Jamiyatda millatlararo totuvlik,diniy bag`rikenglikva ijtimoiy barqarorlik muhitini qaror toptirish zarurati


Ayblarni yopguvchi sattor bo'lgaysen



Download 0,53 Mb.
bet3/5
Sana08.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#756094
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jamiyatda millatlararo totuvlik,diniy bag`rikenglikva ijtimoiy barqarorlik muhitini qaror

Ayblarni yopguvchi sattor bo'lgaysen,
  • Qalblarni topguvchi g'amxor bo'lgaysen.
  • Alloh rizoligin tilasang, ey do'st,
  • El birla adabda hushyor bo'lgaysen.
  • To'rtlikda G'ijduvoniy hazratlari o'z muhiblariga insoniyatga yaxshilik qilish, xalqullohga go'zal odob bilan muomala qilish, ezgulik aylash – eng buyuk saodat ekanini nasihat qilmoqda. Allomaning yana bir o'gitida inson boshiga o'zgalardan qanday yomonlik va zahmat kelishidan qat'i nazar, irodali bo'lish, Yaratganning amriga itoat etish va sabr qilish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan maydonga chiqish sabog'i beriladi:
  • Gar senga birovdan shikoyat bordur,
  • Dardi diling undan bag'oyat bordur.
  • Yomonligi o'zi yomonga jazo,
  • Intiqom olmoqqa na hojat bordur.
    • Naqshbandiya silsilasida muhim o'rin tutgan ikkinchi halqa – Xoja Orif Revgariy ham shogirdlarga shunday ulug' nasihatlar qiladilarki, ularning har biri bugungi kun uchun ham olam-olam ma'no va manfaatga egadir: “Ey orif! Pok va pok e'tiqodli bo'l! Zero, chirkin ko'ngil butun a'zoyi badanni harom qilgay”, “Odob – nek odamlar ziynatidur”, “Bu dunyoda vujuding bilan va oxiratda qalbing bilan bo'l”, “Dinning asli – hilmdur. Va hilmning asli – sabrdur”, “Avliyolik alomati uchtadur: birinchisi – baland darajani egallaganda ham kamtar bo'lmoq, ikkinchisi – sabru toqati etguncha parhezkorlik qilmoq, uchinchisi – to kuchi etguncha insof qilmoq”.
    • Ko'rinadiki, ulug' alloma Xoja Orif Revgariy ham o'z o'gitlarida ma'rifatli va sabr-toqatli bo'lish inson kamolotining muhim sharti ekanligini takror-takror uqtirgan.
    • Xojagonning ulug' piri Xoja Ali Romitaniy inson qalbini dalaga o'xshatadilar. Agar biz dalaga o'z vaqtida ishlov bermasak, yumshatib, sug'ormasak, begona o'tlardan tozalamasak, shirin er sho'r erga aylanadi. Lekin ko'ngilni ham begona o'tlardan tozalash kerak. Ko'ngildagi begona o'tlar – hasad, kibr, yolg'onchilik, poraxo'rlik, hirs, shuhratparaslik kabi illatlardir. Xojagon-naqshbandiya tariqati pirlari ko'ngildagi mana shu begona o'tlarni yulib tashlash yo'lini ko'rsatib berganlar. Bu yo'l, bu uslub, poklik, halollik, zikr ila hosil bo'lgay.
    • Dunyoda ko'plab shavfqatsizliklarni ham ko'rishimiz mumkin. Ba'zan oilalarda kelib chiqayotgan turli norizoliklar, bir-biriga bo'lgan mehrsizliklar, bularning barchasi insoniyatga va uning kelajagiga juda katta ta'sir qiladi. Asosiy sabab farzandlarga berilayotgan tarbiyaning e'tibordan chetda qolayotganligidandir. Kitob, turli hadislar, ma'naviy intilishlarning yo'qligidandir. Oiladadagi tarbiya avvalo, ota-bobolarimizning buyuk merosi bilan tanishtirishdan boshlanadi. Ular inson botinini, qalbini o'zgartiradi inson ruhiyatiga ta'sir qiladigan bezavol ne'matdir.
    • Yuqorida keltirilgan ajdodlarimizning hayotidagi misollar, ularning ma'naviy merosini o'rganish va o'z navbatida, farzandlarimizni bu ulug'vor ne'matdan bahramand qilish – ularni bugungi kunda birmuncha taraqqiy etib borayotgan turli zararli oqimlardan asrab qolishda muhim tarbiyaviy qurol bo'lib xizmat qiladi. Zero, ulug' ajdodlarimiz, jumladan, xojagon-naqshbandiya ta'limoti namoyandalarining yashash tarzi, o'gitlari, odob-ahloqlari turli zararli oqimlar g'oyasiga batamom zid bo'lib, ular ma'naviy merosi insonlarni faqat ezgulik, halollik va poklik, bunyodkorlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga da'vat etadi.
    • Darhaqiqat, inson har qanday salbiy illatga avvalo o'zi kurashmog'i lozim. Dunyo yaralabdiki, u ikki tomon bilan o'lchanadi. Yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, jaholat va ma'rifat. Mana shu ikki jihat teng kurashadi. Ularning qay birining g'olib bo'lishi bevosita insonning o'ziga, ichki kuchiga bog'liq. Agar har bir inson o'z irodasiga ishonsa, kuchiga tayansa, sabr qilsa hamisha g'alaba qozonadi, ya'ni yomonlik ustidan g'alaba qozonadi. Jaholatga qarshi kuch topishga intiladi. Bu esa insonga tom ma'noda kuch bag'ishlaydi. Intilishini kuchaytiradi. Shuning uchun har bir inson jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmog'i uchun avvalo, ajdodlar merosini anglamog'i, ularni o'rganmog'i lozim.
    • Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik g'oyalarini keng singdirish maqsadida mamlakatimizda bir qator amaliy ishlar bajarib kelinmoqda. Xususan,
      Download 0,53 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish