3-mavzu
|
KLASSIK DAVRGACHA BO’LGAN QADIMGI IQTISODIY TA’LIMOTLAR
|
Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy fikrlar
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar.
«Artxashastra» ta’limoti.
Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari
Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar
Kishilik jamiyatining dastlabki davrlaridan boshlab xo’jalik yuritish to’g’risida u yoki bu ko’rinishdagi iqtisodiy fikrlar amal qilib kelgan. Lekin o’sha paytdagi iqtisodiy fikrlar to’g’risidagi ma’lumotlar bizning davrimizga etib kelmagan. Chunki ularni avlodlardan-avlodlarga, asrlardan-asrlarga olib o’tuvchi vosita – yozuv bo’lmagan. Yozuv qachon paydo bo’lgan? Yozuv bundan olti ming yil avval, miloddan to’rt ming yil oldin o’sha davrning madaniyat o’chog’i hisoblangan Mesopotamiyada ijod qilindi. Qadimgi grek tarixchilari hozirgi Iroqdagi Dajla va Frot daryolarning oralig’idagi joylarni «Mesopotamiya» deb atagan.
Bu grekcha so’z bo’lib, «ikki daryo oralig’i» ma’nosini bildiradi. Dajla va Frot daryolari hozirgi Turkiya chegarasidan boshlanib, sharq tomon oqib Fors ko’rfaziga quyiladi. Bu ikki daryo atrofidagi joylarning tuprog’i unumdor, suvi ko’p bo’lib, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga juda qo’l kelardi.
Do'stlaringiz bilan baham: