Jismoniy madaniyat


Boshqaruv uslublarining kommunikativ imkoniyatlari



Download 8,05 Mb.
bet52/534
Sana25.01.2022
Hajmi8,05 Mb.
#408721
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   534
Bog'liq
2 5278312741457630177

3.Boshqaruv uslublarining kommunikativ imkoniyatlari.

            Boshqarishning iqtisodiy usullari—mavjud Goriy) ijtimoiy tizimning ob’yektiv iqtisodiy manfaatini ko’zlagan holda xo’jalik yuritish usullaridir. Bu usullar tarkibiga rejalashtirish, narx-navoni shakllantirish va boshqa iqtisodiy ko’rsatgichlar kiradi. Amaliyotda xo’jalik yuritish jarayonida sharoitlar o’zgaradi.Sharoitlarning o’zgarishiga qarab, qo’yilgan maq-sadni inobatga olgan holda, xo’jalikni olib borish mexanizmini, jamiyatdagi mavjud qonunlarni buzmagan holda, o’zgartirish kerak.

         Iqtisodiy munosabatlar quyidagi manfaatlarni qondirishi kerak:

         1.Jamoatchilik manfaati, (qurilishlar, transport va hokazolar).

         2.Tashkilot   manfaati   (ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   rejasi   va hokazolar).

         3.Shaxsiy manfaat, (malaka oshirish, ish haqi va boshqa daromad-lar).

         Jamiyatdagi ishlatiladigan richaglar uchchala manfaatlar bo’yicha ijobiy natijalarga olib kelishi kerak. Lekin, bu narsa doimo kuza-tilavermaydi, ya’ni ba’zida umumiy ko’rsatgichlar bajariladiyu, shaxsiy ko’rsatkichlar to’la inobatga olinmaydi.To’la xo’jalik hisobida ishlay-digan korxonalarda bu uchchala ko’rsatkich, daromadga bo’lingan holda inobatga olinishi kerak.Shaxsiy manfaat juda nozik narsa. Shuning uchun ham har bir ijrochiga rejaviy ko’rsatkichlar, molning narxi, daromad, ashyo sarfi va boshqa qiziqtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlar etkazilishi kerak. Shunday bo’lganda, har bir xodimning faolligi, mas’uliyatligi keskin oshadi.Bu esa ishlab chiqarish hajmining, mol sifatining, daromadning, ish unumdorligining oshishiga olib keladi.Har bir xodim ishning pirovard natijasini oshirishga da’vat qiluvchi kishiga aylanadi.

Rahbar avtoritar boshqaruv uslubini qo’llar ekan, u tashkilotning rasmiy tizimini ta’minlashga asosiy e’tiborini qaratadi. Bu uslubda ma’lumot faqat vertikal yo’llar orqali keladi, xodimning mas’uliyat chegarasi aniq bo’lib, har qanday xato qattiq jazolanadi, shaxsiy munosabatlar iloji boricha rasmiy tus oladi va hissiyotga o’rin qolmaydi.

Demokratik boshqaruv uslubida jamoadagi do’stona munosabatlar rivojlanadi, rahbar guruh faolligi tarafdori, rasmiy tizimda shaxsiy manfaatlar xam nazarda tutilib, muloqot yuritishga keng yo’l ochib beriladi.

Liberal boshqaruv uslubida esa rahbar jamoadagi norasmiy tizimni rivojlantiradi va muvaffaqiyatga erishishda rasmiy, ma’muriy shakldan ko’ra jamoaning norasmiy munosabatlari ustun qo’yiladi. Tashkilotda yangi kommunikasiya tarmoqlari yaratilishiga keng yo’l ochiladi va hatto bunday tashabbus ijobiy baholanadi. Xodimlar ish me’yorini o’zlari o’rnatishadi va uning bajarilgani uchun o’zlari mas’uldirlar. Xodimlar o’rtasida hamkorlik munosabati ustun turadi. Jamoa tavakkalga mushohada bilan bemalol boradi, har qanday qiyin vazifani ham yengil bajaradi.

Yuqorida aytib o’tilgan uch xil boshqaruv uslubi jamoada turlicha muhitni yaratadi. Avtoritar rahbarlik uslubida guruhda hokimlikka intilish namoyon bo’ladi, mansabga ruju qo’yiladi, demokratik uslubli jamoada xodim uni tan olishlarini, hurmat va obro’ qozonishni istaydi va nihoyat, liberal uslubli jamoada muvaffaqiyatga erishish istagi ustun bo’ladi.

Sanab o’tilgan rahbarlik uslublari jamoadagi mehnat samarasi uchun turlicha asos yaratadi. Avtoritar uslub ta’siridagi jamoa doimo «tepadan» ko’rsatma kutib yashaydi va tashabbus ko’rsatolmaydi. Shuning uchun bunday guruh samarasi ham sust. Guruh a’zolarida ishdan ham, o’zaro munosabatlardan ham qoniqish past darajada.

Demokratik rahbarlikka asoslangan jamoaning ish unumi o’rta, ixtiro va tashabbuslar soni ham o’rta me’yorda, guruh a’zolari ishdan va o’zaro munosabatdan qoniqqan.

Liberal tamoyilga asoslangan jamoda esa unumdorlik yuqori, mehnatdan va o’zaro munosabatdan qoniqish baland, xodimlar o’zaro hamkorlikka boradi va yordam ko’rsatishga doimo tayyor.

Ishlab chiqarish sohasidagi ba’zi tadqiqotlar natijasida boshqaruv uslubi va guruh samaradorligi o’rtasida ham aloqa aniqlandi. Bunga binoan, avtoritarlik va demokratik boshqaruv uslubi guruh faoliyatining deyarli bir xil samarasini ta’minlaydi, ammo guruh a’zolari demokratik uslub qo’llanganda ishdan ko’proq qoniqadilar. Agar xodimning ishdan qoniqishi motivatsiya omili sifatida qaralsa, bu juda ahamiyatli mezon ekanligi ko’zga tashlanadi.

Ko’p adabiyotlarda an’anaviy uch rahbarlik uslubiga baho berishda liberal uslub eng samarasiz yoki boshqaruv maqsadlaridan uzoq turuvchi vosita deb, ta’rif beriladi. Ammo bunday fikrga jiddiy e’tirozlar bildirish mumkin. Tajriba va kuzatishlarning ko’rsatishicha, liberal boshqaruv uslubi ayrim hollarda samarali natijaga olib keluvchi vositaga aylanishi mumkin. Agar rahbar ataylab va ongli ravishda liberal uslubni tanlasa, ongli ravishda xodimga mas’uliyatni o’ziga olish imkonini bersa, bu xodim xulqini jamoa orqali boshqarish kabi yuksak mahorat belgisi bo’lishi mumkin. Agar o’xshatish qilsak, avtoritar boshqaruvda rahbar faqat o’z o’rinbosarlari bilan muloqotda bo’ladi va ma’muriy choralar bilan cheklanib qoladi, demokratik boshqarishda rahbarning jamoa bilan bevosita munosabat o’rnatishi kuzatiladi. Liberal uslub esa xodimni, jamoani jonlantirish orqali boshqarish demakdir. Liberal uslubda xodim rahbar ketidan emas, balki jamoa orqasidan boradi va guruhga mos kelishga intiladi.

Jamoa faolligi korxona maqsadlariga mos ravishda borayotgan sharoitda, mas’uliyatni o’ziga olib tashabbus ko’rsatayotgan paytda guruh faoliyatiga aralashmaslik va xodimni guruh hayoti og’ushiga kiritib qo’yish, balki eng maqbul boshqaruv bo’lib hisoblanadi. Ongli ravishda olib borilgan liberal boshqaruv uslubi o’ta murakkab bo’lib, bu jarayonda rahbar maqbul yo’l tanlanishida barcha faollikni jamoaga topshiradi, rahbarning vazifasi to’g’ri maqsadni ko’rsatib berishi emas, balki shu maqsad guruh tomonidan tanlanishi uchun sharoit yaratishdan iborat bo’ladi.


Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish