Jazolarni liberallashtirish to‘G‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida



Download 53,71 Kb.
bet2/7
Sana03.06.2022
Hajmi53,71 Kb.
#633804
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JAZOLARNI LIBERALLASHTIRISH 9917

Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zganing mulkini talon-toroj qilish jinoyati mol-mulk mulkdorning egaligidan olingan hamda aybdor uni tasarruf etish yoki undan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi (bosqinchilik va tovlamachilik hollari bundan mustasno).
Agar aybdor o‘zganing mol-mulkini qo‘lga kiritgan bo‘lsa-yu, biroq hali uni o‘z mulki sifatida tasarruf etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, qilmish talon-toroj qilishga suiqasd tariqasida kvalifikatsiya etilmog‘i kerak (bosqinchilik va tovlamachilik hollari bundan mustasno).
Qasd bir butun mulkni talon-toroj qilishga qaratilgan bo‘lib, uning muayyan bir qismi talon-toroj qilingan hollarda ham jinoyat tugallangan hisoblanmaydi.
5. Qonunga ko‘ra, hukm taxminlarga asoslanishi mumkin emas. Shu tufayli moddiy qimmatliklar kamomadi faktining o‘zi, agar uning sabablari tergov va sud tomonidan aniqlanmagan bo‘lsa, talon-toroj qilish jinoyati sifatida baholanishi mumkin emasligini sudlar nazarda tutishlari kerak.
Shaxsni o‘zganing mulkini talon-toroj qilishda (JK 167-moddasi) aybdor deb topish uchun bu mulk aybdor tomonidan o‘z foydasiga yoki boshqa shaxslar foydasiga qaratilganligini tasdiqlovchi aniq faktlarga asoslanmoq zarur.
6. Sudlar shuni e’tiborda tutsinlarki, qilmishni kvalifikatsiya qilish uchun talon-toroj sodir etishning xususiyatlarini (davomli yoki takroranligini) to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Davomli talon-toroj qilish deb, umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yo‘naltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil etuvchi bir-biriga o‘xshash bir necha jinoiy qilmishlar bilan o‘zganing mulkini qonunga xilof ravishda tekin olib qo‘yish (egallab olish) tushuniladi.
Davomli jinoyatda aybdorning xatti-harakati sodir etilgan barcha talon-toroj epizodlari bo‘yicha zarar summalarini qo‘shganda hosil bo‘lgan miqdordan kelib chiqib kvalifikatsiya qilinadi.
Jinoyatning takroran sodir etilgan-etilmaganligi masalasini hal qilishda Jinoyat kodeksining 32-moddasi mazmunidan kelib chiqish lozim.
Takroran sodir etilgan talon-torojni kvalifikatsiya qilishda barcha epizodlar bo‘yicha aniqlangan umumiy talon-toroj summasi emas, balki zarar miqdori eng ko‘p bo‘lgan epizod bo‘yicha talon-toroj summasi asos qilib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini talon-toroj qilish JK 167-moddasining ikkinchi qismi dispozitsiyasida alohida kvalifikatsiya belgisi sifatida nazarda tutilganligi sababli, mansabdor shaxsning bunday xatti-harakatlari, agar aybdorning qasdi o‘zganing mulkini egallashga qaratilgan bo‘lsa, JK 19211 yoki 205-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinmaydi.
Biroq mansabdor shaxsning qilmishida alohida, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish qasdi bilan bog‘liq bo‘lmagan hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish tarzidagi jinoyat tarkibi mavjud bo‘lsa, bunday qilmish tegishincha JK 167 va 205-moddalarida yoki 19211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinmog‘i kerak.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tushuntirib o‘tilsinki, agar mansabdor shaxs o‘zi sodir etgan talon-toroj jinoyatini yengillashtirish yoki yashirish maqsadida rasmiy hujjatlarga bila turib yolg‘on ma’lumotlar va yozuvlar kiritgan bo‘lsa, uning qilmishi tegishincha JK 167 va 209-moddalarida yoki JK 167 va 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinmog‘i kerak.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Agar mansab soxtakorligi mansabdorlik jinoyatining subyekti bo‘lmagan boshqa shaxslar bilan ishtirokchilikda sodir etilgan bo‘lsa, bunday ishtirokchilarning harakatlari, basharti ular talon-toroj jinoyati ishtirokchisi bo‘lmasa, JK 228-moddasi bilan emas, balki mazkur Kodeksning 28, 209-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i kerak.

Download 53,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish