Iste’molchilar xulqi nazariyasining asosiy holati Iste’molchi



Download 75,21 Kb.
bet5/9
Sana07.07.2021
Hajmi75,21 Kb.
#111552
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iste’molchilar xulqi nazariyasining asosiy holati

Befarqlik egri chizig’i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to’’lamlari yig’indisini namoyon etadi. Ya’ni, iste’molchi uchun befarqlik egri chizig’ida joylashgan tovarlar to’’lamini tanlashda farq mavjud bo’lmaydi.

Befarqlik egri chizig’i ‘asayib boruvchi ko’rinishda bo’ladi. Befarqlik egri chizig’ining ‘asayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim bo’lgan har ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli hisoblanadi. Shunga ko’ra, bir tovarlar to’’lami (masalan, A)dan boshqa bir tovarlar to’’lami (masalan, V ga) tomon harakat qilib, iste’molchi naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni ‘aytda xuddi shuncha miqdordagi naflilikka ega bo’lgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar qanchalik ko’’ bo’lsa, A tovar shunchalik oz bo’ladi, chunki A va V tovarlar o’rtasida teskari aloqa mavjud. O’zgaruvchilari o’rtasida teskari aloqa mavjud bo’lgan har qanday egri chiziq esa ‘asayib boruvchi ko’rinishda bo’ladi.

Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to’’lamlari bo’yicha afzal ko’rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil bo’ladi. Har bir befarqlik egri chizig’i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to’’lamini ifodalaydi. 12-chizmada befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta befarqlik egri chizig’i tasvirlangan. I3 befarqlik egri chizig’i ehtiyojlarni qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi. 

Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko’ra cheksiz befarqlik egri chizig’i mavjud bo’lishi mumkin. Biz sodda ko’rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu uch egri chiziq tovarlar to’’lamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Ranjirlash to’’lamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo’naltirilgan tartibda qo’yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to’’lamning boshqa biridan nechog’liq afzalligini ko’rsatib bera olmaydi.

Iste’molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi byudjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet cheklanganligi iste’molchining muayyan ‘ul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi. Iste’molchi byudjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinastiyalarini ko’rsatuvchi byudjet chizig’i shaklida ham aks ettirish mumkin.

Iste’molchi byudjeti chizig’ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining o’zgarishi ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Misol uchun, iste’molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar yoki 10 birlik V tovar sotib olish mumkin bo’lsin (13-chizma). Birdaniga sotib olinishi mumkin bo’lgan har ikkala tovarning turli kombinastiyalari G byudjet chizig’ida joylashadi. Agar iste’molchining daromadi 2 barvar oshsa, u holda uning byudjet chizig’i ham tegishli ravishda G1 holatiga siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi, byudjet chizig’ining ham qisqarishiga va G2 holatiga siljishiga olib keladi. 

O’z navbatida narxning o’zgarishi ham byudjet chizig’idagi turli o’zgarishlarni keltirib chiqaradi (14-chizma). Jumladan:

1) V tovar narxining ‘asayishi byudjet chizig’i burchagining o’zgargan holda yangi chiziq hosil bo’lishiga olib keladi (M chiziq);

2) B tovar narxining oshishi byudjet chizig’i burchagining o’zgargan holda yangi chiziq hosil bo’lishiga olib keladi (N chiziq):

3) A va V tovarlar narxi ilgarigi nisbat saqlangan holda oshsa, u holda eski chiziqqa ‘arallel bo’lgan yangi chiziq hosil bo’ladi (L chiziq). 

Iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi tanlovini o’rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta’minlanadi, deb taxmin qilinadi: 



  1. mavjud va cheklangan byudjetdan to’liq foydalaniladi; 

  2. ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi. 

O’timal tanlov ham quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi:

Birinchidan, tanlov nuqtasining byudjet chizig’ida yotishi. Iste’molchi amalda barcha daromadini iste’molga sarflamay, ma’lum qismini kelgusidagi iste’molga qoldirsada, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta byudjet chizig’idan cha’da yotsa – uning to’liq sarflanmaganligini, o’ngda yotsa – imkoniyat darajasidan chetda ekanligini tushunamiz.

Ikkinchidan, tanlangan iste’mol tovarlari to’’lami eng ma’qul ko’rilgan kombinastiyada bo’lishi lozim. 

15-chizmada uchta befarqlik egri chizig’i ifodalangan bo’lib, ular iste’molchiga turli darajadagi qoniqish beradi: I– eng yuqori darajadagi qoniqish; I– o’rtacha qoniqish; I1 – eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste’molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – C; Ida – D; I3 da – F nuqtalar. Iste’molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D nuqta unga nisbatan ko’’roq ehtiyojni qondiradi; F nuqta eng ko’’ ehtiyojni qondirishi mumkin, biroq u byudjet imkoniyatidan tashqarida hisoblanadi.

D nuqtada iste’molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlarning maksimal qondirilishini ta’minlovchi tovar va xizmatlar to’’lami eng ko’’ qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig’ining byudjet chizig’i bilan kesishgan joyida yotadi. 2. Naflilik funksiyasi. Yalpi va chekli naflilik.


Download 75,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish