Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet3/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Varshava shartnomasi- 1955-yll 14-mayda Bolgarlya, Vengriya, GDR, Polsha, Ruminiya, SSSR, Chexoslovakiya va Albaniya o’rtaslda do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam haqi­da tuzilgan shartnoma bo’lib, Ishtirokchi davlatlar xavfsizligi­ni ta’minlashni o’z oldlga maqsad qilib qo’ygan. Varshava shartnomasi tashkiloti (VSHT) NATOga qarama-qarshl ra­vishda tashkil etilgan. 1991-yilda tugatgan.


2-jahon urushi tufayli Yevropada yuzaga kelgan iqtisodiy va Siyosiy inqiroz jahon siyosatida Yevropa davlatlari rolining pasayishiga olib keldi. Bir paytlar jahon miqyosida yuqori mavqeli bo’lgan Angliya, Fransiya, Germaniya va Italiya ikki buyuk davlat oralig’ida qolib, 5O-yillar oxirlarida oddiy Yevropa davlatlariga aylandi va to’liq mustaqil davlatlar bo’lmay qoldi. "Marshall rejasi", NATO amerika yadro quroli Yevropa siyosati va iqtisodiyoti rivojlanishida uzoq vaqt ustuvor rol o’ynadi. Yevropa, xususan, Germaniya SSSR va AQSH o’rtasidagi davomiy qarama-qarshiliklar maydoniga aylandi va ular taqdiri bu ikki buyuk davlat munosabatlaridagi keskinlik darajasiga bog’liq bo’lib qoldi. Xalqaro munosabatlardagi bipolyar tizim-ikki buyuk davlat qarama-qarshiligiga asoslangan va ular tomonidan yaratilgan harbiy siyosiy blok tizimi. Yevropa qit’asining asosiy muammosi Germaniya edi. Koreya urushi boshlanishi bilan AQSH nemis qurolli kuchlarini yaratish uchun faol harakatlar qildi. Amerikalik strateglarning fIkricha, bu qurolli kuchlar amerikaliklar Uzoq Sharqda urush olib borayotgan paytda Yevropani muhofaza qilishlari lozim edi. Angliya Germaniyani qayta qurollantirish bo’yicha amerikaliklar loyihasini to’liq ma’qulladi. Biroq yangi variantning paydo bo’lishi istiqboli Fransiyani mutlaqo qoniqtirmasdi. Yevropa hamkorligi asosan iqtisodiy sohada mavjud bo’ldi. Bunday hamkorlik suverenitetni yo’qotishni ko’zda tutmasdi. Aksincha, undan olingan foyda huku­mat tomonidan xalq ehtiyojini qo’llab-quvvatlashi mumkin edi. Yevropa mamlakatlari rahbarlari o’rtasida iqtisodiy cheklanishlardan voz kechibgina mamlakatdagi iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish mumkin, degan fikr ustuvor turdi. Fransiya tashqi ishlar vaziri Robert Shuman (1886-1963), GFR kansleri Konrad Adenauer (1876-1967), Italiya bosh vaziri Algido de Gasperi (1881-1954) va Belgiya bosh vaziri Pol Ami Spaak (1899-1972) kabilar Yevropadagi bu yangi harakatda vetakchi sivmolar bo’lishdi.1950-yili R. Shuman G’arbiy Yevropada ko’mir va po’latni birlashgan holda ishlab chiqarishni yaratish tak­lift bilan chiqdi. Fransiya, Italiya, G’arbiy Germaniya va Benilyuks (Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg) mam­lakatlari Yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi (YKPB)ni tashkil qildi. Uning faoliyati faqat bir soha bilangina bog’liq bo’lsa-da, biroq butun sanoat ishlab chiqarishi uchun muhim ahamiyatga ega edi. Yevropa ishlab chiqarishi yuksala boshladi. 1955-yilga kelib ko’mir ishlab chiqarish 23 foiz, temir va po’lat ishlab chiqarish qariyb 150 foizga o’sdi. Hamjamiyat bu mahsulotni ishlab chiqarishdan ham, G’arbiy Yevropa iqtisodiyoti umumiy o’sishidagi bevosita ulushidan ham rivojlanib bordi. Uning yutug’i ko’p jihatdan muvofiqlashtirish va iqtisodiy integratsiyalash konsepsiyasi tarafdorlari qarashlarini kuchaytirdi.YKPB - Yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi - 1951­ yili Fransiya, GFR, Italiya, Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg o’rtasida tuzilgan shartnoma bo’lib, bu mam­lakatlar uchun ko’mir va po’lat umumiy bozorini yaratish va bojxona to’lovlarini man etishni ko’zda tutgan.1956-yil Yevropa mamlakat­lari uchun urushdan keyingi voqelikni qayta baholash yili bo’ldi. Mamlakatlar yo’l­boshchilari integratsiya jarayonini tezlashtirishga qaror qilishdi. 1957-yil YKPBga a’zo mamlakatlar Rim pro­tokollari deb ataladigan huijatlarni imzolashdiki, bu hol Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH) yoki "Umumiy bozor"ga asos soldi. Bu huijatlarga imzo chekkan mam­lakatlar 12 yil mobaynida bojxona to’siqlarini tugatish, umumiy soliqlarni o’rnatish, keyinchalik esa umuman yo’q qilish, ishchi kuchi erkin harakat qilishini ta’minlash majburiyatini olishdi, shuningdek, bir xil ijtimoiy kafolatlar va yagona ish haqi to’g’risida kelishib olishdi.
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH)-"Umumiy bozor" ­1957-yilda tashkil etilgan bo’lib, ishtirokchi mamlakatlar o’rtasida savdoda barcha cheklanishlarni sekin-asta bar­taraf etish va bojxona siyosatini olib borishni ko’zda tutadi. Rim protokollari imzolangan dastlabki yillar umidli natijalarni bera boshladi. 1968-yilga kelib "Umumiy bozor" mamlakatlari o’rtasida barcha bojxona soliqlari bartaraf etildi. Bu hol rejalashtirilgan muddatdan oldin­roq ro’y berdi. Yevropaning bundan keyingi birlashuvi Fransiya va Germaniya o’rtasidagi zid­diyatlarga duch keldi. Umumiy siyosiy manfaatlar ikkala tomonni bir bitimga kelishga majbur etdi. 1958-yili Fransiya prezidenti bo’lgan general de Goll va 1949-yildan GFR kansleri bo’lib kelgan K.Adenauer murosaga kelishga qaror qi­lishdi. K.Adenauer Fransiyaga Yevropada siyosiy gege­moniyaga erishishga, prezident de Goll esa SSSR bilan german masalasida hech qanday kelishuvlarga yo’l qo’ymaslikka yordam berishga majburiyat oldi. 1958-yili 4-sentyabrda Fransiya prezidenti de Goll va kansler Adenauer muzokaralari natijasida mazkur mam­lakatlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarning tugagani e’lon qilingan qo’shma bayonotnoma qabul qilindi. Bonn va Parij ittifoqi Yevropa integratsiyasiga siyosiy tus berdi va Yevropaning bundan keyingi bir­lashishi yo’lidagi muhim to’siqlarni olib tashladi. Keyingi 5 yil ichida bu ittifoq chuqurlashdi va Yevropa integratsiyasining muhim rag’batchisiga aylandi. To’g’ri, ular o’rtasida kelishmovchiliklar ham bo’ldi, biroq ikkala taraf ham ularga alohida urg’u bermay, har qanday qarama-qarshilikdan qochishga harakat qi­lishdi. Ayniqsa, ikki muammo - NATO va Angliya bilan munosbatlar muhim bo’ldi. De Goll Fransiyaning bu harbiy blokda ishtirok etishiga qat’iy qarshi bo’lgan va 1966-yil iyulida uning barcha tash­kilotlaridan Parijni tark etishni talab qilgan. 1967-yilda NATOning shtab-kvartirasi o’zining barcha bo’lin­malari bilan birga Bryusselga ko’chib o’tadi. Fransiya esa blokning harbiy tuzilmalaridan chiqqanini e’lon qiladi. Fransiya G’arbiy Yevropa mamlakatlari orasida Amerika vasiyligidan ozod bo’lgan va o’z mustaqil tashqi siyosatini yuritgan dastlabkisi bo’ldi. Ayni paytda Fransiya YeIHga yangi a’zolar oqimi kelishiga qarshilik ko’rsata olmadi. Uning qarshiligiga qaramay, YeIHga 1973-yil Angliya, Irlandiya va Daniya, 1981-yilda Gretsiya, 1986-yilda Ispaniya va Portugaliya qabul qilindi. 1991-yil dekabrda YeIH inte­gratsiyani chuqurlashtirishga yana bir muhim qadam qo’ydi. Hamjamiyatning 12 a’zosi golland shahri Maastrixtda yagona Yevropani yaratishni ko’zda tutuvchi Maastrixt bitimlari deb ata­luvchi huijatlarni imzolashdi. Maastrixt bitimlarida uch guruh shartnomalar - yagona Yevropa valyutasi tashkil etish, Yevropa siyosiy ittifoqini shakllantirish va Yevropa komissiyasini tasdiqlash ko’zda tutildi. YIH o’z nomini Yevropa hamjamiyati (YH) deb o’zgartirdi. YeH mamlakatlari Yevropa siyosiy ittifoqi (Yevroittifoqi)ni yaratish yo’li bilan tashqi siyosat va mudofaani muvofiqlashtirish hamda bu yo’nalishda yagona asoslarni ishlab chiqishni mo’ljal qilishdi. Kelgusida yagona tashqi va umumiy harbiy siyosatni shakllantirish ko’zda tutilgan Maastrixt bitimlarining uchinchi guruhi Yevropa komissiyasini tuzishga tegishli. U Bryusselda ishlay boshlashi va YeH mamlakatlari sog’liqni saqlash, xalqta’limi, qishloq xo’jaligi va ekologiya sohalari siyosatini tartibga soluvchi muassasa bo’lishi lozim edi. Yevropa komissiyasi davlat ustidan turuvchi hukumat boshqaruvi funksiyalariga ega bo’la bordi va YeH ning barcha mamlakatlari unga o’z vakolat­larini berishi lozim edi. Bu milliy suveren huquqlarni cheklash bo’lardi, biroq YeH mamlakatlari yo’lboshchi­lari bu yo’ldan yagona Yevropani mustahkamlash uchun borishdi.
YH bu orada yangi a’zolar - Finiyandiya, Shvetsiya va Norvegiya bilan to’ldi. Endi uning tarkibida 15 davlat bor va bir necha davlat qabul qilinishini kutmoqda.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish