Izzax dpi rektori


MA’RUZA: Badiiy adabiyotning ikkiyoqlama mohiyati



Download 0,55 Mb.
bet5/63
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#270831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
ADABIYOT.KIRISH - QOSIMOV

MA’RUZA: Badiiy adabiyotning ikkiyoqlama mohiyati
REJA:

  1. Adabiyotshunoslik metodologiyasi haqida tushuncha berish.

  2. Adabiyotshunoslik maktablarining vujudga kelishi.

  3. Hozirgi adabiyotshunoslikning asosiy metodlari haqida ma’lumot berish.


Tayanch iboralar:

  1. Metodologiya

  2. Metod

  3. Maktab



Metodologiya – muayyan hodisalarni o’rganishning eng maqbul va

ko’pchilik tadqiqotchilar tomonidan tan olingan yetakchi tomonlari tizimidan iborat. Metodologiya bevosita amaliyotda ishlab chiqiladi va turli – tuman metodlarni o’z ichiga qamrab oladi.

Badiiy adabiyotda ilmiy-tarixiy qarash juda qadim zamonlarda shakllangan. Adabiyotning nazariy muammolari bilan shug’ullanuvchi fan tarmog’ining vujudga kelishi esa XVIII asrda yuz berdi. XIX asrga kelib G’arbiy Yevropa va rus adabiyotshunosligida maxsus ilmiy maktablar yuzaga keldi, muayyan metodlar ishlab chiqildi. Ana shunday m aktablardan ayrimlari haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.

Mifologik maktab. Aka-uka Grimlar, A.Kun, F.I.Buslayev. A.N.Afanasev, O.F.Miller kabi olimlar ushbu maktabning yirik namoyondalari hisoblanadilar. Ular mifologiya va folklorni badiiy adabiyotning asosi deb qaraydilar. Adabiyot tarixi, ularning fikricha, miflarning turli variantlarda takrorlanishidan iborat jarayondan iborat. Ular jahon adabiyotini yagona bir manbadan tuzilgan deb qaradilar.

Ushbu maktabning adabiyotshunoslik rivojida o’rni va ahamiyati katta, lekin barcha adabiyotni, ayniqsa, hozirgi realistik adabiyot asoslarini ham miflarga bog’lash, har qanday adabiy faktdan mif qidirish ularning eng katta kamchiliklari hisoblanadi.

Mifologik maktab ta’sirida mifologiya va folklorni o’rganishga qiziqish juda kuchaydi. Asrimiz boshlari va o’rtalariga kelib neomifologizm (yangi mifologik) maktabi yuzaga keldi. U.Duglas, F.Uilrayt kabilar bu maktabning zabardast vakillaridir. Ular ham o’z salaflarining qarashlarini yangicha talqinlarda davom ettirdilar.

Bevosita neomifologik maktab ta’sirida adabiyot va folklor munosabatlarini o’rganish XX asr adabiyotshunosligida keng tarmoq otdi.

Madaniy-tarixiy maktab. I.Ten, F.I.Buselev va A.Pininlar mazkur maktabning asosiy vakillaridirlar. Ularning fikricha, adabiyot tarixini ijtimoiy, milliy va jug’rofiy muhit bilan bog’liqlikda o’rganish shart, chunki adabiyotning paydo bo’lishi va rivojida irq, muhit va tarixiy vaziyat, geografik sharoit hamda iqlimning roli belgilovchi ahamiyat kasb etar emish.

Tarixiy hamda tabiiy muhitning adabiyotga ta’sirini inkor etib bo’lmaydi, lekin bu ta’sirni sof mexanistik tushunmaslik lozim. Ular badiiy ijodni faqat an’anaga bog’lab qo’yadilar, adabiy ta’sir va aloqaning rolini esa butunlay inkor etadilar. Shunga qaramay, badiiy adabiyotni ham tarixi, turmush tarzi, ruhiyati bilan bog’lab, konkret o’rganishga da’vat etishlari bilan madaniy-tarixiy maktab vakillari adabiyotshunoslik metodologiyasiga sezilarli ulush qo’shdilar.

Psixologik maktab. Mazkur maktabning yirik namoyondalari R.Myuller-Freynfels, A.Potebnya, D.Ovsyaniko-Kulikovskiy, S.Jirarden, V.Vundt, A.Gornfeld kabilardan iborat bo’lib, ular adabiyotni real borliq bilan bog’liq bo’lmagan, inson ruhining mahsuli sifatida talqin etadilar. Ularning fikricha, adabiyot ramzlar yig’indisidan iborat. Bu bilan ular badiiy asar mazmunining hayot bilan aloqasini, adabiyotning badiiy umumlashtiruvchilik xususiyatini inkor etadilar. Shunga qaramay, psixologik maktab vakillari ijod texnologiyasiga katta e’tibor beradilar. Pozitivizm ularning yetakchi metodologik tamoyili hisoblanadi.

Filologik maktab. Ushbu maktabning asoschilari G.Paul va V.Peretslar bo’lib, ular badiiy asarning asl nusxasini tiklash, uning yozilishi sanasini va muallifi aniq bo’lmasa, muallifni aniqlash bilan shug’ullandilar. Filologik maktab vakillari o’z tamoyillarini adabiyotshunoslikning mustaqil metodi darajasiga ko’tardilar. Aslida bu metod miloddan oldingi VI asrlarda Yunonistonda yuzaga kelgan bo’lib, eramizning XIX-XX asrlarida juda ulkan yutuqlarga erishdi. Hozirgi paytda matnshunoslik adabiyotshunoslikning muhim sanalaridan biriga aylandi.

Qiyosiy-tarixiy maktab (koinarativizm metodi). Ushbu maktabning yirik vakillari D.Denlop, T.Benfey hamda A.N.Veselovskiylar hisoblanadi. Ular turli xalqlar adabiyotlarini qiyosiy o’rganish orqali, ularning asosi bir xil metiv va obrazlarga borib taqalishini yoritmoqchi bo’ldilar. Bu bilan ular adabiyot taraqqiyotini bir xil obrazlar, motivlar va sujetlarning almashinib kelishi yoki ko’chishi orqali yuz berishini isbotlamoqchi bo’ldilar. Har bir davr adabiyotidagi sujet, motiv va obrazlar oldingi davr adabiyotidagi sujet, motiv va obrazlarning qayta ishlanishi deb qaradilar.

Mana shunday qarashlar natijasi o’laroq ”sujet migratsiyasi” (”sayyor sujetlar”) nazariyasi vujudga keldi.

Bunday nazariya esa adabiy jarayonni ijtimoiy-iqtisodiy va milliy zamindan ajratib qo’yadi.

Yuqorida aytilgan kamchiliklardan qat’iy nazar, qiyosiy-nazariy maktab vakillari turli xalqlar adabiyotlarini qiyosiy o’rganish orqali ular o’rtasidagi adabiy aloqa va ta’sir malakalarini yoritishga, har bir xalq adabiyotidagi adabiy hodisalarning tepologik ravishda mustaqil yuzaga kelishini ham bashorat qildilar. Hozir adabiyotshunoslikda tarixiy va struktual tepologik o’rganish eng aniq, eng obyektiv va ishonarli metod darajasiga ko’tarildi.

Biografik maktab. Ushbu maktabning asoschilari Sh.O.Sent-Byov, T.Brondes, N.I.Storojenko, A.Shvets bo’lib, ular yozuvchi ijodini uning biografiyasi bilan aloqadorlikda o’rganish lozim deb hisoblaydilar. Chunki ular badiiy ijodda ijodkor biografiyasi birlamchi rol o’ynaydi, ijodkorning tarjimaiy holi adabiy ijodning asosi va yakkayu-yagona manbai deb qaraydilar. Adib ijodi va biografiyasiga ijtimoiy sharoit va zamondan ajragan holda qarash, adabiy asardan biografik faktlar qidirish, adabiy faktlarni biografik faktlar bilan tenglashtirish ilmiy jihatdan o’zini oqlay olmaydi. Badiiy ijodda adib biografiyasining ahamiyati va ta’siri katta, lekin uni mutloq absolyutlashtirish mumkin emas.

Mana shu tariqa yuqorida qayd etilgan adabiy maktablar asrimizning deyarli 40-yillariga qadar adabiyotshunoslik uchun yetakchi metodik tamoyillarni belgilab berdi. Natijada adabiyotni o’rganishning rang-barang metodlari yuzaga keldi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat.

Psixoanalitik metod Z.Freyd, I.Neyfeld, I.D.Ermanovlar ushbu metodik taniqli namoyandalari bo’lib, ular badiiy adabiyotning asosi – seksual – erotik ahtiroslarda deb hiisoblaydilar. Shu bois ular badiiy adabiyotdan shahvoniy motivlarni qidiradilar va ijodkorning intim hayotiga katta qiziqish bilan qaraydilar.

Natijada, badiiy adabiyotning ijtimoiy, g’oyaviy-estetik va tarbiyaviy roli o’z-o’zidan keyingi o’ringa surilib qoladi. Badiiy adabiyotda erotik motiv va mavzularning o’rni bor, lekin ular badiiy ijodning tub mohiyati hamda asosini tashkil etmaydilar.

Formal metod. G.Zemner, A.Richal, S.Valsal, V.Shklovskiy. Yu.Tinyanov, B.Eyxenbaum kabilar ushbu metodning ko’zga ko’ringan vakillari hisoblanadilar. Ular adabiyotga badiiy vositalar sistemasi sifatida qaraydilar. Shu bois ular badiiy shaklni badiiy mazmundan alohida olib tekshirishni ma’qul ko’radilar. Ularning fikricha, badiiy asarda mazmun yetakchi emas, balki shakl belgilovchi rol o’ynaydi. Asrimiz boshlarida yuzaga kelgan bu metod sekin-asta o’z ahamiyatini yo’qotdi. Chunki adabiyotshunoslik shakl va mazmun birligi hamda uyg’unligini to’g’ri anglab yetdi.

Intuitivizm. Mazkur metodning yirik vakillari A.Bergson, B.Kroche, Yu.I.Ayxenvald, A.M.Yevlaxovlar bo’lib, ular ichki sezish (intuitsiya) haqiqatini anglashning yagona yo’li deb qarashadi. Bu bilan ular badiiy ijodni ongli jarayon emas deb hisoblaydilar. Ijodda onglilikni, tafakkur va tajribaning roli va ahamiyatini inkor etadilar, ijod jarayonini mistika qobig’iga o’ramoqchi bo’ladilar. Holbuki, adabiyot voqelikni in’ikos ettirish va bilish vositasi bo’lib, unda onglilik g’ayri shuuriylikni hamda ichki sezishdan ko’proq o’rin egallaydi.

Ekzistensializm. Ushbu metodning yirik namoyandalari G.Marsel, J.P.Sartr, S.de Bovuar, A.Kamyu va Xaydeggerlar bo’lib, ular asar mazmunini axloqiy muammolar bilan bog’liq holda tekshirish; uni xalq hayotidan ajralgan holda talqin etishga urinadilar. Bunday tamoyil asosida esa b adiiy adabiyotni borliqdan ajralgan san’atkor ”men”ining ifodasi sifatida qarash yotadi. Adabiyotda, umuman san’atda, ijodkorning bosh vazifasi uning o’zligini ifodalash, tasvirlash deb qaraydi ekzistensialistlar. Ularning fikricha, ijodkor shaxsi fojeali tanholikda qolgan mavjudotdan iborat. To’g’ri, b adiiy ijodda san’atkor ”men”i muhim, ammo ana shu orqali real borliq tasvirlanishini hech qachon unutib bo’lmaydi.

Strukturalizm. Ushbu metod asosan XX asr mevasi bo’lib, R.Bart, Todorov, R.Yakobson, Yu.Lotmon, K.Levi-Strosslar uning yirik vakillari hisoblanadi. Strukturalizm tadqiqot metodi sifatida o’ta murakkab adabiy hodisalarning mohiyatini, tuzilishini yoritish uchun qulaydir. Biroq bu metodning qator kamchiliklari bor. Unda badiiy vositalarni ilmiy tushunchalar va matematik tahlil usullari yordamida sistemalashtirish nazarda tutiladi. Asar mazmunini, u orqali ifodalangan g’oyani mensimaslik badiiy adabiyotning o’ziga xosligini, uning g’oyaviy-estetik vazifalarini yo’qqa chiqarishdan boshqa narsa emas.

Materialistik metod. Ushbu metodning yirik namoyandalari K.Marks, F.Engels, F.Mering, G.V.Plexanov, V.I.Leninlar hisoblanadi. Ular adabiyotshunoslikning yetakchi metodologik asosi deb, dialektik hamda tarixiy materializmni qabul qiladilar. Ushbu metodning bir qator ijobiy jihatlari bor. Masalan, ular Gerder, Gegel, Belinskiylar ishlab chiqqan b adiiy adabiyotni shakl va mundarija birligi asosida tarixan aniq o’rganishni rivojlantirishdi; adabiy hodisalarga tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari bilan aloqadorlikda qarash va baholash zarurligini alohida qayd etishdi. Adabiyotning ijtimoiy ong shakli sifatida ustqurma ekanligi, shu bois uning taraqqiyot darajasi bazis bilan bog’liqligi ham ushbu metod vakillari tomonidan aytildi. Bundan tashqari, mazkur metod vakillari adabiyotning o’ziga xosligi, uning voqelikni haqqoniy aks ettirish va bilish vositasi ekanligiga ham alohida e’tibor berdilar. Shunga qaramay, sotsiologizm, dogmatik qarashlar, tabaqachilik aqidalari tufayli materialistik metod vakillari madaniy merosga sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazardan munosabatda bo’ldilar. Adabiyotning ijtimoiy vazifasi, uning sinfiy va partiyaviy g’oyalarga xizmat qildirishi materialistik metodning eng chegaralangan jihatlari sifatida qaralishi lozim. Adabiyotni kommunistik mafkuraviylashtirish, siyosiylashtirish, badiiy ijodni sinfiy maqsadlarga bo’ysundirish o’z navbatida ijod erkinligini bo’g’ishning ayni o’zi edi. O’zining ana shunday chegaralanganligi tufayli hozir materialistik metod adabiyotshunosligimizda istefoda etilmay qoldi.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish