Jahondagi eng yirik banklar



Download 2,8 Mb.
Sana03.05.2023
Hajmi2,8 Mb.
#934395
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

JAHONDAGI ENG YIRIK BANKLAR

Dunyoning eng yirik 10ta banki

Banklar azal-azaldan pul, moliya va iqtisodning ramzi bo‘lgan hamda asrlar osha dunyoga xizmat qilib kelishmoqda. Dunyoda minglab banklar bor, birgina AQShning o‘zida 5 mingdan ortiq bunday muassasalar faoliyat yuritadi. Lekin ularning kuchli o‘nligiga nazar tashlasak, butun dunyoning birinchi iqtisodi-yu moliyaviy resurslarini o‘zida jamlagan AQSh vakillari yetakchilar safida emasligi namoyon bo‘ladi.

10 – Credit Agricole

  • Credit Agricole Fransiyaning ikkinchi o‘rinda turuvchi banki bo‘lib, 2,117 trln dollarlik aktivlarga ega. Uning bozor qiymati 308 mlrd dollarni tashkil qiladi.1894-yilda tashkil etilgan bu bank dastlab fermerlarga xizmat ko‘rsatgan va keyinchalik deyarli barcha sohalarni qamrab olgan.

9 – Bank of America

  • Amerika nomini o‘zlashtirib olgan Bank of America bu davlatning ramzlaridan biri hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab sochilib ketgan tarmoqlar va 2,281 trln dollar aktivlarga ega bu bank obro‘si juda balandligiga qaramay 9-o‘rinni egallagan hamda bozor qiymati 325 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu jihatdan u dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. 2008-yilda Merrill Lynch bankini o‘ziga qo‘shib olganidan so‘ng faoliyat qamrovi yanada ortgan.

8 – BNP Paribas

  • Kuchli o‘nlikda Fransiyaning yana bir vakili mavjud. U 2000 yilda Parij Milliy banki (BNP) va Paribas banklari qo‘shiluvidan tashkil topgan hamda ikki nomni o‘zida jamlagan. 2,357 trln. dollar aktivga ega bu bankning dunyoning 80 ga yaqin davlatlarida 40 mln nafardan ortiq mijozlari bor. Bozor qiymati ham yomonmas – 85 mlrd dollar.

7 – HSBC Holdings

  • Bu bankni bir necha davlatga tegishli deyish mumkin. HSBC bankining shtab-kvartirasi London shahrida joylashgan va uning tarmoqlari butun Yevropa bo‘ylab sochilib ketgan. 1885 yilda Hongkong va Shanxay bankalararo kooperatsiyasi tomonidan o‘sha paytda Britaniya koloniyasida tashkil etilgan bu muassasa nufuzi asrlar osha ko‘tarilib borib, bugungi kunda 80dan ortiq davlatlarda faoliyat yuritadi. HSBC nafaqat kreditlash, balki investitsion loyihalarda ham juda faol. Bozor qiymati – 175 mlrd dollar.

6 – JPMorgan Chase & Co

  • Bu ro‘yxatning oltinchi o‘rnini egallagan AQSh vakili 2,533 trln dollar aktivga ega va uning bozor qiymati 390 mlrd dollarni tashkil qiladi. 2000 yilda JPMorgan & Co va Chase Manhattan Bank banklari qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan bu ulkan moliyaviy tashkilot nafaqat AQShda, balki dunyoning turli nuqtalarida o‘z xizmatlarini ko‘rsatadi.

5 – Mitsubishi UFJ Financial Group

  • Kuchli beshlikni yapon banki boshlab berganiga nima deysiz? 2005 yilda Bank of Tokyo-Mitsubishi va UFJ Bank moliyaviy tashkilotlari qo‘shiluvidan yuzaga kelgan bu ulkan bank 2787 trln dollarlik aktivlarga ega hamda bozordagi bahosi salkam 112 mlrd dollarni tashkil qiladi.

4 – Bank of China

Kuchli to‘rtlikning barcha o‘rinlarini ko‘pchilik sezganidek Xitoy banklari egallagan. Bank of China 2,991 trln dollarlik aktivlari bilan bu ro‘yxatni boshlab beradi. 1912 yilda asos solingan bu bank dastlabki 30 yil davomida Xitoy davlati banknotlari emissiyasi bilan ham shug‘ullangan. Hozirgi kunda Bank of China 30ga yaqin davlatda ish yuritadi va sug‘urta faoliyati bilan ham shug‘ullanadi. Bozor bahosi – 180,6 mlrd dollar.

3 – Agricultural Bank of China

  • Xitoyning bu bankini qisqartirib AgBank ham deyishadi. Bu nomni olganiga sabab asosan qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishga ixtisoslashuvidir. 3,235 trln aktivga ega bu bank 1951 yilda Cooperation Bank va the Farmers Bank tashkilotlari qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan. Bankning Xitoy bo‘ylab 25 mingdan ortiq filiallari va 330 mln nafardan ortiq mijozlari bor. Bozor qiymati – 204 mlrd dollar.

2 – China Construction Bank Corp

  • Qisqartirib CCB deya ataluvchi bu bank nomida «Xitoy Qurilish Banki» degan ma'no yotadi. Asosiy idorasi Pekinda joylashgan bu bank 3,4 trln dollar aktivlarga ega va korporativ mijozlarga investitsion xizmatlar ham ko‘rsatadi. Shuningdek, g‘aznachilik sohasida ham faoliyat yuritadi va qimmatli qog‘ozlar bozoriga aralashadi. 2013 yilga qadar CCBning 10 foiz aksiyalari Bank of America ixtiyorida bo‘lgan. Bozor qiymati – 253 mlrd dollar.

1 – Industrial & Commercial Bank of China

  • O‘zbekchasiga «Xitoy sanoat-tijorat banki» nomli bu ulkan moliya muassasasi o‘zining 4,009 trln dollarlik aktivlari bilan dunyo yetakchisi hisoblanadi. 1984 yRilda davlat tomonidan asos solingan bu bank 2006 yilda ilk bor o‘z aksiyalarini sotuvga chiqargan va 48,4 mlrd aksiyalarini sotish ortidan 20 mlrd dollar ishlashga muvaffaq bo‘lgan.Bugungi kunda ICBC banki Xitoyning o‘zida yarim million nafardan ortiq xodimlarga ega. Shuningdek, Kanada, Makao, Turkiya kabi davlatlarda ham doimiy vakolatxonalariga ega. Birinchilikda bo‘lsada, bozor bahosi kamtargina – 180,6 mlrd dollar.

Hammasi qiyoslashda ma'lum bo‘ladi. O‘zimizning banklarni yuqoridagi ro‘yxat bilan solishtirishga hali ertaligini hisobga olib, Rossiyaning eng yirik banki – «Sberbank» misolida qiyoslasak, 480 mlrd dollarlik aktivlarga ega bu bank yuqoridagi ro‘yxatning eng oxirgi o‘rnidagi bankdan deyarli 5 barobar, yetakchisidan deyarli 9 barobar kichik ekanini bilib olamiz.

  • Hammasi qiyoslashda ma'lum bo‘ladi. O‘zimizning banklarni yuqoridagi ro‘yxat bilan solishtirishga hali ertaligini hisobga olib, Rossiyaning eng yirik banki – «Sberbank» misolida qiyoslasak, 480 mlrd dollarlik aktivlarga ega bu bank yuqoridagi ro‘yxatning eng oxirgi o‘rnidagi bankdan deyarli 5 barobar, yetakchisidan deyarli 9 barobar kichik ekanini bilib olamiz.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 2,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish