Jordano bruno falsafiy qarqshlari



Download 24,91 Kb.
bet3/4
Sana31.12.2021
Hajmi24,91 Kb.
#271580
1   2   3   4
Bog'liq
1. 6-мавзу. Бруно

Jonning manguligi. Bruno hayoti va o‘limining o‘zi uyg‘onish davridagi mangu barhayotlik tushunchasining yaqqol namunasini namoyon etdi. Brunoning bu boradagi tasavvurlari uch g‘oyaga asoslanadi:


  1. Borliq uzra hayot yo‘qolmaydi; hayotning namoyon bo‘lish shakllaridan biri barbod bo‘lsa-da, uning kuchi so‘nmaydi, aksincha, yangi shakl kasb etadi. Mazkur fikrdan Bruno ham Pifagorchilar singari jonning ko‘chib yurishi (metempsixoz)ni tan olganligi ko‘rinib turibdi.




  1. Ammo individual shakl mangu emas, inson hayotining o‘ziyoq uning o‘tkinchiligiga dalildir. Tabiatda hamma narsa oqimdir, hammasi bir onda ro‘y beradi, hech biri keyingi lahzaga qolmaydi. Eskilik o‘ladi, ammo (xuddi o‘lim urug‘i hayotni tug‘dirgani kabi) yangilarni bunyod etadi.




  1. Eski shakldan yangisiga o‘tayotgan narsa xuddi tana ruhga g‘ilof bo‘lganidek eski individuallik ham emas yoki peripatetiklar ta’kidlagan aqlning mavhum tasavvurlari ham emas. YAngi shakl faqat kuchli intilish va orzularga jonbaxsh etadi, jo‘shqin ruh shijoati esa qahramonlarcha haqiqatni bilish va uning nurini odamlarga keltirish sari intilishga undaydi.

Xuddi Suqrot va Iso singari Bruno ham o‘z o‘limini haqiqat yo‘lidagi jasorat deb ishongan. U o‘limni nafaqat o‘zi uchun, balki uning qahramonliklaridan ilhomlanuvchi kishilar uchun ham enga olgan. Bunday o‘lim tabiatan o‘limga mahkum inson uchun mangulikka yaqinlashish imkoniyati hisoblanadi. Cheklangan hayotni cheksiz universal hayot uchun qurbon qilish orqali inson o‘zining erdagi hayotini oqlab, eng qisqa yo‘l bilan mangulikka erishadi.


Bruno olam va Yagonani aynanlashtiradi. Bruno ta’limotida agar materiya va shakl Yagonaning birinchi ikki “ipostasiya”si bo‘lsa, ularning qo‘shilishi Plotin qarashlaridagi kabi transendent Yagonani tashkil etmaydi, ammo borliqni yahlitligicha o‘ziga singdirib olmog‘i lozim. “Demak, olam yagona, cheksiz va harakatsiz... U materiya ham emas, shaklga ham ega emas, ega bo‘lishi ham mumkin emas. U cheksiz vachegarasizdir. U shakl ham emas, hech narsani shakllantirmaydi ham, zero, u hamma narsada mavjud... U borliq harakatida zohir,ammo o‘zi harakatlanmaydi.SHu bois u paydo ham bo‘lmaydi, yo‘qolmaydi ham. Hamma narsada oqim ustuvor: “Hech narsani ikki marta o‘z-o‘ziga aynan deyish mumkin emas”.
Kuzanskiyning “Mutlaq Minimum” tushunchasini Bruno “birlamchi materiya” va narsalarning “substansiyasi” sifatida talqin etadi. “Yagona bo‘linmaslik xususiyatini kasb etadi”. “Tabiat ma’lum kichik nuqtalargacha etib borish mumkin bo‘lgan, hech bir san’at o‘z quroli bilan ham erisha olmaydigan bo‘linish jarayonida yuzaga chiqadi”. Minimumdanharakat vositasida Atomlar, monadalar tarqaladi. Demak, geometriyada harakatsiz nuqta barcha shakllarni jamlanganholda aks ettiradi, harakat vositasida esa ularni yoyib yuboradi. Bruno “Har qanday harakat tashqi turtki vositasida yuzaga keladi” degan konsepsiyani inkor etadi. “Atomlar harakati o‘zlarining ichki ibtidolari tufayli sodir bo‘ladi”. Xuddi kichik bir uchqun olam yong‘ini imkoniyatini aks ettirganidek Minimum, aniqrog‘i, atom ham o‘zida barcha imkoniyatni aks ettiradi. Kampanella:“Bruno ta’limotidagi atom tushunchasi xudoga teng”, – deb ta’kidlaydi.
Qahramonlik entuziazm. Bruno shaxs mangu barhayotligini axloqiylikning asosi sifatida inkor etadi. “Zotan, biz yangitdan hayot kechirish va qaytadan mavjud bo‘lishni orzulaganimizda ham, u hayot biz hozir kechirayotganimizdek bo‘lmaydi. Zero, bu hayot asrlar osha qaytmas bo‘lib o‘tib ketadi”. Demak, hayot shunday qisqa ekan, uni mumkin qadar faoliyat, mehnat va mushohada bilan o‘tkazmoq kerak. Bruno hayotining o‘zi ham ana shu qahramonlik entuziazm g‘oyasining yaqqol namunasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. “Bizning zamonamizda faqat qahramonlik jasorati bilangina haqiqatga xizmat qilish mumkin, – deya xitob qiladi Bruno, – Qahramonlik entuziazmi insonni jismoniy iztiroblardan-da, hatto o‘limdan-da yuksaltiruvchi, faqatgina faylasufgagina xos ruhiy quvvatdir. Men fikrlarim, so‘zlarim hamda harakatlarimda samimiyat,soddalik, va haqiqatdan boshqa narsaga ega emasman,bundan boshqasini bilmayman,intilmayman ham...”
Uyg‘onish davrining buyuk mutafakkiriiga bag‘ishlangan bob xulosalanarkan, uning germetik izlanishlariga tо‘xtalib о‘tishga tо‘g‘ri keladi. «Bruno Renesans magiyassini uning majusiylikka borib taqaladigan manbalariga qaytaradi: u Fichinoning magiyaning asosiy manbasi bо‘lgan Asklepeni niqoblagash orqali zararsiz, qulay magiya yaratishga qilgan zaif urinishini

butkul inkor etgan holda, «Asklepiya», siz xristiancha germetizm yaratishga uringan diniy germetiklarni qoralab, Origen asarlarida saqlanib qolgan nasroniylar bilan bahsda, ularni yagona


neoplatonizmning aqlga muvofiq quyoshning ilohiy g‘oyasiga yaqinlashtirgan, tabiiy xudolarning yunoncha kulti va Misr dinini nasoralar tomonidan yо‘q qilinishidan yozg‘irgan Sels kabi о‘zini Misrliklarninng haqiqiy izdoshi deya e’lonn qiladi»1
Brunoning yagona borlik haqidagi ta’limotida borliqning asosida yotuvchi barcha arsalarni birlashtiruvchi yakkayu-yagona ruhiy kuch haqida gapiriladi, Yagonalik kuchi borliq asosida yotadi va borliqning о‘zi ham yagona kuchning borlig‘idir. Bruno fikricha borliqdagi barcha narsalar bir-biri bilan bog‘liqdir. Materiya va ruh tabiat va inson, xudo va tabiat, yagona borliqni tashkil etadilar. Bu borlikdan tashqarida hech qanday borliq mavjud emas. Yagonalik prinsipi bu dunyodagi barcha narsalarni bir-biriga bog‘lab qо‘yadi. Yagonalik prinsipi mutlaq va absolyut, harakatsizdir.
Brunoning yagonalik prinsipi aslida yagona borliqdir. U moddiy shaklga ega emas. U materiya emas. Chunki uning moddiy shakli yо‘q. U aslida butun koinot va borliqdir. Yagona borliq harkatsizdir va barcha moddiy narsalarning harakati zaminida yotadi. Yagona borliq ta’limoti asosida ziddiyatlarning birligi masalan: maksimum va minimumlarning birligi, shakl va materiyaning birligi, xudo va tabiat birligi yotadi. Barcha narsalarning xilma-xilligi asosida ham yagona borliq prinsipi yotadi. Bu g‘oyani Bruno о‘zining "Shamdon" komediyasida ifoda etgan.
Materiya va shaklni J.Bruno yagona borliq prinsipi asosida tushuntiradi va uni sxolastikadagi materiya va shaklni ajratish tamoyiliga qarshi kо‘yadi. Materiya va shakl haqidagi ta’limotni Bruno yagona borliq haqidagi ta’limotning bir qismi deb hisoblaydi. Real narsalarni Bruno g‘oyalar olamidagi g‘oyalarning soyasiga о‘xshatadi. Materiyani Bruno aktiv faol kuch deb hisoblaydi va uni barcha boshqa kuchlardan ustun qо‘yadi. Materiyada harakatchanlik prinsipi yotadi. U doimiy harakatda va о‘zgarishdadir. Materiyada imkoniyat va zaruriyat kuchlari yaxlit birlikni tashkil etadi. Yagona borliq prinsipi yaqqol kо‘rinadi. Materiyaning tuzilishi haqidagi qarashlarida J. Burno qadimgi atomist faylasuflarning qarashlariga murojaat qiladi. Burno о‘zining qarashlarida antik atomistlarining fikrini rivojlantirib materiya va nuktaning birligi haqidagi fikrni aytib о‘tadi. Shunday qilib, barcha koinot nuqtalarida materiya mavjud deb hisoblaydi.
Panpsixizm va "olamiy jon". Brunoning ta’limotida materiyaning shakllar yaratishga qodirligi "olamiy jon" deb nom oladi. Bu olamiy jon moddiy borliqda mavjud va undagi barcha narsalardan ustun turadi. Olamiy jon va borliqdagi barcha jonlarni, undagi barcha moddiy narsalarni ham yaratadi. Koinotning ruhlanganligi haqidagi ta’limot Aristotelning harakatsiz borliq xakidagi ta’limotiga qaratilgan edi. Aristotel ta’limotida barcha narsalarning harakat sabablari tashqi birinchi turtki bilan bog‘langan edi. Bruno ta’limotida esa barcha narsalar ichki harakat manbasiga ega. Bu manbaga ulardan olamiy jonning faoliyatidir.
Bu faoliyat ruhiy kuch va qudrat natijasida paydo bо‘ladi. Bruno fikrmcha koinotdagi barcha narsalar о‘zining ruhiy kuchiga egadir. Aynan shu kuch harakatning ichki sababchisidir. Undan tashqari bu ruhiy kuch koinotdagi barcha narsalarni ongligiga sababchidir. Shunday qilib, Bruno о‘ziniyg ta’limotida koinotdagi barcha moddiy narsalarning harakatini va ongini ularda yashiringan ichki ruhiy kuch mavjudligidan kelib chiqadi deb hysoblaydi. Bu ruhiy kuch narsalarni harakatga keltiradi va ularga ongni ham beradi.
Bruno Aristotel ta’limotidagi bо‘shliqni inkor etuvchi hakidagi g‘oyani inkor etadi. Bruno о‘zining makon haqidagi ta’limotida bо‘shliq va xaos tо‘g‘rttsidagi fikrlarni aytib о‘tadi. Bruno fikricha makon materiya bilan birgalikda bо‘shliq sifatida mavjud bо‘lgan. Materiya joylashgan bо‘shliq Bruno fikricha makondir. Makon materiyaning joylashgan joyi bо‘lib materiyaning harakati ham makonda bо‘shliq mavjud bо‘lganligi uchun ham mumkindir. "Makonning oо‘shlig‘i bu moddiy narsalarning harakatga keladigan joyidir» deb yozadi Bruno.





1Copleston F. History of philosophy. Vol. 2. - New York-London-Toronto-Sydney-Auckland, 2003. – P. 214.

Bruno Aristotel tomonidan vaqtni harakatdan, materiyadan va makondan ajratilgan holatda tushinishga qarshi chiqadi. Bruno fikricha vaqt materiyaning harakati va makon bilan bog‘liqdir. Shuning uchun vaqt nisbiydir, Bruno vaqtni materiyaning harakati bilan bog‘lar ekan uni davomiylik sifatida tushunadi. Vakt borliqdagi osmon jismlarining harakati bilan ham bog‘likdir. Har xil moddiy jismlarning harakatlari bilan bog‘liq bо‘lgan vaqt ham har xildir. J Brunoning makon va zamon haqidagi ta’limoti uning yangi koyemogonik nazariyani yaratishi bilan bog‘liq edi.
Brunoning yangi kosmologiya uchun kurashi. Brunoning yangi kosmologisi uning naturalistik panteizmi bilan bevosita bog‘liq edi. Bruno Kopernikning kashfiyotini faqat matematik nazariya deb hisoblashga qarshi chiqdi va uni rivojlantirib, о‘zining yangi kosmologiyasining asosiga qо‘ydi. Kopernik nazariyasini maqtar ekan Bruno uni N. Kuzanskiy ta’limoti bilan bog‘laydi va buning natijasida Kopernikning nazariyasi Bruno kosmologik ta’limotida о‘zgargan holatda ishlatiladi.
J. Brunoning kosmologiyasining asosiy g‘oyalari Aristotelning ratsionalistik formal mantaqga asoslangan falsafiy ta’limotidagi g‘oyalarga qarshi karatilgan edi. Brunoning kosmologiyasida koinot cheksiz, shuning uchun unda hech qanday markaz yо‘q. Xatto quyosh ham koinotning markazinini tashkil etmaydi. Cheksizlikdagi har bir nuqta markaz bо‘lishi mumkin. Bu kosmologik nazarriyadan Bruno olamning yagonaligi va birligi haqidagi fikrni ham shakllantiradi. Borliqning yagonaligi haqidagi g‘oya koinotdagi barcha jismlarni bir turdagi ruhlangan materiyadan tashkil topganligiga olib kelar edi. Yer, va boshqa osmon jismlari bir-biri bilan bevosita aloqada va ularning harakatlari bir xil qonunlarga bо‘ysunadi. Yer va yerdagi hayot koinotdagi barcha borliq jismlarga va ulardagi hayotga о‘xshaydi.
Tiriklik va hayotiylik materiyaning asosiy xususiyatlaridan biridir. Shuning uchun boshqa sayyoralarda ham hayot mavjud. Lekin uning shakllari har xil bо‘lishi mumkin. Bundan tashqari Bruno fikricha kosmosdagi barcha osmon jismlari xuddi yerga о‘xshash ruhlangandir. Ularni о‘ziga xos ongi mavjud. Demak, boshqa osmon jismlarida ham ongli mavjudotlar bо‘lishi mumkin. Butun koinot tirik, harakatda va onglidir. Koinotdagi osmon jismlari tinimsiz harakatda bо‘lgan barcha narsalar о‘tkinchidir. Shuning uchun osmon jismlari va ulardagi turli tuman mavjudotlar qachonlardir paydo bо‘lgan vaqt о‘tgandan yeо‘ng yо‘qoladilar. Brunoning shunday xulosa qiladi. Koinotdagi barcha narsalar о‘tkinchidir, lekin koinotning о‘zi abadiydir. Bruno ta’limotida koinot materialistik ta’limotdagi koinotdan katta farq qiladi.undagi koinot ruhlangan, ongga ega va undagi harakat manbaasi qalbi bо‘lgan olamiy jon mahsulidir. Brunoning panteistik ta’limoti irratsional xarakaterga egadir. Unda materiya va ruh birlashgan. Materializm va idealizmga xos bо‘lgan birlamchi ekanligi masalasi Bruno falsafasida qо‘yilmaydi materialistlar ta’limotida materiya birlamchi, ruh esa ikkilamchidir, idealistlarda ruh birlamchi, materiya esa ikkiamchi edi. Brunoning panteistik naturfalsafasida esa nima birlamchiyu nima ikklamchi masalasi qо‘yilmaydi. Uning о‘rniga Bruno mageriyani ham ruhiy ruhlangan shaklda tushunadi. Materiya о‘zi Bruno uchun Ollohning kalbi bо‘lgan olamiy jonning mahsulidir. Bunday dunyoqarashni XX asr falsafasida irratsionalizm deb atashdi. Brunoning panteistik naturfalsafasidagi juda kо‘p g‘oyalar ayniqsa makon va zamonning nisbiyligi vaqtni davomiylik sifatida tushunish ularning harakat bilan bog‘liqligi materiyaning ruhlanganligi, materiyada hayotiy jо‘shqinlik mavjudligi va bu hayotiy jо‘shqinlik ijodkorlik kuchini tashkil etishi Bergsonning hayot falsafasidagi nihoyatda kо‘p fikrlar bilan bir xildir.
Koinotning cheksizligi Brunoning fikricha koinotning о‘zi cheksiz, undagi osmon jismlari chegaralangan, ya’ni ular qachonlardir paydo bо‘lgan va qachonlardir yо‘qoladi. Undan tashqari bо‘shliqda ularning о‘z о‘rni bor. Koinot esa abadiydir. Koinot hech qachon yо‘qolmaydi. U harakatsizdir va undan tashqarida hech qanday makon va zamon yо‘q. Bо‘shliq, undagi harakat qiluvchi jismlar nisbiy makon va nisbiy zamon bularning barchasi koinotga xosdir. Lekin koinotning о‘zi abadiydir. Sxolastika falsafasi moddiy olamni chegaralangan deb uni Ollohshng borligiga qarama-karshi qо‘yishgan. Bruno aynan shu qarma-qarshilikka qarshi chiqadi. Xudoning cheksizligi va qudrati moddiy olamning cheksizligi orqali tajalli etadi. Undan tashqarida emas. Shunday kilib Brunoda tabiatdagi mutanosiblik, mukammallik va gо‘zallik

xudo tabiat bilan birlashib ketganligidan kelib chiqadi. Tabiat xudoga teng emas, Xudo tabiatning о‘zida mavjud va u bilan birlashib ketgan. Tabiatdagi barcha о‘zgarishlar ham xudoning yaratuvchilik qudratidan kelib chiqadi.


Shunday kilib Brunoda tabiat xudo, xudo tabiatdir. Brunoning bilish nazariyasi asosida panteistik qarashlar yotadi. Xudo tabiatning ichida mavjud bо‘lib u tabiatni ichidan о‘zgartiradi va bu 5'zgarishlar mukammaldir. Brunoning bilish nazariyasiga neoploton sistemasiga xos bо‘lgan ayrim fikrlar mavjud. Brunoning fikricha moddiy olamdagi barcha jismlardagi jon bir xildir. Bruno inson faoliyatining yerdagi о‘zgarishlarga olib kelishi haqidagi fikrlarni keltiradi. Mehnatning rivojlanish natijasida inson tafakkuri ham rivojlanib boradi. Insondagi tafakkur moddiy olamdagi rivojlanish jarayonlarini aks ettiradi. Bu о‘zining bilish nazariyasida hissiy bosqichni aqliy bosqichdan ajratadi. Hissiy bilish olamdagi murakkab qonunlarni aks ettira olmaydi.
Intellekt hissiy bilimga ta’sir etganidek hissiy bilimga ham tasir etadi. Ular bir zinadan foydalanishadi. Hissiy bilimdan keyingi bosqichda aql joylashgan. U hissiy bilimdagi ma’lumotlarni yig‘ib gasavvurlarni yaratadi va ulardan foydalanadi. Aqldan ham yuqorida intellekt joylashgan. Intellekt aql ma’lumotlaridan foydalanadi va ularni umumlashtiradi. Intellekt barcha ma’lumotlarni о‘rganmasdan faqat о‘ziga keraklilarini ajratadi. Bu ma’lumotlarni intellekt umumlashtiradi va ulardan foydalanadi. Intellekt barcha narsalarning mohiyatiga intilib, ularni ochishga harakat qiladi. Inson dunyoqarashining kengayishi sari uning intellektual salohiyati ham oshib boradi. Bruno ta’limotida bilimning amaliy ahamiyati mistik tasavvur bilan sug‘orilgan.
Brunoning fikricha magiya bu donishmand inson bо‘lib uning barcha harakatlari tabiatning sirli yashiringan kuchlarini yaxshi bilishdan kelib chikadi. Bunday sirli qoidalarni bilish insonning amaliy faoliyati darajasini kengaytiradi va bilimlardan unumli foydalanish uchun keng miqyosda imkoniyat ochib beradi. Tabiiy magiya bu aslida tabiatdagi voqealar va hodisalarga taqlid kilishga asoslanadi va bu taqlid qilish yо‘li bilan insonning amaliy faoliyati chegaralari kengayadi. Bruno fikricha haqiqat obyektivdir, amaliy va nazariy faoliyatning birlashishi natijasida unga erishish mumkin. Jordano Bruno hurfikrlilik talabini ham oldinga suradi. Bruno fikricha intellekti yuqori darajada bо‘lgan shaxslar kо‘pchilikning fikriga moslashmaydi. Ularning zehnlari о‘tkir bо‘lib, kelajakni kо‘ra biladilar. Ular о‘z davri kurtak otgan va kelajakda gullab yashnaydigan g‘oyalarni oldinga suradilar.

Download 24,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish