Kafedrasi abdullayev utkir azimovich


Pul-kredit kontseptsiyalaridan foydalanish mexanizmining nazariy



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

3. Pul-kredit kontseptsiyalaridan foydalanish mexanizmining nazariy 
masalalari
M.Fridmen asos solgan monetarizm oqimi va J.M.Keyns tomonidan ishlab 
chiqilgan pul-kredit kontseptsiyasi bu boradagi etakchi kontseptsiyalar bo’lganligi 
sababli, ularning pullarga bo’lgan talab va pullar taklifi xususidagi nazariy 
qoidalari milliy valyuta barqarorligini ta’minlashning uslubiy asoslarini 
takomillashtirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Klassik iqtisodiy maktab vakillaridan - A.Smit, U.Petti, D.Rikardo, 
D.Fullarton, A.Marshall, I.Fisher, A.Pigu kabilarning pul nazariyasi, jumladan, pul 
muomalasi va monetar siyosat muammolariga oid ko’plab ilmiy tadqiqotlari barcha 
mutaxasssislarga ma’lum. Ularning ilmiy ishlarida keynschilik va monetarizmga 
qadar pulga bo’lgan talab, xususan, pulning miqdoriylik nazariyasi, pulning 
aylanish tezligi va almashuv tenglamasi kabi masalalar o’ziga xos tarzda tadqiq 
qilingan. 
Klassik maktab iqtisodchilari tomonidan ishlab chiqilgan hozirgi zamon 
miqdoriylik nazariyasi - eng avvalo, yalpi daromadning nominal qiymatini 
aniqlashga bag’ishlangan. Shuningdek, ushbu nazariya doirasida yalpi ishlab 
chiqarishning har bir darajasida aholining qo’lida qancha miqdorda pul bo’lishi 
kerakligi to’g’risidagi masalalar ham o’rganiladi.
Bu xususida xorijlik taniqli olimlardan professor F.Mishkin shunday 
ta’kidlaydi: “Biroq aholining qo’lida qancha miqdorda pul bo’lishi kerakligini 
pulga bo’lgan talab to’g’risidagi nazariya orqali ham hisoblash mumkin. Ushbu 
nazariyaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, bunda pulga bo’lgan talab 
foiz siyosatiga bog’liq emas”
10

Miqdoriylik nazariyasida yalpi daromadning ma’lum darajasida aholining 
qo’lida qancha pul bor degan savol qo’yiladi. Shuning uchun u amalda pulga 
10
Qarang: Mishkin F. Ekonomicheskaya teoriya deneg, bankovskogo dela i finansovix rinkov. Uchebnoe posobie 
dlya studentov vuzov. Aspekt press. M.: 1999 g. str. 548. 


 
bo’lgan talab nazariyasi hisoblanadi. Uning miqdoriylik nazariyasiga muvofiq 
pulga bo’lgan talab mutlaq daromadning funktsiyasi hisoblanadi va foiz stavkasi 
pulga bo’lgan talabga ta’sir etmaydi.
Kembrij maktabi vakillari odamlarning qo’llarida pul ushlab turishlariga 
asos bo’luvchi pulning ikkita xususiyatini: almashuv vositasi va boylikni saqlash 
vositasini ajratib ko’rsatishdi. I.Fisher va Kembrij guruhi pulga bo’lgan talab 
nominal daromadga proportsional, degan pulga bo’lgan talabning klassik 
yondashuvini ishlab chiqdilar.
J.M.Keyns pul aylanish tezligining doimiyligi to’g’risidagi klassik 
yondashuvdan voz kechdi va asosiy e’tiborni foiz stavkasining ta’siriga qaratgan 
holda pulga bo’lgan talab nazariyasini ishlab chiqdi.
Ta’kidlash joizki, pulga bo’lgan talab I.Fisherning almashuv tenglamasiga 
muvofiq quyidagicha aniqlanadi: 
PxQ
MxV

bunda, M – muomaladagi pul 
miqdori, V - pul aylanish tezligi, P – tovar va xizmatlarning o’rtacha bahosi, Q – 
milliy iqtisodiyot doirasida ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning miqdori.
Ma’lumki, monetar siyosat nazariyasida markaziy o’rinni foiz stavkasi 
pulga bo’lgan talabga ta’sir etadimi, agar ta’sir etsa, qay darajada, degan masala 
egallaydi. Bu xususda juda ko’p olimlar o’z fikrlarini aytganlar. Jumladan, I.Fisher 
foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga ta’sir emaydi, u daromadga bog’liq, degan 
xulosaga kelgan.
Uning xulosasidan farqli o’laroq, Kembrij maktabining olimlari foiz 
stavkasi ta’sirida pulga bo’lgan talabning o’zgarishini istisno etmagan holda u 
nominal YaIMga proportsional, deb hisoblashgan. Ammo, J.Keyns kembrijcha 
yondashuvni rivojlantirib, foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga sezilarli darajada 
ta’sir qiladi, degan xulosaga kelgan.
Umuman, Keyns tadqiqotlarida foiz stavkasining o’sishi bilan pulga 
bo’lgan talab pasayadi, degan xulosa ilgari suriladi. Keyns fikricha, pul 
massasining o’zgarishi bevosita foiz stavkasiga ta’sir qiladi. 
Ta’kidlash joizki, M.Fridmen va J.Keynsning pul-kredit kontseptsiyalari 
AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Frantsiya kabi rivojlangan sanoat 
mamlakatlarining markaziy banklari faoliyatida muvaffaqiyatli qo’llanilgan. 
Jumladan, J.Keynsning “Arzon pullar” nazariyasi Ikkinchi Jahon urushidan keyin 
xonavayron bo’lgan G’arbiy Evropa mamlakatlari iqtisodiyotini tiklash va 
rivojlantirishda muhim rol o’ynadi. 
M. Fridmen miqdoriylik nazariyasini pulga bo’lgan talab nazariyasi ekanligini 
o’zining ilmiy izlanishlarida e’tirof etgan
11
. Pulga bo’lgan talab kontseptsiyasi 
monetarizmning asosiy qoidalaridan biri hisoblanadi.
J.Keyns va uning izdoshlari foiz stavkasini pullarga bo’lgan talab va taklifni 
tenglashtiruvchi miqdor, deb hisoblaydilar. 
J.M. Keynsning nazariyalarida pulga ishlab chiqarishning endogen omili 
sifatida qaraladi
12
va pullarni likvidli aktiv sifatida saqlashning sub’ektiv asoslari 
tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida asosiy e’tibor ishlab chiqarish jarayonining 
uzluksizligini ta’minlashda pul mablag’laridan foydalanishga qaratildi.
11
Fridmen M. Osnovi monetarizma. Per. s angl. – M.: TEIS, 2002. – S.70 – 72. 
12
Keyns Dj. M. Obshchaya teoriya zanyatosti, protsenta i deneg. Per. s angl. – M.: Gelios ARV, 1999. – S. 184. 


 
J. Keynsning pulga bo’lgan talab nazariyasida foiz stavkasi muhim o’rin 
egallab, foiz stavkalariga ta’sir etish orqali ishsizlik darajasi va iqtisodiy o’sishga 
bevosita ta’sir qilishi mumkin, deb hisoblaydi. 
M. Fridmen, J. Keynsdan farqli ravishda, pulga bo’lgan talabning o’zgarishi 
nominal daromad darajasining o’zgarishi oqibatidir, foiz me’yori esa pullarga 
bo’lgan talab darajasiga sezilarsiz ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblaydi. Monetaristik 
pulga talab nazariyasida «kutish»lardan iborat omillar asosiy o’rin tutadi va ular 
ishlab chiqarish jarayonlaridan tashqarida shakllanadi. J. Keyns tomonidan amalga 
oshirilgan tahlilda pulga bo’lgan talab foiz me’yorining, monetaristik tahlilda esa, 
nominal daromadning funktsiyasi sifatida talqin etiladi. 
M. Fridmen maktabining pullar taklifi xususidagi qarashlari tahlilidan 
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi pul massasining mo’’tadil va muntazam 
o’sishini talab qiladi, degan xulosa kelib chiqadi
13
. Mazkur xulosa pul massasining 
o’sish sur’ati doimiy bo’lishi lozim va uning o’zgarishi iqtisodiy kon’yunkturaning 
tebranishlariga umuman bog’liq emas
14
, degan monetarizmning nazariy qoidasi 
shakllanishiga sabab bo’ldi. Ushbu qoida M.Fridmenning «pullarga bo’lgan 
talabning 
barqaror 
funktsiyasi» 
kontseptsiyasiga 
asoslanadi
15

Ushbu 
kontseptsiyaning mohiyati shundaki, pullarga bo’lgan talab kassa qoldiqlari va 
nominal 
daromadning 
o’sishiga mos ravishda kamaymaydi, aksincha 
o’zgarmasdan qoladi. Chunki, pullar taklifidagi har bir o’zgarish nafaqat 
investitsiyalar darajasiga, balki shaxsiy iste’molning hajmiga ham ta’sir qiladi.
Umuman, monetarizm maktabi vakillari Markaziy bank pullar taklifini 
tartibga solish uchun real imkoniyatlarga ega
16
, degan xulosani himoya qiladilar. 
Monetarizm maktabi vakillari Markaziy bank tomonidan emissiya qilinadigan 
banknotalarni muomaladagi pul massasini tartibga solishning muhim vositasi, deb 
hisoblaydilar
17
. Ularning fikricha, tijorat banklari va ular mijozlarining pul 
munosabatlari nisbatan barqarordir, pul massasi esa Markaziy bank pullariga 
mutanosib ravishda o’zgarib turadi. Markaziy bank pullarining o’zgarishi esa, 
Markaziy bankning ochiq bozor siyosati orqali tartibga solinadi. 
AQShda 2001 yilning yanvaridan dekabriga qadar Federal fondlar bo’yicha 
stavkalar amaldagi 6,5 foizdan 1,75 foizga tushirildi.
18
. 2002 yilning noyabrida va 
2003 yilning iyunida ushbu fondlar bo’yicha stavkalar yanada pasaytirildi va mos 
ravishda 1,25 % va 1,0 foizni tashkil qildi
19

M. Fridmen va boshqa monetarizm maktabi vakillaridan farqli o’laroq, J.M. 
Keyns, pullarning taklifi xususidagi masalaga atroflicha va chuqur to’xtalib 
o’tirmadi. Buning asosiy sababi shundaki, J.M. Keyns Markaziy banklar 
tomonidan pul massasini to’la nazorat qilish imkoniyatining mavjudligiga ishondi. 
Haqiqatdan ham Keyns, markaziy banklar bank zaxiralarini nazorat qilishi yo’li 
bilan bank depozitlarini yuzaga kelish jarayonini ham nazorat qila oladi, degan 
13
Fridmen M. Esli bi dengi zagovorili… Per. s angl. – M.: Delo, 1999. – S. 100-101. 
14
Fridmen M. Esli bi dengi zagovorili… Per. s angl. – M.: Delo, 1999. – S. 117. 
15
Friedman M. A theory of consumption function, NBER, Princeton, 1957. – P. 238.
16
Fridmen M. Esli bi dengi zagovorili… Per. s angl. – M.: Delo, 1999. – S. 132-134. 
17
Fridmen M. Osnovi monetarizma. – M.: TEIS, 2002 – S. 72-73.
18
OECD Economic Outlook. - Vol. №73, 2003/ I, June. - R. 38-39. 
19
Bobakulov T.I. O’zbekiston Respublikasida milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlash borasidagi 
muammolar va ularni hal qilish yo’llari i.f.d. ilm. dar. ol. uchun yoz. diss. avtoref. – T.: 2008 – B. 3


 
xulosaga keldi. Mazkur xulosa sanoati rivojlangan mamlakatlar amaliyotida 
o’zining amaliy tasdig’ini topdi. 
J.Keynsning pul massasining iqtisodiy tizimning holatiga ta’sirini tavsiflovchi 
pul-kredit siyosatining uzatish mexanizmi to’g’risidagi nazariyasi, uning pullar 
taklifi xususidagi qarashlariga sezilarli darajada oydinlik kiritdi
20

Mazkur nazariyaga ko’ra, J.Keyns, foiz stavkalarining rejali investitsiyalarga 
ta’sirini pul-kredit siyosati uzatish mexanizmining asosiy bo’g’ini, deb hisobladi. 
Bunda pullar taklifining o’sishi natijasida foiz stavkasining pasayishi 
investitsiyalarning muqobil qiymatini pasaytiradi, degan xulosaga kelindi.
Xulosa qilish mumkinki, J. Keynsning tahlilida pulga bo’lgan talab foiz 
me’yorining funktsiyasi sifatida, M.Fridmen talqinida esa, nominal daromadning 
funktsiyasi sifatida qaraladi. 
Monetar siyosat va uning vositalariga oid bir qator nazariy hamda amaliy 
masalalar, xorijiy davlatlar va mamlakatimiz iqtisodiy adabiyotlarida o’z aksini 
topgan. Bu borada bir qancha risolalar chop etilgan va ilmiy maqolalar e’lon 
qilingan. Biroq, ularda monetar siyosat va uning vositalariga berilgan ilmiy 
ta’riflar juda kam uchraydi. Ko’p hollarda ularni moliya-kredit lug’atlarida, 
monetar siyosat muammolari bilan shug’ullangan va muntazam ravishda 
izlanishlar olib borayotgan ayrim iqtisodchi-olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida 
uchratamiz, xolos. 
Iqtisodiy adabiyotlardagi ta’riflar monetar siyosatning mohiyatini ochishga 
qaratilgan bo’lsa-da, lekin ular orasida mazmun jihatidan bir-biriga o’xshash va 
farq qiladigan ko’plab ta’riflarni uchratish mumkin. 
Biz monetar siyosat va uning vositalariga nisbatan berilgan ilmiy 
ta’riflarning barchasini emas, balki, ularning eng ayrimlari xususida to’xtalib 
o’tishni maqsadga muvofiq, deb topdik.
Jumladan, E.Dolan, K.Kempbell va R.Kempbellar monetar siyosatga 
shunday ta’rif berganlar: “Monetar siyosat – muomaladagi pul miqdoriga ta’sir 
qiluvchi hukumat siyosatidir”
21
. Ulardan farqli o’laroq K.Makkonnell, S.Bryular 
quyidagicha ta’rif berishgan: “Kredit-pul siyosati yalpi ishlab chiqarish hajmini, 
bandlilik va narxlar darajasini barqarorlashtirish maqsadida pul taklifini 
o’zgartirishdir”
22
.
Bizning nazarimizda, ushbu ta’riflarning umumiy o’xshashlik tomoni 
shundaki, bunda olimlar monetar siyosatni pirovard natijada muomaladagi pul 
massasi, umuman pul taklifini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbir yoki siyosat 
sifatida ko’rsatishadi.
Shuningdek, K.Makkonnell va S.Bryular tomonidan berilgan ta’rif monetar 
siyosatning qator maqsadlariga erishishga, xususan, ishlab chiqarish hajmi, 
bandlilik va narxlar darajasini barqarorlashtirishga yo’naltirilganligi bilan alohida 
ajralib turibdi.
20
Bobakulov T.I. O’zbekiston Respublikasida milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlash borasidagi 
muammolar va ularni hal qilish yo’llari i.f.d. ilm. dar. ol. uchun yoz. diss. avtoref. – T.: 2008 – B. 11
21
Qarang: Dolan E.Dj. i dr. Dengi, bankovskoe delo i denejno-kreditnaya politika./Per. s angl. V.Lukashevicha i dr. 
Pod obshch. red. V.Lukashevicha. - L., 1991.-448 s. str. 19. 
22
Qarang: Makkonnell K., Bryu S., Ekonomiks: printsipi, problemi i poltika. V 2 t.: Per. s angl. T.I.-T.,1993. str. 
298.


 
Monetar siyosatga mamlakatimizning bir qator iqtisodchi-olimlari 
tomonidan ham ilmiy ta’riflar berilgan.
Biz ayrim iqtisodchi-olimlarning monetar siyosat hukumat tomonidan 
amalga oshiriladi, degan fikriga qo’shilmaymiz. Chunki jahon bank amaliyotidan 
ma’lumki, monetar siyosatni rasman Markaziy bank, fiskal siyosatni esa Moliya 
vazirligi amalga oshiradi.
Monetar siyosat - Markaziy bank tomonidan milliy valyuta va narxlar 
barqarorligini ta’minlashga, pul massasi, bank tizimining likvidliligi hamda to’lov 
balansini tartibga solishga, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni, iqtisodiy 
o’sishni mustahkamlashga yo’naltirilgan vositalar, usullar hamda chora-tadbirlar 
yig’indisidir. 
Zamonaviy 
xorijiy 
iqtisodchi-olimlardan 
E.Dolan, 
R.Kempbell 
va 
K.Kempbellar bu xususda shunday deydilar: “Qimmatli qog’ozlar bo’yicha ochiq 
bozordagi operatsiyalar iqtisodiyotda yuzaga kelgan vaziyatni nazorat qilish va 
tartibga solish maqsadida Federal Rezerv Tizimi tomonidan AQSh Federal 
hukumatining qimmatli qog’ozlarini dilerlar tarmog’i orqali sotish va sotib 
olishdir”
23

O’z nabatida, SVOP operatsiyalari Markaziy bank tomonidan muomaladagi 
pul massasi miqdorini tartibga solish hamda milliy valyuta kursining keskin 
tebranishini oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. Agar, valyuta bozori pul 
bozoriga nisbatan rivojlangan bo’lsa, unda ushbu operatsiyalarni o’tkazish o’z 
samarasini beradi.

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish