Jismoniy tarbiya tizimining tashkiliy asoslari



Download 25,5 Kb.
Sana22.07.2022
Hajmi25,5 Kb.
#839554
Bog'liq
Kanatov Alixan Malika Nurg\'ali jis tarb


JISMONIY TARBIYA TIZIMINING TASHKILIY ASOSLARI.  
Kanatov Alixan Yelsuyerovich Zarafshon shahar 9-umumiy o'rta ta'lim maktabining jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi
Malika Nurg'ali Nurjaliyevich Zarafshon shahar 9-umumiy o'rta ta'lim maktabining jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi
Annotatsiya. Jismoniy tarbiya shakllari davlat rahbarligida va jamoatchilik asosida birga olib borilishidan iborat. Davlat va jamoatchilik shakllarining birligi jismoniy tarbiyaning ikkala shaklining tashkiliy asosini yaratadi.
Kalit so’zlar. Gimnastika, o‘yinlar, turizm, sport, sport klassifikatsiyasi, harbiy bo’lim, kategoriya, Madaniyat va sport ishlari, davlat dasturi.
Jismoniy tarbiyani tashkil etishning davlat shakli, maktabgacha muassasalarda, umumta’lim maktablarida, litsey, o ‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlarida va oliy o'quv yurtlarida, harbiy bo’lim va boshqa kategoriyadagi tashkilotlarda jismoniy mashqlar, sport mashg‘ulotlarini davlat dasturi talablariga ko‘ra o‘tkazilishi majburiydir. Dastur talablarini bajarish uchun rahbarlar, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar: o‘qituvchilar, muallimlar, trener-instruktorlar davlat oldida javob beradilar. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning asosiy rahbar organi Madaniyat va sport ishlari vazirligidir. Bunga taalluqli qo‘mitalar respublikalarda, viloyat, tuman, o‘lka va avtonom respublikada mavjud. Davlat yo‘li orqali, jismoniy tarbiya masalalarining formalarini tashkil qilish bilan birqancha vazirlik, qo‘mita va boshqarmalar shug'ullanadi. Ulardan asosiylari: Respublika Xalq ta’limi vazirligi (bolalar yaslisi, bog‘chalari, umumta’lim maktablari, har xil tipdagi maktabinternatlar, bolalar va o‘smirlar sport maktablari); Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi vazirligi (kollejlari, institutlar, bolalar saroylari va boshqalar). Mudofaa vazirligi (harbiy bo‘linmalar, kollej, litseylar, maktablar, institutlar, akademiyalar). Sog‘liqni saqlash vazirligi (meditsina bilim yurtlari va institutlari, davlat fizkultura kabinetlari, shifokor-fizkultura dispanserlari, sog‘lomlashtiruvchi muassasalar). Madaniyat ishlari vazirligi (madaniyat va istirohat bog‘lari, klublar, bilim yurtlari, institutlar). Ichki ishlar vazirligi (bo’linmalar, bilim yurtlari, maktablar, akademiyalar). Milliy xavfsizlik xizmati va boshqalar. Bundan tashqari, jismoniy tarbiya ijtimoiy-ko‘ngilli, jamoatchilik asosida ham olib boriladi. Bu turning asosiy vazifasi, ommaviy jismoniy harakati jarayonini jadallashtirishdan iborat. Aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb etuvehi jamoatchilik shaklining amaliyoti muntazam ravishda takomillashib, uning yangi shakllari vujudga kelmoqda. Masalan, umumiy o‘rta maktab o‘quvchilari uchun „Umid nihollari", „Barkamol avlod universiadasi“. Faqat oxirgi yillarda jamoatchilik jismoniy tarbiya tashkilotlarining tashabbusi bilan qator tashkiliy shakllari vujudga keldi: „Salomatlik guruhlari", „Havaskor yuguruvchilar klubi“, ,,Aerobika“, „Salomatlik so‘qmog'i“, „Hamma brigada bilan stadionga“ , katta yoshdagi aholi uchun „Quvnoq startlar“, „Charm to‘p“, „Oltin shayba" va bolalar uchun ko‘pgina boshqa musobaqalar, ayniqsa, ommabop musobaqalardan „Onam, otam va men — sport oilasi" keng yoyilib bormoqda. Ijtimoiy jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, akademik litsey-kollejlari, sanoat birlashmalari, davlat va jamoa xo‘jaliklari, uy-joy ekspluatatsiyasi o'rtoqliklari (UJEO‘lar), armiya bo‘linmalari va hokazolar qoshida tashkil etiladi. Ko‘ngilli — jamoalarning boshlang‘ich tashkiloti, quyi jismoniy tarbiya va sport jamoalari yoki sport klublari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bularning soni 250 mingdan ortiq bo‘lib, 75 million shug‘ullanuvchini o‘zida birlashtiradi. Ijtimoiy jismoniy tarbiya va sport harakatini kasaba uyushmalar boshqaradi. Eng takomillashgan jismoniy tarbiya tizimi ham, moddiy ta’minotsiz va mutaxassislikka o'qitmasdan, o‘z oldiga qo‘ygan vazifani hech qachon hal etolmaydi. Mamlakatimizning 25 o‘quv va 3 ilmiy-tekshirish institutlari, pedagogika institutlari va universitetlari qoshida 10 jismoniy tarbiya fakultetlari, 100 dan ortiq akademik litsey va kollejlari qoshida jismoniy tarbiyani amalga oshirish va boshqarish kadrlari, trenerlar va mutaxassislar tayyorlanadi. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportga ommaviy informatsiya manbalari: radio, matbuot, televideniyada katta e’tibor beriladi. Shu tashviqot ishlari tufayli, jismoniy tarbiya sohasida maxsus bilimlar va axborotlar tarqatish imkoni tug‘ildi. O‘zbekistonda ,,Sport“, ,,Futbol“ gazetalari, ,,Kurash“, „Fan — sportga“ jurnallari mavjud. Jismoniy tarbiya tizimining moddiy-texnik bazasi muntazam ravishda o‘sib, mustahkamlanib bormoqda. Davlat budjeti salomatlikni saqlash va jismoniy tarbiya va sport uchun belgilangan mablag‘ ajratadi. Bu manbalarga kasaba uyushmalari, sanoat korxonalari ajratgan mablag’larning ma’lum summasi ham qo'shiladi.
Har bir jismoniy mashqlar bir emas, bir necha xil tasnifda bo'lishi mumkin. Masalan, anatomik belgilar asosida berilgan tortilish (qo‘l muskullari va yelka) tasnifida ham, harakat sifatlarini (asosan, kuchni) rivojlantirish tasnifida ham berilgan. Demak, har bir mashq uchun yagona, alohida tasnif tuzish shart emas. Pedagogik vazifalarni hal etish uchun ko‘proq ahamiyatga ega bo'lgan tasniflarning belgilarini asos qilib olish mumkin. 1. Tarixiy belgilari shakllangan jismoniy tarbiya sistemasi bo‘yicha jismoniy mashqlar tasnifi (gimnastika, o‘yinlar, turizm, sport). Shu tasnif bo'yicha jismoniy mashqlar to‘rt guruhga bo'linadi: gimnastika mashqlari, tabiiy tashkil etilgan harakatlarning xilma-xilligi bilan, o'yin mashqlari, turistik jismoniy mashqlar, sport mashqlari, yagona sport klassifikatsiyasi asosida, standartlashtirilgan tabiiy ta’sir guruhlarini birlashtiradi. 2. Muskul faoliyatlarining xususiyatlari bo'yicha jismoniy mashqlar tasnifi (harakatli faoliyatlarni vujudga keltiruvchi yoki epchillikning rivojlanishiga ta ’sir etuvchi); shug'ullanuvchilardan tezlik va kuch talab qilinadigan mashqlar (masalan, qisqa masofaga yugurish, sakrash va boshqalar).
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

  1. Usmonxojayev T. S. J ismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari. “ O‘qituvchi“ 2005.

  2. Aliyev M.B., Usmonxojayev T. S., Sagdiyev X.X. Sport o'yinlari — Futbol. Ilm -Ziyo. 2007.

  3. www.ziyouz.com

Download 25,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish