Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar


-modda. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari



Download 180,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/21
Sana30.04.2022
Hajmi180,72 Kb.
#596040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
221-I-сон 26.04.1996. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida

5-modda. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari
to‘g‘risidagi ma’lumot
Ishlab chiqaruvchi o‘z korxonasining nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida
iste’molchini xabardor qilishi shart. Bunday ma’lumot ishlab chiqarish markasi yoki tovar
belgisida ko‘rsatilgan bo‘lishi yoxud boshqa usulda taqdim etilishi lozim.
Sotuvchi (ijrochi) o‘z tashkilotining 

rma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish
tartibini iste’molchilarga ma’lum qilishi shart. Bunday ma’lumot lavhada aks ettirilishi lozim.
Ushbu moddaning 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan ma’lumot savdo va xizmat ko‘rsatish
muvaqqat binolar, yarmarkalar, ko‘chma do‘konchalar orqali amalga oshirilgan yoki savdo va
xizmat ko‘rsatish sotuvchi (ijrochi)ning doimiy joylashgan manzilidan tashqarida amalga
oshirilgan boshqa hollarda ham iste’molchilar e’tiboriga yetkazilishi kerak.
Sotuvchi (ijrochi) iste’molchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat
ko‘rsatishning qoidalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishi shart.
Oldingi
 
tahrirga
 
qarang.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari
to‘g‘risidagi ma’lumot iste’molchiga davlat tilida taqdim etiladi. Mazkur ma’lumot qo‘shimcha
ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli 
Qonuniga
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-
son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
6-modda. Tovar (ish, xizmat)lar to‘g‘risidagi ma’lumot
Oldingi
 
tahrirga
 
qarang.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish,
xizmat)lar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart. Bunda mazkur
ma’lumot tovarlarning etiketkalarida, tamg‘alarida, texnik hujjatida yoki tovarlarning (ishlarning,
xizmatlarning) ayrim turlari uchun qabul qilingan boshqa usulda iste’molchilarga yetkazilishi
mumkin.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-
apreldan kuchga kiradi)
Tovar (ish, xizmat) haqidagi ma’lumotda quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
Oldingi
 
tahrirga
 
qarang.
tovarning (ishning, xizmatning) nomi;
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli
Qonuniga
 asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-
y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvo

q kelishi shart bo‘lgan normativ hujjatning
nomi;
tovar (ish, xizmat)ning asosiy iste’mol xususiyatlari, shu jumladan, o‘ziga xos xususiyatlari
ro‘yxati;
Oldingi
 
tahrirga
 
qarang.
narxi (tari

) va sotib olish shartlari;
221-I-
сон
26.04.1996. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-4704
3 of 17
4/23/2022, 9:35 AM


(6-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-
yanvardagi O‘RQ-746-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y.,
03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi;
ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning ka

llik majburiyatlari;
tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari;
tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin iste’molchi nima
ishlar qilishi zarurligi, shuningdek bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin
bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Oldingi
 
tahrirga
 
qarang.
ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) to‘liq nomi va joylashgan eri (yuridik
manzili), litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning QR-kodi (matritsali shtrix kodi),
import qilinadigan tovarlar uchun esa ishlab chiqaruvchining hamda import qiluvchining nomi
va joylashgan eri (yuridik manzili);
(6-modda ikkinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-
yanvardagi O‘RQ-746-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y.,
03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi
 
tahrirga
 
qarang.
tovar kelib chiqqan mamlakatning nomi;
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli
Qonuniga
asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular iste’molchidan da’vo qabul qilishga
vakolat bergan, shuningdek, ta’mirlashlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko‘rsatadigan
korxonalarning manzillari;
tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari.
Oldingi
 
tahrirga
 
qarang.
teatr-konsert tadbirlari o‘tkazilayotganda fonogrammadan foydalanish to‘g‘risidagi axborot.
(6-modda ikkinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil
5-apreldagi 364-II-sonli 
Qonuniga 
muvo

q kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-
modda)
Oldingi
 
tahrirga
 
qarang.
Tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot iste’molchiga davlat tilida taqdim etiladi. Mazkur
ma’lumot qo‘shimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
Texnik jihatdan tartibga solinishi majburiy bo‘lgan tovar bo‘yicha iste’molchiga uning texnik
tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvo

qligi to‘g‘risida tegishli
ma’lumotlar taqdim etilishi kerak.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi O‘RQ-746-sonli
Qonuniga
 asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 18.01.2022-y., 03/22/746/0032-son — 2022-yil 19-apreldan kuchga kiradi)
Tovar (ish, xizmat) haqidagi zarur axborotning yo‘qligi bunday tovar (ish, xizmat)ni
realizatsiya qilish ma’lumot berilgunga qadar tegishli davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi
bo‘yicha to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.

Download 180,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish