Jabborov salimjonning «pul va banklar» fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Chet el adabiyotidan qisqacha tarjima



Download 52,31 Kb.
bet6/10
Sana03.12.2022
Hajmi52,31 Kb.
#878225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
13-MAVZU

Chet el adabiyotidan qisqacha tarjima
Bank (lotincha: ansa — sarrof peshtaxtasi) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi. Bank ishining asosiy yoʻnalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati koʻrsatishni amalga oshirish hisoblanadi. Bank qimmatbaho qogʻozlarni saqlash, saqlashga oʻtkazilgan qimmatbaho qogʻozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham koʻrsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga koʻra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat koʻrsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat banki. Tijorat banki oʻz navbatida universal va ixtisoslashgan banklarga boʻlinadi. Ixtisoslashgan bank investitsiya banki, jamgʻarma (omonat) banki, maxsus bank, kooperativ bank va boshqalardan iborat. Tijorat banki universal bank boʻlib jismoniy va yuridik shaxslarga xilma-xil bank xizmatlari koʻrsatadi (depozitlarni jalb etish, veksel hisobi, kredit berish, qimmatbaho qogʻozlarni sotish va sotib olish). Bu bank bank va kredit tizimining oʻzagini tashkil etadi.

13.5. Bank tizimi va uning elementlari.
Bank tizimi-tor ma’noda mank muassasalari yig‘indisidir. Bank tizimi keng ma’noda bank muassasalari va ular faoliyatining meyoriy huquqiy asoslari, tashkiliy moddiy-texnik va moliyaviy asoslarining yig‘indisidir.
1996-yil 25-aprelda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun;
1995-yil 25-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonun.
Amerikalik olim Fridrix Mishkin , rus olimi Andrushen va yana ko‘plab olimlar sug‘irta kompaniyalarini , pensiya fondlarini va kredit uyishmalarini bank tizimi tarkibiga kiritadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida 2 pog‘onali bank tizimi shakllanadi:
1-pog‘onada Makaziy bank ;
2-pog‘onada Tijorat banklari turadi.
Lekin 3 pog‘onali bank tizimi ham paydo bo‘ldi. Bunga misol qilib, evropa hududiga kirgan mam;lakatlarning bank tizimini ko‘rsatish mumkin:
• Evropa Markaziy banki
• Evro hudud mamlakatlarining Markaziy banki
• Evropa hudud mamlakatlarining tijorat banklari
Bank tizimi quyidagi elementlardan tashkil topadi:
1. Bank tizimining huquqiy asoslari .
2. Bank tizimining tashkiliy asoslari. Masalan: AQShda tijorat banklari tashkiliy tuzilishiga ko‘ra 2 ga ajratiladi:
Universal banklar-depozit qabul qilish huquqiga ega, kreditlash, hisob-kitoblar va boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi. Lekin ular qimmatli qog‘ozlar chiqarish yo‘li bilan resurs jalb qilish huquqiga ega emas. Universal banklar federal zaxira tizimi tomonidan nazorat qilinadi.
Investitsion banklar-depozit qabul qilish huquqiga ega emas. Ular qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarib, resurslar jalb qiladi va bu resurslardan o‘rta va uzoq muddatli kreditlar beradi.
Xitoyda 4 ta bank Markaziy bank bilan bir xil bank turadi: Xitoy sanoat banki, Xitoy qishloq-xo‘jalik banki , Xitoy eksport-import banki va Xitoy banki.
3. Bank tizimining iqtisodiy asoslari. Banklar faoliyat yuritish uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan miqdorda ustav kapitalini shakllantirish lozim. Ustov kapitali shakllangandan keyin Markaziy bank tijorat banklarga Bosh litsenziya beradi.
4. Banklar turlari. Tijorat banklari mijozlarning tarkibiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi:
a) ulgurji banklar – bu banklar yirik kompaniyalariga moliyaviy xizmat ko‘rsatish, aholi va kichik biznes subektlari bilan ishlamaydi.
b) chakana banklar – faqat aholiga va kichik mijozlarga moliyaviy xizmat ko‘rsatadi.
c) aralash banklar bu banklarning mijozlari tarkibida aholiga ham , kichik subektlariga ham yirk kompanyalarga xizmat ko‘rsatadi.

Download 52,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish