Dars muqaddas



Download 3,3 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi3,3 Mb.
#211296
Bog'liq
alisher navoiyning farxod va shirin


Aim.Uz

Ul zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidur!”.

O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimov


DARS MUQADDAS

9-sinf adabiyot 05.10.2017-yil

Mavzu: “Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni matni ustida ishlash” (1 soat)

Darsning texnologik xaritasi

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

5 daqiqa

3

Uyga vazifani baholash

10 daqiqa




(Klaster, Venn diogrammasi, o`rgmchak to`ri metopdlari va og`zaki so`rash orqalio`tilgan dars baholanadi.)




3

Yangi mavzuni yoritish:

a) lug`atlar bilan ishlash



10 daqiqa

5 daqiqa


4

Yangi mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

5

Baholash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa


Darsning maqsadi:

a)ta’limiy

-

o'quvchilargni Navoiyning "Hayrat ul-abror" dostoni matni bilan tanishtirish, mazmunini tahlil qilish;

b)tarbiyaviy

-

o'quvchilarda insoniy ezgu fazilatlarni tarkib toptirish, ular rostgo`ylikni tarbiyalash;

d)rivojlantiruvchi

-

mumtoz asarlarni tahlil qilishga o`rgatish, bunday asarlar tilini qiyosiy o`rganish.

Dars jihozlari:

-

9-adabiyot darsligi, Navoiy asarlaridan namunalar, rasmlar, mavjud texnik vositalar.

Darsning uslubi

-

tahlil, suhbat.

Darsning rejasi:

1

Uy vazifasi tahlili




2

Ifodali o`qish daqiqasi




3

Darslik bilan ishlash




4

Lug`at bilan ishlash




5

Mustahkamlash




6

Dars yakuni va uyga topshiriq


Darsni tashkil qilish:

1

Sinf honaga kirib bolalar bilan salomlashish.




2

Xonani tozzaligi va o`quvchilarni davomatini aniqlab olish

Uyga vazifa tahlili:

Alisher Navoiyning Farhod va Shirin asari o`qib o`rganib kelish


Mustaxkamlovchi savollar:

  1. Navoiydan bizga qanday asarlar meros bo`lib qolgan?

  2. Ularni lirik, epik, liro-epik, ilmiy hamda biografik asarlar tarzida tasniflab, sanab bering.

  3. Xamsachilik an'anasi, xamsanavislar to'g'risida qanday tasavvurga ega bo'ldingiz?

  4. "Xamsa" yozishda Navoiy qanday ijodiy tamoyillarga tayanganligini gapirib bering.



Darsning borishi:

Mavzumizni boshlashdan oldin qisqacha “Xamsa” yaratish tarixiga ham to`xtalib o`tamiz.

Xamsa


Xamsa — bu Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari klassik adabiyotining tarixiy, oʻta murakkab, 5 dostondan tashkil topadigan adabiy janridir. „Xamsa“ (arab. خمسة ‎) soʻzidan olingan boʻlib, „beshlik“ degan maʼnoni anglatadi. Odatda xamsaning barcha dostonlari sheʼriy masnaviy shaklda yozilgan.




Xamsachilik tarixi

Xamsa janrnida ijod etishni ulug' ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. Ganjaviy o'z xamsasini 1141-1201-yillar oralig'ida yaratgan bo'lib, u dastavval beshlik yozishni ko'zda tutmagan. Nizomiy 1173-1179-yillarda Arzin hokimi Faxriddin Bahromshohga bag'ishlab "Maxzan-ul-asror" ("Sirlar xazinasi") nomli hamdnomani bitgan. 1180-1181-yilda Iroq hukmdori To'rg'ul II ning iltimosiga ko'ra "Xusrav va Shirin" dostonini yaratadi. 1188-yilda Astaxan I Nizomiyga "Layli va Majnun" ni yozishni buyuradi.1196-yilda hukmdor Allovudin Ko'pra Arslonning topshirig'i bilan shoh Bahrom haqida "Haft paykar" ("Yetti go'zal") bitildi. 1196-1201- yillarda "Iskandarnoma" yaratildi. Shunday qilib besh doston dunyo yuzinki ko'radi. Ganjaviy bu dostonlarni jamlab, bitta nom bilan, ya'ni "Panj ganj" ("Besh hazina") deb nomlaydi va xamsa janriga asos soladi.

Nizomiydan yuz yildan so'ng asli shahrisabzlik turkiy urug' avlodidan bo'lgan Husrav Dehlaviy(1253-1325) o'zining "Xamsa"sini 1299-1301 yillrda yozib tugalladi. U "Matla' ul-anvor"("Nurlarning boshlanmansi"), "Shirin va Husrav" , "Layli va Majnun" , "Hasht behisht" ("Sakkiz jannat"), "Oynayi Iskandariy"("Iskandarning oynasi") dostonlarini yaratib Nizomiy ishini davom ettirdi va natijada adabiyotshunoslikda xamsachilik an'anasi paydo bo'ldi.

"Xamsa" deb atalgan dostonlar to'plami quyidagi mavzularda bo'ladi:

1) Birinchi doston pand-nasihat shaklidagi ahloqiy-ta'limiy, ijtimoiy-falsafiy doston;

2) Husrav va Shirin munosabatlariga bag'ishlangan doston;

3) Layli va Majnunning ishqiy mojarolari aks ettirilgan, muhabbat mavzusidagi doston;

4) Shoh Bahrom haqidagi sevgi-sarguzasht dostoni;

5) Iskandar haqida qahramonlik dostoni.

Xamsachilikda ulkan yutuqqa erishgan xamsanavislar quyidagilar:

Husrav Dehlaviy(1253-1325)

Abdurahmon Jomiy (1414-1492)

Alisher Navoiy(1441-1501)[1]

Xamsa adabiyotshunoslikda, shuningdek tarixiy va tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyat kasb qiladi.
Shu o`rinda Navoiyning “Xamsa”sidan o`rin olgan dostonlarni ham bir eslab o`tsak maqsadga muvofiq bo`lar edi.

«Xamsa»



Xansa”ning birinchi dostoni . «Hayrat ul-abror» (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) – falsafiy, ahloqiy, ta’limiy asar.



Aruzning sa’ri bahrida yozilgan. Hajmi 3988 bayd bo`lgan 60 bob bo`lib, ularning 21 bobi muqaddima, 20 bobi hikmat va masallar hamda oxirgi ikki bobi xotimadan iborat. Bu doston 1483-yilda yozilgan.



«Farhod va Shirin». “Xamsa”ning bu ikkinchi dostoni ishqiy – sarguzasht xarakteridadir. Hajmi 5782 bayt. Aruzning hazaji musaddasi mahfuz vaznida yozilgan. Muallif bu dostonni “Shavq dostoni” deb ataydi. Chunki unda ishq kuylanadi, talqin qilinadi va ulug`lanadi.

Layli va Majnun” “Xamsa”ning uchinchi dostonidir. Unda majoziy muhabbatning ilohiy ishqqa tegishliligi, o`zining go`zal badiiy ifodasini topgan. Bu doston 1484- yilda yozilgan




Sab’ai sayyor” dostoni “Xamsa”ning 4- dostonidir. U yetti iqlim shahanshohi Bahrom taqdiri mavzusini yoritdi. Bu doston 1484-yilda yozilgan.


Xamsa”ning yakunlovchi dostoni “Saddi Iskandariy” dunyoning mashxur siymolaridan biri jahongir Iskandarga bag`ishlangan. Badiiy adabiyotda Iskandar adolatparvar, donishmand, buyuk insonparvar shaxs. Bu doston 1485-yilda yozilgan.



Biz bugun sizlar bilan “Xamsa”dan o`rin olgan ikkinchi doston “Farhod va Shirin” dostoni matni ustida ishlaymiz.

"FARHOD VA SHIRIN" - turkiy xalqlar adabiyotlarida anʼanaviy mazmunga ega boʻlgan va bir necha ijodkorlar tomonidan qalamga olingan ishqiy qissa va dostonlardan birining nomi.

Shirin va Farhod forstojik adabiyotida 10—11-asrlardan boshlab Abulqosim Firdavsiyning "Shohnoma", Nizomiy Ganjaviyning "Xusrav va Shirin", Xusrav Dexlaviyning "Shirin va Xusrav", oʻzbek shoiri Qutbning "Xusrav va Shirin" dostonlarida eng fidoyi oshiq va maʼshuqalar sifatida tasvirlangan. Alisher Navoiy Sharqda bu anʼanaviy ishqiy qissani qayta ishlab, uni yangidan shakllantirgan, Farhod va Shirinni dostonning bosh qahramonlari sifatida tasvirlagan va unga "F. va SH" deb nom qoʻygan.

Navoiy yigitlik davrida "Topmadim" radifi bilan yozgan gʻazallarining birida yoshligida oʻzi qayta qayta oʻqib, diliga jo qilgan dostonlar toʻgʻrisida soʻz yuritadi, unda shunday bir bayt bor:

Koʻp oʻkudum Vomiqu Farhodu Majnun qissasin,

Oʻz ishimdin bulʼ ajabroq dostone topmadim.

Demak, Navoiy yoshligidan boshlab mashhur oshiq va maʼshuqalar, shu jumladan, Farhod, Shirin haqidagi qissalarni koʻp va qayta qayta oʻqigan. Shu bilan birga, bu dostonlar vaqt oʻtishi bilan uning shaxsiyati, shaxsiy his tuygʻulari ila birlashib ketgan va koʻnglida Farhod va Shirin haqida butunlay yangi bir doston gʻoyasi shakllana boshlagan. Bu ijodiy reja esa 1483—84 yillarda amalga oshirilgan.

Navoiyning "F. va Sh." dostoni u yaratgan "Xamsa"ning 2-dostoni boʻlib, unda Farhod oddiy tosh yoʻnar oshiq emas, balki xoqonning oʻgʻli, aniqrogʻi, Xoʻtan mamlakati podshosining qarilikda koʻrgan yakkayu yagona farzandi boʻlib, yoshligidan fanning barcha sohalariga qiziqqan, harbiy bilimlarni, ayniqsa, tosh yoʻnarlik, kasbini egallashga uringan. U Shirinni otasi xazinasidagi sehrli oynada koʻrib, darhol sevib qoladi. Unga erishish uchun turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. U Arman elida Shirin uchun qazilayotgan ariqni bitkazish ishlarida oʻzining nimalarga qodir ekanini koʻrsatadi. Ammo bosqinchi Eron hukmdori Xusrav bilan kurashda xiyla bilan qoʻlga olinib, qahramonlarcha xalok boʻladi. Uning sevgilisi Shirin esa uning jasadi ustida jon beradi.

15-asrdan keyin turkiy xalqlar adabiyotida Farxod va Shirin nomlari bilan bogʻlangan dostonchilikka Navoiyning shu nomdagi asari oʻzining katta taʼsirini koʻrsatdi. Uygur shoiri Xirqatiyning (17-asr) "Muxabbatnoma va mehnatkom" hamda Abduraim Nizoriyning "Farhod va Shirin" dostoni Farhod haqidagi xalq afsona va rivoyatlari bilan bir qatorda Navoiy dostonidan ruxutanib yaratilgan. 19-asrda yashab ijod qilgan oʻzbek shoiri Mahzunning "Farhod va Shirin" dostonida ham Farhod bilan bogliq. Navoiy asarlaridagi asosiy syujet chizigʻi saqlangan. Bu dostonida Mahzun Navoiy gʻazallaridan ham foydalangan. Mashhur oʻzbek xalq baxshisi Fozil Yoʻldosh oʻgʻli repertuarida "Farhod va Shirin" dostoni ham boʻlib, mazmuniga koʻra u koʻp jihatdan Navoiy dostoniga yaqin.

1922 yilda "Farhod va Shirin" nomi bilan oʻzbek shoiri va dramaturgi Xurshid tomonidan musiqali drama, 1941 yilda mashhur ozarbayjon shoiri Samad Vurgʻun tomonidan drama asari yaratildi. Bu asarlarning yuzaga kelishida Navoiy dostoni birinchi manba boʻlishi bilan birga ularda ulugʻ shoir kuylagan insonparvarlik, mehnatsevarlik, zulmni qoralash goyalari, xalqchillik yanada yorqin oʻz aksini topdi.

“Farhod va Shirin” Alisher Navoiyning epik poeziya sohasidagi alohida katta muvaffaqiyatidir. O‘zbek, fors – tojik, ozarbayjon adabiyotlarida ishqiy sarguzasht qissalar uzoq tarixga ega bo‘lib, ishqiy mojarolar bilan to‘lib – toshgan bunday manzumalar asosida muayyan g‘oyaviy niyatni ifodalaydigan asarlar yaratish katta mahorat sanalgan.

Bugungi yoshlarimiz qiyofasida ham Navoiy idealidagi Farhodga xos xislatlar mavjud desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunonchi, yoshlarimizning bunyodkorlik ishlari, asriy tog‘larni zabt etishi, yer qa’ridan oltin qazib olishi, osmono‘par imoratlarni qurishi, mamlakatni bog‘u bo‘stonga aylantirishi, ilm – fan bobida dunyo olimlarini hayratda qoldirishi Navoiy orzularining hayotiy va real ekanligidan dalolatdir. Navoiy nafaqat o‘zbek adabiyotida, balki jahon adabiyotidagi eng yorqin siymolardan biridir. Bu buyuk bobokalonimiz qoldirgan ulkan merosda olam va odamga bog‘liq bo`lgan hodisalar favqulodda teran nigoh bilan tahlil etilgan. Ularda inson mohiyati, uning ijtimoiy vazifasi, burch va mas’uliyatlari, imkoniyat va ojizliklari yuksak badiiy ohanglarda tasvirlangan.

Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, “O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan biri — bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo‘tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so‘z yuritamiz. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha`nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir”.

Alisher Navoiy ijodining qimmati adabiyotshunos olimlar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Shuning uchun adabiyot darslarida mavzuni bayon etish, asar mazmuni haqida gapirish, qahramonlar sarguzashti, kurashini hikoya qilish, obrazlarni ijobiy yoki salbiyga ajratishning o‘zi yetarli emas. Aslida yozuvchining (ijodkorning) ichki olami, dunyoni talqin etishi, hayot voqealarini bayon etish san’ati, jamiyatga munosabati, eng muhimi, san’at vositasida kitobxonni ezgulikka, yuksaklikka yetaklashi, poetik mahorati, ijodiy metodi, falsafiy – estetik qarashlarini topa olish, uni o‘rganish badiiy asarda mavjud bo‘lgan yangi olam, yangi dunyo kishisining xarakterini topa olish va uni kitobxonga yetkaza olish san’atiga ega bo‘lgan o‘qituvchigina o‘quvchiga madaniy, ma’naviy oziq bera oladi va uni ijodiy fikrlashga undaydi.


O`quvchilar baholanadi: Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.

Dars yakuni:

Bugun biz sizlar bilan Alisher Navoiyning “Xamsa”sidan o`rin olgan 2- yirik doston “Farhod va Shirin” dostonini o`rgandik. Farhod obrizining qay darajada mard, o`ktam o`g`lonligi, Shirinni oqila, dono qiz ekanligini o`rgandik. Aziz o`quvchilar kelgusi darsimizgacha ,aktab kutubxonasidan “Xamsa” asarini olib “Farhod va Shirin” dostonini mustaqil ravishda o`qib o`rganib kelasizlar.
Darsni mustahkamlash:

  1. Navoiy nima uchun "Farhod va Shirhi"ni "shavq dostoni" deb ataydi? Unda ulug'langan ishq qanday mohiyatga ega edi?

  2. Navoiyuing mazkur asari qaysi jihatlari bilan xamsachilikdagi yangilik hisoblanar ekan?

  3. "Shabistonida tug'di bir yangi oy, Yangi oy yo'qqi, meg'ri olamoroy" baytini izohlang. Undagi "shabiston", "yangi oy", "mehri olamoroy" so'z va iboralarning istioraviy ma'nosini tushuuntiring.

  4. "Yuzinda ishq asrori yozilg'an, Ichinda dard ta'vizi qozilg'an" baytida Farhodga xos bo'lgan qaysi jihatlar ifoda etilgan?


Uyga topshiriq:

“Farhod va Shirtin” dostonini o`qib o`rganish.


Maktab direktorining o`quv tarbiyaviy

ishlari bo`yicha o`rinbosari: ______ 05.10.2017y. M.G`AFFOROVA


MAVZUGA DOIR TARQATMALAR


Alisher Navoiyning hayotidan qisqacha gapirib bering.




Alisher Navoiyning birinchi devoni qaysi va u nechinchi yilda yozilgan.

Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonidan o`rin olgan dostonlar va ularning tartiblanishi haqida gapirib bering

Alisher Navoiyning so`ngi asari qaysi?

Alisher Navoiyning taxalluslari haqida ma’lumot bering


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SURXONDARYO VILOYATI XALQ

TA’LIMI BOSHQARMASI
SHEROBOD TUMAIDAGI 17- UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABI ONA TILI VA

ADABIYOT FANI O`QITUVCHISI

TEMIROV SHAHBOZ

SHAVKATOVICHNING
9-SINFLAR UCHUN ADABIYOT FANIDAN

ALISHER NAVOIYNING “FARHOD VA SHIRIN” DOSTONI MATNI USTIDA ISHLASH” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

1 SOATLIK

OCHIQ DARS ISHLANMASI.



2017-2018-o`quv yili

8,1,6,3


4,5,2,7



Sherobod tumanidagi 17-sonli umumiy o`rtata’lium maktabining

ona tili va adabiyot fanlari o`qituvchisi Shahboz Temirov





Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish