Jinoiy odil sudlov g-potok 1-guruh Xudoyberdiyev Javohir 23-kazus



Download 35,65 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi35,65 Kb.
#660227
Bog'liq
Fuqarolik 23-kazus


Jinoiy odil sudlov G-potok 1-guruh Xudoyberdiyev Javohir
23-kazus
Andijon viloyati, Baliqchi tumani Zafarobod qishlog‘ida to‘y marosimi davomida to‘y egasi kurash uyushtirmoqchi ekanligi aytdi va kurashga sovrin uchun turli-tuman mukofotlarni qo‘ydi. Fuqaro Axror va Botir to‘yda sovrin uchun kurash tushishadi va Botir qo‘chqor va qo‘y yutib oladi. Mukofotni olish uchun o‘z amakivachchasini to‘y egasinikiga sovrinni olish uchun yubordi. Biroq to‘y egasi birinchidan, Botirning o‘zi kelishi kerakligini, ikkinchidan, va’da qilingan mukofotning faqatgina yarmini berishi mumkinligini aytdi. Aslini olganda, va’da qilingan mukofotni hammasini bermasa ham hech narsa qila olmasligini bildirdi. Bu holdan jahli chiqqan Botir tanish yuristi R. dan maslahat so‘raydi. R. ushbu holatni mukofotni oshkora va’da qilish deb baholab, to‘y egasini sovrinni to‘lash bo‘yicha fuqarolik-huquqiy javobgarlikka tortish mumkin degan fikrni aytdi. Botir bularni to‘y egasiga yetkazganda, to‘y egasi bunga e’tiroz bildirdi va Botirga sovrinni to‘lab berish majburiyatini hech qanday yo‘l bilan isbotlab bera olmasligini ta’kidladi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.

Javob:
Kazusdan quyidagi muammoli vaziyatlarni ajratib olishimiz mumkin.

  1. To‘y egasining to‘y marosimi tugagandan keyin kurash uchun mukofotni bekor qilishi mumkinmi?

  2. Ushbu holatda fuqarolik huquqiy javobgarlik yuzaga kelganmi?

To‘y egasining to‘y marosimi tugagandan keyin kurash uchun mukofotni bekor qilishi mumkinmi?
Kazusga javob berishdan avval ommaviy tanlov shartnomasi xususida to‘xtalib o‘tsak maqsadga muofiq bo‘lar edi. Fuqarolik kodeksining 976-moddasida Ommaviy tanlovni tashkil etish haqida to‘xtalib o‘tilgan.
Ishni eng yaxshi bajarganlik yoki boshqa natijalarga erishganlik uchun pul mukofoti to‘lash yoki boshqa mukofot berish to‘g‘risida (mukofot to‘lash to‘g‘risida) oshkora (ommaviy tanlov) e’lon qilgan shaxs tanlovni o‘tkazish shartlariga muvofiq uning g‘olibi deb topilgan kimsaga shartlashilgan mukofotni to‘lashi lozim.
Masalan bir shaxs mobil telefonini yo‘qotib qo‘ydi va uni topgan odamga ma’lum bir miqdorda pul mukofoti berishni vada qildi. Endi shu mobil telefonni topib olib keltirib bergan shaxsga mukofot taqdim etilishi kerak.
Ommaviy tanlov tanlovni uyushtiruvchining tanlovda ishtirok etishga taklifi matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan barcha xohlovchilarga qaratilganda ochiq yoki tanlovda ishtirok etishga taklif tanlovni uyushtiruvchining xohishi bo‘yicha muayyan doiradagi shaxslarga yuborilganda yopiq bo‘lishi mumkin.
Masalan ko‘pkari yana shunga o‘xshash sovrunli musobaqalar o‘tkazishda musobaqa unga tikilgan yutuqlar ommaviy tartibda e’lon qilinadi va musobaqada qatanashish istagini bildirgan har qanday shaxs musobaqaga kelish va sovrunni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Biror bir o‘quv markazi tomonidan uyushtiriladigan sovrunli musobaqalarda faqtgina shu o‘quv markazining o‘quvchilarigina ishtirok etishlari uchun o‘zlarining alohida guruhlarida e’lon qilinadi va musobaqaga faqat shu o‘quv markazning o‘quvchilarigina qatnashishi va sovrunga ega bo‘lishi mumkin.
Tanlovni uyushtiruvchi tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslarni dastlabki saralashdan o‘tkazgan taqdirda, ochiq tanlovda uning ishtirokchilarining dastlabki malakasi haqida shart qo‘yilishi mumkin.
Ommaviy tanlov to‘g‘risidagi e’lon topshiriqning mohiyatini nazarda tutuvchi shartlarni, ishning natijalarini yoki boshqa yutuqlarni baholash mezonlari va tartibini, ularni taqdim etish joyi, muddati va tartibini, mukofotning miqdori va shaklini, shuningdek natijalarni e’lon qilish tartibi va muddatlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Masalan ommaviy tanlov to‘g‘risidagi e’londa topshiriqning mazmuni yaniq qanday hollarda topshiriq to‘la tartibda bajarilganligi ko‘rsatib berilgan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari mukofotning turi, miqdori va qayerda berilishi haqida e’lon qilingan bo‘lishi kerak.
Endi bevosita kazusga to‘xtaladigan bo‘lsak. Andijon viloyati, Baliqchi tumani Zafarobod qishlog‘ida to‘y marosimi davomida to‘y egasi kurash uyushtirmoqchi ekanligi aytdi va kurashga sovrin uchun turli-tuman mukofotlarni qo‘ydi. Ushbu vaziyatda to‘y egasining to‘y marosimi davomida kurash uyushturmoqchiligi va unga sovrunli mukofotlarni qo‘yishini e’lon qilganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunda to‘y egasi ommaviy tanlov tashkil etmoda chunki kurashda yutgan shaxslarga sovrunli yutuq e’lon qilingan.
Kazusimizda to‘y egasi ommaviy tanlov shartnomasi shartlarini bajarmasdan uni o‘zgartirishga yoki bekor qilishga urunayotganligini ko‘rishuimiz mumkin.
Ommaviy tanlov shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish Fuqarolok kodeksining 997-moddsida ko‘rsatib o‘tilgan unda:
Ommaviy tanlov e’lon qilgan shaxs ishlarni taqdim etish uchun belgilangan muddatning faqat birinchi yarimi mobaynida uning shartlarini o‘zgartirishga yoki tanlovni bekor qilishga haqli.
Masalan bir o‘quv markaz tomonidan musobaqa o‘tkazildi mukofot e;lon qilingan endi mukofotni miqdorini o‘zgartirish yoki uni bekor qilish uchun mukofot e’lon qilgan shaxs ishlarni taqdim etish uchun belgilangan muddatning yarmida o‘zgartirishi yoki bekor qilishi mumkin hisoblanadi. Agar ish yakunlangandan keyin e’lon qilingan mukofotning miqdorini o‘zgartirigan yoki bekor qilgan taqdirda bunday o‘zgartirish yoki bekor qilish qonunga xilof hisoblanadi va bu o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Tanlov shartlarini o‘zgartirish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida tanlov qanday usulda e’lon qilingan bo‘lsa, shunday usulda xabar berilishi lozim.
Masalan kazusda to‘y marosimida sovrunli kurash musobaqasi tashkil etilishi qanday tartibda e’lon qilingan bo‘lsa, uni o‘zgartirish yoki bekor qilish ham shunday tartibda e’lon qilinish kerak. Kazusimizda to‘y marosimi egasining kurash musobaqasi tugagandan keyin unda vada qilingan mukofotni bermaslik yoki o‘zgartishishi qonunga xilof hisoblanadi.
Tanlov shartlari o‘zgargan yoki u bekor qilingan taqdirda, tanlov e’lon qilgan shaxs e’londa nazarda tutilgan ishni konkurs shartlarining o‘zgartirilishi yoki uning bekor qilinishi o‘ziga ma’lum bo‘lguncha yoki ma’lum bo‘lishi lozim bo‘lguncha bajargan har qanday shaxsning xarajatlarini to‘lashi lozim.
Masalan bir shaxs yuqolgan buyumini topib olganga ma’lum miqdorda mukofot e’lon qidi. Bir muncha vaqt o‘tsa shu vaqt oralig‘ida buyumni topib olgan shaxs unga keltirib berguncha u buyum topilmaganligi uchun mukofotni bekor qilganligi haqida e’lon qildi. Shu vaqt buyumni topib olgan kishi unga buyumini qaytardi va mukofotni talab qildi. Shunda mukofot e’lon qilgan shaxs mukofotni to‘lab berishi kerak.
Kazusimizdagi vaziyatga to‘xtaladigan bo‘lsak ushbu kazusda mukofot e’lon qilgan shaxs mukofotni birinchidan ommaviy e’lon qilish tarzida bekor qilmagan. Sovrunni olish uchun tashrif buyurgan vaqtda uning miqdorini o‘zgartirilganligi yoki bekor qilinganligini yutuqni yutgan shaxsga ma’lu qilgan ushbu vaziyatda mukofot elon qilgan shaxs belgilangan shartlar to‘laqonli bajarilganligi uchun belgilangan mukofotni to‘la miqdorda yani o‘zgartirishlarsiz to‘lab berishi kerak.
Agar tanlov shartlarini o‘zgartirishda yoki uni bekor qilishda ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan talablar buzilgan bo‘lsa, tanlovni e’lon qilgan shaxs e’londa ko‘rsatilgan shartlarga javob beradigan ishni bajarganlarga mukofot to‘lashi lozim.
Tanlovni e’lon qilgan shaxs, agar ko‘rsatilgan ish tanlovdan mustasno tarzda, xususan, tanlov to‘g‘risidagi e’longa qadar bajarilganligini yoxud avval boshdanoq tanlov shartlariga nomuvofiq bo‘lganligini isbotlasa, xarajatlarni to‘lash majburiyatidan ozod qilinadi.
Agar to‘y marosimi o‘zi egasi tashkil etgan kurash musobaqasida har xil g‘irromlik yani kurashchilar tomonidan avval boshdan kelishib olish va shunga o‘xshash tanlov shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan har qanday vaziyat aniqlangan taqdirda to‘y egasi tomonidan e’lon qilingan mukofotni bermaslik huquqiga ega bo‘lar edi. Ammo kazusda hech qanaqa shartlarning buzulishiga yo‘ln qo‘yilmaganligini ko‘rishimiz mumkin shuning uchun yutuq to‘la miqdorda to‘lanishi kerak.

Ushbu holatda fuqarolik huquqiy javobgarlik yuzaga kelganmi?


Endi bevosita mukofotni to‘lash majburiyati haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak. Fuqarolik kodeksining 981-moddasiga qaraydigan bo‘lsak; E’londa ko‘rsatilgan harakatni kim unda belgilangan muddatda bajarsa, o‘shanga pul mukofoti to‘lash yoki boshqa mukofotni berish to‘g‘risida (mukofotni to‘lash to‘g‘risida) oshkora e’lon qilgan shaxs tegishli harakatni sodir etgan har qanday shaxsga va’da qilingan mukofotni to‘lashi shart.
Masalan A shaxs tomonidan savdo sotiqda kim beldilangan miqdorda haridni amalga oshirsa unga turli xil boshqa mahsulotlar qo‘shib berilishi haqida e’lon berildi. Natijada shunday harakatni amalga oshirgan shaxslarga belgilangan mukofot qo‘shib berilishi kerak bo‘ladi.
Endi kazusdagi vaziyatga to‘xtaladigan bo‘lsak kazusda e’londa ko‘rsatilgan harakatlar belgilangan tartibda bajarilganligini ko‘rishimiz mumkin bunday vaziyatda sovrunni e’lon qilgan shaxs belgilangan miqdordagi sovrunni to‘lab berishi kerak.
Mukofotni to‘lash majburiyati mukofot va’da qilinishi uning kim tomonidan va’da qilinganini aniqlash imkonini bergan taqdirda yuzaga keladi. Va’daga qiziqish bildirgan shaxs va’dani yozma ravishda tasdiqlashni talab qilishga haqli va, agar haqiqatda mukofot to‘g‘risidagi e’lon unda ko‘rsatilgan shaxs tomonidan qilinmagan bo‘lib chiqsa, bunday talab qo‘yilmaganligi oqibatlari xavfi uning zimmasida bo‘ladi.
Masalan bir shaxs ma’lum bir harakatni amalga oshirganlik uchun mukofot e’lon qildi. Shu shartlarni to‘liq tartibda bajargan tomonidan mukofotni faqat e’lon qilgan odamdan talab qilib olish huquqiga ega.
Agar mukofotni oshkora va’da qilishda uning miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u mukofotni va’da qilgan shaxs bilan kelishuvga ko‘ra aniqlanadi, nizo kelib chiqqan taqdirda esa sudda aniqlanadi.
Masalan bir shaxs tomonidan yuqolgan buyumini topgan odamga mukofot berishini aytdi lekin mukofotning miqdorini ko‘rsatmadi. Endi yuqolgan buyumni topib olgan shaxs mukofotni olib kelganda ma’lum miqdorda oul mukofoti yoki taraflarda kelishmovchilik kelib chiqqanda sud tartibida miqdorni belgilib olish huquqiga ega.
Mukofotni to‘lash majburiyati, tegishli harakat e’lon qilinishi munosabati bilan yoki undan mustasno tarzda bajarilganidan qat’i nazar, yuzaga keladi.
E’londa ko‘rsatilgan harakatni bir necha shaxs sodir etgan hollarda, ulardan tegishli harakatni birinchi bo‘lib sodir etgani mukofotni olish huquqiga ega bo‘ladi.
Kazusimizda bir necha shaxsning musobaqada qatnashishi va unda yakka bir shaxsning g‘olibligi natijasida mukofotga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Agar e’londa ko‘rsatilgan harakat ikki yoki undan ortiq shaxs tomonidan bajarilgan bo‘lsa va ulardan qaysi biri tegishli harakatni birinchi bo‘lib sodir etganini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, shuningdek, agar harakat ikki yoki bundan ortiq shaxslar tomonidan bir paytning o‘zida sodir etilgan bo‘lsa, mukofot ular o‘rtasida bab-baravar yoki ularning o‘zaro kelishuvida nazarda tutilgan miqdorda taqsimlanadi.
Masalan test musobaqasida ma’lum miqdorda pul mukofoti e’lon qilingan va musobaqada ikki ishtirokchi tomonidan bir xilnatija ko‘rsatilgan ammo ularning qay biri oldinroq testni ishlab bo‘lganligining aniqlash imkoni mavjud bo‘lmagan taqdirda belgilangan pul mukofotini taraflarning kelishuvi asosida taqsimlanishi mumkin.
Agar mukofot to‘g‘risidagi e’londa boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa yoki unda ko‘rsatilgan harakat xususiyatidan kelib chiqmasa, bajarilgan harakatning e’londa mavjud bo‘lgan talablarga muvofiqligi mukofotni oshkora va’da qilgan shaxs tomonidan aniqlanadi, nizo kelib chiqqan taqdirda esa sudda aniqlanadi.
Eni mukofot haqidagi oshkora vadani bekor qilish haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak. Fuqarolik kodeksining 982-moddasiga ko‘ra Mukofot to‘lashni oshkora e’lon qilgan shaxs berilgan va’dadan xuddi shunday tartibda voz kechishga haqli, voz kechishga yo‘l qo‘yilmasligi e’lonning o‘zida nazarda tutilgan yoki undan kelib chiqadigan yoki mukofot va’da qilingan harakatni sodir etish uchun muayyan muddat berilgan yoxud voz kechishni e’lon qilish paytiga kelib bir yoki bir necha qiziqish bildirgan shaxslar e’londa ko‘rsatilgan harakatni bajarib bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Mukofot e’lon qilinganda mukofotni e’lon qilgan shaxs yuqorida aytganimizdek mukofotni berishdan voz kechish huquqiga ega qachonki xuddi shunday mukofotni miqdori o‘zgarganligi yoki bekor bo’lganligi haqida e’lon qilgan holatlardagina. Ammo kazusimizdagi vaziyatda mukofotni e’lon qilgan shaxs tomonidan mukofotni miqdoring o‘zgarganligi yoki bekor qilinganligi xususida hec qanday e’lon qilinmasdan turub belgilangan shartlar to‘liq bajarilib yakunlangandan so‘ng mukofotning miqdori o‘zgarganligi agar xohlasa uni bermasligi ham mumkinligi haqida mukofotni yutgan shaxsning vakiliga aytgan. Ushbu vaziyatda mukofot e’lon qilgan shaxsning hatti harakatlari qonunga xilof hisoblanadi.
Mukofot haqidagi oshkora va’dani bekor qilish mukofot to‘g‘risida e’lon qilgan shaxsni qiziqish bildirgan shaxsga u e’londa ko‘rsatilgan harakatni bajarishi munosabati bilan qilgan xarajatlarini qoplashdan ozod qilmaydi. Qoplash miqdori barcha hollarda e’londa ko‘rsatilgan mukofotdan ortiqcha bo‘lishi mumkin emas.
Agar shaxs mukofot haqidagi oshkora vadani bekor qilgan taqdirda u e’londa ko‘rsatgan harakatlarni bajargan shaxsga e’londa ko‘rsatilgan mukofotni to‘lashdan ozod etmaydi.
Kazusimizda mukofot e’lon qilgan shaxs agar mukofotni berishdan bosh tortgan taqdirda ham mukofotni yutgan shaxsga mukofotni to‘lab berishga majbur.
Endi bevosita kazusimizdagi muammoga to‘xtaladigan bo‘lsak; Andijon viloyati, Baliqchi tumani Zafarobod qishlog‘ida to‘y marosimi davomida to‘y egasi kurash uyushtirmoqchi ekanligi aytdi va kurashga sovrin uchun turli-tuman mukofotlarni qo‘ydi. Ushbu shaxsning harakatlaridan ko‘rishimiz mumkinki ushbu vaziyatda ommaviy tanlov tashkil etilmoqda. Fuqaro Axror va Botir to‘yda sovrun uchun kurash tushdi. Kurash natijasiga ko‘ra Botir belgilangan shartlarni to‘liq bajarib qo‘chqor va qo‘y yutub oldi. Biroq to‘y egasining Botir tomonidan belgilangan shartni bajargandan so‘ng belgilangan yutuqni faqat yarmini berishi mumkinligini agar hohlasa umuman bermasligini ma’lum qilgan. Ushbu vaziyatda Botirov o‘zining o‘rniga qonuniy vakilini mukofotni olib kelishga yuborish huquqiga ega. Ammo mukofot e’lon qilgan shaxs ham mukofotni yutgan shaxsning manfaatini ko‘zlab qonuniy vakildan haqiqatdan ham aynanan shu shaxsning nomidan kelganligini tasdiqlovchi dalil ko‘rsatishini talab qilishi mumkin.
Ushbu holatda to‘y egasining belgilangan yutuqni bermasligi fuqarolik-huquqiy munosabatni keltirib chiqarmoqda. Agar u belgilangan shart bajarilgandan keyin yutuqni berishdan bosh tortsa, belgilangan shartni bajargan shaxs tomonidan sudga murojaat qilish orqali o‘zining buzulgan huquqlarini tiklash yani qonuniy manfaatini talab qilib olosh huquqiga ega bo‘ladi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki ushbu vaziyatda ommaviy tanlov e’lon qilgan shaxs agar ommaviy tanlovda e’lon qilingan yutuqni o‘zgartirish yoki bekor qilish istagi paydo bo‘lgan taqdirda, ommaviy shartnoma e’lon qilingan vaqtning birinchi yarmidan kechiktirmasdan xuddi shunday tartibda ommaviy tanlovni o‘zgartirilganligi yoki bekor qilinganligi haqida e’lon qilishi kerak edi. Ushbu vaziyatda Botirov o‘zining qonuniy vakiliga topshiriq berish orqali belgilangan yutuqni olib kelishni topshiriq berishi mumkin. To‘y egasi qonuniy vakildan haqiqttan ham Botirovning topshirig‘i bilan kelganligini tasdiqlovchi biror dalil so‘rash huquqiga ega.
Kazusda to‘y egasining ommaviy tanlov tashkil etib u yakunlangandan keyin yani belgilangan vazifalar to‘liq bajarilagandan keyin vada qilingan yutuqni betrmaslikni yoki uni miqdorini kamaytirib berishini aytganini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu vaziyatda to‘ybegasining qilgan hatti harakati qonunga zid hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism 976-981-997-modda);
2. Fuqarolik huquqi 1- qism. Zokirov.I.2006
3. Fuqarolik huquqi. Q.II/ M.Abdusalomov, X.Azizov, B.Axmadjonov va boshq.; O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent Davlat yuridik institute. – Toshkent: Adolat, 2007.

29.08.1996. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) (lex.uz)

Download 35,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish