Kafedrasi toshkent davlat transport universiteti


Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi va milliy o‘zlikni anglash



Download 3,71 Mb.
bet3/7
Sana10.03.2023
Hajmi3,71 Mb.
#917897
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-mavzu.

Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi va milliy o‘zlikni anglash

  • 1997-yil - Xiva va Byxoro shaharlarining 2500 yillik yubileyi nishonlandi.
  • 2002-yil – Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi nishonlandi.
  • 2002-yil – Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlandi.
  • 2003 yil – Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar «Do‘stlik» ordeni
  • bilan mukofotlandi.
  • 2006-yil – Qarshi shahrining 2700 yilligi nishonlandi.
  • 2006-yil – Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.
  • 2007-yil – Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi o‘tkazildi.
  • 2007-yil – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyi o‘tkazildi.
  • 2009-yil – O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.
  • 2017-yil - Samarqand va Toshkentda Islom Karimov haykali ochildi
  • 2017-yil - Sharof Rashidov tavaludining 100 yilligi nishonlandi
  • 2018-yil - Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik o`rnatildi
  • Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo’shgan buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o’rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo’la boshladi.
  • Mustaqillik yillarida xalqimiz ma’naviyati yulduzlari bo’lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari YuNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi:
  • - 1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
  • - 1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi;
  • - 1993 yil – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi;
  • - 1994 yil – Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi;
  • - 1996 yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi;
  • - 1997 yil – Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon tavalludining 100 yilligi;
  • - 1998 yil – Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi;
  • - 1999 yil – «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi;
  • - 2000 yil – Burhoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi;
  • - 2000 yil – Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi;
  • - 2001 yil – «Avesto» yaratilganligining 2700 yilligi.
  • Buyuk allomalarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o’nlab noyob asarlari turli tillarda nashr etildi, ularga atab haykallar o’rnatildi, ziyoratgohlar, bog’lar yaratildi.
  • 1991 yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O’zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Yubiley yilida «Lison ut-tayr», «Sab’ai sayyor», «Farxod va Shirin», «Layli va Majnun», «Hayrat-ul Abror» asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991 yil 28 sentyabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Alisher Navoiy haykali va Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’ining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
  • 1994 yil oktyabr oyida Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yillik yubileyi o’tkazildi. Ulug’bek madrasasi, Ulug’bek yashagan davrdagi astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug’bek haykali aks etgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. O’sha yil 24 oktyabrda Parijda YuNESKO zalida «Ulug’bek va Temuriylar davri» mavzusida Xalqaro konferentsiya hamda «Ulug’bek va an’anaviy san’at» ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug’bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga molik ekanligini yana bir bor isbot etdi.
  • 1998 yil 23 oktyabrda Farg’onada buyuk alloma Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg’ona shahrida al-Farg’oniy bog’i yaratildi va buyuk allomaga haykal o’rnatildi.
  • 1997 yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 1999 yilda buyuk vatanparvar siymo Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi. 2002 yilda Termiz shahrining 2500 yilligi nishonlandi.
  • Vatanimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq ziyolilari nomi, hurmati o’z joyiga qo’yildi, asarlari nashr etildi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui bunyod etildi. Mazkur majmua qoshida «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi qurilib, 2002 yil 27 avgust kuni foydalanishga topshirildi. Bu yodgorlik majmualari jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g’ururni ko’tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g’oyalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish