Istiqlol tufayli har bir jabhada, xususan, ma’naviy qadriyatlarga hamda so‘z san’atiga nisbatan munosabat tubdan o‘zgardi


Morfologik-fonetik dialektal so‘zlar



Download 114,99 Kb.
bet9/36
Sana06.04.2022
Hajmi114,99 Kb.
#532426
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
snoskali 3tabob

3. Morfologik-fonetik dialektal so‘zlar so‘z asosiy tarkibining fonetik hodisaga uchrashi, qo‘shimchaning ham adabiy til variant qo‘llanilmasligidan yuzga keladi. Bu kabi dialektal so‘zlarni o‘rganilayotgan hudud shevasida ko‘p o‘rinlarda uchratishimiz mumkin. Masalan, o‘rin ravishlarini alohida bir ko‘rinishlarini biz sheva vakillari nutqida kuzatdik. U yoqqa, bu yoqqa, shu yoqqa kabi yasama o‘rin ravishlari turli fonetik hodisalarga uchrab , morfologik-fonetik dialektal so‘z turlarini hosil qilgan. Buni quyidagi misollarda ko'rishimiz mumkin. Oqqä bārsäm kemägän dijdi, boqqä bārsäm tügäb bögan, dijdi. E: šünäj bezār qilli šü närsälä, tezrāq tügäsin qutüläj.// uyoqqa borsam kelmagan, deydi, bu yoqqa borsam tugab bo‘lgan, deydi. Ee, shunday bezor qildi shu narsalar,tezroq tugasin qutulay. Gap tarkibida qo'llangan oqqä // o‘qqa va boqqä so‘zlari u yoqqa va bu yoqqa o‘rin ravishlarining fonetik hodisa uchragan holda qo‘llangan varianti. U yoqqa ravishi tarkibidagi yo bo‘g‘ini tushib qolgan u unlisi o' ga almashgan. bu yoqqa ravishi tarkibida ham yo bo'g'ini tushub qolib, bu so'zi tarkibidagi u unlisi o ga almashgan.
Münäjčikin växlägä išläni režä qimäsäk, iš ünmäjdi. Bät qišgä čorvä nāvüt bölšijäm mümkin // bunaqa vaqtlarga ishlarni reja qilmasak, ish unmaydi. So‘ng qishga chorva nobut bo'lshi ham mumkin. Berilgan bu gapda Münäjčikin ,växlägä , bölšijäm so‘zlari morfologik fonetik dialektal so‘z turiga yaqqol misol bo‘la oladi. Xususan,Münäjčikin /munaychikin so‘zi tarkibida bu ko'rsatish olmoshi mu shakliga, -aqa qo‘shimchasining dialektal shakli -aychikin qo‘shimchasi qo‘llangan. Endi växlägä/vaxlaga so‘ziga e'tibor qaratsak, vaqt so‘ziga -lar ko‘plik shakli va -da o‘rin-payt kelishigi qo‘shilgan. Natijada vaqt so‘zidagi t undoshi tushib,apakopa hodisasini, portlovchi q undoshi esa sirg‘aluvchi x undoshiga almashib,spirantizatsiya hodisani yuzaga chiqargan. Ko‘plik affiksi-lar tarkibidan ham r tovushi tushib qolib, -da o‘rin-payt kelishigi o‘rnida jo‘nalish kelishigi -ga affiksi qo‘llangan holda sheva vakillari nutqida faol qo‘llangan. Yana yuqorida berilgan gapdagi so‘zlarga qaytsak, bölšijäm/bo‘lshiyam so‘zi. Adabiy tildagi bo‘lishi ham deb ishlatiladigan leksik birlikning yetakchi qismidan i unlisi tushib qolgan. ham so‘zi birinchi qismga qo‘shilib, so‘z tarkibidagi bo‘g‘iz undoshi h sirg‘aluvchi, til o‘rta y undoshiga almashgan holga kelib qolishi morfologik-fonetik dialektal so‘zlarni shakllantirgan. Jäxši äjāl bösäjiz, qäjnānä -qäjnātäni hürmätini žājigä qājäjdiz, xäjmi.../yaxshi ayol bo‘lsangiz qaynona-qaynotani hurmatini joyiga qo‘yardiz, xo‘pmi... Keltirilgan misolimizdagi bösäjiz/bo‘sayiz va qājäjdiz/ qoyaydiz so‘zlarini tahlilga tortadigan bo‘lsak, bo‘sayiz so‘zi adabiy tildagi bo‘lsangiz bo‘lishli fe'li asosidan til oldi, sirg‘aluvchi l undoshi tushib qolgan. Qo‘shimcha tarkibidagi til orqa, sonor ng birikmasi til o‘rta, sirg‘aluvchi, jarangli y undoshiga almashgan. Keyingi so‘zimiz qājäjdiz/qoyaydiz so‘zi - adabiy tilda qo'y+ar edi+ngiz fe‘lining shevadagi fonetik varianti. Fe'l asosidagi o‘ unlisi til oldi, lablangan ā unlisiga , -ar zamon affiksidagi r undoshi sirg‘aluvchi,jarangli y undoshiga almashgan . Edi to‘liqsiz fe'li tarkibidan e unlisi tushgan, shaxs -son qo‘shimchasi -ngiz affiksi tarkibidan ham til orqa,jarangli ng undoshi tushib qolgan. Va natijada, adabiy orfografiya bo‘yicha yoziladigan qo'yardingiz fe'li sheva vakillari nutqida qo‘llanganda qoyaydiz shakliga o‘zgarib talaffuz qilinyapti va dialektal so‘zning alohida bir turi bo‘lmish morfologik-fonetik dialektal so‘zni hosil qilyapti.

Download 114,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish