Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Download 3,32 Mb.
bet10/239
Sana31.12.2021
Hajmi3,32 Mb.
#214934
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   239
Bog'liq
инф укит мет мажмуа

Identiv o‘quv maqsadlari:

1. Informatikadan har bir ta'lim bosqichlari mazmunini ochib bera oladi.

2. Informatika fanining ta'lim bosqichlaridagi vazifalarini izohlay oladi.

1-asosiy savolning bayoni:

Informatika fani inson faoliyatining turli holatlarida axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi fandir. Informatika fani XX asrning 50-yillarida yuzaga keldi. Bu fan Respublikamizda 1985-86 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quv predmeti sifatida o‘qitilib kelmoqda.

Informatika fan sifatida informatsion jarayon (axborotlashgan jarayon) larning qonuniyatlarini o‘rganadi. Informatsion jarayon keng tushuncha bo‘lib, ma'lumotlarni jamlash, uzatish, saqlash, to‘plash, qidirish va iste'molchiga berishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘zida aks ettiradi.

Informatika atamasi fransuzcha «information» (axborot) va «automatique» (avtomatika) so‘zilaridan hosil bo‘lib, axborotni avtomatik qayta ishlash ma'nolarini anglatadi. Ingliz tilida bu fan Somputer sciene (kompyuter texnikasi haqidagi fan, kompyuter ta'limi, kompyuter bilimlari) deb yuritiladi. Informatika atamasi XX asrning 60-yillarida ishlatila boshlagan bo‘lsa-da, uning alohida fan sifatida ajralishi 40-50 yillarga to‘g‘ri keladi. Ma'lumki, bu davrda tarixda birinchi EHM yaratilgan edi. (1943-1945 yillarda AQSh da ENIAK deb nomlangan elektron hisoblash mashinasi). Birinchi EHM yaratilgandan so‘ng Informatika fani yanada rivojlanib hozirgi taraqqiyot darajasiga yetdi. Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga keladi, unga asoslanadi, kompyutersiz mavjud bo‘la olmaydi va o‘z navbatida, uning rivojiga, yangilanishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Umumiy qilib aytganda, informatika fani axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish usullarini va ularni boshqarish usullarini tizimli ravishda o‘rganuvchi fandir.

Hozirgi vaqtda Respublikamizda informatika fanini o‘rganish uch bosqichda olib boriladi:

1. Umumiy o‘rta ta'lim bosqichi. Bu bosqichda informatika kursning tanishuv qismi amalga oshiriladi va kursning nomi Informatika va hisoblash texnikasi asoslari deb nomlanadi.

2. O‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi bosqichi. Bu bosqichda informatika kursi to‘liq o‘rganiladi va kurs ikkita alohida fan sifatida («Informatika» va «Axborot texnologiyalari») faoliyat ko‘rsatadi.

3. Oliy ta'lim bosqichi. Bu bosqichda informatika fani to‘liq o‘rganilib, turli sohalarga qo‘llash masalalari hal qilinadi.

Bu bosqichlarda informatika fanini o‘rganish ketma-ketligi Davlat ta'lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida yo‘lga qo‘yilgan va ular bir-birining davomi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta'lim maktablarida Informatika fani 8-9 sinflarda (8-sinfda haftasiga 1 soat, jami 34 soat, 9-sinfda haftasiga 2 soat, jami 68 soat) o‘qitilmoqda. Kompyuter texnologiyasining rivojlanishi va jaxonda axborotlashtirish masalasiga e'tiborning oshishi Informatika fanining o‘rganilishini quyi sinflardan boshlashni talab etmoqda. Bu Respublikamizning ta'lim sohasidagi istiqbol rejalarida ko‘rsatib o‘tilgan. 2006 - 2007 o‘quv yilidan boshlab Respublikamiz umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 5-sinfida Informatika fani 2 haftada 1 soatdan, jami 17 soatga mo‘ljallangan o‘quv dasturi asosida sinov tariqasida o‘qitila boshlandi.


Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish