Jazolarni liberallashtirish to‘G‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida



Download 53,71 Kb.
bet7/7
Sana03.06.2022
Hajmi53,71 Kb.
#633804
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JAZOLARNI LIBERALLASHTIRISH 9917

(14-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
15. Jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararning qoplanishi jabrlanuvchining buzilgan huquqlarini tiklashning muhim kafolati ekanligi hamda sudlanuvchi uchun muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqarishi munosabati bilan sudlar zararning qoplanishiga imkon beradigan barcha huquqiy vositalardan foydalanishi shart.
Shu maqsadda, moddiy zarar bir guruh shaxslarning birgalikdagi xatti-harakatlari oqibatida yetkazilgan jinoyat ishlarini ko‘rayotganda sud ishning muayyan holatlarini inobatga olib hamda Fuqarolik kodeksining 1000-moddasida belgilangan talablarga amal qilib, bunday shaxslarga nisbatan solidar emas, balki hissali javobgarlik yuklashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy javobgarlik turi, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash usulini belgilashga oid masalalarni hal etishda Oliy sud Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 26-sonli qarorida berilgan tushuntirishlardan kelib chiqish lozim.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
16. Bitta ish bo‘yicha, biroq alohida sodir etilgan va umumiy qasd bilan qamrab olinmagan, ayrimlari talon-toroj qilganlik uchun, boshqalari esa, mansabga sovuqqonlik bilan qaraganlik yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan solidar moddiy javobgarlik belgilanmaydi. Mazkur xatti-harakatlar talon-toroj sodir etilishiga ma’lum darajada sharoit yaratib bergan hollar ham bundan mustasno emas.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan shaxs tomonidan hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng qoplangan taqdirda kassatsiya, nazorat instansiyasi sudi bu jazo turini JK 61, 62-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga asosan boshqa jazo turi bilan almashtiradi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Bunda, agar moddiy zarar qoplangan kunga qadar o‘talgan jazo muddati boshqa jazo turi uchun qonunda belgilangan eng ko‘p miqdordan oshgan bo‘lsa, sud jazoni o‘talgan deb hisoblaydi hamda mahkumni darhol qamoqdan ozod qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yuqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Sudlar shuni e’tiborga olishi lozimki, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga oid ishlar bo‘yicha moddiy zarar qoplanganligi munosabati bilan ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarning tayinlanishi, mahkum jarimani to‘lashdan yoki majburiy jamoat ishlari yoxud axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, bu jazoni yana ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosi bilan almashtirish imkoniyatini istisno etmaydi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
20. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonun normalarining to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bilan bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudlari har bir ish bo‘yicha jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni qo‘llashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida aniqlashlari va tuzatishlari, shuningdek xususiy ajrimlar chiqarish orqali ularga munosabat bildirishlari kerak.
Toshkent sh.,
2004-yil 21-may,
4-son
Download 53,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish