Islom dinining tarqalishi. «Qur'on» -dunyo madaniyatining ulkan boyligi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar



Download 23,67 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2022
Hajmi23,67 Kb.
#465272
  1   2
Bog'liq
Dilovarxon



Kirish
Asosiy qism

  1. Islom dinining tarqalishi.

  2. «Qur'on» -dunyo madaniyatining ulkan boyligi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Markaziy Osiyo xalqlari pedagogik fikrlari tarixiy taraqqiyotida VII asrda Arabiston yarim orolida paydo bo'lgan va VIII asrda mintaqamizga ham yoyilgan islom dini muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Chunki islom dini, uning asosiy kitobi «Qur'oni Karim» va undan keyingi asosiy manba hisoblangan hadislardar Ollohga, uning payg'ambari Muhammad alayhissalomga e'tiqod qilish bilan birga ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, ilmga intilish, o'zaro ahil bo'lish, mehr-oqibat, ehson, sabr-toqat, kamtarlik, vafo-sadoqatlilik, poklik, adolat, diyonat kabi insoniy sifatlar haqidagi jihatlari va yaxshi fazilatli hamda odob-axloqli bo'lishlik yo'llari bayon etilgan. Xudi shuningdek, islom dinida millatidan, elatidan, tanasining rangidan qat'iy nazar, inson insonligi uchun ulug'lanadi. Millatchilik, bir-birini kamsitish, talon-tarojlik, irqchilik islomda yo'q va bo'lmagan.


Islom dini har qanday millatchilik kayfiyatidan yuqori turadigan olomshumul ta'limot.U barcha millatlarni birlashtirib, teng, do'st, yoru-birodar qilib, tinch-omon yashashlarini o'qtirib keladi.Ayni paytda islom dinida razolat, kibr-havo, adovat, xasad, xiyonat, zulm kabi illatlar qoralanadi. Xullas, Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Islom dini-bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma'rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig'indisi emas. Anna shu ma'rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o'gitlariga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, oriyatli, nomusli bo'lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar».
Demak, deyarli 15 asrdan beri ko'p musulmonlar (qariyib 1,5 milyard) ning axloqiy-ma'naviy dunyosini mustahkamlab kelayotgan islom dini, Qur'oni Karim, Hadislar, ayniqsa hadis ilmining buyuk allomalari (muxaddislari) Ismoil al-Buxoriy (810-870 y), Imom at-Termiziy (824-892 y) lar g'oyalarining ahamiyati bugungi kunda ham beqiyosdir. Markaziy Osiyo xalqlari axloqiy-pedagogik fikrlari tarixiy taraqqiyotida VIII asrning o'rtalarida paydo bo'lgan va IX – XV asrlarda mintaqamizda keng yoyilgan tasavvuf yoki sufiyzim falsafasi, ayniqsa uning ko'zga ko'ringan vakillari Hoja Ahmad Yassaviy (1041-1167 y), Najmiddin Kubro (1145-1221 y), Bahovuddin Naqshbandiy (1318-1389 y) lar ta'limotlarining ahamiyati katta bo'ldi.
Hadislar islom dini ta'limotida muqaddas kitobimiz Qur'oni Karimdan keyin turadigan ikkinchi asosiy manba hisoblanadi.Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom hayot vaqtlarida hadislar yozma qayd etilmagan.Ul zot o'sha paytda «Nozil bo'layotgan Qur'on oyatlari bilan mening hadislarim aralashib ketadi, odamlar o'rtasida tushunmovchiliklar paydo bo'ladi» degan o'yda hadislarni yozib olishni man qilganlar. Saxobalar va tobeinlar o'z quvvayi xofizlariga ishonganlar. Ular yodlagan hadislar asosan og'zaki tarzda el orasida tarqalgan.
Payg'ambar alayhissalom vaf ot etib, undan keyin birin-ketin saxobalar ham, tobeyinlar ham dunyodan o'ta boshlagan paytda islom dinining nufuzi kuchayib, jug'rofiy jihatdan katta hududga tarqalgan edi. Shu bilan bir qatorda, har xil milliy siyosiy ixtiloflar, fiqx va kalom ilmidagi ziddiyatlar kuchaygan, islomda turli oqim va masxablar paydo bo'la boshlagan edi. Oqibatda chala – cho'lpalik, noquslik, ba'zan shaxsiy manfaat yoki mansab ilinjida amiri hokimlarga xushomadgo'ylik qilishlar tufayli el orasida soxta hadislar ham tarqala boshladi.
Manbalarda qayd etilishicha o'sha paytda bit'atchi, xudosizlar va iymonsizlar tomonidan Muhammad payg'ambar nomidan o'n to'rt mingga yaqin soxta hadislar to'qilib tarqatilgan. Agar ahvol shu tarzda davom etsa payg'ambarimizning hadislari asl holida saqlanib qolmasligi, kelgusi avlodlarga haqqoniy ravishda etib bormasligi tayin edi. Buni anglagan hakimlar hadislarni yozma qayd etib, to'plash kabi o'ta muhim masalaga kirishdilar.Bu xayrli ishga birichilardan bo'lib, Umaviylarning sakkizinchi xalifasi Umar ibn Abdul Aziz ibn Marvon (681-720 y) qo'l o'rdi.Shunday qilib, VIII asrning birinchi choragida Muhammad payg'ambar hayotidan qariyib 80 yil o'tgach hadislarni jamlab tadviyin (yozma qayd) etish boshlandi. Biroq jamlangan hadis to'plamlari hali ham muayyan tartibga solinmagan, mavzu jihatidan boblarga ajratilmagan, saxobalar va tobeyinlarning qavl – fatvolari bilan aralashtirilib, chalkashtirilib yuborilgan edi. Shunga qaramay, maxsus hadis to'plamlari yaratildi, ularga bag'ishlangan musnad, sunna va sahiyh deb ataladigan turli to'plamlar paydo bo'ldi.
Shu tariqa Buxora, Samarqand, Shosh, Marv, Marg'ilon, Xorazm, Nasaf va boshqa shaharlardan asosan Qur'oni Karim va payg'ambarimiz hadislari o'qitilish va targ'ib qilindi. Natijada, hadislar xalq ommasi orasida keng tarqalib, ta'lim-tarbiya sohasida ham, ijtimoiy hayotda ham mustakam o'rin egalladi. Bu borada yurtdoshlarimizdan Abdulloh ibn Muborak Al-Mavraziy, Al-Xasan ibn Qulayb, Ash-Shoshiy, Ibrohim ibn Ma'qul, An-Nasafiy, Nuayma ibn Hammod Al-Marvaziy Jamoliddin an-Nasafiy, Ismoil Al-Buxoriy, Xofiz Al-Xorazmiy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon Ad-Daromiy As-Samarqandiy singari olimlar samarali faoliyat ko'rsatdilar.
Mustaqil respublikamizning oldida turgan asosiy vazifalardan biri - yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Ta’lim maskanlarimiz ma’naviy baquvvat, bilimli, o‘z mustaqil Vatanimizdan fahrlanish tuyg‘usiga boy kishilarni tarbiyalashi kerak. Bu esa ta’lim - tarbiya oldidagi murakkab, keng ko‘lamli muammolardan biridir. Xalq ta’limi tizimida hal qiluvchi inson-o‘qituvchidir. Agar o‘qituvchi ijodkor va izlanuvchan bo‘lsa, o‘quvchi bilim darajasi ham baland bo‘ladi. O‘qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim mazmunini egallagan bo‘lishlari kerak. Pedagog xodimlar o‘zlarini kasb ko‘nikmalari muallimlik va tarbiyachilik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart, deb ta’kidlanadi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda.
O‘qituvchi kasbining nozikligi, mas‘uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to‘g‘risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo‘yiladigan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirishish mahorati, muomala madaniyati Sharq mutafakkirlarining asarlarida o‘z ifodasini topgan. Sharq pedagogikasi va pedagogik mahorati ming yillik tarixga ega. Sharq ma’naviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa Uyg‘onish davrida juda rivojlangan bo‘lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Devoniy, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma’naviy-axloqiy kamolotida muhim manbaa bo‘lib xizmat qiladi.
Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Abu Nasr Farobiy (873-950) muallimning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ibratli g‘oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, «o‘qituvchi - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur. Shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi», - deb ta’kidlaydi. Farobiy o‘qituvchi shaxsiga xos qator fazilatlarga xolisona, odilona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan buyuk zotdir. Shuning uchun mazkur sharhlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli mulohazalar ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
Mazkur muammo yuzasidan mulohaza yuritgan atoqli olim Abu Ali ibn Sino (980-1037) ning fikricha, «... O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rosggo‘y va bola tarbiyalash uslublarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim». Abu Ali ibn Sino mulohazasiga ko‘ra tarbiyachi dastlab bolalarni yaxshi ko‘rishi, hurmat qilishi, ular bilan xushmuomala bo‘lishi shart. Agar bola ishni yaxshi bajarsa, uni o‘z vaqtida rag‘batlantirish, gohida maqtab qo‘yish, aksincha bo‘lganda esa, unga tanbeh berishi kerak. Lekin, deydi Ibn Sino, tanbeh bolaning izzat-nafsiga tegadigan bo‘lmasligi lozim, o‘quvchiga murosasozlik qilish esa bolaning o‘zboshimcha bo‘lib qolishiga olib boradi,-deydi Ibn Sino.
Nasriddin Tusiy o‘zining «O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida» degan asarida shunday deydi: «O‘qituvchi munozaralarni olib borishi, rad etib bo‘lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi dozim... O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo‘pol va qattiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o‘qituvchi o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin».
O‘qituvchi va uning mahorati to‘g‘risida nazm mulkining sultoni A. Navoiy, A. Jomiy va boshqalarning asarlarida o‘qituvchi qobiliyati, shaxsiy fazilatlari, uning nutqi, notiqlik san‘ati, madaniyati haqida qimmatli, durdona fikrlari mavjud.
Buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy o‘z asarlarida bola dunyoqarashining - kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli, o‘zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. O‘zini nomunosib tutgan odam hech vaqt boshqalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi.
Ustod, muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qora bo‘lurdi jahon, - deb hitob qiladi u «Iskandar xirodnomasi» asarida.
O‘zbek adabiyotining dahosi Alisher Navoiy o‘z asarlari va ilmiy qarashlarida o‘qituvchilik qobiliyati va uning obro‘si, odobi yuzasidan ibratomuz mulohazalar yuritadi. Alloma fikricha o‘qituvchi faoliyatini ijodiy yondashuvsiz tasavvur qila olmaydi. U doimo o‘z ustida mukammal ishlashi, tajriba oshirib borishi zarur deydi. Ana shu boisdan uning asarlarida odob, axloq, ziyraklak, irodaviy kuch, poklik, samimiylik xislatlari asosiy o‘rinni egallaydi.
O‘qituvchining har jihatdan ibrat va namuna bo‘lishlari ta’lim va tarbiya garovi ekanligiga ishora qilgan. O‘qituvchining kasb mahoratini tarbiyalashning mohiyati to‘g‘risidagi mulohazalar «Qobusnoma», «Xotamnoma», «Qutadg‘u Bilig» kabi buyuk asarlarda ham bayon etib berilgan. Chunki bu asarlarning barchasi odobnomaning xuddi o‘zginasi bo‘lganligi sababli tarbiyachi-murabbiyning o‘ziga xos xislatlarining shakllanish bosqichlari ifodalab berilgan.
XVIII-XIX asrda Turkistondagi jadidlar harakatining asoschilaridan biri, buyuk ma’rifatparvar o‘qituvchi, mohir tadqiqotchi Abdulla Avloniy ta’lim tizimi, o‘qitishni takomillashtirib, o‘qituvchilar malakasini oshirish, bo‘lg‘usi o‘qituvchini tayyorlash muammolariga mutlaqo yangicha yondashgan olimdir. Uning fikricha ijodiy izlanish, o‘qish va o‘qitishning yangi shakli, uslub hamda vositalarini qidirish o‘qituvchining eng muhim sifatlaridan biridir,-deb ta’kidlaydi.
Shunday qilib, O‘rta Osiyo mutafakkirlari va o‘zbek ma’rifatparvarlari o‘qituvchi kuchli xotiraga, iroda va tafakkurga, aql-zakokatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi, ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish yo‘lida jonbozlik, qatiyatlilik ko‘rsatishi, o‘quvchilarning ruhiy dunyosiga to‘g‘ri yo‘l topa olishi, ularga ta’sir o‘tkazishi, vijdonli, samimiy, odobli, nazokatli, ishchan, mas‘ul shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatishi zarur ekanligini o‘z asarlarida ta’kidlab o‘tadilar.
Hozirgi davrda mamlakatimizda pedagogik faoliyatning rivojlanishida jahon mutafakkir-olimlarining pedagogik qarashlari va ta’limotlari ijobiy ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liqdir. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi-sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. Jamiyatning o‘qituvchi oldiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagilardir:
- shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi;
- bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vatani tabiatiga va oilasiga bo‘lgan muhabbati;
- keng bilimga ega bo‘lish, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;
- yosh pedagog psixologiya, pedagogika, yoshlar fiziologiyasi, maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi;
- o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustaqil bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi sohasi bo‘yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;
- ta’lim-tarbiya metodikasini egallashi;
- o‘z ishiga ijodiy yondashishi;
- pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari va pedagogik taktga ega bo‘lishi;
- o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi kabi talablarga to‘la javob bera olishga intilishi lozim va shart.
Ushbu vazifa va maqsadlarni ijobiy hal etishi natijasida o‘qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u ta’limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarida umumiy didaktik printsiplarni qanchalik to‘g‘ri amalga oshirishiga bog‘liq. Ma’ulumki, o‘qituvchi faoliyati ta’lim jarayonining tashqi tomonini tashkil qiladi, chunki u o‘qitadi, ta’lim beradi Shunga asosan o‘qituvchi dars muammolariga to‘g‘ri yondoshishi uchun ta’lim jarayonining asosiy komponentlarini bilishi, ularning o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sirini tushunishi lozim.

XULOSA
O’zbekiston Respublikasining kelajakda buyuk davlat bo’lishi va uni ta’minlash yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy, madaniy-ma’rifiy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalash ishi birinchi novbatda oilada boshlanadi. Ota-ona farzandlariga go’zal xomiy va nasihatgo’y bo’lishlari lozim. Bunday go’zal momila farzand bilan ota-ona orasidagi mehr muhabbatni yanada kuchaytiradi. Farzandlarning go’zla odobli-ahloqli, tarbiyali bo’lishlari uchun, avvalo, ota-onalarning o’zlari g’o’zal hislatga ega, o’rnak bo’lishlari shart. Bu uy ahli ya’ni ota-ona, o’g’il va qizlarning birgalikdagi totuvlik bilan yashashlarida muhim omildir. Sharq mutaffakkirlari inson, uning shaxsi va ta’lim-tarbiyasini tashkil etish, shuningdek, unda mehnatsevarlik, bilim olishga intilish, aqliy jihatdan kamolotga ytishini ta’minlash, unda nutq madaniyati, so’z sana’ti shakllantirishi, yuksak ma’naviy-ahloqiy sifatlarni tarbiyalash ma’salalarini o’rganishga katta ahamiyat berganlar. Ular insonni har tomonlama barkamol, b ilimli bo’lishini istaganlar. Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari metodologik xususiyatga ega bo’lib, nafaqat ular yashagan davrda, balki bugungi kunda ham ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hozirgi davrning salmoqli ta’siri natijasida oilalarning ijtimiy tarkibi ham o’zgarmoqda, bu esa o’z navbatida oila tarkibida, turmush va uning qiyofasida jiddiy o’zgarishlarni vujudga keltirimoqda. Bu esa o’z navbatida, o’zbek oilalarida bunday tarkibiy o’zgarish, yangidan mnosabatlar tarixiy tarkib topgan milliy o’ziga xoslikni yo’qotishgini emas, balki oilalardagi munosabatlarning har tomonlama rivojlanishiga, ko’p millatli respublikamiz aholisi urf-odatlari an’analarining uyg’unlashuviga, mazmunan boyishiga sabab bo’lmoqda. Oilada bolalarni to’g’ri tarbiyalash, ota-onalarning va katta yoshdagi barcha kishilarning namunada bola shaxsini shakllantirish, uning dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, jamoa o’zini tuta bilishiga tayyorlovchi omildir. Yosh avlodning qiziqish va tirishqoqligi, mehnatsevarligi birinchi novbatda oila va undagi tarbiyaviy holatlarga bog’liqdir.
O’zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni, tarbiyaning kundalik va istiqbol rejasi, bolalarga ta’sir o’tkazish vositasini tanlash va undagi unumli foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega: chunki uning asosida xalq an’analari yotadi.O’zbek xalqining etnopsixologik xususiyatlaridan foydalanishi har tomonlama taraqqiy etgan inson shaxsini tarkib toptirishda muhim ro’l o’ynaydi. Ahloqiy tarbiya uchun muhim ahamiyatga molik bo’lgan shartlardan biri o’g’il-qizlarning o’z ota-onalari mehnat faoliyati haqidagi tushunchalardir. Farzandlar o’z ota-onalarining qayerda, kim bo’lib ishlayotganliklaridan tashqari qanday ishlayotgani, o’z mehnat jamoalaridagi mavqei, mehnat do’stlari, mehnat faoliyatiga doir an’analardir, yutuqlari, rag’batlantirilishi kabilarni yaxshi bilsalar, ularga nisbatan taqlidchanlik xissi o’sadi va bu hol o’quvchining o’qish mehnati va faolligiga katta ta’sir etadi, uning sinf jamoasidagi mavqeini oshiradi. Muhim pedagogik jihati shundaki bu tushuncha o’quvchini intizomli bo’lishiga yaxshi o’qishiga ilhomlantiradi.Modomiki jamiyatimizning ertangi me’morlari bo’lgan bugungi yosh avlodlarni tarbiyalashda zarur bo’lgan mehnat tarbiyasini qo’shib olib borish, bugun siz-u, bizga yuklangan ekan, demak uning boshqa turli usullarini qidirib topish ham bizning zimmamizda. O’zlarida mehnat tarbiyasini yaxshi o’zlashtirgan kishilargina yosh avlodni mehnat tarbiyasi bilan bog’lab tarbiyalashdek ulkan vazifani bajarishlari oson kechishi mumkin.



Download 23,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish