavvuf ilmi-inson haqidagi ilmdir. Inson qalbiga sayqal berish ilmi. U inson odobini –ya’ni ma’naviyatini yanada yuksaltiradi. Butun islom axloqining eng muhim qadriyatlarini bir nuqtaga jamladi. Shu tariqa tasavvuf komil inson nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqadi.
Islom dini va islomiy qadriyatlarning tiklanishi.
Yaqin o’tmishda namoz o’qish, diniy marosimlarni o’tash langan, masjidlar, aziz-avliyolarnign ziyoratgohlariga qulf urilgan, odamlarning uylaridagi Qur’on, Hadis, turli diniy adabiyotlar terib olinib, yoqib yuborilgan edi. Mana buni “Johiliya”, modanlik desa bo’ladi. Qanchadan-qancha odamlarimiz hozirgi emin-erkin kunlarni qamrab, ammo, ko’rolmay armon bilan o’tib ketdilar. Shu bois biz mustaqillik keltirgan ne’matlar uchun har qancha shukronalar aytsak arziydi. Mustaqillik davrdagi islomiy qadriyatlar tiklandi, imon-e’tiqodimiz o’zimizga qaytdi. Bu savobli, ezgu ishlarga hurmatli Prezidentimiz bosh-qosh ekanligini har daqiqa eslab turishimiz lozim. Prezidentimiz ma’naviy va ma’rifatga oid ma’ruza va asarlarida Islomning ma’naviy-axloqiy, ma’rifiy tarbiyadagi yuksak roli, o’rni, ahamiyatini muntazam o’qtirib kelmoqdalar.
Xususan bu masalalarga Prezidentimiz Islom KArimovnign “Istiqlol va ma’naviy to’plami, O’zbekistonnign siyosiy- ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari”, “O’zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo’lidi”, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “Olloh qalbimizda, yuragimizda”, “Ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz” kabi asar va risolalarida javob topishimiz mumkin.
“Islom dini, -jeb ta’kidlaydi Islom Karimov “Fidakor” gazetasi muxbiri savollariga javobida, hayotimiznign tub-zamiriga chuqur singib ketgan. Bu inkor etib bo’lmaydigan haqiqat. Milliy qadriyatlarimiznign zaminlar osha bezavol yashab kelishiga sabab-avvalo muqaddas dinimiz hisoblashadi”1 bu xolat xalqimizga, xususan yoshlarimizga milliy g’oyani singdirishga Islom olamidan oqilona foydalanishni taqozo etadi.
Ana shularni hisobga olgan holdja mustaqillik mamlakatimizda islom dini olamidan, uning boy ma’naviy va madaniy qadriyat sifatidagi katta imkoniyatlaridan qoydalanish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Avvalo, masjidlarga, azio’-avliyolar yotgan maqbaralarga solingan qulflar olib tashlandi. Qarovsiz qolgan masjidlar ta’mirlandi yangilari barpo etildi. Ramazon va Qurbon haytlari dam olish kuni deb e’lon qilindi. Har yili minglab fuqarolarimizning haj va umraga borib kelishlari uchun imkoniyat va sharoit yaratib beriladi.
Ulug’ allomalar Iso Termiziy, hakim Termiziy, Bahouddin Naqshband, Axmad Yassaviy, Zamaxshariy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur Maturdiy Al-Marg’inoniy va boshqa ulug’ zotlarning yubleyning 1225 yilligi nishonlandi. Qur’oni Karim, hadislar va boshqa diniy kitoblar nashr qilindi. O’tmishda birorta ham diniy ulamonini yubleyi o’tkazilmas edi, diniy kitoblarni nashr etish taqiqlangan edi, yuqorida aytganimizdek, borlari ham yo’q qilingan edi. 1999 yilda Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Mustaqillikning 20 yilida islom dini va islomiy qadriyatlarni tiklash borasidagi asrlarga teng amaliy ishlar bajarildi. Islom va islomiy qadriyatlar ma’naviy va ma’rifiy hayotimizning tarkibiy qismiga aylanib qoldi. Prezidentimiz Islom Karimov so’zlari bilan aytganda. “Biz islom dini ota-bobolarimiz dini ekani u biz uchun ham imon ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini doimo yuksak qadrlaymiz... dinga hurmat va e’tiqod-biz uchun o’lmas qadriyatdir”1
Sobiq sho’rolar tuzumi tanazzulga yuz tutib, eski hukmron, yakka hokim bol’shevistik-kommunistik mafkura batamom inqirozga uchrab, yangi mustaqil davlatlar shakllanishi jarayonida ma’lum muddat g’oyaviy-mafkuraviy bo’shlik holati vujudga keldi.
G’oyaviy bo’shliq nima? G’oyaviy bo’shliq, eski tuzumdan yangi tuzumga o’tish jarayonida oldin hukmronlik qilib kelgan mafkura o’tmishga aylangach taraqqiyot ilg’or g’oyaviy qarash tizimining ham shakllanib ulgurmas holatidir. Chunki, yangi mafkuranign shakllanishi uchun ma’lum davr talab etiladi.
1990 yillarining boshlarida bunday g’oyaviy-mafkuraviy bo’shliq O’zbekiston xududida ham namayon bo’ldi.
Shu ma’noda, O’zbekiston Respublikasi prezidentining quyidagi fikirlari muhim axamiyatga ega: “Men ko’hna bir haqiqatni yana eslatmoqchiman: tabiatda bo’shliq bo’lganidan, insonning ongu tafakkurida hambo’shliq bo’lishiga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Har bir ongli odamnign voqelikka o’z munosabati, maqsad va intilishlari bo’lishi tabiiy”2
G’oyaviy bo’liq paydo bo’lish joyda muqarrir ravishda begona va zarurli mafkuralar xuruji boshlashadi. O’tish davrida, yangicha qarashlar mustahkam e’tiqodga aylanib ulgurmagan paytda tashqi mafkuraviy ta’sirlarnig foydali yoki zarurli ekanini hamma ham darhol fahmlay olmaydi. O’zbekistondagi mafkura maydoniga zarurli, xalqimizning orzu intilishlariga mutlaqo begona g’oyalarning hujumi ana shu bilan ham izohlanadi.
So’ngi yillarda bizning diyorimizda ham taraqqiyotimiz, osayishtaligimizni ko’rolmaydigan “vaqqobiylik” va “qizbut-tahrir” kabi oqimlarning guruh va to’dalari paydo bo’lib qoldi. Bunday to’dalar o’zlaricha masjidlarda g’avg’o ko’tarib, o’tish davrining qiyinchiliklaridan foydalanib, ayrim yoshlarning ongini zaxarlamoqdalar. Mustaqilliknign bergan erkinligini suyiste’mol qilmoqdalar. Bu jutassib dindorlar o’zlarini “vahobiy” yoki “dinni tozatevchilar”, “Fundamentalistlar” deb yuritib, aslida esa birinchi navbatda islomning o’ziga zarba bermoqdalar.
Vaxobiylar bir yarim ming yillik ilmning fan, madaniyat-tarixidan voz kechish, Imom Buxoriy, Imom G’azzoliy, Imom Abu Xanifa, Burxoniddin Marg’inoniy, Axmad al-G’arg’oniy, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulug’bek, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa yuzlab mutaffakkirlar, so’fiylar, olimlar merosidan voz kechish, ularning asarlarini yoqib yuborishni, maqbaralarni buzib tashlashni tavsiya qilmoqdalar.
Ular, umuman, insoln aqli inson qalbi bilan yaratilgan jamiki ma’naviyo boyliklarni uloqtirib tashlashga da’vat etmoqdalar. Axir bu vaxshilik, nodonlik, Shohilimnign o’ziku. Ma’naviyatli va ma’rifatli kishi, buni mutlaqo qabul qilmaydi.
Vahobiylik bizni orqali, jaholatga tortadigan, islomni, islom ahlini buzadigan xavfli oqim. “Dinni tozalash”, “Sof dinga qaytish” niqobi ostida tashviqotlar olib borish, odamlarni tahlikaga solish, qonli jinoyatlar qilish, otani bolaga, akani ukaga dushman qilib, jamiyatimizni xavf ostiga quyayotganlardan milliy qadriyatlarimizni avaylab-asrashimiz lozim.
Diyorimizda din niqobi ostida ish ko’rayotgan ekstrelistlar, aqidaparastlar mavjud konstitutsion tuzumga qarshi borib, hokimiyatni egallash va O’zbekistonda Islom davlatini qurish, xalqni qo’rquvga solib, hukumatga ishonchsizlik uyg’otishi uchun turli jinoyatlar va terrorastlik harakatlar sodir etish yo’li bilan el tinchligini buzishga urinmoqdalar. Ularning asl maqsadi hukumatparastlik, ya’ni davlatni qo’lga olishdan iborat. Mustaqil yurtimizda ularga o’z vaqtida zarba berildi va ularning pati qirqildi.
Xalqimiz endi-erkinligini qo’lga kiritilgan, o’zligini anglab etgan bir zamonda allaqanday kimsalarga ergashib yana jaholatga, qo’llik to’zog’iga qaytadil? Albatta yo’q. Ammo, hamma gap har qanday tahdid yoki tahlika oldida vahimaga tushmaslik, ana shu kurash va sinovlarga doimo tayyor turishda, ogoh va sergak bo’lishda. Ayniqsa, yoshlarimizni ularning zararli ta’siridan asrab qolish hozirgi tarbiya ishimiznign asosiy yo’nalishi bo’lib qolishi lozim. Begona va zararli, mohiyati g’ayri insoniy bo’lgan g’oyalarga qarashi to’ra olish uchun yoshlarimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirishimiz zarur. Immunitet deganda organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlay , o’zini tuli xususiyatlar ega ta’sirlardan, tashqi infentsiyalar kirib ketishidan himoya qilishga qodir bo’lgan reaktsiyalar majmui tushunildi.
Lekin insonnig ko’plab xususiyatlari tug’ma bo’lsa mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish ijtimoiy-siyosiy hayotiy ehtiyoj sanaladi. Chunki kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs har qanday oshkora yoki pinxona ko’rinishdagi mafkuraviy taziqlarga bardosh bera oladi. Yoshlarimiz doimo va har on ogoh va yana ogoh, sergak bo’lishlari zamon talabi. Buning uchun yoshlarimiz ongiga mustaqillik g’oyasini chuqur singdirishimiz lozim. Tashqi ular milliy ildizlari baqquvvat dunyoni chuqr anglaydigan, zamon taraqiyoti bilan baravar qandam tashlaydigan insonlar bo’lib etishsin. Ana shunday johil aqidaparastlarning “da’vati ham axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g’oyalar ham ularga o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi.
Prezidentimizning “Turkiston-press” axborot-agentligi muxbirining savollariga javoblarida ta’kidlaganlaridek: “Biz o’z dinimiz va e’tiqodimizdan hech qanday voz kechmaymiz. Shu bilan birga muqaddas dinimiz sha’niga dog’ tushurmoqchi bo’lgan kimsalar bilan hech qachon murosa qilmaymiz. Men O’zbekiston rahbari sifatida qandaydir yovuz kuchlar islom dinimizni, ota-bobolarimiz e’tiqodini musulmon fuqarolarimizni taqqirlashga, jamiyatimizni xavf tug’dirishiga yo’l qo’ymaymiz”1.
Prezidentimiz aytganlaredek har birimiz hamisha, har soniyada ogoh bo’lishimiz lozim. Bu mustaqil yurt har bir fuqarosining muqaddas burchi bo’lmog’i lozim. “....Muqaddas dinimiz sha’niga dog’ tushurmoqchi bo’lgan, undan g’arazli siyosiy maqsadlarda foydalanishini istaydigan kimsalar va kuchlar bilan hech qachon murosa kelajagimiz”2
Fuqaro shuni anglab etishi kerakki, O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida o’ziga xos va mos yo’li bo’lgani kabi madaniy-ma’naviy rivojlanishida ham o’z yo’li bor. Bu o’ziga xoslikni dinga, diniy qadriyatlarga munosabatlarimizda ulardan ma’naviy tarbiyada foydalanishimizda ham ko’rishimiz mumkin.
Bu yo’l Prezidentimiz asarlarida bayon qilib berilgan. Uning mohiyati, mutadil dindorlik islom ma’rifatini rivojlantirish, ichkibotiniy olamni poklab, Ollohni dilni dilda saqlab, aqlu tafakkur, ilmu-urfan bilan kamolam sari borish, o’z merosiy qadriyatlarimiz va dunyoviy ilmni egallab, zamon bilan hamkordan olg’a borish.
XULOSA.
Xulosa shuki, mustaqillik bergan hidoyat yo’lini yot unsurlardan asrash, ularga berilmaslik ularnign kirib kelishiga yo’l qo’ymaslik lozim bo’ladi. Taraqqiyot yaqdillik, fidoiylik va umumilliy g’oyalarimiznign moddiy kuchga aylanishidadir.
Xulosa Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki mustaqillikdan so’ng Prezedentimiz tashabbusi bilan yurtimizda ma’naviyat va san’at sohalariga alohida etibor qaratildi. Xususan ma’naviyat sohasiga alohida etibor berildi.Chunki ma’naviyatsiz millat hech qachon taraqqiyotga erisha olmaydi.Prezidentimiz I.A.Karimovning “yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ham shunga alohida to’xtalib o’tib shunday degan edi: “insoniyatning ko'p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo'ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o'ziga tobe qilib, bo'ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo'lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya'ni eng buyuk boyligi bo'lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma'naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig’ini uzoq va yaqin tarixdagi ko'p-ko'p misollarda yaqqol ko'rish mumkin. Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma'naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o'sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.” Bundan tashqari san’at sohasida ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda respublikamizning 64 ta oliy ta’lim muassasalarida 286,3 ming talaba, shu jumladan 273,7 ming talaba bakalavriatda va 12,6 ming talaba magistraturada tahsil olmoqda. Bu esa ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning milliy badiiy an’analarning mazmuni va shakllari bilan tanishtirish orqali talabalarni ma’naviy estetik tarbiyalashning samarali yul-yuriqlarni ishlab chiqish va tegishli tavsiyalar ishlab chiqarish zaruratini hosil qiladi. Ushbu yo’nalishda oliy ta’lim muassasalarida badiiy havaskorlik to’garaklari faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston qo’shiq bayrami to’g’risida”gi 1996 yil 18 noyabr N403 son qarori ham yoshlar badiiy havaskorligi orqali talabalarni g’oyaviy-siyosiy tarbiyalash ishiga salmoqli hissa bo’lib qo’shildi. Zero Qarorda ushbu tadbirni “O’zbekiston – Vatanim manim” g’oyasini madh etuvchi, bunyodkor, mehnatkash xalqimizni ulug’lovchi, insonlar qalbida muqaddas Vatan tuprog’ini, mustaqillikni ko’z qorachig’iday asrab-avaylash, zurur bo’lsa, jon fido qilishga undovchi yuksak badiiy saviyadagi musiqa asarlari va qo’shiqlar bayrami sifatida o’tkazish” vazifasi yuklatildi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kelajak ovozi” O’zbekiston yoshlarining har yilgi respublika tanlovini o’tkazish to’g’risidagi 2006 yil 14 mart, N45 qarori mamlakatimizning barcha mintaqalarida yashovchi qobiliyatli va iqtidorli yoshlarni aniqlashga, fan, san’at, zamonaviy texnologiyalar sohasida salohiyatlarini ochish uchun ularga yangi imkoniyatlar yaratib berishga qaratildi. Prezidentimiz Islom Karimovning “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilsin”, deb nomlangan asarida: “Sir emaski, ba’zan beozorgina bulib tuyulgan musiqa, oddiygina multfilm yoki reklama lavhasi orqali ham ma’lum bir mafkuraviy maqsadlar va intilishlar ifodalanadi”, dedilar. Mafkuraviy hayot shu hikmatning haqligini har kuni isbotlamoqda.
Download 123,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish