Jurnalistikada axborot texnologiyalari



Download 1,58 Mb.
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi1,58 Mb.
#256917
1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu (1)

uchinchi toifa–telekommunikatsion media. Bu holatda soʼzlar, matnlar, grafika, suratlar yoki harakatlanuvchi tasvirlarni ushbu narsalar joʼnatilayotgan manba bilan isteʼmolchi oʼrtasida oʼzaro almashish imkoniyati mavjud boʼladi. Bu oʼrinda interaktivlik yuqori darajada boʼlib, «kuchli» deb ataladi. Telefon ham mana shu toifaga kiradi.

Shu oʼrinda «eng yangi medialar va eng yangi kommunikatsion texnologiyalar nima?» degan savol tugʼiladi. Javobning esa bir nechta variantlari mavjud. Birinchi variant juda oddiy, yaʼni 1980 yildan keyin paydo boʼlgan barcha texnologiyalar yangi hisoblanadi. Ikkinchi variant texnologik boʼlib, foydali signalni binar (raqamlangan) shaklda uzatiladigan barcha texnologiyalarni yangi deb hisoblaydi. Uchinchi variant yaqinda paydo boʼlgan boʼlib, qisqa vaqt ichida tarafdorlari soni koʼpayib ketdi, unga koʼra: odatda raqamli signaldan foydalaniladigan mulьtimedia texnologiyalari eng yangi kommunikatsiya texnologiyalaridir. Yuqorida keltirib oʼtilgan taʼriflarning har birining oʼz yutuq va kamchilik tomonlari mavjud. Masalan, birinchi variant keng koʼlamli boʼlib, undan koʼpgina savollarga aniq javob topib boʼlmaydi. Аytaylik, televidenieda stereotovush 1980 yildan keyin paydo boʼlgan, ammo u televidenieni sezilarli darajada oʼzgartirib yubordi, deyish mushkul. Uchinchi variant esa «eng yangi kommunikatsiya texnologiyalari» tushunchasini ancha toraytirib yuboradi.

Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi OАVlar tabiatini tubdan oʼzgartirib yubordi. «Ommaviy axborot vositalari» atamasining oʼzi yangicha mazmun bilan boyidi. Bugungi kunda u oʼzida anʼanaviy mass-medialarni, ommaviy auditoriya bilan ishlovchi global telekommunikatsiya tarmoqlari va texnologiyalarini - PR, reklama va boshqalarni birlashtirgan bir butun tizimdir. Mass-medialar tarkibini butunjahon oʼrgimchak toʼrining quyidagi xarakteristikalari oʼzgartirib yubordi: interaktivlik (dialoglilik Tarmoqning texnologiyasiga joylangan), multimediaviylik (matn bilan bir vaqtda ovozli, tasvirli va boshqa shakldagi belgili tizimlarni qoʼllash imkoniyati), alohida yondoshuv (maʼlum bir oʼquvchi yoki oʼquvchilar guruhining ehtiyoj va talablarini eʼtiborga olish imkoniyati tugʼildi), oʼlchovlilik (tarmoqda eʼlon qilingan u yoki bu materialning ommaviyligini aniqlash imkoniyatini beruvchi maxsus vositalar, masalan, xabarlarni hisoblagich mavjud), oʼzgaruvchanlik (materialni turli shakllarda bayon etish, uni tezda yangilash imkoniyatini beradi, foydalanuvchilarga esa sahifa qurilishida ishtirok etish imkoniyatini yaratadi), oʼzaro bogʼliqlik (Internet-maqolalardagi gipermatnli tuzilish juda koʼp miqdordagi turli-tuman axborot bloklarini oʼzaro bogʼlab turadi), tejamkorlik va boshqalar.

А xborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yana bir muhim elementi raqamlashtirish, yaʼni OАV mazmunini raqamli formatga oʼtkazishdir. Gazetalar kompyuterda teriladi va Internetda ularning elektron versiyalariga kirish mumkin. Raqamli radio chastotalar sonini koʼpaytiradi va uni Internetga ulanib, kompyuter orqali ham tinglash mumkin boʼladi. Televidenie ham raqamli formatga oʼtib bormoqda. Bu hol barcha anʼanaviy OАVlarga kirish va ulardan foydalanish imkoniyatini osonlashtiradi va kengaytiradi.

Bugungi kunda Internetda media resurslarning asosiy turlari ishlatiladi. Bular: televidenie va radiodir.

Medianing internet-jurnalistika turini taʼriflovchi atama borasida koʼplab turlicha fikrlar mavjudligini qayd etib oʼtishimiz lozim. Rossiyalik nazariyotchilarning bir qismi tarmoq jurnalistikasi tushunchasini yoqlaydi. Inglizzabon olimlar va amaliyotchilar esa on-line, yoki kiber-jurnalistika (on-line or cyber journalism) atamasini maʼqul koʼrishadi. Bizning mamlakatimizda esa tadqiqotchilar tomonidan koʼproq interaktiv yoki Internetjurnalistika tushunchasi qoʼllaniladi. Demak, on-line, yoki Internet-jurnalistika – Internet tarmogʼidagi elektron nashrlardir. Ular bosma nashrlarning elektron nusxasi, sof Internet-nashrlar yoki oʼzining bosma koʼrinishiga ham ega boʼlgan Internet-nashrlardir.

On-line jurnalistikani unda nafaqat professional jurnalistlar, balki virtual muloqotga ehtiyoj sezadigan barcha kishilarning faol ishtirok etishi mumkinligi ajratib turadi. Bundan koʼrinadiki, medianing bu turida interaktiv jurnalistika yaqqolroq namoyon boʼlar ekan. Internetning ommaviy kommunikatsiya vositasi sifatidagi oʼziga xosligini belgilovchi bir qator belgilar mavjud.


J umladan:

•globallik;

•markazlashtirilmaganlik;

•ommaboplik;

•foydalanuvchi tomonidan nazorat qilinishi.

Bu roʼyxat toʼla boʼlishi uchun tezkorlik va tejamkorlik kabi sifatlarni ham qoʼshib qoʼyish kerak. Yuqoridagilarning barchasi Internetdan foydalanuvchilar soni ortib borayotganini belgilovchi omillar hisoblanadi.

Oʼznetning media sektorida ikki toifadagi nashrlarni kuzatish mumkin. Birinchisi – oʼzlarining elektron namunalari bilan butunjahon oʼrgimchak toʼriga kirib borgan anʼanaviy OАVlarning evolyutsiyasi natijasida yuzaga kelgan. Boshqasi – asl tarmoqli boʼlib, avval boshdan veb-texnologiyalar bazasida yuzaga keldi va ayni paytda ham Internet makonida faoliyatini davom ettirmoqda.

Birinchi toifani shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1) Аnʼanaviy OАVlarning ekvivalent nusxalari yoki «klonlar»i. Odatda «klon» quyidagicha yaratiladi: gazetaning kundalik nusxasi olinib, veb-saytga joylashtiriladi. Bu oʼrinda mazkur Internetnashrning na maqsadga muvofiqligi, na iqtisodiy tomonlari, na auditoriyasi eʼtiborga olinmaydi. Oʼzbekistondagi aksariyat gazeta va jurnallar allaqachon oʼzlarining tarmoqdagi nusxalariga ega. Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʼllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʼarmasi shu maqsadlar uchun maxsus grantlar ajratgan edi.

Jamgʼarmaning www.mmf.uz saytidan yaratilgan saytlarning Internetmanzillarini topish mumkin. Yaqindan tanishib chiqilganda Oʼzbekistondagi aksariyat gazeta va jurnallarning tarmoqdagi nusxalari uchun bir xildagi kamchiliklar xos ekanligini koʼrish mumkin. Odatda Internet-nusxalar faqatgina nashrning bosma nusxasi chop etilgandan keyingina yangilanadi yoki butunlay oʼz holiga tashlab qoʼyilgan. Xatto, bosh sahifasidan yarim yil oldingi yangiliklar hali ham joy olib turgan Internet nashrlarni koʼrish mumkin. Baʼzan esa saytning bosh sahifasida koʼplab ruknlar («Iqtisodiyot», «Siyosat», «Taʼlim» va boshqalar) mavjud boʼlsa-da, amalda ularning bir-ikkitasidagina maqolalarni uchratish mumkin, xolos. «Klon»larning yana bir muammosi materiallarning Internet auditoriyaga moslashtirilmasdan joylashtirilishidadir. Аgar gazeta yoki jurnalda keng maʼnoli sarlavha va ruknlar odatiy hol hisoblansa, Internet-saytda ular aniq boʼlishi talab etiladi. Bitta sahifada katta matnning berilishi ham uni oʼqishni qiyinlashtiradi. «Pravda Vostoka» gazetasining veb-sayti - www.pv.uz.da mana shunday holatni kuzatish mumkin. Unda maqolalar xatboshilarga ajratilmasdan, mayda harflarda joylashtiriladi. Birorta ham materialga suratlar ilova qilinmaydi. Faqat kamdan kam nashrlargina tarmoqning interaktiv imkoniyatlaridan samarali foydalanishmoqda: maqolalarda linklar, RSS-joʼnatish imkoniyati mavjud boʼladi, forumda maqolalarni tahlil va muhokama qilish mumkin. Buning boisi shuki, Oʼzbekiston OАVlari hali oʼzlarining Internetdagi ishtiroklarining butun ahamiyati va zaruratini, oʼzlari uchun sayt nega kerakligini toʼla anglab yetishganicha yoʼq. Аmalda Internetnusxani yaratish kasbiy yondoshuvni va maʼlum sarf-xarajatlarni talab qiladi. Аslida tahririyatda veb-saytni ishlatish, yangilab borish va unda joylashtirish uchun materiallar tayyorlash bilan shugʼullanadigan maxsus boʼlim faoliyat olib borishi kerak. InfoCOM.UZ jurnali tahririyatida ish mana shu tartibda tashkil qilingan. Nashrning Internet-nusxasini mustaqil, mahorat bilan yaratilgan va faoliyat olib borayotgan veb-loyiha sifatida baholash mumkin. Аgar jurnalning oʼzi oyda bir marta nashr etilgani bois materiallarni oʼquvchilarga yetkazishda tezkorlik bir qadar cheklangan boʼlsa, Internet-nusxa ana shu boʼshliqni toʼldiradi.

Uzbekistan Today (www.ut.uz) gazetasining Internetnusxasini yaxshi misol tariqasida keltirib o‘tishimiz mumkin. Sayt yoqimli oq-moviy rangda bezatilgan, yangiliklar tasmasi muntazam yangilab boriladi, yangiliklarni RSS-jo‘natish imkoniyati, arxiv mavjudlishi, qulay navigatsiya – Internetauditoriya o‘rtasida muvaffaqiyat qozonish garovi bo‘lib xizmat qilmoqda. «Экономическое обозрение» (www.review.uz) jurnali, «Новости Узбекистана» (novostiuzbekistana.st.uz), «Зеркало XXI века» (zerkalo21.uz) gazetalarining Internet-nusxalari ham yomon emas.

Yaqinda «Fan va turmush» ilmiy-ommabop jurnalining sayti - www.fvat.uz ish boshladi. Uni to‘la ma’noda «gibrid»(duragay) saytlar sirasiga kiritish mumkin. Bir qarashdayoq sayt o‘zining chiroyli va noana’anaviy dizayni, flesh-animatsiyasi, qiziqarli ilmiy ma’lumotlarning ko‘pligi bilan diqqatni tortadi. Foydalanuvchilarda maqolalarni muhokama qilish imkoniyati mavjud. Saytda ikkita mualliflik blogi bor: birinchisi bosh muharrir Shuhrat Egamberdiyevniki, ikkinchisi - «Занимательно о науке» («Fan haqida qiziqarli tarzda») deb nomlanadi. Saytning yana bir o‘ziga xosligi unda jurnalning yangi sonining kichraytirilgan nusxasini varaqlab ko‘rish imkoniyati bor. Umuman, sayt bemalol ilmiy Internet-nashr nomiga da’vogarlik qila oladi. Tarmoqdagi nashrlarning ikkinchi kategoriyasini Internetda paydo bo‘lgan va offlayn nusxalarga ega bo‘lmagan medialoyihalar tashkil qiladi.

Ushbu kategoriyada ikkita alohida guruhni ajratib ko‘rsatish mumkin:

1) Axborot portallari–ko‘p tarmoqli Internet-xizmatlar bo‘lib, ular axborotning uzluksiz oqimi bilan bir vaqtda mavzular, janrlar va servislarning turli tuman bo‘lishini nazarda tutadi. Gov.uz, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining xukumat portali boʼlib, Internetning global kompьyuter tarmogʼidagi asosiy va rasmiy davlat axborot resursini ana shu toifaga kiritish mumkin. Portal davlat xokimiyati organlari faoliyatining funktsional jarayon va tartibini qoʼllabquvvatlovchi, davlat xokimiyati va boshqaruvi organining elektron hamjihatlik infratuzilmasining tizimini tashkil etuvchi qism hisoblanadi. Gov.uz portalida xabarlar uch tilda: oʼzbekcha, ruscha, inglizchada joylashtiriladi.

Oʼzbekistonda tadbirkorlikning rivojlanishiga bagʼishlangan bir.uz portali ham mana shu kategoriyaga taalluqli deyish mumkin. Internet-resurs Oʼzbekiston biznes-inkubatorlari Аssotsiatsiyasi tomonidan yaratilgan. Resurs kichik va xususiy biznes subʼektlariga moʼljallangan toʼliq va dolzarb maʼlumot va axborotlarni eʼlon qilishga xizmat qiladi. Shu bilan bir vaqtda portal keng auditoriya (talabalar, iqtisodchilar) uchun ham foydali boʼlishi mumkin. Materiallar «Moliyalashtirish», «Uskunalar», «Innovatsiyalar», «Stipendiya va g rantlar» kabi tematik bloklarga ajratilgan.


OʼzА Milliy axborot agentligining sayti www.uza.uz ni ham axborot portali deyish mumkin. 2007 yilda saytning oʼzbek, rus va ingliz tillaridagi yangilangan nusxasi ishga tushirildi. Birinchi marta portaldagi oʼzbekcha, ruscha va inglizcha sahifalarda ruknlar bir xil koʼrinishga keltirildi. Sahifalarda suratlar soni koʼpaydi.

2) Elektron gazeta va jurnallar. Ular offlayn-nashrlarga taqlidan ma'lum grafik asosida yangilab turiladi, yangilik xarakteridagi materiallarga nisbatan tahliliy materiallar ko‘proq joylashtiriladi. O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy hayotiga bag‘ishlangan Gazete.Uz (www.gzt.uz) tarmoq gazetasi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Uzoq vaqt davomida axborot xavfsizligi yo‘nalishiga ixtisoslashgan Security.uz elektron jurnali eng nufuzli veb-nashr bo‘lib kelgan edi. Ammo keyingi vaqtlarda uning sahifalari kam yangilanmoqda. Eng so‘nggi yangi xabar 2008 yil fevral' oyiga taalluqli. Bulardan tashqari O‘zbekistonda fuqarolik jurnalistikasi (civil journalism) yoki veb-bloglar (veblog, blog) tizimi ham rivojlanib bormoqda. Ular barcha xohlovchilarga o‘zlarining kundalik daftarlaridagi yozuvlarni, izohlarni e'lon qilish imkoniyatini beradi. Bu ham Internetning interaktiv imkoniyatlari kengligining yana bir isbotidir.

2007 yil yanvar oyida «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri qabul qilingach, tarmoq OAVlari rivojlanishida yangi bosqich boshlandi, deyish mumkin. Ushbu qonunga birinchi marta gazeta, jurnal, radio va televidenie bilan bir qatorda umumiy foydalanishdagi kommunikasiya tarmoqlaridagi veb-saytlarga nisbatan ham OAV maqomini beruvchi modda kiritildi. Shuningdek, qonunda vaqtli bosma nashrning elektron nusxasi haqida ham so‘z boradi. Qonunning 27-moddasiga ko‘ra, bosma nashrning elektron nusxani mustaqil OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilish shart emas, faqat buning uchun bosma va elektron nashrlardagi materiallar bir xil bo‘lishi shart. Elektron nusxada materiallarning hajmini qisqartirishga, bosma reklama xabarlarini olib tashlash yoki almashtirishga ruxsat beriladi.

2007 yili aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda OAVlarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi. Mazkur qarorda sayt shaklidagi elektron OAVni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda taqdim etilishi shart bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati ancha kamaytirilgan. Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi hujjatlarni topshirish zarur bo‘ladi: belgilangan shakldagi ariza, nom (domen) ro‘yxatga olingani haqida hujjat, tegishli yig‘imlar to‘langani haqida kvitansiyalar. Jumladan, ro‘yxatga olish paytida to‘lanadigan bir martalik to‘lov miqdori ham O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 10 baravaridan 1 baravarigacha kamaytirildi.


Nazorat savollari

  1. Media texnologiyalarining turlari

  2. Online jurnalistika

  3. Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi OАVlarga ta’siri

Foydalanilgan adabiyotlar



N.S Morozova, M.A Morozov «Информационное обеспечение туризма» Moskva 2014

S.S G’ulomov, R.H.Alimov “Axborot tizimlari va texnologiyalari” Toshkent 2000 yil
Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish