Jahon savdosida raqobatning kuchayishi


Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari



Download 0,77 Mb.
bet9/12
Sana13.06.2023
Hajmi0,77 Mb.
#950901
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
JAHON SAVDOSIDA RAQOBATNING KUCHAYISHI

Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari
Hozirgi jahon xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlarian biri tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi savdoning tezlik bilan o’sishida namoyon bo’lmoqda. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil qiladi.
Xalqaro savdo - bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Masalan, tashqi savdo (xalqaro savdo) xamkorlikda ishlab chiqarish, ilmiy-texnika, kadrlar tayyorlash, turizm va haqoza.
Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga kelib, ya‘ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Eksport - bu tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Eksportning iqtisodiy samaradorligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakat ishlab chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo’lgan mahsulotlarni chetga chiqaradilar.
Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika revolyutsiyasi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta‘siri ostida o’zgaradi. Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari yetakchi o’ringa ega bo’lib, uning hissasiga jahon tovar ayirboshlashning ¾ qismi to’g’ri keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg’i ulushi faqat ¼ qismini tashkil qiladi.
Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. Chet ellik iste‘molchilarga xizmat ko’rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog’liq bo’lib, u milliy chegarada amalga oshiriladi (masalan chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati ko’rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko’rsatish va hakozo).
Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini taqazo qiladi va shu orqali tassarufida bo’lgan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksport chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qo’lay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki divident shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Ko’plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tovar ichki bozorga bo’lib, o’zlarining ichki iste‘moli uchun zarur bo’lgan archa tovarlarni yetarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo’lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun import kerakli tovarlarni olishning asosiy yo’li hisoblanadi.
Import eksportdan farq qilib chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi. Agar mamlakatni o’zida mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olinganidan qimmatga tushsa, usha tovarlar import qilinadi.
Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) - bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o’z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo’lgan mahsulotlar miqdoridir. Masalan, O’zbekiston eksportga paxta tolasi, qimmatboho metallar, uran, mineral o’g’itlar chiqariladi. Asosan, bulardan tashqari avtomobillar, neft-kimyo va metall mahsulotlari, mineral o’g’itlar, ip-kalova va gazlama, trikotaj buyumlari, sim-kabel mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlarni eksport tovarlari hajmi va turlarini kupaytirish hisobiga erishilmoqda. Eksport hajmida tayyor mahsulotlar ulushi 38 foizdan tashkil etgani, paxta tolasining ulushi esa 16,8 foizgacha kamayganini ham ko’rsatib o’tish mumkin[1].
Tovarlar eksporti va import summasi tashqi savdo aylanmasi yoki tashqi tovar aylanmasini tashkil etadi.
Qandaydir mamlakat ishlab chiqaruchi mamlakatdan tovarni o’z iste‘moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun olgan taqdirda reeksport ro’y beradi. Reeksport bilan reimport o’zviy bog’liq.. Reimport - iste‘molchi mamlakatdan reeksport tovarni sotib olishni bildiradi.
Xalqaro savdo bir qator o’ziga xos xususiyatlariga ega:

  1. Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o’rtasida, mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo’ladi;

  2. Mamlakatlarning turli valyutalaridan foydalanish ular o’rtasidagi mamlakat xalqaro savdosini amalga oshirishda muayyan qiynchiliklarni to’g’diradi.

  3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo’lib, bu ichiki tadbirlardan tavsifi va darajasi bo’yicha sezilarli farqlanadi.

Xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. Ananaviy ko’rishdagi tovar birjalari, auktsionlar, savdo-sanoati yarmarkalari, savdo ko’rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham keng qo’llanilmoqda:
1. Barter - tovarlarni to’g’ridan-to’g’ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini o’lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;
2. Eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiymatining bir qismiga import tovarlarni xarid qilish;
3. Texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish;
4. Import qiligan abob-uskunalar qism va detallarni importga sotuvchi mamlakat tomonidan butlab berish;
5. Kompensatsion bitimlari - mazkur bitimlar shartiga ko’ra, texnologik asbob-uskunalar yetkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar ko’rinishidagi) bo’yicha to’lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor mahsulotlarni yetkazib berish orqali amalga oshiriladi;
6. Bir mamlakatda undirilgan xom ashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish quvvatlar yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish xizmatlarini qo’shimcha xomashyo yetkazish orqali to’lash;
7. Kliring operatsiyalari, ya‘ni o’zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashki raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo’yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning protektsionizm (tashki ta‘sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to’liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish