Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
Ta’lim amalga oshirish darajasi bilan bog‘liq ikkinchi guruh masalalariga quyidagi 
jihatlar kiritilgan: 
- O‘quvchilar matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishda qanday imkoniyatlarga ega 
bo‘ladi? 
- Dunyoning turli mamlakatlarida matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish amaliyotida 
qanday asosiy farqlar mavjud? 
- Ushbu farqlarni qanday omillar aniqlaydi? 
Ta’limni amalga oshirish darajasi bevosita o‘qituvchi tomonidan sinfda olib boriladigan 
o‘quv jarayonida rasmiy yo‘naltirilgan hujjatlar: dastur va darsliklar bilan tavsiflanadi, ya’ni 
ta’limning rejalashtirilgan darajasi belgilanadi. Biroq bu hatto markazlashtirilgan ta’limni 
boshqarish sharoitida ham mos kelmaydi. Buning sababi, ta’lim mazmuni o‘quvchi oldida 
jamiyat va ta’lim tizimi tomonidan belgilanadigan shaklda emas, balki o‘qituvchi talqinida 
paydo bo‘ladi, bu yerda uning bilimlari, tajribasi, qiziqishlari va boshqalar katta rol o‘ynaydi. 
Ta’limni amalga oshirish darajasini o‘rganish quyidagi savollar doirasiga qaratilgan: 
“O‘qitishni kim amalga oshiradi?” va “O‘quv jarayoni qanday tashkil etilgan?”. Ta’kidlash 
joizki, lokal darajada o‘qitishning tashkiliy tizimiga ko‘plab omillar: maktab va uning atrofi, 
o‘quvchilar oilasi va boshqalar katta ta’sir ko‘rsatadi. TIMSS tadqiqotidagi ushbu ta’sir 
o‘quvchilar, o‘qituvchilar va maktab ma’muriyati uchun maxsus ishlab chiqilgan anketalar 
yordamida aniqlandi. 
Ta’limni rejalashtirish va amalga oshirish darajasini taqqoslash yakunida, shuningdek, 
ta’lim mazmuni, o‘quvchilar faoliyati va ularning o‘zaro munosabatlari atamalarida 
tavsiflangan. 
Ta’limning erishilgan darajasini aks ettiruvchi uchinchi guruh savollar quyidagi 
ko‘rinishda taqdim etiladi: 
- matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda qanday bilim, 
ko‘nikma va munosabatlar shakllantiriladi? 
- o‘quvchilarning o‘quv muvaffaqiyatlari bilan o‘quv jarayonida bilimlarni egallash 
imkoniyatlari o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? 
Ta’limning erishilgan darajasi (o‘quvchilar nimalarni bilib oldilar?) o‘quvchilarning 
shaxsiy yutuqlari kontekstida: ularning bilimlari, egallash uchun bo‘lgan harakatlari, darsda 
va uyda o‘z o‘quv faoliyatini tashkil etish nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilgan. Erishilgan bilim 
darajasining asosiy xususiyatlari nafaqat olingan bilimlarning hajmi, balki o‘quvchilarning 
ushbu o‘quv faniga bo‘lgan munosabati, ushbu fan bilan shug‘ullanish istagi, ushbu fan 
bo‘yicha taraqqiyotni baholash, kutilganlik darajasi (ushbu o‘quv fanini o‘rganish bilan 
bog‘liq istiqbollar) bilan belgilanadi. Ta’limni rejalashtirish va amalga oshirish darajalari 
singari, erishilgan darajasi o‘quvchilar tomonidan qabul qilingan o‘quv mazmuni, faoliyati va 
munosabatlari bo‘yicha belgilandi. 
To‘rtinchi guruhga ta’limning rejalashtirish, amalga oshirish va erishish darajalari 
o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan savollar kiritilgan: 
- ta’limning rejalashtirish, amalga oshirish va erishish darajasi ta’limning ijtimoiy 
kontekstiga, o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘qitish natijalari qay darajada bir-biriga bog‘liq 
bo‘ladi? kabi savollarga javob beradi. 
Ta’limning rejalashtirish, amalga oshirish va erishish darajalari o‘rtasidagi farqlarni 
tushuntirish uchun tadqiq qilinayotgan obyekt haqida turli manbalardan ma’lumot olish 
21



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish