Kafedrasi abdullayev utkir azimovich


 Monetar siyosat borasidagi boshqa kontseptsiyalar



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

7. Monetar siyosat borasidagi boshqa kontseptsiyalar. 
Monetaristlar pul-kredit siyosatining talablarini hisobga olmasdan amalga 
oshiriladigan byudjet siyosatini samarali bo’lishi mumkin emas, deb hisoblaydilar. 
Ularning fikriga ko’ra, pullarga bo’lgan talabning elastikligi foiz stavkalariga 
nisbatan zaifdir, agar pul massasi o’smasdan daromad oshsa, odatda, foiz 
stavkalarining o’sishi yuz beradi. Ushbu o’sish pullarga bo’lgan talabning 
elastikligini foiz stavkalariga nisbatan zaifligi natijasida yanada yuqori bo’lishi 
mumkin. Foiz stavkalarining o’sishi investitsiya xarajatlarini qisqartiradi va 
daromadlarning o’sishiga teskari ta’sir qiladi. Shunday qilib byudjet xarajatlarining 
o’sishi investitsiya xarajatlarini qisqarishi bilan kuzatiladi. Ushbu masalani echimi 
Xiks-Xansen modelida o’z aksini topgan. Ushbu model uzoq vaqt mobaynida 
asosiy model sifatida qarab kelindi. Keyinchalik bu model K.Brunner, X.Melttser 
tomonidan ishlab chiqilgan model bilan almashtirildi. Ushbu modelning afzalligi 
shundaki, unda pullar va qimmatli qog’ozlar o’rtasidagi, pullar bilan moliyaviy 
27
Usoskin V.M. Denejniy mir Miltona Fridmena.-Moskva: FiS, 1979.- S. 73. 
28
Usoskin V.M. Denejniy mir Miltona Fridmena.-Moskva: FiS, 1979.- S. 57. 


 
aktivlar o’rtasidagi, pul shaklidagi aktivlar bilan real aktivlar o’rtasidagi 
munosabatlarning umumiy jihatlari o’z aksini topdi. 
AQSh va G’arbiy Evropada o’tkazilgan bir qator ilmiy tadqiqotlarning 
natijalari shuni isbotladiki, foiz stavkalarining xo’jalik sub’ektlarining quyilmalari 
tarkibiga ta’siri asosan pul agregatlarining ichida namoyon bo’ladi. Muddatli va 
jamg’arma depozitlarga to’lanadigan foiz stavkalarining oshishi kengaytirilgan pul 
agregati tarkibida ularning salmog’ini sezilarli darajada o’sishiga olib keladi. Agar 
hukumatning qimmatli qog’ozlariga to’lanadigan foiz stavkalarining darajasini 
depozitlarning foiz stavkalariga nisbatan sezilarli darajada o’sishi yuz bersa, u 
holda korxonalarning va aholining vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari hukumatning 
qimmatli qog’ozlarini sotib olishga yo’naltiriladi. Bu esa, o’z navbatida, M3 pul 
agregati tarkibida hukumatning qimmatli qog’ozlari salmog’ini o’sishiga olib 
keladi. Masalan, shunday xulosalar Pol Krugman va Moris Obstfeldlarning ilmiy 
izlanishlarida shakllantirilgan
29

M.Fridmen asos solgan monetarizm oqimi va J.M.Keyns tomonidan ishlab 
chiqilgan pul-kredit kontseptsiyasi bu boradagi etakchi kontseptsiyalar bo’lganligi 
sababli, ularning pullarga bo’lgan talab va pullar taklifi xususidagi nazariy 
qoidalari milliy valyuta barqarorligini ta’minlashning uslubiy asoslarini 
takomillashtirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. 
 
Keynscha kontseptsiyaning asosiy qoidalaridan biri pullarga bo’lgan talab va 
taklifni foiz stavkalari belgilaydi, degan qoida ekanligini aniqlashimiz mumkin.
Nazariy jihatdan olganda, pul-kredit siyosati kon’yunkturaviy siyosatning 
takomillashgan instrumenti bo’lishi kerak. Ammo J. Keynsda markaziy 
banklarning foiz stavkalarini tez-tez o’zgartirib turish imkoniyati va xohishiga 
nisbatan shubha paydo bo’ldi. J. Keyns tarafdorlari pul-kredit siyosatining 
samarasizligi omillari tahlilini kuchaytirdilar va bu omillar ikkiyoqlama mazmunga 
ega, degan xulosaga keldilar. Bir tomondan, bank tizimi pul massasini tez va 
samarali boshqarish imkoniga ega emas; ikkinchi tomondan, umumiy talabni tahlili 
pul massasini zarur o’zgarishlari xususidagi savolga aniq javob bera olmaydi.
30
Keynscha pul-kredit kontseptsiyasining muhim qoidalaridan yana biri foiz 
stavkalarini o’zgarishi qoidasidir. 
J. Keynsning fikriga ko’ra, foiz stavkalarining dinamikasi psixologik 
hodisadir. Uning fikricha, foiz stavkalariga muomaladagi pul miqdori kuchli tarzda 
ta’sir ko’rsatadi va uning o’zgarishi foiz stavkalarining «mo’’tadil» darajasi 
to’g’risidagi turli xildagi tasavvurlarga bog’liq. J.Keyns mazkur qoidani ishlab 
chiqish jarayonida amalga oshirgan tadqiqot natijalariga asoslangan holda ikki 
muhim xulosani shakllantirganligining guvohi bo’lamiz:
- Pullarga bo’lgan talab va foiz stavkasi o’rtasidagi o’zaro munosabat 
nobarqaror ko’rsatkich hisoblanadi, shuning uchun, foizning «mo’’tadil» stavkasi 
miqdori individumning o’ziga bog’liq va turli vaqt oraliqlarida har xil holatlarni 
ta’sirida o’zgarib turadi. Ushbu nobarqarorlik tufayli moliya organlari foiz 
stavkalarining maqbul darajasiga erishish maqsadida pul massasini zarur darajada 
o’zgartirish uchun zarur bo’lgan oraliq nishonlarni tanlab ololmaydilar. Agar 
29
Krugman P, Obstfeld M. Mejdunarodnaya ekonomika. – Sankt-Peterburg: PITER, 2004 – S.390. 
30
Keyns.Dj. M. Izbrannie proizvedeniya.-M.: Ekonomika, 1993. – S.67.


 
bunga foiz stavkasi va umumiy talab o’rtasidagi o’zaro munosabatlardagi 
noaniqlik qo’shilsa, unda byudjet instrumentlariga asosiy e’tiborni qaratishning 
asosliligi namoyon bo’ladi. 
-Ma’lum sharoitlarda foiz stavkasi etarli darajada elastik bo’lmay qolishi 
mumkin. Masalan, moliya organlari foiz stavkalarini pasaytirishga harakat 
qilganlarida ma’lum qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. J.Keynsning 
qarashlariga muvofiq, ushbu qiyinchiliklar muomaladagi pul massasining sezilarli 
darajada o’sishi foiz stavkalariga nisbatan zaif tarzda ta’sir qilganda yuzaga keladi. 
Boshqacha qilib aytganda, pullarga bo’lgan talabning foiz stavkalariga nisbatan 
elastiklik darajasining pastligi «mo’’tadil» foiz stavkasi to’g’risidagi, shuningdek, 
qimmatli qog’ozlar bozor kursini ko’zda tutilgan evolyutsiyasi xususidagi 
tasavvurlarni o’zaro keskin farqlanishiga olib keladi. 
Ta’kidlash joizki, o’z ilmiy izlanishlarida J. Keyns pullarga talab 
funktsiyasiga katta e’tibor qaratdi. Ammo, bizningcha, u pullar taklifini chuqur 
tadqiq qilmagan. Faqat u «Pullar to’g’risida traktat»ning 2-tomida pul massasini 
Markaziy bank tomonidan nazorat qilish imkoniyatlari xususida fikr yuritadi. 
Bunda J.Keyns, yopiq iqtisodiyot sharoitida Markaziy bank o’zining to’g’ri 
kreditlari va ochiq bozor operatsiyalari orqali bank zahiralarini va bank 
depozitlarini shakllanish jarayonlarini nazorat qilishi mumkin, degan xulosani 
shakllantiradi. 
Keynsning pul massasining iqtisodiy tizimning holatiga ta’sirini tavsiflovchi 
pul-kredit siyosatining uzatish mexanizmi to’g’risidagi nazariyasi, uning pullar 
taklifi xususidagi qarashlariga birmuncha oydinlik kiritadi. Ushbu nazariyaga 
ko’ra, Keyns, foiz stavkalarining rejali investitsiyalarga ta’sirini pul-kredit 
siyosatining uzatish mexanizmining asosiy bug’ini, deb hisobladi. Bunda pullar 
taklifining o’sishi natijasida foiz stavkasining pasayishi investitsiyalarning 
muqobil qiymatini pasaytiradi, deb hisoblanadi. Ayni vaqtda, foiz me’yorining 
pasayib borishi bilan firma va kompaniyalar o’zlarining rejali investitsiyalarining 
hajmini oshiradilar. Bu xarajatlar rejali xarajatlarning umumiy summasi bilan 
qo’shilib, tovar-moddiy zaxiralarning ko’zda tutilmagan miqdorda sarflanishiga 
olib keladi. Firmalar esa, bunday sharoitda mahsulot ishlab chiqarishni 
ko’paytiradilar. Bu esa, o’z navbatida, milliy daromadning ko’payishiga olib 
keladi. Demak, keynscha uzatish mexanizmining ta’sir etish bosqichlari quyidagi 
tartibda bo’ladi: pullar taklifidan foiz me’yoriga, undan keyin esa, investitsiyalarga 
va nihoyat, milliy daromadga. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, 
ekspansionistik pul-kredit siyosati doimo foiz stavkasi darajasining pasayishiga va 
milliy daromadning nisbatan yuqori darajasiga olib keladi. Agarda Markaziy bank 
muomaladagi pul miqdorini qisqartirishga qaratilgan biron-bir tadbirni amalga 
oshiradigan bo’lsa, unda uzatish mexanizmi teskari yo’nalish bo’yicha ishlay 
boshlaydi. Buning ma’nosi shuki, banklar o’z zaxiralarining kamayishiga javoban 
foiz me’yorini oshiradilar. Bu esa, firmalar va kompaniyalarning rejali 
investitsiyalari hajmini qisqartirishga majbur etadi. Rejali investitsiyalarning 
qisqarishi, o’z navbatida, milliy daromadning ham kamayishiga olib keladi. 
Shunday qilib, keynscha uzatish mexanizmiga ko’ra, muomaladagi pul massasini 


 
qisqartirishga qaratilgan pul-kredit siyosati, albatta, foiz me’yorining o’sishiga va 
milliy daromad darajasining pasayishiga olib keladi. 
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, hozirgi zamon nazariyalarida pul-kredit 
siyosatining uzatish mexanizmining ta’sir diapazonlarini kengayib ketganligi qayd 
qilinadi. Hozirgi kunda muomaladagi pul miqdorining o’zgarishi aktivlar 
portfelining umumiy tarkibiga, ya’ni aktsiya, obligatsiya, depozit sertifikatlari va 
boshqa turdagi qimmatli qog’ozlar, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar, 
ko’chmas mulk va boshqa aktivlarga ta’sir qiladi, deb hisoblanadi. 
Pullar taklifining monetaristik tahlilidan kelib chiqadigan muhim 
xulosalardan biri shundaki, iqtisodiyotni barqaror tarzda rivojlanib borishi pul 
massasining bir tekis, doimiy suratda o’sib borishini ta’minlashni talab qiladi. Bu 
xulosadan monetarizmning asosiy nazariy qoidasi kelib chiqadi: pul massasining 
o’sish sur’ati doimiy bo’lishi shart; u iqtisodiy kon’yunkturaning tebranishlariga 
mutlaqo bog’liq bo’lmasligi kerak. Ushbu nazariy qoida dastlab M.Fridmenning 
«Iste’mol funktsiyasiiing nazariyasi» nomli ilmiy ishida batafsil bayon qilingan 
«pullarga bo’lgan talabning barqaror funktsiyasi» kontseptsiyasiga asoslanadi. 
Kontseptsiyaga ko’ra, pullarga bo’lgan talab kassa qoldiqlari va nominal 
daromadning o’sishiga mos ravishda kamaymaydi, balki o’zgarmasdan qoladi. 
Sababi shundaki, pullar taklifidagi har bir o’zgarish nafaqat investitsiyalar 
darajasiga, balki shaxsiy iste’molning hajmiga ham ta’sir qiladi. Shaxsiy 
iste’molning hajmi esa, o’z navbatida, nominal daromadlarning dinamikasiga 
mutanosib ravishda o’zgarib boradi. Oqibatda pullarga bo’lgan talab har bir 
alohida olingan davr mobaynida nisbatan qat’iy miqdorni tashkil etadi. Ayni 
vaqtda pullarning taklifi doimiy tebranishda bo’ladi. 
Monetarchilar yuqorida bayon etilgan g’oyalarga asoslangan holda, 
Markaziy bank pullar taklifini tartibga solish imkoniyatlariga ega, degan qat’iy 
xulosaga keldilar. Buni monetarchilarning inflyatsiyaga munosabatlaridan ham 
yaqqol ko’rsa bo’ladi. Ularning fikriga ko’ra, inflyatsiya sof pul muomalasiga xos 
hodisa bo’lib, ko’p omilli jarayon emas. U muomaladagi pullarning miqdorini 
ishlab chiqarish hajmiga nisbatan tez o’sib ketishi natijasida yuz beradi. Shy 
sababli 
monetarchilar, 
inflyatsiyaga 
qarshi 
kurashning 
asosiy 
vositasi 
muomaladagi pul massasini tartibga solishdir, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, 
bu vazifani Markaziy bankgina amalga oshira olishi mumkin, chunki u 
muomaladagi pullarning miqdorini tartibga soluvchi va ta’sir o’tkazish 
imkoniyatiga ega bo’lgan muassasadir. 
Pullar taklifi va unda Markaziy bankning hal qiluvchi rolni o’ynay olishi 
xususidagi monetaristik qarashlar, ayniqsa, ularning 1929-1933 yillarda yuz bergan 
«Buyuk inqiroz»ga munosabatlarida yanada ochiqroq namoyon bo’ldi. Inqiroz 
sabablarini tahlil qilar ekan, ular, Federal zaxira tizimining muomaladagi pul 
massasini keskin qisqarishiga olib kelgan xato hatti-harakatlari iqtisodiy 
inqirozning chuqurlashuviga olib kelgan asosiy sabab bo’ldi, degan xulosaga 
keldilar. 
«Federal zaxira tizimining kreditlari summasining qisqarishidan so’ng yuz 
bergan, pul zaxirasining 1929-1930 yillardagi dastlabki sezilarsiz qisqarishi 1930 
yilning oxirida boshlangan banklarniig yoppasiga «sinishi» natijasida ishlab 


 
chiqarish sur’atlarining keskin pasayishiga olib keldi. AQShda pul nazorati 
organlari yuksak darajada deflyatsiya siyosatini amalga oshirdilar. Iqtisodiy 
pasayish jarayonida pul miqdori uchdan bir hissaga kamaydi. Va bu, kredit olishni 
intizorlik bilan kutayotgan kredit oluvchilarning yo’qligi tufayli emas, balki 
Federal zaxira tizimining pul bazasining qisqarishiga yo’l qo’yishi yoki keskin 
qisqartirishi oqibatida yuz berdi». 
Fridmen va Shvartsning bu xulosasidan kelib chiqadigan ma’no shundan 
iboratki, ishlab chiqarish sur’atlarining va aholining bandlik darajasining pasayishi 
muomaladagi pul massasining keskin qisqarishi sharoitida yuz berdi. Pul 
massasining qisqarishi esa, o’z navbatida, iqtisodiy inqirozning yanada 
keskinlashuviga olib keldi. Monetarchilar, muomaladagi pul massasini qisqarishi 
Markaziy bank tomonidan atayin amalga oshirildi, deb hisobladilar. 
M. Fridmenning pul-kredit nazariyalarini rivojlantirish yo’lidagi buyuk 
xizmatlaridan biri bo’lib, muomaladagi pul massasining qat’iy belgilangan o’sish 
sur’atlarini joriy etish va uni Markaziy bank tomonidan oraliq nishon sifatida 
nazorat qilishning zarurligini ilmiy jihatdan asoslab berganligi hisoblanadi. M. 
Fridmen dastlab pul massasining yillik 3-5 foiz atrofida o’sishini belgilab olishni 
va unga rioya etish tadbirlarini amalga oshirishni taklif qilgan. Uning fikriga ko’ra, 
pul massasining ushbu miqdorda o’sishi iqtisodiyotda iqtisodiy faollikni 
kuchaytiradi. Pul taklifining o’sishi yiliga 3-5 foizdan yuqori bo’lsa, unda 
inflyatsiya o’sa boshlaydi, agar, iqtisodiyotda pul taklifining o’sishi 3-5 foizdan 
kam bo’lsa, YaMMning o’sish sur’ati pasaya boshlaydi. 
M.Fridmenning amaliyotda keyinchalik isbotlangan katta xatosi uning pul 
massasining tebranishi kon’yunkturaviy o’zgarishlarga bog’liq emas, degan 
xulosasidir. 
M. Fridmenning pul qoidasi XX asrning 70-yillar oxiridan boshlab AQSh va 
Buyuk Britaniya pul-kredit siyosatining asosini tashkil etdi. Ma’lum maqsadni
ya’ni muomaladagi pul massasining har yili 3-5 foizdan o’sishini ko’zlagan siyosat 
o’z ijobiy natijalarini berdi. Inflyatsiya darajasining yillik 10 foizdan 5 foizgacha 
pasayishi natijasida YaMM yiliga 3-5 foiz atrofida o’sib bordi. 
Monetaristik pul taklifi kontseptsiyasining muhim masalalaridan biri 
muomaladagi pul massasining o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar masalasidir. 
Ular, asosan, uch omilni ajratib ko’rsatishadi:
-
Markaziy bank tomonidan chiqarilgan pullarning miqdori (Markaziy 
bankning banknotalari yoki “yuksak quvvat”ga ega bo’lgan pullar); 
-
Bank zahiralarining me’yori (depozitlar-zahiralar); 
-
Naqd pullarning depozitlarga nisbati. 
Monetaristlarning fikriga ko’ra, “yuksak quvvat”ga ega bo’lgan pullarning 
o’zgarishi Markaziy bank siyosatining natijasidir, qolgan ikkala omilning 
o’zgarishi esa, tijorat banklari va bank mijozlarining hatti-harakatlaridagi 
o’zgarishini anglatadi
31
. Aynan Markaziy bankning siyosati muomaladagi 
pullarning miqdoriga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi va binobarin, birinchi omil 
asosiydir, deb hisoblaydilar. Bunda banklarning va ular mijozlarining hatti-
harakatini aks ettiruvchi munosabatlar nisbatan barqarordir. Pul massasi esa 
31
M.Fridmen. Esli bi zagovorili dengi. Per. s angl.-M.:INFRA-M, 2001.- S. 63. 


 
“yuksak quvvat”li pullarga munosib ravishda o’zgarib turadi, degan fikrga 
asoslanadi. ”Yuksak quvvat”li pullarning o’zgarishi esa, Markaziy bank tomonidan 
ochiq bozor siyosati orqali tartibga solib turiladi.

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish