Jahon mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi ” fanidan



Download 0,84 Mb.
bet4/14
Sana10.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#652801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Jahon mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Muntazam (liniyali) kemachilikda esa kemalar ma’lum doimiy liniyalarda jadval bо‘yicha portlarga boradi va ketadi, yuklarni ortadi-tushiradi. Bunda yuk tashish bahosi tarif bilan belgilanadi.
Tramp kemalarida asosan ommaviy, muntazam kemalarda esa asosiy yuklar tashiladi. Shu sababli tramp kemasozligida yuk tashish hajmi muntazam yuk tashish shaklidagidan ancha kо‘pdir. Dunyoning muntazam va tramp kemachiligida besh asr mobaynida birinchi о‘rinni (2/3) Atlantika okeani egallab kelmoqda. Buning asosiy sabablari kо‘plab tabiiy, tarixiy, iqtisodiy omillarga bog‘liqdir. Bu qatoriga quyidagilar kiradi:

  • Dengiz qirg‘oqlari morfologiyasi, ularning parchalanganligi va kemachilik uchun g‘oyat qulayligi;

  • Dengiz bо‘yi rayonlarining kо‘pchiligida yuqori aholi zichligi va urbanizatsiya darajasining yuqoriligi va ularning esa bu yerdagi о‘nlab mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqoriligi bilan uzviy bog‘liqligi;

  • Atlantika okeani suvlaridan eski va yangi dunyoni bog‘lab turuvchi eng qisqa yо‘lning о‘tganligi va buyuk okean qirg‘oqlarida dunyoning kо‘pchilik portlari paydo bо‘lganligi.

Atlantika okeanida dengiz kemachiligining bir necha yо‘nalishlar quyidagilar:
1. Shimoliy Atlantika asosiy yо‘nalishi bо‘lib, Yevropani Shimoliy Amerika bilan bog‘laydi va 400 va 500 shimoliy kenglik о‘rtasidan о‘tadi. Bu yerda muntazam kemachilik yо‘lovchilarni yо‘nalishi bо‘lgan mamlakatlar yuz yil mobaynida kemalar tezligini oshirish va yо‘lga sarflanadigan vaqtni qisqartirish uchun tinmay kurashdilar. XIX asrning birinchi yarmida yelkanli kemalar Atlantikani g‘arbiy yо‘nalishida eng kamida 30 sutkada va sharqiy yо‘nalishda esa 20 sutkada kesib о‘tganlar. Paraxodlar asta-sekin suzish vaqtini -15, -10, -5 sutkagacha, layner-rekordchilar esa 3,5 – 4 sutkagacha qisqartirdilar.
Ammo kemalar havo transporti bilan raqobatda yutib chiqolmadilar. 1958 yilda dengiz va havo transporti birinchi marta yо‘lovchilar tashishda tenglashdi. Lekin hozirgi paytda Yevropa bilan Shimoliy Amerika о‘rtasidagi yо‘lovchilar oqimiga havo transporti deyarli tо‘liq xizmat kо‘rsatmoqda.
2. Janubiy Atlantika (Yevropa-Janubiy Amerika) yо‘nalishi.
3. G‘arbiy Atlantika (Afrika-Yevropa) yо‘nalishi. Shular bilan bir qatorda Atlantika orqali Osiyodan Yevropaga va AQShga neft va boshqa ommaviy yuklar tashiladigan yuk oqimlari о‘tadi. Lekin keyingi о‘n yilliklarda dunyo kemachiligida Atlantika okeanining roli pasaydi.
Tinch okeani dengiz yuklarini tashish bо‘yicha ikkinchi о‘rinni (1/4) egallaydi, lekin Atlantika okeanidan kо‘p darajada orqada turadi. Ammo bu okeanning potensiali juda katta va uning qirg‘oqlariga 2,5 mlrd dan ortiq aholi yashaydigan 50 ta mamlakat chiqadi. Bu yerda dunyoning eng yirik portlari bor va kо‘plab ommaviy, sо‘nggi yillarda esa asosiy yuklar oqimlari shakllanmoqda. Ularning eng muhimlari Osiyo va Amerika qirg‘oqlari bо‘ylab о‘tadi va yangi trans okean oqimlari ham bor. Osiyo Tinch okeani regioni mamlakatlarining, birinchi navbatda, YAIMlarning tez rivojlanganligi, ularning jahon savdosi bilan integratsiyasi muhim yuk oqimlarining Atlantikadan sekin-asta Tinch okeaniga о‘tishiga olib kelmoqda.
Hind okeani dengiz yuklarini tashish hajmi bо‘yicha uchinchi о‘rinni (1/10 dan kо‘proq) egallaydi. Uning qirg‘oqlariga aholisi 1 mlrd dan kо‘p bо‘lgan 30 mamlakat chiqadi. Bu okeanda qudratli yuk oqimlari Fors qо‘ltig‘ida shakllanadi. Bugungi kunda dengiz yuklari dunyo dengiz floti orqali tashiladi. Uning tarkibida 80 ming kema, shu jumladan, Yaponiyada 10 ming, MDHda 7,4 ming, AQShda 6,4 ming kema bor.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish