Kafedrasi xudayarova xurshida abdunazarovna



Download 3,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/267
Sana07.01.2022
Hajmi3,54 Mb.
#325594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   267
Bog'liq
BMM UMK

.................................
 
 
 
 
©  X.Xudayarova    “
BANK  MENEJMENTI  VA  MARKETINGI
”  FANIDAN  O`QUV-
USLUBIY MAJMUA.– Т.: ТMI, 2018 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
КIRISH 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Oliy  ta’lim  tizimini  yanada 
rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qarori  uzluksiz  ta’lim  tizimini 
rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori 
malakali  kadrlar  bilan  ta’minlash,  barcha  hududlar  va  tarmoqlarni  strategik 
jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oily ta’lim tizimi 
ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir. 
Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  O‘zbekiston  bank  tizimi 
 
 


ishonchliligi  va  barqaror  rivojlanishini  ta’minlash  hamda  tashqi  inqiroz 
holatlarining  salbiy  ta’siriga  uchramaslikning  oldini  olish  muhim  ahamiyatga 
egadir.  SHunga  qaramasdan,  hozirgi  kunda  banklarda  bozor  talablariga  mos 
keluvchi  xizmat  turlarini  tadbiq  qilish,  mijozlarning  talab  va  takliflarini  hisobga 
olish,  ularga  xizmat  ko‘rsatishning  yangi  usullarini  joriy  etish,  yangi  kredit 
vositalarini qo‘llash, turli kredit institutlarini tashkil etish bilan bog‘liq islohotlarni 
yanada jadaddashtirish zarurligini yuzaga keltirmoqda.  
Bu  fanning  maqsadi  va  vazifasi  talabalarni  bank  tizimida  mustaqil  faoliyat 
yuritishga  tayyorlash  va  hozirgi  sharoitda  mustaqil  qarorlar  qabul  qilish 
ko‘nikmasini vujudga keltirishdan iboratdir.  
“Bank menejmenti va marketingi” fani bank tizimi uchun iqtisodchi bankirlarni 
tayyorlashda  tanlov  fani  hisoblanadi.  Mazkur  o‘quv  uslubiy  qo‘llanmada  bank 
menejmenti  va  marketingining  tashkiliy  asoslari,  uning  boshqaruv  jarayonining 
tarkibi,  bank  boshqaruvi  apparatining  tuzilishi,  bank  siyosati  kabi  masalalar 
yoritilgan.  SHu  bilan  birga  bankdagi  moliyaviy  menejment  bo‘yicha  ayrim 
savollar,  ya’ni,  bank  xususiy  kapitalini,  aktivlarini,  qarz  mablag‘larini,  passivini, 
daromadlarini, valyuta portfelini boshqarish masalalari ko‘rib o‘tilgan. 
SHundan kelib chiqib: 
-  talabalar fanni o‘rganish davrida har bir o‘tiladigan mavzu bo‘yicha o‘qituvchi 
tomonidan  so‘raladigan  “tayanch”  ibora,  test  savollariga  javob  berib,  tegishli 
masalani echa olishi; 
- o‘qish davrida yozma nazorat ishlarini bajarishi va referatlar tayyorlashi
-  fanni  o‘zlashtirish  natijasida  va  kelajakda  talaba  bank  faoliyatida  bo‘ladigan 
o‘zgarishlarni tahlil qilishni bilishi lozim. 
“Bank  menejmenti  va  marketingi”  fani  institutda  o‘rganiladigan  boshqa 
iqtisodiy  fanlar  bilan  uzviy  bog‘liqdir  :    “Pul,  kredit  va  banklar”,  “Bank 
statistikasi”,  “Pul-kredit  orqali  muvofiqlashtirish”,  “Xalqaro  valyuta-kredit 
munosabatlari”,  “Bank  auditi”,  “Banklarda  buxgalteriya  hisobi  va  operatsion 
texnika”, “Tijorat banklar faoliyati tahlili” va boshqalar. 
Talabalar  o‘qish  jarayonida  kompyuter  texnikasidan  foydalangan  holda,  ba’zi 
tijorat  banklar  faoliyatida  qo‘llaniladigan  mijozlarni  kreditlash  va  loyihalarni 
moliyalashtirish,  xo‘jalik  sub’ektlari  o‘rtasida  hisob-kitoblarni  olib  borish  bilan 
bog‘liq  kompyuter  dasturlari  bilan  tanishadilar,  mavzularini  yoritishda  audio  va 
video tenikadan foydalaniladi.  
Bozor  munosabatlarining  muhim  bo‘g‘inlaridan  biri  bo‘lgan  bank  tizimini 
isloh  qilish  va  erkinlashtirish  zamirida  iqtisodiyotni  rivojlantirish,  xalqaro  bank 
tizimi  talablariga  mos  keluvchi  mahalliy  banklar  faoliyatini  tashkil  qilish  va  ular 
faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. 
Jamiyat yaxshi taraqqiy qilgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo‘lmasdan 
sog‘lom rivojlanishi qilishi mumkin emas. 
Iqtisodiyotni  samarali  boshqarish  uning  muhim  sub’ekti  bo‘lgan  banklar 
faoliyatini  o‘rganishni,  ularning  ishlash  usullari,  funksiya  va  operatsiyalarini 
bilishni taqozo qiladi. 
Bank ishini qonun va qoidalar asosida aniq va samarali olib borish, nafaqat, 
bank  faoliyatini  samarali  qiladi,  balki  butun  jamiyatning  ravnaq  topishiga, 


iqtisodiyotning rivojlanishiga va jamiyat a’zolarining boyishiga olib keladi.Odatda, 
iqtisodiyotning  holati  banklar  faoliyati  bilan  aniqlanadi.  Banklar  iqtisodiyotni 
harakatga keltiruvchi organ hisoblanib, moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va 
olib  borishda  vositachi  sifatida,  kapital  aylanishining  uzluksizligini  ta’minlash, 
bo‘sh  pul  mablag‘larini  yig‘ish  va  ularni  pul  zarur  bo‘lgan  sub’ektlar  o‘rtasida 
taqsimlash bo‘yicha faoliyat olib boradi.  
Iqtisodiy  islohotlarni  hayotga  samarali  tatbiq  etishning  yana  bir  sharti 
iqtisodiy  ta’lim  tizimini  modernizatsiyalashdir,  iqtisodiyot  sohasi  uchun 
mutaxassislarni shakllantirish mexanizmini yaratishdir. 
Hozirgi  kunda  O‘zbekistonda  ta’lim  tizimidagi  islohotlarning  asosini 
shakllantiruvchi  qator  me’yoriy  xujjatlar  qabul  qilingan  va  amalga  oshirilib 
kelinmoqda.    Bular  asosida  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 
dasturi  to‘g‘risida”gi  qonunlar  alohida  o‘rin  tutadi.  Bu  qonunlardan  kelib 
chiqadigan vazifa ta’lim dasturlari mazmunining yuqori sifatiga erishish va yangi 
pedagogik texnologiyalarni joriy qilishdir. 
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar dars berishning interfaol usullarini  nazarda 
tutadi.  Bular  munozara  darslari,  iqtisodiy  muzokaralar,  ishbilarmon  o‘yinlar, 
muammoli  holatlarni,  keys  stadilarini  echish  va  hokazolardir.  Ushbu  usullar 
talabalarning  ijodiy  faolligini  oshirishda,  iqtisodiy  masalalarni  hal  qilishda, 
muammoni  hal  qilishning  eng  maqbul  yo‘llarini  topishda  yordam  beradi. 
SHuningdek,  iqtisodiyot  yo‘nalishi  bo‘yicha  bakalavrlar  tayyorlash  davlat  ta’lim 
standartini amalga oshirishda amaliy vosita hisoblanadi.    
Davlat  ta’lim  standartida  bakalavrning  tayyorgarlik  darajasiga  quyidagi 
talablar qo‘yilgan. Bakalavr:  
- dunyoqarashni kengaytiruvchi bilimlar tizimiga ega bo‘lishi, gumanitar va 
sotsial–iqtisodiy    fanlarning  asosini,  davlatning  hozirgi  kundagi  siyosatining 
dolzarb  masalalarini  bilishi,  ijtimoiy  muammo  va  hodisalarni  mustaqil  tahlil  qila 
olishga qodir bo‘lishi; 
-  mamlakatimiz  tarixini  bilishi,  milliy  g‘oya  va  umuminsoniy  qadriyatlar 
masalalari  bo‘yicha  o‘z  nuqtai-nazarini  ilmiy  asoslash,  milliy  mustaqillik g‘oyasi 
asosida faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi; 
- tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan jarayon  va hodisalar to‘g‘risida yaxlit 
tasavvurga  ega  bo‘lishi,  ulardan  hayotda  va  kasbiy  faoliyatida  ilmiy  asoslangan 
holda foydalana olishi

insonning 
insonga, 
jamiyatga, 
atrof-muhitga 
nisbatan  bo‘lgan 
munosabatini    boshqarishning  huquqiy  va  ahloqiy  me’yorlarini  bilish,  kasbiy  ish 
jarayonida ularni  hisobga ola bilishi
- axborotni to‘plash, saqlash, qayta ishlash va uni qo‘llash usullarini bilishi, 
o‘zining kasbiy ish tajribasiga asoslangan xulosalar chiqarishi
-  mustaqil  ravishda  yangi  bilimlarni  o‘zlashtirishi,  o‘z  malakasini  oshirishi 
va mehnatini ilmga asoslangan holda tashkillashtirishi; 
“Bank  menejmenti  va  marketingi”  fani  bank  tizimi  uchun  iqtisodchi 
bankirlarni  tayyorlashda  etakchi  maxsus  ixtisoslik  fani  hisoblanadi.  Unda  bank 
ishining  aniq  masalalari,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  kreditni  rivojlantirish 
qonuniyatlari,  kreditning  asosiy  tamoyillari  asosida  xo‘jalik  sub’ektlarini 


kreditlash, kredit ressurslari va kreditlarni boshqarish asoslari, mijozning kreditga 
layoqatliligi, likvidliligi, tijorat banklarining likvidligi, foydasi, valyuta va boshqa 
operatsiyalarini,  banklarning  foiz  siyosati  va  risklari  kabi  masalalar  ko‘rib 
chiqiladi. 

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish