Islomiy moliyaning asosiy tamoyillari


Islomiy investitsiya jamg‘armalari



Download 104,87 Kb.
bet3/3
Sana15.12.2022
Hajmi104,87 Kb.
#886407
1   2   3
Bog'liq
Jo\'rayev Shahriyor - Muqobil moliyaviy muassasalar

3. Islomiy investitsiya jamg‘armalari.
Ushbu investitsion jamg‘armalar mustaqil investitsiyaviy kompaniyalar bo‘lib, unda ishtirokchilar kompaniya aktivlariga, uning foyda va zararida ulushga egalik qilishda teng huquqqa ega bo‘ladilar.
Investitsion jamg‘armalar faoliyatining asosiy maq sadi mablag‘larni yig‘ish va investitsiyalar portfelini boshqarish hisoblanadi.
Islomiy investitsiya jamg‘armalarining turli toifalari mavjud: hissadorlik kapitali jamg‘armalari, mulk va ko‘chmas mulk jamg‘armalari, tovar jamg‘armalari, ijara jamg‘armalari, murobaha jamg‘armalari, shuningdek, aralash jamg‘armalar.
Bularning ichida eng ko‘p tarqalgani hissadorlik kapitali jamg‘armalari hisoblanib, ularning jami aktivlari barcha is- lomiy jamg‘armalar aktivlarining 50% dan ortig‘ini tashkil etadi.
Islomiy investitsiya jamg‘armalarining boshqa barcha islo- miy muassasalari kabi asosiy xususiyati shariat qoidalariga muvofiqligi hisoblanadi.
Shuni qayd etish lozimki, islomiy investitsiya jam- g‘armalari o‘z faoliyatini mos moliyaviy vositalar (murobaha, ijara, mushoraka va h.k.)ni ishlatish orqali amalga oshiradi. «Islomiy investitsiya jamg‘armalari» atamasi umumiy kassa (umumiy jamg‘arma)ni anglatadi, investorlar shari- at qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, halol foyda olish maqsadida o‘zlarining ortiqcha mablag‘larini unga kiritadi- lar. Jamg‘arma ishtirokchilari jamg‘armada ishtirok etish va u tomonidan amalda ishlab topilgan foydadagi ulushga egalik- ni tasdiqlaydigan hujjatni olish huquqini qo‘lga kiritadi- lar. Ushbu hujjatlarni «guvohnoma», «aksiya» va boshqa nom- lar bilan atash mumkin, ularning shariat nuqtai nazaridan qonuniyligi ikki asosiy talabga muvofiq kelishi lozim.
Birinchidan, ishtirokchilar ushbu sertifikatlarning bel- gilangan nominal qiymati o‘rniga jamg‘arma amalda ishlab topgan mutanosib nisbatdagi foydaga umid qilishlari mum- kin. Shuning uchun biron-bir foyda me’yori kafolatlanmaydi.
Jamg‘arma ishtirokchilari unga kirar ekanlar, o‘z sertifikat- lari daromadliligi jamg‘arma ishlab topgan foyda yoki zarar- ga bog‘liq ekanini aniq tushunib olmoqliklari kerak. Agar jamg‘arma katta foyda olsa, sertifikat daromadliligi ushbu miqdorga ortadi.
Agar jamg‘arma zarar ko‘rsa, ushbu zararlar ishtirokchilar o‘rtasida mutanosib taqsimlanadi, agar zararlar jamg‘arma rahbariyatining e’tiborsizligi yoki no‘noqlik ila boshqaruvi oqibatida yuzaga kelsa, u holda ishtirokchilarga qoplama to‘lab berish lozim bo‘ladi.
Ikkinchidan, kiritilgan miqdor shariat ruxsat etgan biz- nesga investitsiya qilinishi shart.
Mana shu asosiy talablarni e’tiborga olgan holda, islo- miy investitsiya jamg‘armalari investitsiya qilishning ko‘plab usullaridan foydalanishlari mumkin. Islomiy investitsiya jamg‘armalarining tasnifi 3.11-rasmda kelti rilgan.
Hissadorlik kapitali jamg‘armasi (private equity). Mazkur jamg‘armada investitsiyalar miqdori ma’lum bir kompaniya- ning aksiyalariga joylashtiriladi. Foyda asosan aksiyalarni sotib olish va bahoning ortishi hisobiga, uni sotishdan olin- gan foyda hisobiga shakllanadi. Foyda, shuningdek, aksiyalari sotib olingan mos kompaniyalardan kelib tushgan dividendlar- dan ham olinishi mumkin.
Aniqki, agar firmaning asosiy faoliyati shariat nuqtai nazaridan noqonuniy bo‘lsa, u holda islomiy jamg‘arma uning aksiyalarini sotib olishi, ushlab turishi va sotishi mumkin emas, chunki bu hissadorlarning man etilgan biznesda ishtirok etishiga olib keladi.
Download 104,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish