Jadidchilik harakatining psixologik g’oyalar taraqqiyotidagi o’rni reja



Download 150,55 Kb.
Sana22.04.2022
Hajmi150,55 Kb.
#574487
Bog'liq
JADIDCHILIK HARAKATINING PSIXOLOGIK G’OYALAR TARAQQIYOTIDAGI O’RNI


JADIDCHILIK HARAKATINING PSIXOLOGIK G’OYALAR TARAQQIYOTIDAGI O’RNI




Reja:

  1. Jadidchilik harakatining mazmuni va uning umumxalq ma’naviyatini ko‘tarishdagi roli.

  2. Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltirgan,tarixiy-ma’rifiy shart-sharoitlar

  3. Abdulla Avloniy, Behbudiy, Munavvar Qorining pedagogik faoliyati va didktik g’oyalari



Ma’rifat ma’naviy qaramlik, qo‘rquv va hadikni bartaraf etadi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat baxsh etadi. Shuning uchun ozodlik uchun kurashchilar mamlakat, millat ozodligini xalqning ma’rifiy uyg‘oqligida deb biladilar va ma’rifat uchun kurashadilar. Bizning xalqimiz azal-azaldan ma’rifatga intilib yashagan. Bu o‘lkadan dunyo ilmi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar yetishib chiqqan. Ular ham dunyoviy, ham diniy ilmlar sohasida dunyo ilmi ahlini hayratga solganlar.
Turkiston ma’rifatchilik maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga ega. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li, Abdulqodir Shakuriy, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat va Ahmad Donishlar XIX asr oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va qoloqlikdan xalos etishning yagona yo‘li ma’rifatda deb bildilar. Bu fidoiy zotlar mustabid tuzum va jaholatga, ma’naviy qullik va zulm-zo‘ravonlikka qarshi bor kuchlari bilan kurash olib bordilar.
Turkistonda jadidlar harakatining shakllanishi uch bosqichni o‘z boshidan kechirgan. Birinchi bosqich -1880 yillardan 1905 yilgacha: ikkinchi bosqich-1905 yildan1917 yil Oktabr to‘ntarishigacha, uchinchi bosqich-1917 yil Oktabr to‘ntarishidan 30 yillarning oxirigacha bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrlar o‘ziga xos tomonlari va xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Mustabid sovet tuzumi sharoitida jadidchilik harakatiga to‘g‘ri baho berish va uni munosib taqdirlash imkoniyatiga ega emas edik. Aksincha jadidchilik harakatining vakillari millatchilik g‘oyasini targ‘ib qiluvchi pantyurkizm va panislomizm mafkurasi tarafdori deb e’lon qilindi. Ularga “millatchi” degan tamg‘a bosilib qatag‘on qilindilar.
Jadidchilik, ma’rifatchilik millatni ma’rifatli qilish, ma’naviyatini yuksaltirish maqsadlarida yuzaga kelgan buyuk tarixiy harakatdir. Jadidlar aholini savodli qilmoqchi bo‘lgan oddiy ma’rifatchilar emas. Ular mustamlakachilik davrida Turkistonda hukmron bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatni, xalqning ma’naviy holati darajasini yaxshi bilganlar, bu jarayonlarning sabablarini chuqur tahlil eta olganlar.Ular Turkistonning mustaqilligini ta’minlash, mahalliy millatlarni ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish uchun birinchi navbatda xalqning umumiy madaniy-ma’naviy, ma’rifiy saviyasini davr talablari va imkoniyatlariga asoslanib rivojlantirish lozimligini anglab yetganlar. Ularning xalq maorifini rivojlantirish, milliy madaniy-ma’naviy merosni tiklash, Yevropa xalqlarining madaniyati, tajribsini o‘rganishga chaqirish borasidagi faoliyati ham pirovard natijada mustaqillikka erishish maqsadlari bilan bog‘langan. Jadidlar bilimli, madaniyatli, ma’rifatli, ma’naviyatli millatgina katta tarixiy vazifalarni hal etishga qodir bo‘la olishi mumkinligini chuqur anglab yetganlar.
Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga, bir tarixiy davrdan ikkinchi bir tarixiy davrga o‘tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning eng yetuk, ongli, oq-qorani tanigan, fidoiy, elim, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko‘zlovchi ma’naviyatli kishilari ma’rifatparvarlik bilan shug‘ullanadilar.
O‘zining bilimi, aql-zakovati, iymon-e’tiqodini, butun hayotini o‘zbek xalqining milliy ozodligi, Vatanimizning milliy mustaqilligi va baxtli kelajagi uchun safarbar etgan jadidlar harakatining g‘oyalari zoye ketmadi. Ular Vatanimizning mustaqilligi tufayli hozirgi kunda to‘la ravishda amalga oshdi, nomlari tiklandi, asarlari chop etildi. Qatag‘onlik qurbonlari muzeyi va shahidlar maydoni tashkil etildi.
Jadidchilik-yangilanish, yangi usul ma’nosini anglatadi. U yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo‘llari tarafdorlarining umumiy nomi.
Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari: Turkistonni o‘rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, “Usuli qadim”ni inkor etgan holda “Usuli zamon”ni joriy etish orqali o‘lkani, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitusion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy qo‘shin tuzish va boshqalardan iborat.
Turkistonda jadidchilik milliy-ozodlik kurashi jarayonida yuzaga kelgan, o‘zbek xalqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo‘lganligi bilan ajralib turadi.Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, ma’rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik kabi g‘oyalar yetakchilik qilgan. O‘lkani mustamlaka zulmidan ozod qilishni jadidlar hamma narsadan ustun qo‘yganlar. Jadidlar erk, istiqlolga erishish uchun milliy ongni o‘stirish zarurligini anglab yetdilar. Shu orqali milliy uyg‘onish yasamoqchi bo‘ldilar.. Buni esa ta’lim va tarbiyada-ma’rifatda deb bildilar. Mana shuning uchun ham jadidlar yangicha ta’lim va tarbiya tizimini qaror toptirish yo‘lida hormay-tolmay faoliyat yuritdilar.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu harakatning tarixiy ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Bu davrda jamiyatning ma’naviy inqirozi chuqurlashgan bo‘lib, milliy madaniyatni ko‘tarmay, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo‘lmay ma’rifat, tarbiyaviy ishlarni keng yo‘lga qo‘ygan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotga imkoniyat yaratib bo‘lmas edi. Jadidlar, ya’ni ma’rifatchilar millatning ma’naviy kamoloti yo‘lida o‘zining butun kuchi va iste’dodini safarbar etishga tayyor bo‘lgan fidoiylar edi.
Jadidlar millatni qoloqlik, xurofot botqog‘idan olib chiqish uchun harakat qilar ekanlar, bunda shariatga qat’iy rioya qilish orqali maktab va madrasalarda ta’lim berish tizimini dunyoviy ilmlarni berish asosida isloh qilish g‘oyasini ilgari surganlar va bu borada o‘zlari amaliy harakat namunasini ko‘rsatganlar.
Hozirgi mustaqillik sharoitida ham Prezidentimiz ta’kidlaganidek “...ma’naviyat, ma’rifatni targ‘ib qilish har bir ziyolining vijdon ishidir. Ma’rifatchi fidoyi bo‘lmog‘i, o‘zidan kechmog‘i kerak”.
Jadidchilik harakatidagi ma’naviylik quyidagilarda yaqqol namoyon bo‘ladi: birinchidan, ular ozodlikka, mustaqillikka qon to‘kishlarga olib keluvchi turli to‘polon, qirg‘in-barot urushlar bilan emas, balki aholining savodini chiqarish, ularning ma’rifatini, madaniyatini ko‘tarish orqali qaramlikning kelib chiqishi, uning millat taqdiridagi salbiy oqibatlarini tushunib yetish darajasiga ko‘tarish orqali erishishni;
Ikkinchidan, milliy ongni rivojlantirish milliy birlikni ta’minlashning asosiy omili ekanligini, milliy birlikning vujudga kelishi esa uni taraqqiyotga olib boruvchi asosiy omili ekanligi g‘oyasida;
Uchinchidan, jadidchilik harakati namoyondalari faqat o‘z g‘oyalarini ilgari surish, uni tashviqot qilish doirasida cheklanib qolmasdan, ular axolining umumiy savodxonligini ko‘tarish borasida ko‘pgina amaliy ishlarni ham olib bordilar. O‘zlarining mablag‘lari hisobiga maktab ochdilar, gazeta, kitoblarni bosmadan chiqardilar.
Jadidlar Turkiston o‘lkasini qoloqlikdan olib chiqish, mustamlaka zulmidan ozod bo‘lishini milliy uyg‘oqlikda deb bildilar. Milliy uyg‘oqlikni esa aholini ilmli-ma’rifatli qilish orqali amalga oshirish mumkin deb bildilar. Shuning uchun yangi usuldagi maktablarni ochdilar. Jumladan Salohiddin domla Qo‘qonda(1898), Shamsiddin domla Andijonda(1899), Mannon qori Toshkentda(1899), Abdulla Avloniy Toshkentda(1907), Ismatulla Rahmatullayev Samarqandda(1910) usuli savtiya maktablarini ochganlar.
Ular milliy uyg‘onishning asosini ta’limni, o‘quv dasturlarini isloh qilishda deb bildilar.
Jadidchilik g‘oyalarini uning yorqin vakillaridan Behbudiy, Fitrat, CHo‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, So‘fizoda, Tavallo, Ishoqxon Ibrat kabilar g‘oyat og‘ir sharoitlarda targ‘ib etishga harakat qilganlar. Tarixning murakkab, mas’uliyatli burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, milliy iftixor tuyg‘usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab yetganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o‘z zimmalariga oldilar. Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori va boshqa millat uchun jonkuyar jadidlar maktablar ochar, ularda o‘zlari dars berar, o‘quv qo‘llanmalari yozar, nashr etar va bu yo‘lda jonbozlik ko‘rsatar edilar. Bu yo‘lda hatto o‘z mablag‘larini ayamaganlar. Bunday sahovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu ishlar bizning hozirgi mustaqil rivojlanishimiz uchun ham nihoyatda zarur.
Jadidlar harakatining Turkistondagi namoyandasi, uning nazariy asoschilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy(1879-1919)dir.
Behbudiy Samarqand shahrida ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Yoshligidan ilm-fanga qiziqadi, hisob, huquq, din, arab va fors tillaridan chuqur saboq oladi.
U haj ziyoratini ado etib, Makka va Madinaga boradi. Misr va Turkiya shaharlarida bo‘ladi. Peterburg, Minsk, Qozon, Ufa va Orenburg kabi Rossiya shaharlarida bo‘lib yangi davr madaniyati bilan yaqindan tanishadi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy bolalarga diniy va dunyoviy ilm berish bilan birga, millat farzandlarini zamonaviy ilm olish uchun taraqqiy topgan mamlakatlardagi o‘quv yurtlariga yuborish kerak, degan masalani o‘rtaga tashladi. U quyidagi uch qoidani olg‘a surdi: 1) zamon talablaridan kelib chiqib ish ko‘rish; 2) millat taqdir va istiqbolini belgilovchi milliy kadrlarni yetishtirish; 3) milliy biqiqlikdan chiqib, dunyo miqyosida fikrlay oladigan, chet ellar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy munosabatlarda jahon andozalari darajasida ish yuritadigan millatga aylanish. Asrimiz boshlarida ilgari surilgan bu kabi ilg‘or qarashlar hozirgi davrimiz uchun mosligi bilan ham ahamiyatlidir. Uning bunday ilg‘or fikrlari mustaqil Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning zamonaviy kadrlar tayyorlash borasida olib borayotgan siyosati bilan hamohangdir. Bunga Behbudiy orzu-umidlarining ro‘yobga chiqishi, deb qaramoq lozim.
Jadidlarning yirik vakillaridan yana biri Munavvarqori Abdurashidxonovdir. U butun faoliyatida ilm nurini tarqatish bilan, ya’ni insonlarni shu nur orqali ziyoli bo‘lishga chorlagan. O‘zi esa bu borada barchaga namuna bo‘lgan. Munavvarqori XX asrning boshlaridayoq “usuli jadid” maktabini birinchilar qatorida 1901 yilda ochib ular uchun darslik va qo‘llanmalar yozib nashr qildi. “Adibi avval”, “Adibi soniy”, “Yer yuzi”(geografiya) kabilar shular jumlasidandir. Ular 1901-1917 yillar ichida 9-10 marotabagacha alohida-alohida nashr etilgan. Mazkur darslik va qo‘llanmalarda ma’rifatparvarlik g‘oyalari o‘z aksini topgan.
Munavvarqori “Taraqqiy” gazetasining tashkilotchilaridan va “Xurshid” gazetasini esa asoschisi hisoblanadi. 1917 yilga kelib “Najot” gazetasini chiqargan. Munavvarqori o‘zbek milliy matbuotining asoschilaridan. Butun faoliyatini millat va Vatan ozodligi va taraqqiyotiga bag‘ishlagan.. Ozodlik uchun tinmay kurash olib borgan. Doimo xalqni ma’lumotli qilish yo‘llarini izlagan. O‘zi ochgan yangi usuldagi maktablarda ko‘proq yetimlarni, beva-bechora, kambag‘allarning farzandlarini o‘qitishga ahamiyat berdi.
Munavvarqorining millat taraqqiyoti uchun olib borgan g‘oyalari tufayli sobiq zo‘ravon Sho‘rolar hukumati uni ta’qib ostiga oldi.. 1931 yil 25 aprelda esa unga “millatchi” degan ayb qo‘yilib otib tashlandi.
Milliy uyg‘onishga chorlovchi g‘oyalarni ilgari surgan jadid harakatining yana bir yirik vakili Abdulla Avloniydir. U millatning ma’naviy inqirozda bo‘lishini tanqid qildi, barchani savodli bo‘lish, zamonaviy fan, madaniy yutuqlarni egallashga chaqirdi. Abdulla Avloniyning “Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidir” degan g‘oyasi ma’rifatparvarlik, jadidchilik harakatining dasturini tashkil etadi. U ma’rifatparvar safdoshlari singari mazlum Turkiston ahlini ilm-ma’rifat ziyosidan bahramand qilishda unutilmas xizmatlar ko‘rsatdi. “Turkiy Guliston yohud ahloq” kitobida ma’rifat, ilm-fanning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida qimmatli fikrlarni bayon qilgan. Allomaning qarashlarini o‘rganish – bugun o‘zligimizga qaytish jarayoni kechayotgan bir paytda alohida ahamiyat kasb etadi. Biz shu o‘rinda allomaning asaridan quyidagilarni qayd etishni lozim topdik. “Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir Zeroki ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatlarimizni oyna kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur, savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur. To‘g‘ri yo‘lga rahnamolik qilib, dunyo va oxiratda mas’ud bo‘lishimizga sabab bo‘lur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur. Bizlarni ilm jaaholat qorong‘uligidan qutqarur. Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘liqdur”
Turkiston jadidchilik harakatining yirik namoyondalaridan yana biri Abdurauf Fitrat (1886-1938)dir. Abdurauf Fitrat ham boshqa jadidchilar singari 1937-1938 yillarda millatchilikda ayblanib qatl etilgan. U o‘z asarlarida vatandoshlarini aziz diyori Turkistonni sevishga, uni asrashga, ozodligi uchun kurashga chorladi, Vatan va millat saodati, baxti va ravnaqi uchun fidoiylik ko‘rsatishga da’vat etganligi quyidagi misralarda o‘z ifodasini topgan:
Og‘ir yigit, sening go‘zal, nurli ko‘zingda
Bu millatning saodatini, baxtini o‘qidim.
O‘ylashingda, turmushingda hamda o‘zingda
Bu yurt uchun qutulishning borligin ko‘rdim.
Turma-yugur, tinma-tirish, bukilma-yuksal,
Hurkma-kurash, qo‘rqma-yopish, yo‘rilma-qo‘zg‘al.
Abdurauf Fitrat inson ma’naviy-ma’rifiy kamolotida oila, jamoa muhim o‘rin egallashini ko‘rsatish bilan birga, ahloqiy poklik, donishmandlik, shijoatlik, adolatlilik, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlarni ulug‘ladi.
Shunday qilib jadidchilik harakatining yirik namoyondasi Fitrat umrining oxiriga qadar qat’iyatlilik ila Vatan ravnaqi, xalq, millat ozodligi, farovonligi, ma’rifati uchun kurashdi. Bu yo‘lda fidoyilik timsoli namunasi bo‘ldi. Uning bunday qarashlari hozirgi davr uchun ham qimmatlidir.
Jadidchilarning qismati chor hukumati, Vaqtli hokimiyat va ayniqsa, sobiq SHo‘rolar tuzumi davrida nihoyatda fojiali bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligiga yuqorida bayon qilingan talablari uchun “millatchi”, “panturkist” degan tamg‘a bosilib, qatag‘on qilindi, jadidlar g‘oyalari va harakatiga qora chiziq tortildi. Jadidchilikning tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jahon miqyosida tanilishini yana bir asrga orqaga surdi. Uni o‘rganishga intilganlar ham ta’qib qilindi. Mustaqillik sharofati bilan Turkiston xalqlarining erki, mustaqilligi, milliy davlatchilik g‘oyalari, ma’rifati uchun kurashgan vatanparvarlarning muborak nomlari tiklandi, asarlari chop etildi.
Jadidchilar umummilliy ma’rifatni ko‘tarish, milliy ongni rivojlantirish, milliy birlikka erishish va ularni amalga oshirish orqali milliy mustaqillikka erishish, jahon madaniyatini egallash kabi g‘oyalari bilan milliy ma’naviyatimiz rivojiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
“Millatning ma’naviy –ruhiy qudrati va salohiyati, uni tashkil qilgan shaxslar sonining ko‘pligi bilan emas, millat ichidan chiqqan millatparvarlar bilan belgilanadi”. Jadidchilar o‘zbek millatini qaddini va qalbini ko‘tara olgan ana shunday millatparvarlar edilar.
Ma’naviyat rivojida ma’rifat ilm-bilimning ahamiyati nihoyatda katta ekanligini yana ham teranroq anglashda quyidagi bir qator hadislar va hikmatlarni keltirishni joiz deb topdik. Zero, ularni bilmoq foydadan holi emas:
Beshikdan to qabrgacha ilm izlang!
Ilm-fansiz davlat qurib bo‘lmaydi.
Dil va aqlning tarbiyasi ilm bilan rivojlanib, kamol topadi.
Ilm tufayli odamlar nodonlik, jaholat botqog‘idan chiqib, o‘z imkonlarini kamolga yetkazadilar.
Garchi Xitoyda bo‘lsa ham ilm talab qilinglar.
Ilmning tikanli va zahmatli yo‘llariga bardosh berib o‘ta olgan odamgina iymoni komil inson bo‘la oladi, Allohning roziligiga erishib, ulug‘lik tulporiga minadi.
Ilm o‘rganish har bir mo‘min farzidir.
Bir soatgina ilm o‘rganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir kunlik dars esa uch oy tutilgan nafl ro‘zasidan afzal.
Ilm aqlning chirog‘i va jilovidir.
Sadaqaning afzali mo‘min kishi avval ilm o‘rganib, keyin boshqalarga ham o‘rgatishidir.
Ko‘rinadiki, odamzod naslining ulug‘ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni yechishga qodir.
Bilingki, bilim, o‘ylab ko‘rilsa, misoli bir jilov. U barcha yomon, yaramas ishlardan insonni tiyib turadi.. Bilim egasi o‘z tilaklariga yetadi, orzu-maqsadiga erishadi.
Ilm egalarining foydasi har doim ko‘pchilikka tegib turadi. Ular elda aziz bo‘lib, hurmatga sazovor bo‘ladilar. Shu tufayli ota-bobolarimiz doimo bilimga intilib yashaganlar. Ular ma’rifat chiroqlarini mash’ala singari yoqqanlar. Yuksak ma’naviyat va ilm-ma’rifat tufayli Turonzamin yer yuzida shuhrat qozongan. Jadidchilarning ilm orqali xalqimiz ongi va qalbida Vatanni ozod va obod qilish borasidagi faoliyatlari ularning yuksak ma’naiyat sohibi bo‘lganliklaridan dalolat berib turadi. Ularning ana shu faoliyatlari va sayi harakatlarini chuqur o‘rganish yoshlarimiz ma’naviyatini boyitishda muhim manbaa bo‘ladi. Bu mustaqilligimiz sharoitida umummilliy ma’naviyatimizni yangi pog‘onaga ko‘tarishga kuch-quvvat bag‘ishlab boraveradi. Umummilliy ma’naviyatimizni tiklash va rivojlantirish orqali mustaqilligimizni mustahkamlaymiz. Jahon sivilizatsiyasidagi munosib o‘rnimizni tiklaymiz va mamlakatimizni rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishini ta’minlashga erishishimiz mumkin bo‘ladi.
Abdulla Avloniyning xayoti va ijodiyoti: ijodkor, adib,ukituvchi, san’atshunos olim 1878 yilning 12 iyulida Toshkentdagi Mergancha maxalasida tugildi. Otalari Miravlon aka xunarmandchilik bilan shugullanar edilar.
Abdulla Avloniy dastlabki boshlangich ta’limni Ukchidagi madrasada. Sung Shayoxontoxurdagi Abdumalikboy madrasada taxsil oldi. Avloniy tarjimai xolida shunday yozgan edi:
"1891 yildan boshlab fakat kish kunlarida ukib boshka fasllarda mardikor ishladim". U bush vaktlarida Navoiy, Fuzuliy,Sa’diy Sheroziylarni asarlarini sevib ukib uzi xam she’r yozishga kirishgan edi. (prof. B.Kosimovning izlanishlariga kura u davrda yozgan ilk she’rlari bizgacha etib kelmagan).
1904 yildan boshlab uni uni ijodiy faoliyatida keskin uzgarishlar vujudga keldi:
u Mirobod maxalasida yangi usul maktabini ochdi. Bu maktabda sinf - dars tartibi ukuvchilar jamoasi tovush foydalangan xolda bolalarni 6 oyda savodlari chikar edi. Bolalarni bilimini aniklash maksadida imtixon joriy etilgan edi.
1905 yildagi inkilobiy xarakatlar natijasida Turkistonda "Tarakkiy", "Xurshid", "Tujjor" kabi ruzmonlar paydo buldi. Avloniy xam tashabbus kursatib, 1907 yil 4 dekabrda "Shuxrat" ruznomasining birinchi soni bosmadan chikdi. Avloniyning ma’rifatchilik faoliyati jarayonida ijtimoiy xayot xodisalarni ta’sirida makola va she’rlari ruznomalarda bosilib chikdi. U she’rlarida "xijron" taxallusi bilan makolalarini esa "mulla Abdulla", "Avloniy" yoki "Abdulla Avloniy" deb nashr etar edi. U 1913 yildan boshlab teatrchilik ishlari bilan shugullanadi. U birinchi "Turkiston" nomli teatr truppasini tuzdi. 1914-1915 yillarda teatr truppasi Turkistonni bir kator ulkalarida uz faoliyatlarini namoyish kildilar.
Abdulla Avloniyning ijodiy faoliyatini yoshlar kalbida etkazishda prof. A.Boboxon, prof. B.Kosimov, F.N.Maxsumov, K.Oripovlar ilmiy izlanishlari orkali etkazdilar. B.Kosimovning "izlay, izlay topganim", "Toshkent tongi", "Ma’rifat dargalari", A.Boboxonov va M.Maxsumovlarni "Abdulla Avloniy pedagogik faoliyati", "Turkiy guliston yoxud axlok" asarini nashrga tayyorlashda xam xizmatlari kattadir.
Abdulla Avloniy nomi adabiyolashtirdi. Uni ijotiyotiga atab "Muzey" ta’sis etildi. Yoshlar va bulajak ukituvchilar kalbida doim barxayotdir.
Abdulla Avloniy boshlangich ta’limning mazmunini millat istikboliga karab belgilaydi. Unda insonni milliy zaruratga chorlaydigan xalk yaratgan suz san’atidagi durdonalar uz aksini topgan. Unda inson kalbiga ziyo nurlarini beradigan ajdodlarimiz meroslari asosiy urinni egallaydi. Shuningdek, unda buyuk siymolarning asarlari xamda uz kalamiga mansub asarlaridan xam foydalaniladi.
Shunisi kuvonarliki, biz urgangan boshlangich maktablar uchun yozilgan darsliklarda mazmun nozik bir nafosat pardasi bilan bezatilgandir.
Saidrasul Aziziyning "Ustodi avval" darsligidagi (alifbedan keyingi davrda) foydalaniladi. "Yolgonchi" xikoyasidagi asosli goya ana shunday kizikarli kilib berilgan.
"Dunyoda eng xor kishi kimdir? Yolgonchi kishidir, xar kimga nima lozim? Rost suzlik va xushfe’llik. Avloniyning "Yolgonchi chupon" xakidagi she’rida tugri suz kutkarar balolardin, deyilgan. Dogi xijron va mojarolardin", degan goya xam Aziziy goyasiga xamoxangdir. Bunday goyalar "Birinchi muallim raxbari avval", "Raxbari muallim" va boshka darsliklarda xam kuplab uchraydi.
Abdulla Avloniy ijodiyoti boshlangich ta’limning shu kundagi muammolarini xal kilishda xozirgi talabga labbay deb javob beradi. Navkiron Mustakil uzbekitonimizning ma’naviy istiklolini yaratishda asosiy manba bulib xizmat kiladi.
Uning darsliklari: ya’ni "1-2-3-4-5 maullimlarida".
Turkiy guliston yoxud axlok - oxlok-odob turbiyasiga oid darsliklarida xam ma’naviy tarbiyaning bosh mezoni inson "gurur", "mexr"ni tarbiyalash masalalari tugri xal kilingan.
Abu Nasr Forobiy ijodiyotining bosh masalasi nufuzli inson tarbiyasi ekan, bunda insondagi kanoat uni uz murodiga etishni ta’minlaydi.
Bunda inson Ollox Taolodan uni yaratganligi, ota-onasi uni dunyoga keltirganiga faxrlanishi kerak. Bunday kilganda inson-kutarinki rux bilan yashashga, kanoatga urganadi.
Avloniy esa bu goyani rivojlantirib, xayotidan noliydigan noshud mexnatni uz e’tikodiga aylantirolmagan inson - tirik bulsa xam, ulikdir - deydi. Xarakatchan, xayot oshigining fe’li keng, ezgulikni uzida kasb kilgan insongina xayotd mazmunli yashaydi, deydi, u.
Darxakikat, insonning ruxini kutarinkiligi gulshani, maskani, roxat gushasi bu uning Vatanidir. Vatan tuygusi Abdulla Avloniyning darsliklarining xar bir satrida uz aksini topgan.

Tugulib usdim bu Vatanda


Vatanim misoli yuk jaxonda!...
... utar kunlar, utar zamon,
Ey Vatanim bulma xijron
Men ketsamda, sen bul omon,
Omon Vatan, Vatan omon.

Yillar utar, umrlar utar, deganidek, ma’rifat dargalari boshlab bergan "savod alifbosi"ga goyalar Okixon Sharofiddinov sungra kumri Abdullaevalarning "Alifbe" darsliklarida yanada rivojlantirildi.


Vatanga mexr, mexr uni ardoklash xis tuygulari, yukoridagi kitoblarda uz aksini topgan. Ming afsuski, biz "Vatan Moskva... SSR deb uni kalbga jo etib keldik". Bu darsliklarda bosh kaxramonlardagi xatti-xarakatlar uzbek kadriyat va merosidan tamoman uzok edi. Buning asosiy sababi davr bulsa kerak.
Unitilgan xar bir narsa bugun biz uchun yangilik bulib kurinadi. Albatta , avlodlar uzgarishi bilan shunday bulishi tabiiy xol. Zeroki, xayrli ishlarni kachon eslamasangiz bari bir u insonga xavas, ezgulik bagishlaydi.
Abdulla Avloniy endigina maktabga kadam bosgan bola badanini sogligiga katta e’tibor berilishi lozim deb xisoblaydi.
"Badanning salomat va kuvvatli bulmogi insonga eng kerakli narsadir. Chunki, ukimok va urgatmok uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur" deb yozgan edi, Avloniy.
Mustakil Uzbekistonda xozir yoshlarni "Soglom avlod" uchun kelib tarbiyalashga katta axamiyat berilmokda. Bunda jismoniy soglom bola etishtirish ta’lim-tarbiya ishining asosini kuyilishi ta’kidlanmokda.
Abdulla Avloniyning "Badan tarbiyasining rux tarbiyasiga kumak beruvchi vositadir" - degan edi.
Abdulla Avloniy tarbiyasiga aloxida e’tibor bergan edi. Bolaning fikrlashga urgatish akliy tarbiyaning vazifasiga kiradi. "Akl insonlarning piri omili, murshidi yagonasidir. Rux ishlovchi akl boshlovchidir" - degan edi Avloniy.
Abdulla Avloniyning bolalarni aklini peshlovchi ularda xam fikrlash xam insoniy gurux fazilatlarni tarbiyalovchi goyasini ochib beruvchi fikrlaridan ayrim namunalar keltiramiz. Bu mavzular Avloniy uzining "Birinchi muallim" darsligida "Taksim", "Ikki devona", "Ochkuzlik", "Akli bogbon" xikoyalari kiritilgan bulib, ular zamona ruxiga moslashtirilgan.
U shark falkloridagi mavjud bulgan bunday xikoyalarni millat maktab bolalariga moslashtiradi.
Masalan, "Taksim" xikoyasini olib kuraylik, xikoyada: "Dasturxonda tovuk kabobi kuyildi, kozi dilida aytdi: xech mundan yaxshi maslaxat yukturki, bul tovukni taksim kilmokni ugriga xavola kilsam, toki agar yaxshi taksim kilolmasa, ani izo berib manfe’l va majmul kilsam kozi aytdi: "Ey shayx, bu tovukni kismati sizdan bulsin, taksim kiling, ugri kabul kilib, tovukni olib, pora-pora kilib, boshini kozining oldiga, gardanini xotunini (kg) oldiga kuydi. Ikki kanotini farzandlari oldiga tanasining uzining oldingi kuyidi. Bismillo, olinglar surati, ushbudir.
Kozi aytdi: Ey tarror, sanga taksim saxix kilgil deb aytdim, bu nechuk taksimdir.
Ugri aytdi: Avval boshini sening oldinga kuydimki, bu uyning boshligidursan va gardanini xotunini oldiga kuydumki, xotun bamisoli gardak, boshka yakin bulgonidek, erga yakin bular va ikki kanotini farzandlaring oldiga kuydimki, farzand otani(ng) kanoti bulur va tanasini uzim oldimga kuydimki, men sizlarga mexmondurman", kozi xayron buldi va xech javob aytolmadi.
Avloniy bu xikoyasi oila a’zolarining urnini belgilab berish bilan birga, ugrini tadbirkorligini ya’ni ugri bulsa xam mexmon bulganligi uchun uni xurmatlashi koziga urgatadi.
Uni darsliklarida boshlangich sinf ukuvchilari uchun juda katta xalk pedagogikasiga asoslangan xikoya, ertak she’r rivoyat va boshka materiallar mavjud.
Ustoz Abdulla Avloniy ijodiyoti uning pedagogik goyalari yukoridagi asarlar taxlilidan kelib chikadi. U kitoblardan ukituvchi ukuvchi tarbiyasiga doir bir kator masalalariga javob Atopadi va ularni daryodan tashkariga ukish va tarbiyaviy ishlar jarayonida foydalanishi mumkin.
Abdulla Avloniy ijodiyotidan foydalanish Uzbekiston yoshlarida istiklol mafkurasini tarbiyalashda asos bulib xizmat kiladi.
Bular: Millat va Vatanni suymakdagi she’r, xikoya rivoyatlar: "Ilm ma’rifatli bulishi kelajak istikbolini omili ekanligi; umuman, Avloniy merosida insonparvarlik, milliy gurur, axlokiy poklik, baynalmilalchilik kabi goyalarga oid boy materiallar topiladi. Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir" deb yozadi, Avloniy bu xikmatga amal kilgan pedagog inson kamoloti mazmun xakida tuxtalib

Shavkati inson erur ilmu azob,


E’tib etmas anga molu nasab - deb yozgan edi.

Abdulla Avloniy tarbiya xakida. "Turkiy Guliston yoxud axlok" Abdulla Avloniyning tarbiya xakidagi yozgan darsligi edi. Bu darslik 1934 yilgacha Uzbekiston maktablarida kullangan.


Axlok - "insonni yaxshilikka chikaruvchi, yomonlikdan kaytaruvchi bir ilmdir. Yaxshi xulklarning yaxshiligini, yomon xulklarning yomonligini dalil va misollar bilan bayon kiladurgan kitobni axlok deydilar. Axlok ilmini ukur, er yuzida nima ish kilmok uchun yurganini bilur. Kishi uzidan xabardor bulmay, ilmni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning kadru kimmatini bilmas." (23-bet).
Xulk - inson ikki narsadan murakabdir. Biri jasad, ikkinchisi nafasdir, jasad kuzi ila bor narsalarni kurur, ammo nafas ila yaxshini yomondan, okni koradan ayirur ... ammo nafasning surati kuzga kurinmaydugan, akl bilan urganadurgan bir narsadurki, xulk deb atalur. (24 bet).
Yaxshi xulk, yomon xulk. Axlok ulamosi insonlarning xukuularini ikkiga bulishdi: agar nafas tarbiyat topib, yaxshi ishlarni kilurga odat kilsa, yaxshilikka tavsif bulib, "yaxshi xulk", agar tarbiyasiz usib, yomon ishlaydurgon bulib ketsa, yomonlikka tavsif bulub "yomon xulk" deb atalur...

Xudoning raxmati, fayzi xam insonga yaksardir,


Va lekin tarbiyat birla yotushmak sharti akbardir.
Tugib tashlov bila bulmas bola, bulgay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bulur ul raxmona sizga ... (24 bet).

Abdulla Avloniy tarbiya xakida. Tarbiya "peadgogika" ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Ilmi axlokning asosi tarbiya, uldugindan shul xususda bir oz suz suylaymiz. Bolaning saodati va salomati uchun yaxshi tarbiya kilmak, tanini pok tutmak, yosh vaktidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulklarni urgatmak, yomon xulklardan saklab usdirmakdir.


Tarbiya kilguvchilar tabib kabidirki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo kilgoni kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jaxl marazi "yaxshi xulk" degan davoni ichidan "poklik" degan davoni ustidan berub, katta kilmok lozimdir.
... "Beshikdan to kabrgacha ilm urgan" deymishlar. Bu xadisi sharifning ma’nosi bizlarga dalildir. Xakimlardan biri: "xar bir millatning saodati, davlatlarning tinch va roxati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga boglikdir, demish uz bolalarni yaxshilab tarbiya kilmak otalarga farzi ayni, uz millatning etim kolgan bolalarini tarbiya kilmok farzi kifoyadir" (25 bet).
... Emdi ochik, ma’lum buldiki, tarbiyani tugulgan kundan boshlamak, vujudimizni kuvvatlandurmak fikrimizni nurlandurmak, axlokimizni guzallandurmak, zexnimizni ravshanlandurmak lozim ekan.
... Badan tarbyaisining fikr tarbiyasiga yordami bordur. Jism ila rux ikkisi choponning ung ila terisi kabidir. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulklardan saklanmasa, choponi ustini kuyib astarini yuvib ovora bulmok kabidurki, xar vakt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun maxkam va soglom bir vujud kerakdur.
... Fikr tarbiyasi eng kerakli, kup zamonlardan beri takdir kilinub kelgan, muallimlarning dikkatlariga suyangan, vijdonlarga yuklangan mukaddas bir vazifadir. Fikr insonning sharofatlik, gayratlik bulishiga sabab buladur...

Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,


Xanjar, olmasdan bulur utkur.
Fikrning oynasi olursa zang,
Ruxi ravshanzamir ulur benur
(27-28 betlar)

Akliy tarbiya matonat akl egasi buluv demakdir. Akl insonlarni piri komili murshidi yagonasidir. Rux ishlovchi, akl boshlovchidir. Inson akli ila ... E’tikodni maxkam kilur... Janobi xak insonni xayvonlardan suz va akl ila ayirmishdir...


...Ilm insonlarning madori xayoti, raxbari najotidir. Ilm urganmak, olim bulmak uchun maktabga kirmak, muallimdan ta’lim olmak lozim, aklsiz kishilar va maktabga kirar, va na muallimni bilar... (29-30 bet)

Ilm deb ukimak, yozmakni, yaxshi bilmak, xar bir kerakli narsalarni urganmakni aytadur. Ilm dunyoning izzati... Ilm inson uchun goyat oliy va mukaddas bir fazilatdir. Zeroki, ilm bizga uz axvolimizni, xarakatimizni oyina kabi kursatur. Zexnimizni, fikrimizni kilich kabi utkur kilur. Savobni gunoxdan, xalolni xaromdan, tozani murdordan ayirub berur. ... Butun xayotimiz, salomatligimz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, ximmatimiz, gayoatimiz, dunyo yoki oxiratimiz ilma boglikdir. (34 bet).


Intizom deb kiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni xar birini uz vaktida tartibi ila kilmakni aytilur. Agar er yuzidagi intizom bulmasa edi, insonlar bir dakika yashay olmas edilar (38 bet).
Vatan: xar bir kishining tugulib usgan shaxar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Xar kim tugma va usgan joyini jonidan ortik suyar...
... Bolalarimiz "kishi yurtida sulton bulguncha uz yurtingda chupon bul deyilur" (40 bet).
Iffat deb narsamizni gunox va buzuk ishlardan saklamokni aytilur...
Axmok soxibi, iffat egasi kalbini vijdonini poklab, tilini yolgon, giybat, buxtoni, ya’ni yomon suzlardan saklar.
Chunki, insonga iffati lozimdir. (42 bet).
"Ikkinchi muallim" kitobidan
(parchalar)
Maktab uyi - dorulomon,
Maktab xayoti jovidon,
Maktab saroyi kalbi jon
Gayrat kilub uzing, uglon...
Said ismli bolaning otasi xar kuni ugli maktabga ketishi oldidan unga 10 tiyin ovkat puli berardi. Bir kun Said maktab yulida fakir kishini uchratadi. "Uglim ikki kunda beri ochman, taom olib ey desam ustimdagi yirtik chopondan boshka xech narsam yuk" - deydi u. Said kuyidagi 10 tiyinni beradi va usha kunni ovkatlanmaslik utkazadi. Otasi uglining oliy janobligidan mumnun buladi, "Saxiy Saidim!", - deb olkashlaydi, ertasiga 20 tiyin berib yuboradi... (213 bet).

Bor edi bir kishi, xat bilmas edi bechora,


Buldi betor, yurak bagriga chikdi yora.
Ertasi ugling aytiki, ayo tifli adib,
Bor, ketur bokmok uchun koshima, bir yaxshi tabib...

Abdulla Avloniy merosining axaxamiyati. Abdulla Avloniy biz kanday urganishimiz kerak. Avvalo, xar bir millat vakili uzi mustakil ravishda Abdulla Avloniy ijodiyotini urganishi.


Darsliklarda berilgan materiallarni mazmunini boyitish maksadida Avloniyning she’r-xikoyalardan ijodiy foydalanish.
"Ajdodlarimiz merosiga ixlos" ruknidagi "Chulpon" nashriyoti chikarayotgan "Bolalardan bolalarga" kitoblarni urganib bolalarni ukish va yod olishga ruxlantirish. Abdulla Avloniy ijodiyotiga bagishlab, suxbat, ertalik, utkir zexnlilar mushoirasi, she’rxonlik kurigi tashkil kilish talabga muvofikdir.
Demak, Abdulla Avloniy boshlangich maktab uchun serchashma bir obi xayot xazinasini yaraganini undan foydalanish muximdir.
Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axlok" asari xar bir xonadonga kut baraka keltiruvchi, insonlarni yaxshi yulga boshlovchi bulganligi sababli, biz ziyolilar uni tartibli tashvikot kilishimiz zarurdir. (Maktab ota-onalar majlisida, maxalla-kuyda radio televidenie orkali).
Abdulla Avloniy ijodiyotini urganar ekanmiz, kani endi bu siymolarni bir kurishga muyassar bulsang deysan kishi va ularning ijodiyotidagi akl-zakovati insonni uziga maxliyo kiladi.
Bir donishmand aytgan ekan:
- Ajdodning shuxratiga suyanma, uzinga uzing shuxrat top.
Chirigan suyaklar xech fikr manbai bulmas,
Kutarmasa er kishi uz-uzini yuksakka
Abdulla Avloniydagi shuxrat va yuksaklik mashakkatli mexnat, e’tikodi orkali erishdi. Okibatda ajdodlarga uzi emas, merosi barxayot.


A d a b i yo t l a r:



  1. I.Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yuk»G’ «Mulokot»

1988, №5G’

  1. K.Xoshimov va boshkalar. Pedagogika tarixi. T., 1966y.Uzbegim T.,

1992y.

  1. O.Xasanboeva va boshkalar. Pedagogika tarixi. T., 1997y.

  2. K.Xoshimov, Safo Ochil «uzbek pedagogikasi anatologiyasi» T.,

1995y.

  1. www.ziyonet.uz

Download 150,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish