Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitet


YO‘L-TRANSPORT HODISALARINI HISOBGA OLISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA



Download 50,26 Kb.
bet4/5
Sana16.04.2022
Hajmi50,26 Kb.
#556399
1   2   3   4   5
Bog'liq
YO‘L-TRANSPORT HODISALARI VA ULARNING KELIB CHIQISH SABABLARINI O‘RGANISH

YO‘L-TRANSPORT HODISALARINI HISOBGA OLISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda respublika hududida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish, ularni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlarni tahlil qilish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2012-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin;
2011-yil 31-dekabrgacha ichki ishlar organlarida yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish varaqasini to‘ldirish va ma’lumotlarni elektron axborot tizimlari orqali uzatish tartibi haqidagi yo‘riqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin va ijrosini nazoratga olsin;
mazkur qarorning bajarilishi yuzasidan tahliliy axborotni Vazirlar Mahkamasiga har chorak yakuni bo‘yicha taqdim etib borsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
YTHni hisobga olish ishlari O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) xodimlari tomonidan olib boriladi. Ayrim vazirliklar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar o‘z tashkilotlariga tegishli avtotransport yoki yo‘llarda sodir etilgan YTHni alohida hisob qilib boradilar, bunda ular birlamchi axborotni YHXB bo‘linmalaridan oladilar. Masalan, «Toshshahartransxizmat» uyushmasi, «O‘zneftgaz» korporatsiyasi avtokorxonalariga tegishli avtomobillar sodir etgan YTHni, «O‘zavtoyo‘l» konserniga tegishli yo‘l xo‘jaliklarida esa umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida qayd etilgan YTHni hisobga olib borish bilan birgalikda, to‘plangan ma’lumotlar batafsil tahlil qilinadi. SHuningdek, sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli tibbiyot tashkilotlarida YTHda jabrlanganlar ro‘yxatga olinadi.
YTHni hisobga olish tartibi va ma’lumotlar yig‘ish ishlari YHXB bo‘linmalarida bir xil tartib bo‘yicha olib boriladi. Bu tartibga asosan hamma YTH ikki guruhga bo‘linadi.
Birinchi guruhga YTHda halok bo‘lganlar yoki jarohat olganlar kiradi. Bunday YTH ma’lumotlari maxsus kartochkalarda hisobga olinib, davlat statistika hisobiga kiritiladi.
Agarda YTHda jarohat ko‘rmasdan faqat moddiy zarar ko‘rilsa yoki engil jarohat olinsa, bunday holda YTHni ikkinchi guruhga kiritiladi. Bu xildagi YTH davlat statistika hisobotiga kiritilmaydi va ular shahar, tuman, vazirliklar darajasida ko‘rib chiqiladi.
Agarda tan jarohati oluvchi kishi o‘zining ish qobiliyatini yo‘qotsa, kasalxonada bir sutkadan kam bo‘lmagan vaqtda davolansa yoki birinchi tibbiy yordamdan keyin qatnab davolanish belgilansa, u holda YTHda jarohat olgan hisoblanadi.
YTHni hisobga olish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha YHXB xodimlari tomonidan bir xil turdagi YTH kartochkasi (2.1-jadval) to‘ldiriladi.
Avtotransport korxonalarida «Harakat xavfsizligi xizmati» xodimlari korxonaga tegishli bo‘lgan transport vositalari sodir etgan YTHni hisobga olish, tahlil qilish va amaliy chora-tadbirlar ko‘rish ishlarini olib boradilar. Masalan, «Toshshahartransxizmat» Davlat uyushmasi haydovchilari tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari hamda qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 2.2-jadvalda keltirilgan tartibda hisobga olinadi. SHuningdek, muntazam ravishda harakatdagi transport vositalarini yo‘llarda nazorat qilinib, quyidagilar aniqlanadi: tekshiruv sanasi, transport vositasi kimga tegishli, qanday rusumli, davlat raqami, harakat yo‘nalishi, haydovchining ismi-sharifi, tekshiruv vaqti va joyi, yo‘l varaqasi raqami, qoidabuzarlik turi, haydovchining imzosi, ko‘rilgan chora va natijalar.

Yo‘l xo‘jaliklari o‘z tasarrufida bo‘lgan avtomobil yo‘llarida yuz bergan (asosan yo‘l sharoiti kamchiligi bilan) YTHni hisobga olib, uni YTH-1 formasida yoki alohida daftarda quyida ko‘rsatilgan jadval ko‘rinishida qayd etadi (2.3-jadval). YTHning oylik, choraklik va yillik ko‘rsatkichlarini o‘rganib, yo‘l sharoitini yaxshilash bo‘yicha ish rejasi tuziladi. Yo‘l xo‘jaliklarida YTHni to‘liq hisobga olish uchun MQN 15-2007 «Avtomobil yo‘llarida yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish va tahlil qilish qoidalari»da kartochka formasi (2.4-jadval) tavsiya etilgan bo‘lib, uni yozma ravishda yoki EHM yordamida to‘latish mumkin. Bu kartochkalarning afzalligi u yoki bu ko‘rsatkichlarni belgilab, hamma ma’lumotlar shaxsiy EHMga kiritiladi. Kartochka quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan: umumiy ma’lumotlar, yo‘l tarxi va bo‘ylama kesim bo‘laklari, yo‘l to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar, yo‘l qoplamasining turi, qatnov qismining holati, ob-havo to‘g‘risida ma’lumot, transport oqimining holati, yo‘lning yorug‘ligi, aholi yashovchi joyning ta’rifi, YTH sodir bo‘lgan joyning ta’rifi, yo‘lning holati va uning qay darajada jihozlanganligi, xulosa va yo‘lning holatini yaxshilash uchun bajarilishi kerak bo‘lgan tadbirlar.




Download 50,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish