Jaxon yangiliklari



Download 22,45 Kb.
Sana31.05.2022
Hajmi22,45 Kb.
#622710
Bog'liq
JAXON YANGILIKLARI


JAXON YANGILIKLARI
NATO a'zolari Ukrainaga kamida 8 mlrd dollarlik yordam berdi. Bu haqda
alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg ma'lum qildi.
"NATO bo'yicha ittifoqchilar Ukrainaga kamida 8 mlrd dollarlik yordam
taqdim etdi", - dedi u.
Alyans bosh kotibi NATO mamlakatlari Kievni qo'llab-quvvatlashda davom
etishini ta'kidladi.
Avvalroq Stoltenberg Xitoyning Rossiyani qoralashni rad etgani NATO uchun
chorlov ekanligini aytgandi.
Ukrainada urushning 63-kuni o'tdi. Odessada 23 aprel kungi hujum
qurbonlari bilan vidolashuv marosimi o'tkazildi. Rossiya Zaporoj`edagi
pozitsiyasini yaxshilashga urinmoqda, ammo yo'qotishlarga uchramoqda. Donbassda
janglar davom etmoqda. Ukraina tomoni Rossiyani Severodonetskdagi
shifoxonani o'qqa tutish va Donetsk oblastidagi Avdeevka shahrida fosforli
qurol qo'llashda aybladi. «Meduza» ma'lumotiga ko'ra, may oyi o'rtalarida
DXR va LXR Rossiyaga qo'shilish bo'yicha referendum o'tkazmoqchi, Xerson
oblastida esa — XXR tashkil etilishi rejalashtirilgan. krainadagi urush.
So'nggi ma'lumotlar
• Vladimir Putin yana bir bor urushga uchinchi tomon aralashuviga
javoban yadro quroli qo'llash imkoniyatiga shama qildi. «Agar kimlardir
sodir bo'layotgan voqealarga tashqaridan aralashishni ko'zlayotgan bo'lsa,
bilib qo'yishsin – ular bizga strategik tusda xavf uyg'otgan bo'ladi.
Bizning javobimiz yashin tezligida bo'ladi. Buning uchun hech kim maqtana
olmaydigan uskunalarga egamiz», deya tahdid qildi u.
• G'arb mamlakatlari Rossiyaning Donbassdagi yurishlari juda sekinlik
bilan olib borilayotgani va Ukraina rossiyalik harbiylarga samarali va
shiddatli qarshilik ko'rsatayotganiga e'tibor qaratmoqda. Asosiy harbiy
harakatlar Donetsk va Lugansk oblastlarida kuzatilmoqda, ammo Xarkov
o'qqa tutilayotgani hamda Zaporoj`e va Xerson oblastlarida ham janglar
ketayotgani haqida xabarlar bor.
• Xerson shahrini egallagan rossiyalik harbiylar mitingni ko'zdan yosh
oqizuvchi gaz bilan tarqatgan. Ukraina hukumatiga ko'ra, Rossiya shaharda
«Xerson xalq respublikasi» tashkil etish to'g'risida referendumga
tayyorlanmoqda. Xerson shahrida tunda bir necha portlashlar kuzatildi.
Rossiya davlat nashrlariga ko'ra, ukrainlarning zarbalari nishoni 20
apreldan buyon Rossiya telekanallarini efirga uzatayotgan teleminora
bo'lgan. Ukraina tomoni hozircha bu xabarga izoh bermadi.
• «Gazprom» Pol`sha va Bolgariyaga gaz yetkazib berishni to'xtatdi,
bunga ushbu davlatlar yonilg'i uchun to'lovni rublda amalga oshirishga rozi
bo'lmagani sabab qilib keltirilgan. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der
Lyayen Moskvaning bu qarorini «shantaj instrumenti» deb atadi va Rossiya
bilan gaz uchun hisob-kitob rublda amalga oshirilishi Yevroittifoq qo'llagan
sanktsiyalarga zid ekanini eslatdi. Germaniya Rossiya endi ishonchli yetkazib
beruvchi hisoblanmasligi tufayli bu davlatdan xarid qilinadigan gaz
hajmini qisqartirmoqchi. Yevroittifoq keyingi haftadayoq Rossiyadan neft
importini taqiqlashi kutilmoqda.
• Ukrainada urush boshlanganidan buyon o'tgan ikki oyda Rossiya qazib
olinadigan energiya resurslarini YEI mamlakatlariga sotish orqali
daromadlarini ikki baravar oshirgan. Finlandiyadagi CREA tadqiqotlar
markazi ma'lumotiga ko'ra, yetkazib berish hajmi kamaygan bo'lsa-da,
narxlar oshishi hisobiga Moskva ushbu mahsulotlari savdosidan 62 mlrd yevro
atrofida daromad ko'rgan. Asosiy xaridor Germaniya.
• AQShning xalqaro adliya bo'yicha maxsus vakili Bet van Shaakning
BMTga ma'lum qilishicha, Qo'shma Shtatlar Donetsk yaqinida taslim bo'lishga
uringan ukrainaliklarni rus harbiylari otib o'ldirgani haqida ishonchli
ma'lumotlarga ega.
• Britaniya TIV rahbari Liz Trass rossiyalik harbiylar Ukrainada
bosib olgan hududlaridan, jumladan Qrimdan haydab chiqarilishi kerak.
Uning so'zlariga ko'ra, G'arb o'z iqtisodiy qudratini kelajakda bu kabi
tajovuzlar takrorlanmasligi uchun yo'naltirishi kerak.
• Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh bo'lgan qator hududlarida,
jumladan Belgorod oblastidagi harbiy omborxonada portlashlar ro'y bergan.
Belgorod shahrida havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlamoqda. Ukraina
prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak keyingi haftadan RFning
chegaradagi hududlarini «demilitarizatsiya» qilish jadalligi sezilarli
darajada oshishini aytdi.
Turkiya Tojikistonga «Bayraktar» dronlarini yetkazib bermoqda. Bu haqda
Qirg'iziston tashqi ishlar vazirligiga nomzodi ko'rib chiqilgan parlament
yig'ilishida Jeenbek Kulubaev ma'lum qildi.
Deputat Mirlan Samiykojo Turkiya Tojikistonga «Bayraktar» dronlarini
yetkazib berayotgani to'g'risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar
yuzasidan izoh so'radi.
Jeenbek Kulubaev Tojikiston Turkiyadan dronlar sotib olganini
tasdiqladi.
«Ha, bu rost. Turkiya Tojikistonga «Bayraktar» jo'natgan. Ilgari biz
Turkiya tomonidan bu masalada ehtiyotkor bo'lishni so'ragandik, chunki
Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasidagi muammolar hali hal bo'lmagan. Biz
qo'shni mamlakatlarga dronlar sotmaslikni so'radik. Ular bu biznes,
harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish masalasi ekanligini aytishdi», —
dedi u.
Kulubaevning so'zlariga ko'ra, Qirg'iziston bu masala bo'yicha Turkiya bilan
muzokara o'tkazadi.
U Ukraina zarur qo'llab-quvvatlovga ega bo'lsa urushda g'olib bo'lishi
mumkinligini aytib, ukrain harbiylarining sa'y-harakatlarini yuqori
baholadi.
«Biz Rossiya shu qadar zaiflashib, Ukrainaga bostirib kirish vaqtida qilgan
ishni boshqa qila olmaydigan darajaga tushishini istaymiz. Ular allaqachon
katta harbiy yo'qotishlarga uchragan va biz ularda bu salohiyatni tez
fursatda tiklash imkoniyati bo'lmasligini xohlaymiz», degan Pentagon
rahbari.
24 aprel kuni Ostin Kievda prezident Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi,
uchrashuv uch soatdan ortiq vaqt davom etgan.
Ostin va u bilan birga Kievga kelgan AQSH davlat kotibi Entoni Blinken -
urush boshlanganidan keyin Ukrainaga tashrif buyurgan eng yuqori martabali
amerikalik amaldorlar bo'lishdi.
BBC’ning diplomatik korrespondenti Jeyms Lendeyl Ostinning Rossiyani
zaiflashtirishga chaqiruvchi izohi AQSH mudofaa vazirlari uchun odatiy hol
emasligiga e'tibor qaratgan. Uning so'zlariga ko'ra, Ukrainaga Rossiya
tajovuziga qarshi turishda yordam berish boshqa ish - Rossiyaning harbiy
imkoniyatlarini zaiflashtirish to'g'risida gapirish esa butkul boshqa ish.
Mudofaa vazirining hayratomuz bayonoti
Jeyms Lendeyl, BBC’ning diplomatik korrespondenti
Ukrainaga Entoni Blinken va Lloyd Ostinning tashrifi umidlarni to'liq
oqladi.
Qo'llab-quvvatlov ochiq namoyish etildi. Amerikalik diplomatlar Ukrainaga
tez orada qaytishi e'lon qilindi. Yanada ko'proq harbiy ko'mak va'da
qilindi.
Ammo eng ko'p e'tibor tortgan jihati - Ostinning Rossiyani zaiflashtirish
to'g'risidagi so'zlari bo'ldi. Bu AQSH mudofaa vazirlari uchun noodatiy
harakatdir.
U, albatta, Rossiyaning harbiy-sanoat bazasiga zarba berishga qaratilgan
G'arb sanktsiyalarini nazarda tutgan bo'lishi mumkin.
Yoki vazir G'arbning yangi harbiy maqsadini belgilab berdimi? Uning
so'zlarini Ukrainadagi urush uzoq cho'zilishi foydali bo'lishi haqida deb
tushunish ham mumkinmi?
G'arbdagi ittifoqchilarning barchasi ham Lloyd Ostinning pozitsiyasiga yoki u
so'zlarini ochiq-oydin ifodalashiga qo'shilmaydi.
Kievga tashrifdan keyin AQSH mudofaa vaziri Pol`shadagi matbuot anjumanida
jurnalistlarga Vashington rasmiylari hamon Ukraina agar kerakli qurollar
va qo'llab-quvvatlovga ega bo'lsa, ushbu mojaroda yengib chiqishi
mumkinligiga ishonishini aytdi.
Tashrif vaqtida Entoni Blinken AQSH Ukrainaga yana 713 mln dollar hajmida
harbiy yordam ko'rsatishini va'da qildi. Shunday qilib, AQSH tomonidan
bosqin boshlanganidan buyon Ukraina xavfsizligini ta'minlash uchun
ko'rsatilgan yordam hajmi 3,7 mlrd dollardan ortiqni tashkil etmoqda.
Prezident Zelenskiy bir necha haftadan buyon G'arbdagi yetakchilardan harbiy
texnikalar oqimini ko'paytirishni iltimos qilib, agar qiruvchi samolyotlar
va boshqa og'ir texnikalarga ega bo'lsa, Ukraina armiyasi Rossiya qurolli
kuchlarini mag'lub eta olishiga va'da berib kelmoqda.
O'tgan haftada AQSH ilk bor Ukraina qo'shinlari uchun gaubitsalar va
artilleriya hujumlariga qarshi radarlar yetkazib berishini e'lon qildi.
Bunga javoban Rossiya AQShga Ukrainaga qurol yetkazib berishni to'xtatish
talabi bilan nota yo'llagan. Bu haqda RFning AQShdagi elchisi Anatoliy
Antonov ma'lum qilgan.
«800 million dollar - Vashingtondan Kievga shuncha miqdordagi qurollar
yetkazib beriladi. Bu katta raqam, bu vaziyatni diplomatik yo'l bilan hal
qilish yo'llarini izlashga hissa qo'shmaydi», degandi u.
Antonovning so'zlariga ko'ra, Amerika qurollari Ukrainaga yetkazib
berilishi - vaziyatni yanada og'irlashtirish, yanada ko'proq yo'qotishlar
bo'lishiga qaratilgan harakatdir.
Entoni Blinken AQSH diplomatlarining bir qismi kelgusi haftadan
Ukrainaga qayta boshlashini ma'lum qildi. Ular avvaliga Lvovda joylashishi,
keyinroq Kievdagi elchixona to'liq ochilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Oq uy prezident Jo Bayden AQShning Ukrainadagi elchisi
lavozimiga professional diplomat Bridjit Brinkni tayinlash niyatida
ekanini xabar qilgandi. Bu lavozim ikki yildan ortiq vaqtdan buyon bo'sh
turibdi.
Blinken AQShning diplomatik yondashuvini qo'llab-quvvatlab, Vashington shu
yo'l bilan prezident Vladimir Putin rejimiga bosim o'tkazayotganini aytdi.
«Biz ishlab chiqqan strategiya, Rossiyaga yoppasiga bosim, bu sa'y-
harakatlarda ishtirok etayotgan 30dan ortiq mamlakatning birdamligi
haqiqiy natijalar keltirmoqda. Va biz ish harbiy masalaga kelganida
Rossiya mag'lubiyatga uchrayotgani, Ukraina esa muvaffaqiyatga erishayotganiga
guvoh bo'lmoqdamiz», degan Blinken.
«Biz bu urush qanchalik [uzoq] davom etishini bilmaymiz, ammo bilamizki,
suverenn mustaqil Ukraina Vladimir Putindan ko'proq yashaydi. Bizning
Ukrainani qo'llab-quvvatlashimiz uzil-kesil muvaffaqiyatga erishgunimizga
qadar davom ettiriladi», degan Blinken.
Uchrashuvdan keyin chiqish qilgan prezident Zelenskiy uning hukumati AQSH
tomonidan ko'rsatilgan «bemisl» yordamni yuksak qadrlashini aytgan va
«o'zining va butun Ukraina xalqining nomidan prezident Baydenga uning
Ukrainani qo'llab-quvvatlash borasidagi yetakchiligi uchun minnatdorchilik
bildirishni istashi»ni qo'shimcha qilgan.
So'nggi kunlarda Rossiya o'z yurishlari yo'nalishini Ukraina sharqidagi Donbass
mintaqasiga qaratgan, AQShdagi manbalar ma'lumotiga ko'ra, Moskva ayni
vaqtda Ukraina hududida 76 dan ortiq batal`on taktik guruhlarini
joylashtirgan.
Tan olinmagan Dnestrbo'yi Moldova respublikasi davlat xavfsizlik
vazirligi binosida kamida uchta portlash sodir bo'ldi. Bu haqda
«Komsomolskaya pravda» nashri xabar berdi.
Nashr ma'lumotiga ko'ra, binoning old qismiga zarar yetgan. Respublika
maxsus xizmatlari bino yaqinidan noma'lum jism topgan.
«Binoga granatomyotdan o'q uzilgan degan taxmin mavjud», — deb yozgan
gazeta muxbirlari.
Rasmiy Tiraspol hozircha bu borada izoh bermagan. Qurbonlar va
jarohatlanganlar borasida ham ma'lumot yo'q.
Armaniston poytaxti Yerevanda bosh vazir Nikol Pashinyanning iste'fosini
talab qilib chiqqan namoyishchilar va politsiya o'rtasida to'qnashuv sodir
bo'ldi.
To'qnashuvga parlament deputati Gegam Manukyanning ustunga Pashinyanning
karikaturasi aks etgan fotosuratni yopishtirishga urinishi sabab bo'ldi.
Politsiya unga xalaqit qilishga uringan, ammo deputat maqsadini amalga
oshirgan.
Dushanba kuni Nikol Pashinyanning iste'fosini talab qilayotgan muxolifat
tarafdorlari poytaxtdagi asosiy transport tugunlaridan birida harakatni
to'xtatib qo'ygandi.
Avvalroq parlamentning "Armeniya" muxolif fraktsiyasidan bo'lgan vitse-
spikeri Ishxan Sagatelyan 25 apreldan butun Armanistonda to'xtovsiz
norozilik namoyishlari boshlanishini e'lon qilgandi.
Muxolifat hukumatning siyosati "Armaniston davlatchiligi yo'qotilishiga
olib keladi" deb hisoblamoqda.
Yana bir muxolif fraktsiya yetakchisi, milliy xavfsizlik xizmati sobiq
rahbari Artur Vanetsyan ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatida 25 apreldan
"kurashning ikkinchi bosqichi" boshlanishini aytgan. Vanetsyan 17 apreldan
buyon Yerevandagi Ozodlik maydonida norozilik namoyishlari o'tkazmoqda.
Rossiyada S-500 ("Prometey") havo hujumidan mudofaa tizimini turkum
ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Bu haqda "Almaz-Antey" havo-kosmik mudofaa
kontserni bosh direktori Yan Novikov ma'lum qildi.
"Hozirda mahalliy fan va texnikaning eng so'nggi yutuqlaridan foydalangan
holda S-500 tizimini turkum ishlab chiqarish tashkil etildi. Bu tizimning
jangovar imkoniyatlari ilgari yaratilgan zenit-raketa tizimlari va
majmualarinikidan ancha yuqori", - dedi u.
S-500 "Prometey" (OKR "Triumfator-M") yangi avlod "yer-havo" zenit-raketa
tizimlariga mansub.
U 600 kilometrgacha masofadagi nishonlarni yo'q qila oladi.
Afg'oniston bilan chegarada uch nafar pokistonlik harbiy xizmatchi o'qqa
tutilish oqibatida halok bo'ldi.
Pokiston qurolli kuchlari matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea
Shimoliy Vaziriston okrugining Devagar rayonida sodir bo'lgan.
Keyingi haftalarda ikki davlat chegarasida qurolli to'qnashuvlar tez-tez
kuzatilmoqda.
Avvalroq Pokiston tashqi ishlar vazirligi Afg'oniston hukumatidan
pokistonlik chegarachilarga o'q uzilishini to'xtatish va ikki davlat
chegarasidagi xavfsizlikni ta'minlashga chaqirgandi.
Payshanba kuni Afg'onistonning turli hududlarida sodir etilgan to'rtta
portlash oqibatida o'nlab kishilar halok bo'ldi.
Portlashlarning birinchisi mamlakat shimolidagi Mozori Sharif shahridagi
shialar masjidida amalga oshirilgan, bu hujum natijasida 30 nafardan
ortiq kishi halok bo'lib, 90 nafar atrofidagi kishi yaralangan.
Bu terakt uchun javobgarlikni ISHID terrorchilari o'z zimmasiga olgan.
Afg'onistonda hokimiyatni qo'lga olgan toliblar ISHID kuchlari tor-mor
etilganini da'vo etayotganiga qaramay, bu guruh hamon mamlakatda
xavfsizlik uchun jiddiy tahdid bo'lib qolmoqda.
ISHID jangarilari masjid binosidagi portlash bu yerda odamlar ko'p bo'lgan
vaqtda qopga solingan va masofadan boshqariladigan mina orqali amalga
oshirilganini ma'lum qilgan.
Guruh bu hujumni o'z sobiq yetakchisining o'limi uchun qasos olishga
qaratilgan global kampaniyaning bir qismi deb atagan.
Shu bilan birga ISHID kun davomida mamlakatning boshqa hududlarida ro'y
bergan uchta portlashga aloqadorligini tasdiqlamadi, hozircha bu
portlashlar orasida bog'liqlik borligi aniqlanmagan.
Qunduz politsiyasi rahbarining ma'lum qilishicha, ikkinchi portlash shahardagi
politsiya boshqarmasi oldida ro'y bergan va bu yerda avtomobil portlagan.
Natijada to'rt kishi halok bo'lib, 18 kishi yaralangan.
BBC olgan ma'lumotga ko'ra, uchinchi portlash mamlakat sharqidagi Nangarhor
viloyatida amalga oshirilgan, bu yerda toliblar avtomobili yo'lda
o'rnatilgan portlovchi qurilma orqali portlatilib, to'rt kishi halok bo'lgan
va bir kishi yaralangan.
To'rtinchi portlash esa Kobuldagi tumanlardan birida sodir bo'lib, ikki
bola jarohat olgan.
Bir necha kun oldin esa poytaxtdagi shialar istiqomat qiluvchi tumandagi
maktabda birdaniga ikki bomba harakatga keltirilgandi, rasmiylar
ma'lumotiga ko'ra, bu terakt oqibatida kamida olti kishi halok bo'lgan va
20 nafar atrofidagi kishi tan jarohatlari olgan. O'tmishda ISHID
jangarilari ushbu hududda portlashlar amalga oshirishgan, ammo ular so'nggi
portlashlarga aloqadorliklarini tan olishmagan.
Hazoralarga zarba
Guvohlar va mahalliy nashrlar xabar berishicha, Mozori Sharifdagi Seh Dokan
masjidida portlash dindorlar namoz uchun yig'ilgan vaqtda sodir bo'lgan. Bu
- shahardagi eng yirik masjidlardan biri va bu yerda Afg'onistondagi
ozchilikni tashkil etuvchi hazoralar vakillari ibodat qiladi.
Hazoralar o'tmishda ham tez-tez sunniy mazhabidagi jangarilarning,
jumladan ISHIDchilarning nishoniga aylanishgan.
So'nggi portlash qurbonlari soni aniq emas, ma'lumotlar doimiy ravishda
yangilanmoqda, ammo guvohlarning xabar qilishicha, portlash shu qadar kuchli
bo'lganki, atrofdagi binolarning derazalari to'kilib tushgan. Guvohlar
masjiddan juda ko'p jasadlar olib chiqilganini ko'rishgan.
BMTning Afg'onistondagi inson huquqlari bo'yicha vakili Richard Bennet bu
hujumni qoralab chiqdi.
«Bugun Afg'oniston yangi portlashlardan zir titradi, [...] va yana
hazoralar jamiyatining ko'plab vakillari halok bo'lishdi. Maktablar va
masjidlarga muntazam hujumlar zudlik bilan tekshirishni talab qiladi va
inson huquqlariga qarshi bu tarzda hujumlar to'xtatilishi kerak», deya
yozgan u tvitter sahifasida.
O'zbekiston TIV Afg'onistonda sodir etilgan terrorchilik harakatlarini
qat'iy qoraladi.
«O'zbekiston Respublikasi muqaddas Ramazon oyi kunlarida Kobul, Mozori
Sharif va Qunduz shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlarini
qat'iy qoralaydi.
Tinch aholi orasida ko'plab qurbonlarga sabab bo'lgan zo'ravonlik
harakatlari Afg'onistonda barqaror tinchlik va milliy totuvlik
o'rnatilishiga to'sqinlik qiladi.
O'zbekiston tomoni halok bo'lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur
hamdardlik bildiradi, shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sog'ayib
ketishini tilaydi», deyiladi vazirlik xabarida.
Download 22,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish