Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi



Download 57,2 Kb.
bet12/15
Sana08.02.2023
Hajmi57,2 Kb.
#909256
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
jinoyat huquqi tushunchasi va predme (1)

Demokratizm prinsipi

Demokratizm prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi-ning 6-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, jamoat birlashma-lari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin.


Ushbu prinsip, ya’ni demokratizm prinsipi:
birinchidan, jinoyat sodir etgan shaxslarni axloqan tuzatish maqsadini ko‘zlaydi;
ikkinchidan, qonunda nazarda tutilgan hollarda jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariarning jalb qilinishini ta’minlaydi.
Demokratizm prinsipining asosiy vazifasi jinoyat sodir etgan shaxslarni qayta tarbiyalash jarayonida jamoat birlashmalarini, jamoatchilikni jalb etish hisoblanadi. Albatta, ushbu ishga jamoat birlashmalarini jalb qilish shartlari, shakli va tartibi qonunda alohida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi kerak.
Demokratizm prinsipini boshqacha tarzda “jamoatchilik yordami prinsipi” deb ham atash mumkin. Ushbu prinsipning bunday nomla-nishiga sabab – jinoyat qonunida jinoyat sodir etgan shaxslarni qayta tarbiyalashda jamoatchilik yordamiga taya’nilganliging ushbu norma orqali ifodalangan. Ayrim olimlar fikriga ko‘ra,19 demokratizm prinsipi ijtimoiyizm davridan qolgan bo‘lib, qonuniylik prinsipining buzilishiga olib keladi. Lekin bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki jinoyat sodir etgan shaxsni qayta tarbiyalash insonparvarlik prinsipining asosini tashkil etib, demokratizm prinsipi jinoyatchilarni kayta tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi va ularni qayta tarbiyalashning shakllaridan biri hisoblanadi.
Insonparvarlik prinsipi

Bu prinsip Jinoyat kodeksining 7-moddasida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, uchta asosiy qoida (norma)larni o‘z ichiga oladi:



  1. Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadani ko‘zlamaydi.

  2. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan uning axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak.

  3. Jazoning maqsadiga Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin.

Insonparvarlik prinsipi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, uning asosi Konstitutsiya’ning 26-moddasida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, hech kim qiynoqqa soli-nishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Insonparvarlik prinsipi:
birinchidan, jamiyatning har bir a’zosining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini, uning huquq va erkinliklarini jinoyat huquqiy vositalar orqali himoya qilinishini ta’minlash;
ikkinchidan, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo chorasi qiynoq , zo‘ravonlik, jismoniy azob, inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqlardan xoli bo‘lishi ma’nosida qo‘llaniladi.
Jinoyat qonunchiligida insonparvarlik prinsipining mazmuni ijtimoiy tuzumning ijtimoiy-siyosiy mohiyati bilan bog‘liq vazifalarni yechishda odil sudlovning maqsadi va jinoyat-huquqiy vositalar bilan belgilanadi.
Insonparvarlik prinsipi boshqa prinsiplar bilan birgalikda jinoyat sodir etgan shaxs bilan munosabatda bo‘lish qoidalari, xalqaro standartlar hamda fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarining himoya qilinishi belgilangan normalarga mos ravishda jinoyat-huquqiy vositalarning qo‘llanilish tizimini belgilaydi.
Bu prinsip Jinoyat kodeksining bir necha moddalarida o‘z aksini topgan. Xususan, Jinoyat kodeksi 2-moddasida jinoyat qonunining vazifalari sifatida shaxs, uning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Shuningdek, Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlarning mustahkamlangani jinoyat qonunimizning inson-parvarlik prinsipiga amal qilingan holda tuzilganligidan darak beradi.
Jinoyat kodeksi Maxsus qismi esa shaxs, uning hayoti, sog‘lig‘i hamda huquq va erkinliklarini muhofaza qilish haqidagi normalarni o‘z ichiga olgan bo‘lim va boblardan boshlangan.
Yuqorida aytib o‘tilgan: “Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi”, -degan norma insonparvarlik prinsipining asosiy qoi-dasi hisoblanadi. Shuning uchun ham 2001-yil 29-avgustdagi qonunga ko‘ra Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra o‘lim ja’zosi belgilangan jinoyatlar soni 41 taga qisqartirildi. Hozirgi kunda esa faqat “og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish” (97-modda 2-qismi), “terrorizm” (155-modda) jinoyatlari uchun o‘lim ja’zosi belgilangan bo‘lib, oldin bunday jinoyatlar soni 13 ta edi. Bu esa o‘z navbatida insonparvarlik prinsipining amal qilish doirasi kengaygan-ligidan dalolat beradi.
Shuningdek, insonparvarlik prinsipi jinoyat huquqining javob-garlik va jazodan ozod qilish institutida ham amal qiladi. qonun chiqa-ruvchi organ tomonidan Jinoyat kodeksiga “Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari”, deb nomlanuvchi alohida bo‘limining kiritilganligi ham insonparvarlik prinsipidan darak beradi.

Download 57,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish