Istiqlol tufayli har bir jabhada, xususan, ma’naviy qadriyatlarga hamda so‘z san’atiga nisbatan munosabat tubdan o‘zgardi



Download 114,99 Kb.
bet1/36
Sana06.04.2022
Hajmi114,99 Kb.
#532426
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
snoskali 3tabob


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Istiqlol tufayli har bir jabhada, xususan, ma’naviy qadriyatlarga hamda so‘z san’atiga nisbatan munosabat tubdan o‘zgardi. Mustaqillik bergan imkoniyatlar, ya’ni yangi davr barcha jabhalarda o‘zgacha, yangicha yondashishni taqozo etdi. Ma’naviy hayotimizdagi katta o‘zgarish va
yangilanishlar moddiy va nomoddiy merosimizni har tomonlama mukammal o‘rganish va tadqiq qilishda keng yo‘l ochdi. Bu tabiiy hol, albatta. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Оdamlarda o‘zligini anglash, milliy g‘urur, oriyat, o‘tmishdan faxrlanish, porloq kelajakni o‘z qo‘limizga olganimizdan g‘ururlanish kabi tuyg‘ular kamol tоpyapti, ularning bugungi va ertangi ishonchi ortib boryapti”.
Har qanday tuzumning yangilanishi, taraqqiy etishi yoxud tubdan o‘zgarishi milliy ma’naviy-ma’rifiy tafakkurning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bugungi kunda folklorshunoslik va o‘zbek dialektologiyasi ma’naviy miqyosi va milliy tafakkurga o‘z ta’sirini o‘tkazib borayotganligi quvonarli.
Ayni vaqtda O‘zbekiston xalqining tarixi, qadriyatlari, ilm-fan, madaniyat durdonalarini har tomonlama ilmiy o‘rganish va tahlil etish g‘oyat muhimdir. “Bugun bizning oldimizga shunday tarixiy imkoniyat paydo bo‘ldiki, – degan edi Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov, – biz bosib o‘tgan yo‘limizni tanqidiy baholab, ilmiy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz tomirlariga qaytib o‘tmishdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmog‘imiz kerak”.
Bugungacha o‘zbek xalq shevalari leksikasi va leksikografiyasiga e’tibor juda sust bolganligi uchun o‘zbek shevalari leksikasi to‘liq to‘planmaganligi kabi o‘zbek dialektal leksikografiyasi ham hali yaxshi shakllanmagan. Shevalarimizdagi dialektal so‘zlarning fonetik (leksik-fonetik), morfologik (leksik-morfologik), leksik-semantik, frazeologik, etnografik, leksik-derivatsion, dialektal maqollar, dialektal onomastik birliklar o‘rganilmasdan qolib ketmoqda. Boshqa turkiy xalqlar dialektologiyasida esa yuqorida birma bir sanab otilgan dialektal so‘zlar maxsus o‘rganilib, lug‘atlarga kiritilgan. Bu haqida taniqli dialektolog olimlardan biri A.Ishayevning “Ўзбек диалектал лексикографияси” nomli monografiyasida mаxsus to‘xtаlingаn1
To‘g‘ri, 1971-yilda nashr etilgan “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati” va undan keyin nashr yetilgan dialektal lug‘atlar ham bor, biroq ular dialektal leksikografik talab va me’yorlarga to‘liq javob bera olmaydi. Shuning uchun ham shevalarimizning leksik birliklari bo‘lgan dialektal so‘zlar va ularning turlarini yig‘ish, o‘rganish, ularni umumlashtirib, lug‘at shakliga keltirish va ularni ilmiy iste’molga tatbiq yetish masalalari dialektolog olimlar orasida ancha bahsli. Chunki o‘zbek dialektolog olimlari tomonidan 1971-yilda nashr etilgan “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”da faqat sof leksik dialektal sozlar qisman to‘planib o‘rganilgan. Sababi, bu lug‘atdagi sof leksik dialektal so‘zlarning miqdori 4505 (to‘rt ming besh yuz besh)ta, xolos. Shu sababli o‘zbek xalq shevalarining leksikasini, xususan, “G‘ijduvon shevasi leksikasi” o‘rganish o‘ziga xos dolzarblikka egadir.
Shu sababli mazkur sheva leksikasini tizimli tarzda o‘rganish dolzarb masalalardan biridir. Shuningdek, sheva so‘zlarining asosiy qismlaridan biri bo‘lgan onomastik birliklar, yani xalq tilida faol qo‘llanadigan kishi ismlari hamda joy nomlari dialektal so‘zlar hisoblanmagan. Ayni vaqtda xalq vakillari nutqida qo‘llanayotgan ko‘p so‘zlar, aniqrog‘i, dialektal so‘zlarning o‘nta turi ilmiy ishlarda asoslab berilgan2
Avval amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda dialektal so‘zlar anketa, dialektal so‘zlarning o‘zini alohida to‘plash, savol-javob metodlari asosida yig‘ib olinardi. Bu yesa tadqiqotchilarning harakatlarini ma’lum darajada susaytirardi. Shuning uchun ustozim filologiya fanlari doktori Tolib Enazarov asoslab ko‘rsatayotganidek, sheva vakillaridan dialektal matnlar yozib olish va shu matnllarni dialektal leksika talablari asosida tahlil qilib, shevaga xos dialektal so‘z va uning turlariga misollar topish mumkin boladi. Bu metod bilan dialektal matnlarni yozib olib, uning dialektal leksik tahlilini amalga oshirdim. Natijada, sheva so‘zlarini yozib olingan dialektal matnlardan aniqlab topish ishonchli metod ekanligiga amin bo‘ldim. Buxoro viloyati shevalari haqida gapirganda ko‘pchilik ularni tojik tili ta'siridagi shevalar deb biladi. Ammo o‘zbek tili shevalari ham bor. Masalan, G‘ijduvon shevasini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu yerdagi ba'zi bir aholi punktlaridagi( Bobog‘ozi, Ko‘shk, Gajdumak, Nayman, Dashtak kabi qishloq)larning to‘qson foizi o‘zbek tilida so‘zlashadi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, haligacha o‘rganilmagan G‘ijduvon shevasining leksikasini dialektal matnlar asosida to‘liq o‘rganish kerakligi ushbu magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligini ifodalab turibdi.

Download 114,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish