Islom Karimov Ma’ruza №1 oliy ta’lim tizimi



Download 82,51 Kb.
bet2/5
Sana24.06.2021
Hajmi82,51 Kb.
#100197
1   2   3   4   5
Bog'liq
Islom Karimov Ma’ruza №1 oliy ta’lim tizimi721

Universitet - oliy ta'lim dasturini bajarishda talabalarga egallayotgan sohasi bo’yicha yoki keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun keng qamrovli bilim berishga e'tibor qaratiladi;

Universitet:

  • oliy va undan keyingi ta'lim uchun ta'limni bir necha yo’nalishda beradi;

  • turli sohalardagi mutaxassislarning malakasini oshiradi va qayta tayyorlaydi;

  • fanning turli yo’nalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib boradi;

  • ilm sohasi bilan chambarchas bog’liq ilmiy va metodik markaz hisoblanadi.


Akademiya - oliy ta'lim dasturini bajarishda oliy ta'lim berish bilan bir qatorda keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun aniq bir yo’nalishga tayyorlaydi;

Akademiya:

  • ta'lim sohasida ma'lum belgilangan oliy va oliy ta'limdan so’nggi ta'lim berishga mo’ljallangan o’quv dasturini bajaradi;

  • mutaxassislarning bilimlarini belgilangan tartibda malakasini oshiradi va qayta tayyorlaydi;

  • fan, madaniyat, san'at sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi;

  • o’z faoliyati doirasida yetakchi ilmiy, metodik markazi hisoblanadi.

Institut - barcha oliy ta'lim muassasalari kabi oliy ta'lim dasturini bajaradi, bilim berishda bir yo’nalishga qaratilgan bilim beriladi.

Institut:

  • oliy va oliy ta'limdan keyingi o’quv dasturlarini bajarishni ta'lim va fanning ma'lum bir me'yorida amalga oshiradi;

  • mutaxassislarni ma'lum bir sohada qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug’ullanadi;

  • fundamental va amaliy tadqiqot ishlarini olib boradi.

Oliy ta'lim muassasasining davlat ta'lim standartini mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha bajarilishini, kadrlar tayyorlash sifati davlat tomonidan tayinlangan organ oliy ta'lim boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi. Pedagogik kadrlar va o’quv muassasalarini attestasiyadan o’tkazish, kadrlar tayyorgarligi sifatini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi bilan qamkorlikda amalga oshiriladi.Oliy ta'lim olish uchun nodavlat muassasalarini tuzishga qonunchilik ruxsat beradi. Ushbu muassasaga davlat akkretaditasiyani attestasiyadan tegishli tartibda o’tgachgina bersa u o’qitish huquqiga ega.

Oliy ta'lim muassasalarining Attestasiyasi u davlatga tegishli yoki xususiyligidan qat'iy nazar, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish Boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tasdiqlagan, Davlat test



markazi tomonidan qabul qilingan pedagogik kadrlar va ta'lim muassasalarining attestasiyadan o’tkazish Nizomi asosida oliy ta'lim

muassasalarining professor-o’qituvchilar jamoasi attestasiyasidan o’tkaziladi. Attestasiya natijalariga ko’ra istalgan oliy o’quv muassasasi davlat akkreditasiyasidan mahrum etilishi mumkin.



Eksternat - oliy ta'lim dasturiga muvofiq oliy ta'lim muassasasining o’qitiluvchi tartibini keyingi (joriy va yakuniy) attestasiyagacha tanlangan yo’nalish (mutaxassislik) bo’yicha mustaqil o’rganish.

Masofaviy ta'lim - asosiy faoliyatdan uzilmagan holda ta'lim muassasasidan uzoqda o’quv dasturidagi mavjud bilimlarni o’zlashtirish. U zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikasiyaning texnik vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.

Kunduzgi o’qitish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashning yo’nalishlari ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.




Download 82,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish